logo

Molekulalararo o`zaro ta`sir kuchlari. Eksperimental izotermalar. Real gazning holat tenglamasi. Van-Der-Vaals tenglamasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

220 KB
Molekulalararo o`zaro ta`sir kuchlari. Eksperimental izotermalar. Real gazning holat tenglamasi. Van-Der-Vaals tenglamasi. Van-Der-Vaals izotermalari. Kritik holat. Reja : 1. Molekulalararo o`zaro ta`sir kuchlari 2. Eksperimental izotermalar 3. Real gaz to`g`risida tushuncha 4. Van-Der-Vaals tenglamasining fizik mohiyati 5. Van-Der-Vaals izotermalari 6. Kritik holat 7. Xul osa Biz ideal gaz molekulyar-kinetik nazariyasini o`rganganimizda gaz zarralarini (molekulalarini) elastik sharlarga o`xshagan va tartibsiz harakatlanuvchi molekulalardan iborat deb hisoblagan edik. Molekulalar orasidagi kuchlar faqat ular bir-biriga urilgandagina ta`sir qiladi va bu kuchlar itarishish elastik kuchlardir. Molekulalarning o`lchamlari molekulalar orasidagi o`rtacha masofaga nisbatan nazarga olmasa bo`ladigan darajada kichik deb hisoblanadi. Bu model ideal gaz Boyl Mariott, Gey-Lyussak qonunlariga aniq bo`yso`nadigan gazga mos keladi. ammo, biz aytib o`tganimizdek real gazlar bu qonunlarga faqat taqriban bo`yso`nadi. Yuqori bosimlarda hamma gazlar ham Boyl-Mariott qonuniga bo`yso`nmay qo`yadi. Molekulalarni sharlar deb hisoblar ekanmiz, ularning radiuslari 10 -8 sm chamasidagi kattaliklar deb olishimiz kerak. Bunda bir dona molekulaning hajmi: 3 24 3 10 4 3 4 sm r V      Normal sharoitdagi 1 cm 3 gazda n 0 =3  10 19 dona molekula bor. Demak 1 sm 3 hajmda bo ` lgan barcha molekulalarning jami hajmi 3 4 0 1 10 sm Vn V    ga teng . Ya ` ni pа m N аtm 1 / 10 1 2 5   bosim va 0 о С temperaturadasi gaz molekulalarining hajmi gaz hajmining taxminan o ` n mingdan bir qisminigina egallar ekan . Agar bosim oshib borsa gaz Boyl - Mariott qonuniga bo ` yso ` nmaydi ya ` ni gazlarni xossalari ideal gaz xossalaridan chetlashishiga olib keladi . Chunki, birinchidan gaz molekulalari o`zining ma`lum o`lmachlariga ega bo`lishi. Ikkinchidan ( molekulalar orasidagi o`zaro ta`sir kuchlarining elastik sharlardagi o`zaro ta`sir kuchlariga qaraganda ancha murakkab bo`lishidir. Bu ikki sababni 1873 - yilda Gollandiyalik fizik Van - Der - Vaals nazarga tutdi . Birinchi sabab molekulalarning o ` lchami birligidir . Molekulalarning erkin harakatlanishi uchun hajmi V dan biror В kattalikga qadar kichikdir , ya ` ni в V V  0 . Ideal gazning 1 moli uchun RT РV 0 (20.1) teng edi. Agar molekulalarni o`lchamlarini hisobga olsak    RT в V P  0 (20.2) tenglik o`rinli bo`ladi. (20.1) tenglamadan, Р  bo`lganda gazning hajmi V 0  intiladi. Ammo bunday bo`lishi mumkin emas. Gaz molekulalar orasidagi bo`sh fazoning kamayishi hisobiga siqiladi. (20.2) formulaga ko`ra Р  bo`lganda, gazning hajmi V 0 - в ga teng bo`lishiga intiladi. Ikkinchi sababli ( molekulalar orasida o`zaro ta`sir kuchlarining mavjudligi, bir(biridan ma`lum uzooqlikda turgan