logo

G`arbiy yevropa mamlakatlarida irratsionalizm. Artur shopengauerning iroda falsafasi

Yuklangan vaqt:

13.04.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

142 KB
G ` arbiy yevropa mamlakatlarida irratsionalizm. Artur shopengauerning iroda falsafasi Reja: 1. G`arbiy Yevropa mamlakatlarida irratsionalizmning shakllanishi. 2. Artur Shopengauerning “tassavur va iroda dunyo”si. 3. Shopengauerning axloqiy ta’limoti. 4. Shopengauer ijodining “hayot falsafasi”ga ta’siri. Artur Shopengauer 1788 yil Dansig (hozirgi Gdansk) da, о`ziga tо`q tijoratchi va yozuvchi oilasida dunyoga keldi. 17 yoshga tо`lganda, xotirlaydi faylasuf, “hali maktab ta’limini tugatmasdanoq, Buddaning yoshligi singari dunyo tashvishiga berilgan edim, qarilik, iztirob va о`lim mazmunini tuydim”. Dunyo halokatlari haqida mushohada yuritib, Shopengauer xulosa qiladi: “bu dunyo qandaydir ezgu mavjudot faoliyati mahsuli emas, shubhasiz – qandaydir shaytonning ishi, u о`z malaylarini yaratib insoniy azoblardan rohatlanadi”. Ushbu tushkun kayfiyat Shopengauer tomonidan о`zgartirilib, turli ofatlar dunyoning mavjudligi bilan bog`lanadi, aslida esa bu dunyo “eng yuksak ezguga” yetishish uchun zaruriy vositadir. Urg`uning boshqa yoqqa berilishi bilan Shopengauerning dunyo talqini ham о`zgardi. Shaytoniy ibtidodan, aqldan tashqaridagi ongsiz darajada о`z-о`zini anglash, izlash darajasiga о`tadi. Hissiyot dunyosi voqeiy mustaqilligini yо`qotdi, qо`rqinchli tushga о`xshab qoldi, ana shu tushda dunyoning aqlsizligi namoyon bо`ladi, lekin u “ezguroq ongga” turtki beradi. Vaqt о`tishi bilan ushbu fikrlar Shopengauerda yanada aniqroq tus ola boshladi. Lekin bu Shopengauerni yoshligidagi mushohadalaridan falsafiy tizim yaratishga turtki bо`ldi degani emas. Uning falsafiy yо`li juda mushkul bosqichlardan о`tdi, о`zining haqiqiy vazifasini ham darrov anglagani yо`q. Fanlarga qiziqishiga qaramasdan, otasining ta’siri ostida tijorat bilan shug`ullandi. Lekin 1805 yilda otasining fojiyaviy vafotidan sо`ng tijoratni tashlab, о`qishini Gyottingen va Berlin universitetlarida davom ettiradi. U yerda G.E. Shuls va I.G. Fixte ma’ruzalarini tinglaydi. “Yetarli asos qonuning tо`rt ildizi” nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi, bu dissertatsiya 1813 yilda kitob bо`lib chiqadi. 1818 yilda Shopengauer “Dunyo iroda va tasavvur sifatida” nomli asarini yoza boshlaydi. Asarni tugatib Yevropa bо`ylab sayohatga chiqadi. Sо`ngra 1820 yilda Berlin universitetiga privat-dotsent lavozimiga qabul qilinadi. Shopengauer о`z ma’ruzalarini Gegel ma’ruzalari vaqtiga qо`yadi. U Gegelni hech ham yoqtirmas edi. Uni Kantning buyuk g`oyalarini mensimagan “sofist” deb ataydi. Lekin Gegel bilan raqobatlashish unga juda qiyin kechadi. Talabalar uning ma’ruzalariga qatnashmaydilar. Shuning uchun ham u keying mashg`ulotlarini bekor qiladi. 1831 yilda u universitetdan ketadi va Frankfurt Maynda yashay boshlaydi. О`zini chalg`ituvchi mashg`ulotlardan chegaralab “Dunyo iroda va tasavvur sifatida” asarining asosiy tezislarini sharhlashga о`tadi. 1851 yilda “Parerga va Paralipomena” nomli tо`plami nashrdan chiqadi. Vaziyat о`zgara boshlaydi, keyin Shopengauer “Tabiat irodasi haqida” (1836) nomli risolasini nashr qiladi, 1840 yilda “Axloq masalasining ikki asosi” nomli risolasini yozadi. 