logo

Ulug`bekning astronomiya sohasida olib borgan tadqiqot ishlari. O`zbekistonda fizika va astronomiya fanlarining taraqqiyoti

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

68 KB
Ulug ` bekning astronomiya sohasida olib borgan tadqiqot ishlari . O`zbekistonda fizika va astronomiya fanlarining taraqqiyoti Reja: 1. Astronomiya fani va uning ahamiyati 2. Gallaktika 3. Ulug`bek akademiyasi. Akademiya faoliyatining ilmiy – tarixiy ildizlari 4. Ulug`bek rasodxonasi 5. Ulug`bek zijji 6. O`zbekistonda fizika va astronomiya fanlarining taraqqiyoti 7. Xulosa 8. Adabiyotlar 1. Astronomiya fani va uning ahamiyati. Astronomiya koinot haqidagi fan bo`lib, koinotdagi jismlar, ularning tuzilishi, tabiati, o`zaro ta`sir sistemasining harakati va rivojlanishining ob`ektiv qonunlarini o`rganadi. Astronomiya yunoncha so`z bo`lib, lug`aviy ma`nosi “astro” “nomos” (qonun) degan so`zlardan kelib chiqqan. Biz yashab turgan Yer ham samoviy jismlardan bo`lib, Quyosh sistemasidagi eng yorug` yulduzlardan biridir. Astronomiya ham juda qadimiy fanlardan bo`lib, kishilarning hayotiy va amaliy ehtiyojlari tufayli paydo bo`lgan. Shuning uchun u kishilarning hayoti va amaliy ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti natijasida xalq va davlatlar o`rtasida o`zaro aloqalar bog`lash uchun ehtiyojlar paydo bo`la boshladi. Oqibatda, dengiz va quruqlikdagi aloqalar uchun dengiz yo`llari, shaharlarning joylashishi, ular oraliqlari, tomonlarini aniq belgilash uchun geografik xaritalar, shuningdek, turli marosimlar uchun aniq vaqt jadvallari kabi ko`pgina muammolar paydo bo`ldi. Bunday muammolarni hal qilish ko`p jihatdan fizika, matematika, geografiya, geodeziya va astronomiya kabi fanlarni bilishni taqozo qilar edi. Biroq u vaqtlarda bu fan ham rivojlanmagan, alohida fan sifatida shakllanmagan edi. Samoviy jismlar haqidagi odamlarning tushunchalari esa ertaklardagidek: osmondagi yulduzlar go`yo farishtalarning tungi chiroqlari yoki osmon gumbaziga qoqib qo`yilgan bril`yantlar bo`lib, o`zidan nur sochib turadi deb faraz qilinardi. Yer haqidagi tushunchalar ham shunga o`xshash izohlanardi. Go`yo Yer ho`kizning shohida turadi, ho`kiz Yerni bir shoxidan ikkinchi shoxiga olganda Yer qimirlaydi. Ho`kiz baliqning ustida turadi, baliq esa suvning ustida turadi, degan tushunchalar bor edi. Yerning shaklini ham qandaydir yassi doira shaklida deb tushunganlar. Bu tushunchalar orqali shaharlar, dengiz va quruqliklardagi yo`llarni aniqlash kabi muammolarni hal qilishi mumkin emasdi. Xullas, hayotiy ehtiyojlar tufayli aniq fanlar ham rivojlana boshladi. Shunday qilib, samoviy jismlar, ularning sistemalari, o`lchamlari, masofalari, tabiati, ular harakatining ob`ektiv qonunlarini o`rganadigan va o`rgatadigan astronomiya fani shakllana boshladi. Ana shu fan yordamida biz samoviy jismlarning bizga noma`lum bo`lgan sirlarini o`rganib – bilib boramiz. Astronomiya fanining ahamiyati ham shundadir. Siz astronomiya fanini o`rganish orqali koinotda yuz berayotgan hodisalarni kuzatishingiz mumkin hamda Oy va Quyosh tutilishi, kometalarning qachon ko`trinishi kabi ko`pgina hodisalarni oldindan bashorat qila olasiz. Hozirgi davrda fan va texnikaning turli sohalari aql bovar qilmas darajada tez rivojlanib borayotganligi natijasida insonlarning qadami Oyga ham yetib bordi. Siz astronomiyani o`rganish bilan samoviy jismlarda ro`y berayotgan hodisa, uning o`lchamlari, masofasi, tabiati, harorati, uchar yulduz kabi koinotning sirlarini o`rganib olasiz. Buning hammasi sizga yuqori ma`naviyatli, bilimdon komil inson bo`lib yetishishingizga yordam beradi. 