logo

Ishqalanish. Sirpanib ishqalanish va Klon qonuni. Ishqalanish koeffitsienti va ishqalanish konusi.

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

184.5 KB
Ishqalanish. Sirpanib ishqalanish va Klon qonuni. Ishqalanish koeffitsienti va ishqalanish konusi. Reja: 1. Sirpanib ishqalanish qonunlari. 2. Real (g`adir - budir yuzali) bog`lanishlarning reaktsiyalari. Sirpanib ishqalanish burchagi. 3. Dumalab ishqalanish. Dumalab ishqalanish koeffitsienti . Sirpanib ishqalanish qonunlari. Agar jism erkin bo`lsa, u istalgan tomonga harakat qilaoladi. Lekin u bog`lanishda bo`lsa, yani u biror boshqa jismni ustida joylashgan bo`lib, uning ustida sirpanib yoki dumalab harakatlanayotgan bo`lsa, albatta ishqalanish kuchi paydo bo`ladi. Ishqalanish kuchining paydo bo`lish sababi shuki, texnikada uchraydigan barcha mashina detallariga harqancha ishlov berilmasin baribir ularning sirtlarida mikrorelef, yani malum miqdorda g`adir budirlik saqlanib qoladi. SHu sababli bir sirt ikkinchi sirtning ustida sirpanib harakatlanayotganda, ushbu g`adir budirlik natijasida sirpanib ishqalanish kuchi paydo bo`ladi . Agar mabodo ishqalanayotgan sirtlar o`ta toza silliqlangan bo`lsa, yani mikrorelef mutloq yo`qotilgan bo`lsa, u holda ishqalanish kuchi nolga teng yoki unga yaqin bo`ladi, va bunday bog`lanishlarni ideal bog`lanishlar deyiladi Biz quyida hozircha faqat real bog`lanishlar, yani ishqalanuvchi sirtlarda mikrorelef (g`adir budirlik) saqlanib qolgan sirtlar , ustida muvozanat holatini saqlanayotgan jismlarga oid masalalarni ko`rib o`tamiz. Aslida ishqalanish qonuniyatlari ancha murakkab masalani tashkil etadi, lekin biz, ushbu maruzada ishqalanish haqidagi umumiy qonuniyatlarni o`rganamiz xolos. Ular asosan quyidagilardan iborat: 1) Biror qattiq jismni real bog`lanish ustida, ixtiyoriy tomonga surmoqchi bo`lsak, shu ishqaluvchi sirtlar orasida, ishqalanish kuchi F ishq - paydo bo`ladi. Ushbu kuchning son qiymati noldan to F cheg qiymatgacha ortib boradi, yo`nalishi esa hardoim harakat tomonga teskari bo`ladi . 2) CHegaraviy ishqalanish kuchining son qiymati (moduli) quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi, va uni Kulon qonuni deb ataladi, F cheg h f o  (1) 1 shakl. bu erda f o - sirpanib ishqalanish koeffitsienti deb ataladi, u o`lchovsiz qiymat bo`lib, uning son qiymati 0  f o  1 orasida o`zgaradi.  - bog`lanishning normal reaktsiyasi deyiladi, va u sirpanuvchi tekislikka hardoim tik(normal), yani perpendikulyar ravishda yo`nalgan bo`ladi. 3) Real bog`lanishdagi harqanday jismni sirpanib harkatlantirish uchun, harakat tomonga shunday kuch vektori tasir qilishi zarurki, uning harakat yo`nalishi bo`yicha olingan proektsiyasi chegaraviy ishqalanish kuchidan katta bo`lishi shart, yani Q  F cheg bo`lishi shart, aks holda jism muvozanat holatini saqlab qoladi. F ishq - ishqalanish kuchining miqdori (son qiymati yoki moduli) 0 dan to F cheg qiymatgacha ortib boradi, so`ngra ushbu qiymat suruvchi kuch yo`qolguncha saqlanib qoladi, agur suruvchi kuch yo`qolsa, ishqalanish kuchi ham o`z - o`zidan yo`qoladi. Agar suruvchi yana paydo bo`lsa ishqalanuvchi kuch ham o`z - o`zidan yana paydo bo`ladi, suruvchi kuch yo`nalishini o`zgartirsa, ishqalanish kuchi ham, shu suruvchi kuchning yo`nalishiga teskari tomonga qarab oladi. Agar suruvchi kuchning miqdori chegaraviy ishqalanish kuchidan kichkina bo`lsa, jism harakatlanmaydi. Ishqalanish kuchining son qiymati suruvchi kuch Q - ning son qiymatiga teng bo`ladi, yani ishqalanish kuchi