molekulalarning o`zaro tortilishlariga olib keladi. Bu tortilish kuchlari molekulalar orasidagi masofa juda kichik bo`lgandagina yanada kuchliroq bo`lgan itarishish kuchlari bilan atashadi. Molekulalar orasidagi tortirishi kuchlari ta`sirida gaz guyo uncha idish devorlari ko`rsatayotgan tashqi R bosimdan ko`ra kattaroq Р 1 bosim ta`sir etayotgandek, Boyl Mariott qonunidan kelib chiqadigan hajmga qaraganda kichikroq bo`lgan V hajmni egallaydi. Shunday qilib (20.2) tenglikda tashqi Р bosimni Р 1 = Р + Р i kattalik bilan almashtirish kerak, buning natijasida    RT в V Р Р i    0 (20.3) tenglik hosil bo`ladi. P i bosim gazning ichki bosim deyiladi. Gaz joylashgan A idishda molekulalarning o`zaro ta`sirini quyidagicha (20.1-rasm) ko`rsatish mumkin. 20.1-rasm Devor yaqinidagi molekulalar r masofada turgan molekulalar a va b qatlamdagi molekulalarga ta`sir qiladi desak va bu qatlamning hajmi birligidagi molekulalar soni n0 ga proporsional bo`ladi. Nitajada, devor yaqinidagi molekulalarga ta`sir qilayotgan va gazning ichiga qarab yo`nalgan kuchlar 20n ga proporsionaldir. Mana shu kuchning devor izi birligiga to`g`ri keladigan miqdori ichki bosim Ri ni bildiradi. Ichki bosim Р i ning qiymati o`zaro ta`sir qilayotgan molekulalarning tabiatiga ham bog`liqdir. Bundan: 20 1n a Pi (20.4) Bu yerda а 1 - molekulalarning xiliga bog`liq bo`lgan o`zgarmas kattalik. 0 0 V N n  bo`lgani uchun (N - Avagadro soni, V 0 - bir mol gazning hajmi) P i ning ifodasini quyidagicha yozish mumkin. 20 2 1 V N a Pi (20.5) yoki a N a 2 1 desak 20V a Pi (20.6) ga teng bo`ladi. (20.6) chi (20.3) ifodaga quysak 1 gaz uchun Van-Der-Vaals tenglamasini hosil qilamiz.   RT в V V а Р          0 2 0 (20.7) Bu yerda а va в lar bosimga va hajmga kiritilgan tuzatmalar bo`lib, berilgan gaz uchun aniq qiymatlarga ega bo`ladi. R-kattalik gaz doimiysi, mol grad kal mol grad kal mol grad kal R           / / 9858,1 10 19,4 10 31,8 / 10 31,8 7 7 7 . Bu yerda кмоль К ж R    / 10 31,8 3 Van-Der-Vaals tenglamasining fizik mohiyati shundan iboratki, agar gazning molyar hajmi V 0 juda katta bo`lganda в -tuzatma V 0 ga nisbatan, 20 /V а -esa Р ga nisbatan juda kichik bo`lganligi uchun ularni hisobga olmaslik ham mumkin. u holatda Van-Der-Vaals tenglamasi (20.1) tenglama RT PV 0 shaklini oladi. Demak Mendeleyev-Klapeyron formulasining taqribiy ekanligi yaqqol ko`rinadi. Kichik Р bosimlarda (katta V 0 hajmlar) sohasidagi haqiqatga yaqinroq bo`ladi. Bosim Р katta bo`lganda esa a va v tuzutmalar e`tiborga olinishi kerak. Ya`ni Van-Der-Vaals (20.7) foydalaniladi. Van-Der-Vaals formulasi ham absolyut aniq formula emas, ammo u Mendeleyev Klapeyron formulasiga qaraganda haqiqatga ancha yaqindir. Van-Der-Vaals formulasi (20.7) ni m massali gaz uchun ifodalaydigan bo`lsa u holda uning hajmini V belgilaymiz. Berilgan temperatura va bosimda 0V m V   (20.8) bo`ladi, bunda   gazning molekulyar og`irligidir.   