1844 yilda “Dunyo iroda va tasavvur sifatida” nomli asarini sharhlar bilan tо`ldirib, ikkinchi jildini qayta chop etadi. Shopengauerning shogirdlari va maslakdoshlari kо`paya boshlaydi. Shundan sо`ng u Germaniyada birinchi mutafakkir maqomiga ega bо`ladi, “nemis falsafasining birinchi kayzeriga” aylanadi. Shopengauer 1860 yilda о`pka falajidan vafot etadi. U о`zining sо`nggi maktublarida I. Kantning “Sof aqlning tanqidi” asarini о`qishga da’vat qiladi, metafizik masalalarni tо`liq yechib bо`lmasligiga imon keltiradi. Shopengauer о`zining “Dunyo iroda va tasavvur sifatida” nomli asaridagi tartibli falsafiy tizimi bilan fahrlanadi, u hech qachon maxsus tizim yaratish bilan shug`ullanmaganligini ta’kidlaydi. U aforizm tarzida yozadigan faylasuf bо`lgan. Haqiqatlar о`rtasidagi aloqa Shopengauer fikriga kо`ra, о`z-о`zidan paydo bо`lgan. U kantcha tanqidiy falsafani juda chuqur о`zlashtiradi. Undan tashqari, Aflotun, qadimgi hind falsafasini ham ta’sirida bо`ladi. Falsafa, deb yozadi Shopengauer, borliqning sinoatligidan boshlanadi, ushbu masalani yechishni maqsad qiladi, dunyo mohiyati haqidagi savolga javob beradi. Shopengauerning hisobiga kо`ra, hech kim uchalik bu masalaga yaqin kelmagan. Dunyo tasavvur mahsuli. Shopengauer fikriga kо`ra, dunyo ikki kо`rinishga ega: tasavvurning mahsuli sifatida va о`zidagi dunyo sifatida. Tasavvur mahsuli sifatidagi dunyo – bu inson subyektiga namoyon bо`ladigan dunyodir. U о`zidagi dunyo hissiyot va tafakkurning aprior shakllari orqali namoyon bо`ladi. Bular makon, zamon va sababiyatning tafakkuriy qonunlaridir. Dunyoning tasavvur mahsuli sifatidagi ta’limotida Shopengauer Kantga taqlid qiladi. Kantning hissiyot va tafakkur haqidagi xulosalarini qabul qilib, lekin kategoriyalar tizimini soddalashtiradi. Kantcha 12 ta kategoriyadan bittasi hodisalarni qabul qilish uchun yetarli hisoblanadi. U ham bо`lsa, sababiyat kategoriyasi. Ana shu kategoriya orqali inson makon va zamonda sodir bо`ladigan jarayonlarni sababiyat qonuni asosida predmetlarni subyektiv hissiy qabul bilan solishtiradi. Qabul qilishda tafakkurning ishtiroki Shopengauer fikriga kо`ra, hissiy mushohadani “intllektualligidan” dalolat beradi. Makon va zamonning apriorligini, “undan hech narsani о`chirib bо`lmasligi bilan isbot qilish mumkin”, “tasavvur qilinadigan hamma narsani о`chirish mumkin”. Makon va zamon yetarli asos tamoyilining bir turini tashkil qiladi, ya’ni aynan mavjudlikning asoslov qonunini, uni qismlarining bir-biriga nisbatan mavjudligi, masalan, hozirgi holatning tugashi, undan oldingi holatning tugashidan keyin sodir bо`ladi. Makon va zamonning о`zgarishi shakllanishning asoslov qonuniga binoan sodir bо`ladi, ya’ni sababiyatga kо`ra. Agar bu ichki о`zgarish bо`lsa, u motivatsiyaga (turtki bо`luvchi kuch) kо`ra yoki harakat asosiga kо`ra amalga oshadi. Turli tasavvurlar munosabatini bilish, bilish asosi qonuniga kо`ra sodir bо`ladi. Mavhum tasavvurlar haqiqiyligi, ularning hissiy mushohadada asoslanganligida namoyon bо`ladi. Zero, mushohada, “har qanday namoyonning birlamchi manbai hisoblanadi” va hattoki “mutloq haqiqat” dir . Mushohadaga berilgan dunyo, mutlaqlikdan yiroqdir. Undagi asoslov, Shopengauerga kо`ra, о`z-о`ziga yetarli emasligini tasdiqlaydi. Bu qonun dunyoning har bir qismini, boshqa qismga muhtojligidan dalolat beradi. Demak, maxsus о`z borlig`iga ega emas. Bu nafaqat dunyo qismlariga xos. Hodisalar dunyosi mustaqil emas, u faqat “Men” ning tasavvurida mavjud. Dunyo nafaqat tasavvur mahsuli sifatida, balki о`z xolicha ham mavjud. Narsa о`zidan chiqish, inson о`ziga bog`liq. Inson ham botiniy, ham zohiriy olam sarvaridir. Zohiriy mavjudot