tasiridagi harqanday muvozanat holatda quyidagi tenglik saqlanib qoladi, F ishq h Q sur (2) Endi birnecha so`zni asosiy ko`rsatkichlardan biri bo`lgan, ishqalanish koeffitsienti haqida gapiraylik. Ishqalanish koeffitsienti - f, yuqorida aytib o`tilgandek, sirpanuvchi sirtlarning tozaligiga va ular qaysi materialdan iborat ekanligiga qarab o`zgaradi, va ular mashinashunoslik spravochniklarida batafsil keltirilgan, masalan Yog`och bilan yog`och ishqalanganda .......................... f o h 0,4 0,7 Po`lat bilan po`lat ishqalanganda ................................ f o h 0,15  0,25 Po`lat muz ustida sirpanganda....................................... f o h 0,020  0,027 Masalan yog`ochni harqancha silliqlamang f o h 0,4 dan kam bo`lmaydi, harqanday po`lat yuzali jismni muz ustida sirpantirmaylik, uning qiymati f o h 0,1 aslo oshmaydi. Demak bundan shunday xulosa chiqadiki, ishqalanish koeffitsienti ikkita faktorning funktsiyasidan iborat ekan, yani ishqalanuvchi jismlarning tozaligiga va ularning materialiga uzviy bog`liq ravishda malum diapazonda o`zgarib turar ekan. Albatta, ishqalanish kuchi temperaturaga va jismning sirpanish tezligiga ham bog`liq lekin bu masalalar maxsus kurslarda ( Tribotexnika fanida) chuqur o`rganiladi, biz esa vaqtimiz chegaralanganligi sababli, ishqalanishning umumiy qonuniyatlari bilangina cheklanamiz. Real (g`adir - budir yuzali) bog`lanishlarning reaktsiyalari. Sirpanib ishqalanish burchagi. Agar etibor bergan bo`lsangiz, masalan bir jism qiya tekislik ustida muvozanat holatini saqlab turgan bo`lsin, lekin shu qiyalik malum miqdordan ortgandan keyin, muvozanat holat buzilib harakat boshlanadi. Quyida shu qiyalikning chegaraviy qiymati, qaysi hollarda necha gradusga teng bo`lishini, uning turli xil bo`lish sabablarini nazariy tomondan tekshirib chiqamiz. Masalan tuproq, qum, bug`doy, un va shu kabi sochiluvchi moddalarni uyum qilsak ularning har birlari malum burchak ostida uyum tashkil etadilar, ular bir - birlaridan malum burchakka farqlanib uyum tashkil etadilar, sababi nima, shu va shunga o`xshash savollarga javob beriladi. Ishqalanish kuchi ishtirok etgan masalalar texnikada juda ko`p uchraydi. Hozirgi maruzagacha echgan masalalarimizda ishqalanish kuchlari ishtirok etmagan edi, chunki u masalalardagi yuzalarni o`ta silliq deb faraz qilgan edik, yani ideallashtirgan edik. Endi real masalalarni ko`rib chiqaylik, yani harqanday yuzada ishqalanish kuchi paydo bo`lishini etirof olib, quyidagi masalani ko`rib chiqaylik. 2 shaklda ko`rsatilgan jismga malum yo`nalishda ixtiyoriy Q kuch tasir etsin (og`irlik kuchini etiborga olmadik), u holda bu kuch tasiri ostida jism bilan bog`lanish orasida ishqalanish kuchi F ishq va normal bosim kuchi - N paydo bo`ladi. Ularning teng tasir etuvchisi R - kuchi bo`lib, Q - kuchiga qarama - qarshi yo`naladi, va qiymat jihatdan unga teng, boshqacha qilib aytganda R - kuchi, F ishq va N kuchlariga ajralgan. Xuddi shu kabi Q - kuchi ham ikkita tashkil etuvchilarga ajralgan bo`lib, ulardan biri yani normal o`q bo`ylab yo`nalgan tashkil etuvchisi Q N jismni tekislikka bosib turibdi, ikkinchi tashkil etuvchisi Q  - esa tekislikka urinma bo`ylab yo`nalgan va jismni sirpanib harakat qilishga majbur qilmoqda. 2. shakl. Lekin yuqorida aytganimizdek, toki Q  > F cheg bo`lmaguncha harakat yuz bermaydi, demak jism harakatlanishi uchun quyidagi tengsizlik o`rinli bo`lishi shart, yani Q  > F cheg yoki Q  h Q sin  o va F cheg h f o  , hamda N h Q N h Q c o s  o , bo`lgani uchun F cheg h f o  Q  c o s  bo`ladi.  