2. Gallaktika Quyosh va unga o`xshash yulduzlardan taxminan 100-120 millionchasi o`zaro tortishish kuchlari orqali yaxlit bitta sistemani tashkil etadi. Uni galaktika deb ataydilar. Bunday sistemalar son sanoqsiz topilgan. Bizning galaktikani tashqaridan kuzatilsa go`yo ikki likopcha bir-biriga to`ntarib qo`yilganday ko`rinadi. Uning markazidan har tomonga buralib- buralib yengchalar chiqqan. Shu yengchalarni birida markazdan taxminan 30 ming yorug`lik yili uzoqlikda bizning quyosh sistemamiz joylashgan. Umuman, likopchaning diametri 100 million yorug`lik yili masofasiga yaqin. Agar likopchani yon tomonidan ko`rilsa, uning markaziy qismidagi sharsimon bo`lagi ikki tomonga qarab ingichkalashib ketadi. Galaktikadagi barcha jismlar uning markazi atrofida, taxminan, 250 million yilda bir marotaba aylanib chiqadi. Quyosh sistemasining bundan tashqari yana bir harakati mavjud. Bizning sistemamiz o`z atrofidagi Gerkules va Lira nomli yulduz turkumlarini chegarasi tomon 20 km\c tezlik bilan harakatlanmoqda. Galaktikamizda yulduzli to`dalar, chang va gaz tumanliklari ham mavjud bo`lib, ularda hozir ham yulduzlar va sayyoralarning paydo bo`lish jarayoni davom etmoqda. 3. Ulug`bek akademiyasi. Akademiya faoliyatining ilmiy-tarixiy ildizlari Ma`lumki, B.A.Voronsov – Vil`yaminovning astronomiyadan bundan qariyb 60-70 yillar chamasi ilgari yozilgan darsliklari ko`p yillardan beri asosiy qo`llanma bo`lib kelmoqda. Undagi mana bu jumlalarga e`tiboringizni qaratmoqchimiz: “Kopernik, harakatsiz Yer haqida kishilarning ongida asrlar osha saqlanib kelgan aqidalarga asoslangan fikrni uloqtirib tashladi. Kopernik Yerni oddiy planetalar qatoriga qo`yib, uning Qyoshdan uzoqligi jihatidan uchinchi o`rinda turishini, fazoda boshqa planetalardek Quyosh atrofida aylanishi va shuningdek, o`z o`qi atrofida aylanishini ko`rsatib beradi”. Go`yo XVI asrga qadar N.Kopernikkacha Yerning harakati yoki Quyosh atrofida aylanishi haqida hech qanday fikrlar bo`lmagan. To`g`ri, biz ham N.Kopernikning buyukligi va uning ajoyib kashfiyoti yevropada chindan ham inqilobiy ish bo`lganligini inkor qilmaymiz. Jordano Bruno, G.Galileylarning cherkov tomonidan qanday jazolanganligi kabi faktlarni achinish bilan xayolga olamiz va N.Kopernik, Jordano Bruno hamda G.Galileylarning ruhlari oldida bosh egib ta`zim qilamiz. Bunday hodisalar bizda ham bo`lgan. Ulug`bekning o`limi kabi hodisalarning sonini aniq aytish qiyin. Afsuski, shunday bo`lgan. Biroq N.Kopernikkacha yashab ijod qilgan, uning geliosentrik ta`limotini undan ming yillar oldin aniqlagan, hatto, planetamizning ayrim joylarida hali johiliya davom etayotgan paytda Yerning – harakati va Quyosh markazlik ta`limotiga eshik ochib bergan: shuningdek, planetalarning Qyosh atrofidagi harakatlarini aylanma harakat deb hisoblagan, Kopernikning xatosini bir necha asr ilgari undan oldin tuzatib, bu harakatlarning ellipsoid harakat ekanligini kashf qilib qo`ygan yunon, hind, xitoy, yaqin sharq va markaziy osiyolik allomalarimizning nomlarini unutish mumkin emas. Xorazmiy, Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Chag`miniy kabi ko`plab allomalarimizning ishlari Ulug`bek va uning maktabida ijod qilgan olimlar ishiga kuchli ta`sir ko`rsatganligi ma`lum. 4.Ulug`bek rasadxonasi. A. Ahmedovning qayd qlishicha, Rasadxona 1420-1429 yillarda Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida qurilgan. Bino uch qavatli to`garak shaklida bo`lib, diametri 40-46 metr, balandligi esa 30 metr chamasidagi silindr shaklida bo`lgan. Rasadxonaning asosiy quroli burchak o`lchaydigan juda katta vertikal doiradan ibotar bo`lib, uning radiusi 40 metru 21,2 sm ga teng bo`lgan. Rasadxona haqida Abdurazzoq samarqandiy quyidagilarni yozadi: “Baland qurilgan bu muhtasham imorat xonalarining ichiga solingan rasm va beqiyos suratlarda to`qqiz falakning daraja, daqiqa, soniya va soniyaning o`ndan bir ulushlari ko`rsatilgan yetti qavat osmon gardishi, yetti sayyora va turg`un yulduzlar tasvirlangan osmon gumbazi, iqlim, tog`, daryo, sahrolar, xullas olamga tegishli hamma narsalar tasvirlangan edi. Shundan keyin Quyosh va sayyoralarning harakatini kuzatish, ko`rganlarini yozish va qayd qilishni boshlab yuborishga berildi”. Rasadxonaning asosiy quroli – burchak o`lchaydigan juda ulkan asbobdan iborat bo`lib, uning radiusi 40,212 metr, yoyning uzunligi 63 metrga teng edi. O`zbekiston hukumati yodgorlikning qoldiqlarini o`rganish va saqlab qolishga katta e`tibor berdi, 1949 yili rasadxona o`rniga marmar toshdan yodgorlik o`rnatildi, 1964 yili esa Ulug`bek yodgorlik muzeyi qurib tugallandi. 