sifatida u murakkab biologik mexanizm singari kо`plab a’zolardan va vazifalardan iborat. О`zga odamlarda, biz ana shu tashqi qobiqni kо`ramiz. Lekin о`zimizda kо`proq narsani kuzatamiz. Har birimiz, masalan, qо`limizni yoki boshqa a’zolarimizni harakati bilan birga qandaydir ichki kuchni sezamiz. Shunday holat iroda deb ataladi. Uni tashqi hissiyot yordamida mushohada qilib bо`lmaydi, ular makonda joylashmagan. Shopengauerning ishonchiga kо`ra, ana shu barcha sharoitni tushunish orqali – tana harakatlari iroda aktining “ob’yektivatsiyasi” (insondan tashqaridagi holat) sifatida namoyon b о `ladi. Bular harakatning sababi bо`lolmaydi. Harakat bitta, lekin u ichida, ya’ni о`z-о`zidan sodir bо`ladi. Shopengauerning fikriga kо`ra, iroda olami har doim ham insondagi narsa о`zidaga tо`g`ri kelavermaydi. Iroda harakati vaqtda amalga oshadi, vaqt esa ichki hissiyot shaklidir, ular bizga hodisani namoyon qiladi, narsa о`zidani emas. Aynan ichki hissiyotimiz narsalar qanday tuzilganligini bizga ayon qiladi. Bir sо`z bilan aytganda, narsa о`zidani iroda terminlari bilan atash zarur. Bevosita narsa о`zidaga biz faqat о`zimizdan kelib chiqib javob topishimiz mumkin. Tanamiz kabi boshqa narsalar ham о`z mohiyatiga, irodaviy tabiatiga ega. Zero, dunyoning mutanosib tuzilishi, uning yagona mohiyatidan dalolat beradi, uni olamiy iroda deb atash mumkin. Olamiy iroda nima? Iroda umuman olganda intilishdir. Insonda u qandaydir maqsadga intilishda namoyon bо`ldai. Maqsad esa voqeiy bо`la olmaydi, balki tasavvur qilinadi. Tasavvur – intellektning ishi. Lekin intellekt, Shopengauerning ta’kidiga kо`ra, irodaga bо`ysunmaydi. U о`ziga xos tana tuzilishiga bog`liq bо`ladi, ya’ni rivojlangan nerv sistemasiga bog`liq. Mohiyatdan olganda, intellekt irodaning bir kо`rinishidir, aynan “bilimga bо`lgan iroda” dir. Boshqa sо`z bilan aytganda, iroda intellektga muhtoj emas. U kо`r-kо`rona intilishdan iborat. Dunyo mohiyati, ratsional ibtidodan mosuvodir. U qorong`u va irratsionaldir. Shuning uchun ham, iroda orqali tug`ilgan dunyo cheksiz iztirob va dahshatdan iborat. Ayrim faylasuflar uni gо`zal deganlarida juda sodda kо`rinadilar. Aslida u nomukammal dunyolardan biridir. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, Shopengauerning pozitsiyasi bir xil emas. Birinchidan, Olamiy iroda butunlay noaqliy emas. Chunki u aqlni ham yaratgan. Ikkinchidan, hodisalar dunyosini farqlash zarur. U yerda yashash uchun kurash ketadi. “aflotuncha gо`zal g`oyalar” dunyosi ham yagona iroda olamining namoyoni hamdir. G`oya haqidagi ta’limot va naturfalsafa. G`oyalar haqidagi ta’limot Shopengauer metafizikasining asosiy qismlaridan birini tashkil qiladi. G`oyalar unda estetika va tabiat falsafasida keng qо`llaniladi. Tabiat makon-zamoniy ob’yektlarning qonun yaratuvchi mavjudligidir. Lekin bu ob’yektlar turli asoslidir. Ular о`zining har xilligi bilan hayratga soladi. Ularning manbalari haqida о`ylab Shopengauer shunday xulosaga keladi, makon va zamon ularni “kо`paytiruvchi” asos rolini о`ynaydi. Aslida, bir sifatli narsalar makon va zamonning turli shakllarida qayta-qayta namoyon bо`ladi. Lekin tabiatda sifatiy о`zgarishlar ham mavjud. Ularning tashkiliy qismlarini turli tirik organizmlar va noorganik moddalar tashkil qiladi. Noorganik moddalar shaxsiylik xususiyatlaridan mosuvodir, lekin ularda tabiiy kuchlarning asosi namoyon bо`ladi. Shunday qilib, Shopengauerning fikriga kо`ra, makon va zamon hissiyotning aprior shakllarining