U holda bu qiymatlarni yuqoridagi tengsizlikka qo`ysak, Q  sin  o > f o Q  c o s  o kelib chiqadi, tengsizlikni ikkala tomonini Q - ga qisqartirib  o - ga nisbatan echsak, tg  o > f o yoki  o > arctg f o (3) Ushbu oxirgi ikki formula orqali, quyidagi xulosa kelib chiqadi. Demak jismni harakatga keltirish uchun unga qo`yilgan kuch, normal o`q bilan  o - dan katta bo`lgan burchak ostida qo`yilishi shart, aks holda bu kuchning qiymati qanday katta bo`lishidan qatiy nazar jism hech qachon harakatga kelmaydi. SHu sababli bu  o - burchakni ishqalish burchagi deyiladi, va shu burchak ostida chizilgan konusni ishqalanish konusi deyiladi, va bu konusning ichida yotgan harqanday kuch, uning son qiymatini kattaligidan qatiy nazar jism harakatga kelmaydi. Bu xossadan foydalanib, o`z - o`zidan tormozlanuvchi mashinalar ( masalan liftlar)da foydalaniladi. Dumalab ishqalanish. Dumalab ishqalanish koeffitsienti. Avvalo, jism dumalashi uchun qanday shart bajarilishi kerak. Faraz qilaylik birorta absolyut qattiq jismdan yasalgan R - radiusli g`ildirak, absolyut qattiq jismdan iborat gorizontal tekislik ustida muvozanat holatda turgan bo`lsin. Endi shu g`ildirakning markazi S - nuqtaga ozgina Q - kuchi bilan tasir etsak g`ildirak aylanmasdan muz ustidagidek sirpanib harakat qilishi mumkin. 3 shakl G`ildirak aylanishi uchun, gorizontal tekislik bilan g`ildirakning ostki yuzasi o`rtasida ishqalanish kuchi paydo bo`lishi shart, faqatgina shu F ishq kuch tasiridagina aylanish sodir bo`ladi. SHakldan ko`rinib turgandek e lkasi R - ga teng bo`lgan Q va F ishq kuchlardan tashkil topgan juft kuch paydo bo`lib, g`ildirakni aylantirishga harakat qiladi, agarda qarshilik momenti bo`lmasa, g`ildirak aylana boshlaydi. Lekin, aslida g`ildirakni aylanma harakatga keltirish uchun Q va F ishq momenti etarli darajada katta bo`lishi kerak. Nima sababli shunday bo`ladi?. Sababi shuki, real konstruktsiyalarda, harqanday g`ildirak bilan yuza, nuqta yoki chiziq orqali tutashmasdan, balki malum miqdordagi  -enligidagi yuzacha orqali tutashadilar (shakl 8.4). 4 shakl. SHu sababli shaklda ko`rsatilgandek R va N kuchlaridan tashkil topgan qarshilik momenti vujudga keladi, natijada g`ildirakka ikkita juft kuch tasir etaboshlaydi, ulardan biri Q va F ishq kuchlardan iborat aktiv juft, ikkinchisi esa R va N kuchlaridan tashkil topgan qarshilik juftidir. G`ildirak aylanma harakat bajarishi uchun aktiv juftning momenti qarshilik juftining momentdan katta bo`lishi shart, yani    mom Q F mom N F N     , , ишы ишы Р ёки `R     (4) bu erda  - dumalab ishqalanish koeffitsienti deyiladi. 8.4 shakldan ko`rinib turgandek uning o`lchov birligi uzunlik o`lchovi bilan o`lchanadi. F ishq h f o   ekanligini etiborga olib bu qiymatni oxirgi tenglamaga qo`yib, ikkala tomonini N ga qisqartirib, quyidagi tenglamani olamiz, yani R  f o >  ni hosil qilamiz. Ushbu tenglikdan sof dumalash bo`lishi uchun zarur bo`lgan qiymat, yani sirpanib ishqalanish koeffitsientining modulini aniqlash mumkin, yani f o > /R (5) Ikkinchi tomondan sirpanib ishqalanish koeffitsienti - f o etarli bo`lsa, g`ildirakni dumalatish uchun etarli bo`lgan kuchning modulini topamiz, yani R Q N Q R N      min min   бун дан (6) ni hosil qilamiz. Demak oxirgi tenglama orqali harqanday g`ildirakni dumalatish uchun zarur bo`lgan minimal kuchni aniqlashimiz mumkin. Ushbu tenglamadan ko`rinib turibdiki, qanchalik dumalab ishqalanish koeffitsientii va normal bosim kichkina bo`lsa, minimal tortish