5.Ulug`bek Zijji Ulug`bek asarlari ichida dunyoga mashhur qilgan kitobi – “Zijji Ko`ragoniy” bo`lib, u asosan, quyidagi masalalarni o`z ichiga olgan: 1) “Kirish, ya`ni nazariy qism bo`lib, u Rasadxonada o`tkazilgan kuzatishlar asosida tuzilgan jadvallardan iborat. Zijjining birinchi qismida eralar va turli taqvimlar bayon qilingan. Zijjining ikkinchi qismi matematika va sferik astronomiyaga bag`ishlanadi. Zijjining uchinchi qismi trigonometrik jadvallarga bag`ishlangan. Unda sinus va tangenslar jadvali berilgan bo`lib, ular o`nta xona aniqligida hisoblanganligi bilan o`zidan oldingilaridan ajralib turadi. Ulug`bek zijjining ana shu uchinchi kitobining amaliy astronomiyaga bag`ishlangan bo`limida ekliptikaning ekvatorga nisbatan og`maligi, osmon jismlarining koordinatalarini aniqlash, yulduz va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bayon qilingan”. Quyidagi jadvalda Ekliptikaning ekvatorga nisbatan ogmalar haqidagi Ulug`bekning o`lchash undan oldingi astronomlarning jadvallari bilan taqqoslab berilgan. Kuzatuvchi shaxs Qaysi shaharda Qaysi yili O`lchash natijasi Farqi Ptolomey 140 23 0 51 1 20 II +10 I 27 II Xorazmiy Bag`dod 840 23 0 51 I +15 I 35 II Bonu-Muso Samarra 870 23 0 35 I -10 II ,8 Ahmad Farg`oniy Samarra 870 23 o 35 I -10 II ,8 Xo`jandiy Ray 994 23 0 32 1 21 II -1 I ,51 II ,7 Beruniy Qiyot 994 23 0 35 1 40 II -40 II Beruniy Gurganch 1016 23 0 35 1 50 II -1 I 1 II Beruniy G`azna 1019 23 o 35 I -11 II N.Tusiy Marog`a (1201- 1274) 23 0 30 I +2 I 9 II Ulug`bek Samarqand (1394- 1449) 23 o 30 I 17 II -0 I 32 II Ulug`bek sayyoralarning yillik harakatini quyidagicha aniqlaydi: Sayyoraning nomi Ulug`bek hisobi Hozitgi hisob Farqi Zuhal –Saturn 12 0 13 I 39 II 12 o 13 I 36 II -3 II Mushtariy-Yupiter 30 0 20 I 34 II 30 o 20 I 31 II -3 II Mirrix-Mars 191 0 17 I 15 II 191 0 17 I 10 II -5 II Zuhra –Venera 224 0 17 I 32 II 224 o 17 I 30 II -2 II Utorud –Merkuriy 53 0 43 I 13 II 53 0 43 1 3 II - 10 II Ulug`bek “Zijji”, undan tashqari sayyoralarning osmon sferasidagi Quyosh va Oy tutilishini oldindan aniqlashning ikki xil usuli, shuningdek, yulduzlar katalogi bo`limidan 1018 ta yulduzning har birini yulduz turkumlari bo`yicha joylashgan o`rinlarini aniqlagan. Ulug`bek “Zijji”ning oxirgi to`rtinchi bo`limi astronomiya “Ilmi Nujum”ga bag`ishlangan bo`lib, sayyoralarning joylashishi holatlariga qarab kishilarning tole va taqdirlarini oldindan bashorat qilishga bag`ishlangandir. Ulug`bek “Zijji” o`zining ilmiyligi va aniqligi bilan qimmatlidir. Ulug`bek akademiyasida ustozi Qozizoda Rumiy, shogirdlari amshid al- Koshiy va Ali Qushchi kabi ko`plab allomalarning olib borgan kuzatish va ilmiy ishlari o`z salmog`i bilan fanlarning tarixida alohida o`rin egallaydi. Birgina Koshiyning quyidagi ishlarini e`tiborga olaylik. Koshiy o`nli kasrlarni Simon Stiven (1548-162) dan 150 yil oldin, N`yuton binomini N`yutondan oldin, to`rtinchi darajali tenglamalarning yechish usullarini Ferreridan oldin, to`rtinchi darajali natural sonlar qatorini Ferreridan oldin, shuningdek, Ruffining ildizlar haqidagi kashfiyotini undan oldin kashf qilib qo`ygan buyuk allomadir. O`rta Osiyoda yashab ijod qilgan buyuk allomalarimiz va ularning jahonshumul kashfiyotlarini sanab adog`iga yetib bo`lmaydi. Ushbu matinda ularning ishlaridan faqat ayrim namunalar keltirildi, xolos.