RT в V V a P          0 2 0 Van-Der-Vaals tenglamasidagi V 0 o`rniga uning (20.8) tenglik asosidagi qiymatini quyamiz, u holda RT m в m V V a m P                   20 2 2 (20.9) ko`rinishini oladi. Bu formulaga m- massali gaz uchun Van-Der Vaals tenglamasi deyiladi. Van-Der Vaals tenglamasidagi v hajmga kiritilgan tuzutma hisoblashlarda N в 3 2 2  (20.10) deb belgilab olinadi  =2r masofa. Shuningdek bir dona molekulaning hajmi 3 3 6 1 3 4     r V (20.11) Ekanligini e`tiborga olsak u holda (20.10) formula quyidagi ko`rinishni oladi. VN VN в 4 2 3    (20.12) Bu yerda V  N  bir mol gazda barcha molekulalarning hajmini ifodalagani uchun, molekulalar hajmi uchun Van-Der-Vaals kiritgan в tuzama molekulalarning o`z hajmidan taxminan 4 marta kattadir. Van-Der Vaalsning ikkinchi a tuzatmasi molekulalar o`zaro ta`sir kuchlarning xarakteriga bog`liqdir. Van-Der-Vaals tenglamasi:   RT в V V a P         0 2 0 V 0 ga nisbatan uchinchi darajali algebrik tenglamadir. Shuning uchun u Р va Т ning qiymatlarga qarab, molekulyar hajm V 0 ning bitta yoki uchta har xil qiymatlarini beradi. T ning har xil qiymatlari uchun yozilgan Van-Der Vaals tenglamasi asosida Р va V 0 ga bog`lanish grafigini chizsak, bir qator izotermalarga ega bo`lamiz.   0 2 3      aв aV V RT вР PV (20.13) Buni har ikkala tomonini P ga bo`lib, quyidagicha yozish mumkin. 0 2 3          P aв VP a V P RT в V (20.14) Bu V hajmga nisbatan 3-darajali tenglama bo`lib, uning uchta ildizi bor. Uning hammasi haqiqiy yoki ulardan ikkitasi mavhum va bittasi haqiqiy bo`lishi mumkin. Van-Der Vaals tenglamasining mavhum ildizlari fizikaviy ma`noga ega emas. Shuning uchun ularga qaramaymiz. Van-Der Vaals tenglamasi ildizlarning fizikaviy ma`nosini aniqlash uchun (20.1) tenglamaga tegishli izotermalarni, ya`ni o`zgarmas temperaturada Р bosimning V(molyar hajmga bog`lanishini qarash va ularni tajriba ma`lumotlarda olingan izotermalar bilan solishtirish kerak. Bizga ma`lumki ideal gazning izotermasi giperbola edi, undan farqli ravishda (20.1) tenglamaga tegishli bo`lgan izoterma quyidagicha ko`rinishda bo`ladi. Biz uni Van-Der Vaals izotermasi deb ataymiz. VP Буг 20.2-rasm Bu izotermada bosimni bitta Р 1 qiymatiga molyar hajmining V 1 , V 2 va V 3 qiymatlari mos keladi. Grafikni maksimal holatiga suyuq hamda bundan V 1 va V 3 holatlarga gazsimon holat mos keladi. Endi hajmi V 2 bo`lgan uchinchi holatining ma`nosini aniqlash kerak bo`ladi. Van-Der Vaals izotermalari bilan tajribada olingan izotermalar orasida katta farq bor. Bu farqni 20.3-rasmda ko`rsatish mumkin. 20.3-rasmda tutash chiziqlar bilan tajribada olingan izotermalar. Punktir chiziqlar bilan esa Van-Der Vaals izotermasi keltirilgan. 