kuchi shuncha kichkina bo`lar ekan. Lekin normal bosimni o`zgartirib bo`lmaydi, chunki bu g`ildirakka tushayotgan og`irlik kuchidan tashkil topadi. SHuning uchun faqat dumalab ishqalanish koeffitsienti  - ni kamaytirish lozim, buning uchun g`ildirak va harakatlanuvchi yuzalar qattiq yuzalardan iborat bo`lishi zarur. Mana endi nima sababli poezdlarning g`ildiraklari qattiq po`latlardan tayyorlanishligi va temir yo`lning qattiqligi evaziga  - ni kichraytirish mumkinligini sababini aniqladik. SHu sababli temir yo`lda yuklarni tashish, avtomobil yoki havo yo`llariga nisbatan birnecha marta arzon bo`lishligini tushunish mumkin. Masalalar echganimizda dumalab ishqalanish koeffitsienti zarur bo`lsa, mashinashunoslik spravochniklaridan ularni tanlab olish mumkin, ulardan bazilarining son qiymatlarini keltirishimiz mumkin, masalan: Yog`och g`ildirakni yog`och tekislik ustida dumalatilganda ........  h0,05  0,08 sm, Po`lat g`ildirakni rels ustida dumalatilganda..............................  h 0,005 sm, Toblangan po`lat, po`lat ustida dumatilganda (polshipnik) .......  h 0,001 sm. Bundan so`ng studentlarga shu mavzuga oid masalalar echib ko`rsatiladi. MASALA. 8.5 a) shaklda Mh1250 kNm burovchi moment bilan harakatlanuvchi elektr lebyodkaning ishchi organi tasvirlangan. Lebyodkani to`xtatish uchun ikkita tormozlovchi A - kolodkalar o`rnatilgan bo`lib, tormozlangan paytda ular disk V - ni R - kuch bilan siqadilar. 5. shakl. Diskning radiusi rh600 mm bo`lsa tormozlovchi kuchning miqdorini aniqlang. Disk bilan tormozlovchi kolodkalar orasidagi ishqalanish koeffitsienti fh0,5 deb qabul qilinsin. Echish. Diskni bog`lanishlardan ajratib olib, ularni o`rniga reaktsiyalarini qo`yamiz, ular tormozlash paytida diskka har biri F - ga teng ishqalish kuchlaridan tashkil topgan juft bilan tasir etadilar. Juftning elkasi dikning radiusi r - ga teng. Kulon qonuni bo`yicha ishqalish kuchining qiymati, Fh f  Nh f  R (a) Ushbu mexanizm muvozanatda bo`lishi uchun, diskka tasir etuvchii barcha momentlarning yig`indisi nolga teng bo`lishi shart. Ya’ni 5 b) shakldan, diskning markazi S nuqtaga nisbatan momentlarning yig`indisi nolga teng bo`lishi shart,m F C k ( )  0 F  2r - Mh0 yoki f  R  2r - Mh0. Bundan P M f r kH        2 120 2 06 05 200 , , . Demak lebyodkani tormozlash zarur bo`lsa, kolodkalarni Rh200 kN kuch bilan siqish zarur ekanligini aniqladik. Tayanch so`z va iboralar: Ishqalanish, sirpanib ishqalanish. Sirpanib ishqalanish qonuni, ishqalanish koeffitsienti, ishqalanish burchagi, ishqalanish konusi. Dumalab ishqalanish, dumalab ishqalanish koeffitsienti, dumalab ishqalanish koeffitsientining o`lchov birligi. А D А BIYOTL А R: 1. S а v е lg’ е v I.V. Kurs о bo’ е y fiziki. T.1,2, “N а uk а ”. 1998 g. 2. D е tl а f А . А ., YAv о rskiy B.M. Kurs fiziki. M., “Vqssh а ya shk о l а ”, 1989 g. 3. Tr о fim о v а T.I. Kurs fiziki. M. “Vqssh а ya shk о l а ”. 1989 g. 4. Ах m а dj о n о v О . Fizik а kursi. 2 k.T. “O’qituvchi”. 1988 y. 5. Grib о v L. А ., Pr о k о fg’ е v а N.I. « О sn о vq fiziki», «G а rd а rik а ». M.,1998 6. О.Ах m а dj о n о v . Fizik а kursi , I - t о m . Tоshkеnt, “O’qituvchi”. 1991 1-5 bоblаr. 7. Sаvеlg’еv. Kurs оbo’еy fiziki. T.1,M., Nаukа,1989-1992 g. 8. А.А.Dyatlаf, B.M.YAvоrskiy. Kurs fiziki. M., “Vqsshаya shkоlа”.1989. 9. T.I.Trоfimоvа Kurs fiziki, M., «Vqsshаya shkоlа». 1985 g, 31-33. 10. G.А.Zismаn, О.M.Gоdеss. Kurs оbo’еy fiziki. M, izd. “Vqsshаya shkоlа”, 1991 g 11. D.V.Sivuхin «Оbo’iy kurs fiziki». Tоm 1. M.Nаukа.1977-90 g