20.3-rasm Rasmdan ko`rinib turibdiki to`g`ri chiziqli gorizontal а va в qismi o`rniga Van-Der Vaals izotermada bu soha maksimum va minumumli xarakterli gajak ko`rinishda bo`ladi. Shuni aytish kerakki tajribadan olingan izoterma grafikadan ad ва ch lar Van-Der-Vaals tenglamasiga kuzatilmas ekan, chunki bu qismiga bosimning hajmga odatdan tashqari bog`lanishi mos keladi, bosim ortishi bilan hajm kamaymaydi, balki ortadi. Cd  qism moddaning gaz holatiga mos keladi. af  qism ad ( tarmoqning davomi hisoblanadi va ko`pincha moddaning bu holatiga o`ta qizigan suyuqlik deyiladi. o`ta qizigan suyuqlik deb ochiq idishda qaynash temperaturasidan yuqori temperaturagacha qizdirilgan, biroq qaynamayotgan suyuqlikka aytiladi. Bunda suyuqlik erkin bo`lganda ya`ni uning massasi o`zgaradi. Ammo bizni yopiq idishdagi aniq massali suyuqlik yoki gazning tabiati qiziqtiradi. Rasmdagi С d va af qismlarga mos keluvchi holatlar va f в d ga metastabil holatlar deb ataladi. Shunga asosan, Van-Der Vaals izotermalari bilan tajribadan olingan izoterma orasidagi farqni tushuntirish mumkin bo`ladi. Holat tenglamasining V 3 ildiziga mos keluvchi holatlar nostabil va metastabil bo`lganliklari tufayli tajribada ko`zatilmaydi. Ikkita А va В molekula orasidagi masofani r bilan beglilaymiz. Ularni tortishish kuchi f 1 manfiy, itarshi kuchini f 2 musbat deymiz. Bu kuchlar mos ravishda o`zaro tortishadigan molekulalarning Е р va o`zaro itarishadigan Е р potensial energiyalarni hosil qiladi (20.4-rasm). Shuningdek 20.5- rasmda ifodalanganidek real gazlarda molekulalarni o`zaro ta`siri ular bir-biriga tegmasdanoq ya`ni r 0 masofadan ta`sirlanadi. 20.4-rasm 20.5-rasm f 1 va f 2 kuchlarga Е Р 1 va Е Р 2 potensial energiyalar mos keladi. ;1 1 k P r C E   ;2 2 k P r C E   ;1 1 1    k 1 2 2   k 20.5-rasmdan А  molekulani qo`zg`almas deb, В  molekulani A molekulaga nisbatan harakatlanadi deymiz. L ( nuqtad а p k E E E   Van-Der-Vaals tenglamasining ahamiyati shundaki, bu moddaning faqatgina ikkita suyuq va gazsimon fizikasi mavjudligini tavsiflash bilan cheklanmaydi. U kritik temperatura va kritik holatining ham muhim faktlaridan bevosita kelib chiqadi. Temperatura o`zgarganda bu izotermalarning qanday o`zzgarishini ko`raylik. Р  V grafikda Karbon oksidiga tegishli izotermalar berilgan (20.6-rasm). Bu izotermalar a va в ning qiymatlari tajribadan olingan: mol m аtm a / 10 6,3 6 6     mol m в / 10 8, 42 3 6   qiymatlari uchun hisoblangan. 20.6-rasm Bu konstantalarning eksperimental ravishda qanday aniqlanishi grafikda keltirilgan. 20.6-rasmdagi egri chiziqlardan temperatura ko`tarilgan sari izotermalarning yuqoriroq joylashishi ko`rinib turibdi. Ammo shunday temperaturada (31,4 о С da) izotermaning maksimum va minimum birlashib mol m V / 10 94,0 3 4   ва аtm Р 73  qiymatlarda Karbonad angidridi ( СО 2 ) ning eksperimental izotermalari Burilish nuqtasiga aylanadi. Demak, temperatura ko`tarilgan sari hajmning bosimning ayni bir qiymatiga mos keluvchi uchta qiymati orasidagi farq tobora kamayib boradi, ya`ni Van-Der Vaals tenglamasining uchta ildizi orasidagi farq kamayadi. Karbon angidrid ( СО 2 ) ning eksperimental izotermalari , 27 2в a Pk в Vk 3 Rв а Тk 27 8  Kritik nuqtada moddaning siqiluvchanligi cheksizlikka teng bo`lishini aytish kerak. Bunda gazning siqiluvchan holati P V V    1  formula bilan xarakterlanadi. Biroq kritik nuqtada 0    V P bo`lgani uchun ,    P V binobarin,  ham  ga teng bo`ladi. Van-Der Vaals izotermalari gazning xossalarini ideal gaz izotermasiga qaraganda aniqroq aks etibgina qolmay, gazlarning suyulish protsessini, shuningdek issiqlikning Т к kritik temperatura va bu temperaturaga mos keluvchi qolgan ikki kritik parametr  V к kritik hajm va Р к kritik bosimning qiymatlarini hisoblash qiyin emas. Haqiqatdag ham, Van-Der Vaals tenglamasi (20.10) ning chap qismi, ya`ni quyidagi k k k k P aв V P a V P RT в V           2 3 ifoda Т = Т к va Р = Р к qiymatlarda aniq kub bo`ladi va uni quyidagicha ifodalash mumkin: 3 2 3 2 3 3 3 k k k k k k k V V V V V V P aв V P a V P RT в V               (20.11) Bu tenglik ayniy ravishda bajarilishi uchun V ning birday darajalarining koeffitsientlari tenglamaning ikki tomonida o`zaro teng bo`lishi kerak: , 3 k k k V P RT в   , 3 2k k V P a  3k k V P вa  Bu tenglamalar sistemasini yechib, kritik parametlarning a va в konstantalar orqali ifodalangan qiymatlarini olamiz: juda kam siquvchanlik xosasini ham (A.K.Kinoin va I.K.Kinoin «Molekulyar fizika» T.O`qituvchi, 1978. 230-246 betlar) aks ettiriladi. Van-der Vaals izotermalari orasidagi burilishlari bor bo`lgan izotermalarni urilishlari bo`lmagan izotermalardan ajratib turuvchi bir izoterma bor. Bu izoterma kritik deyiladi, bunga mos bo`lgan temperatura Т к esa kritik temperatura deyiladi. Kritik izotermada burilishlar sohasi o`rnida faqat K burilish nuqtasigina bo`ladi. K- nuqta kritik nuqta deyiladi. unga mos bo`l ган V к ва Р к bosim esa kritik hamj va kritik bosim deyiladi. 20.7-rasm. Kritik temperatura tushunchasi dastlab D.I.Mendeleyev tomonidan 1861- yilda kiritilgan. 20.7-rasmda quyidagicha xulosaga keladi. 1. Kritik temperatura Т к yuqori temperaturada modda faqat holatdagina mavjud bo`la oladi. T- temperaturasi kritik temperatura Т к dan yuqori bo`lgan gazni qanaqa siqish bilan suyuq holatga o`tkazib bo`lmaydi. Kritik temperaturadan past temperaturalarda modda bosimga qarab gazsimon holatda yoki bir vaqtning o`zida ikki faza: suyuqlik va tuyingan bug` holatlarida mavjud bo`lishi mumkin. 2.Tuyingan bug`ning elastikligi Р 0 shu berilgan moddaning kritik bosimi Р к dan katta qiymatga ega bo`la olmaydi. 3. Moddaning suyuq holatdagi hajmi berilgan miqdor moddaning kritik hajmidan katta qiymatlariga ega bo`la olmaydi. Ko`pchilik suyuqliklarning va ularni aralashmalarining kritik temperaturalarining M.P.Avenarius va uning shogirdlari A.I.Nadejdin, V.I.Zayoicheveskiy va boshqalar tekshirdilar. Jumladan A.I.Nadejdin 1885- yilda suvning kritik temperaturasin и (374 о С ) birinchi bo`lib aniqlanid. Mashhur rus fizigi A.G.Stoletov ham moddaning kritik massasi bilan shug`ullangan. U mavjud eksperimental materiallarni analiz qiladi va ularni nazariy ma`lumotlar bilan batafsil solishtirib chiqdi.