natijasi sifatida tabiatni ibtidoviy kuchi ta’sirida bosqichma-bosqich paydo bо`ladi. Ularning asosida tortilish va itarilish aloqalari yotadi. Kimyoviy potensiyalar “hayotiy kuchning” fundamental rolini о`ynaydi. Hayotiy kuch esa – о`z-о`zicha mavhumlikdir. Ularning muayyan xususiyati voqelik kasb etadi, ya’ni ularga hayvonot olamidagi biologik turlar hamda insoniy individlar ham kiradi. Bu fikrlarni asoslash uchun Shopengauerga tabiiy kuchlarning ontologik negizini topish talab qilinardi. Xuddi shunda unga g`oyalar ta’limoti asqotadi. Tabiatning har bir asosiy kuchiga muayyan “aflotuncha g`oya” namunasiga mos keladi, ular qandaydir subyekt tasavvurida makon va zamondan tashqarida mavjud. Shopengauer bu tasavvurni “dunyoning abadiy nigohi”, deb ataydi. Albatta, “dunyoning abadiy nigohi” cheklangan subyekt bilan aynan mos kelmaydi. Subyekt dunyoni makon va zamon orqali tasavvur qiladi. Subyekt bilan g`oyalar о`rtasida qandaydir umumiylik bor: ular mushohada qilinuvchi predmet bо`ladimi, g`oya yoki makon-zamon hodisasi bо`ladimi, о`z-о`zidan mavjud bо`la olmaydi, subyektga bog`liq bо`ladi. Ular mustaqil mohiyat sifatida haqiqiy substansiya bо`la olmaydi. Shopengauerning fikriga kо`ra, bor mavjud dunyo sarobdan iborat, uzundan-uzoq tushga о`xshaydi. Dunyoning abadiy nigohi, deb yozadi Shopengauer, “yagona mavjudlik, g`aroyib tushda namoyon bо`ladi, bu tushni hamma ishtirokchilar birdek kо`radi”. “Olamiy ruh” tushida Irodaning bevosita tajallisi orqali g`oyalar dunyosida tartib va uyg`unlik hukm suradi. О`tkinchi subyektlarning tushi voqeiy mavjudlik deb ataladi, u dahshatlidir. Hayot Shopengauerning ta’kidiga kо`ra, azoblarning о`rin almashinishidan iborat. Darhaqiqat, kо`proq intellektga ega bо`lganlar azob chekadilar. Lekin iztirob butun mavjudotni qamrab oladi, bu uning ontologik sababidir. Mazkur sabab makon va zamonning “yakkalashish tamoyiliga” asoslanadi. Makon individlarni cheksiz kо`payishiga sharoit yaratib beradi. Har bir individ u yoki bu abadiy g`oyaga mos keladi. Lekin g`oyalar kо`p, bunday sharoitda materiyaning yetishmasligi masalasi kо`ndalang bо`ladi, ular о`rtasida kurash sodir bо`ladi. Mavjudlik uchun kurash sodda shakllarni yuksakroq shakllar orqali siqib chiqarish sifatida davom etadi. Qator tabiiy inqiloblar sodir bо`ladi. Dastlab bunda hayotning namoyonini kuzatish mumkin, sо`ngra yuqori darajadagi olamiy Irodaning tajallisi amalga oshadi (uning yо`nalishiga kо`ra Hayot irodasi deb atash mumkin) va yuksak darajada inson paydo bо`ladi. Inson qudrati – uning intellektidadir. Intellekt umuman irodaviy intilishlar xizmatida bо`ladi. U qanchalik qudratli bо`lsa, unga ega bо`lgan mavjudot, tiriklik uchun shuncha qattiq kurashadi. Boshqa tomondan intellektning rivojlanganligi subyektning azobli, halokatli hissiyotiga teng darajada qarama-qarshidir. Demak, hamma mavjudotlar ichidagi eng hayotga chanqog`i bu – insondir. U о`z mavjudligining zahmatini tо`laqonli anglaydi. Shopengauer buni paradoks deb hisoblamaydi, balki irratsional Irodaga chо`mgan olamning qonuniyatli oqibatidir. Bunday iroda iztirobni tug`dira olmaydi, uning mohiyati yuqori darajadagi ijod mahsuli bо`lgan insonda namoyon bо`ladi. Shopengauer insonni aqlli mavjudot sifatida о`z iztiroblarini kamaytira olish qobiliyatiga egaligini tushunadi. Bu maqsadga yetishning bir yо`li davlatning kelib chiqishi, moddiy va huquqiy madaniyatning rivojidir. Shopengauer ishlab chiqarish va boshqa madaniy omillarning rivoji xulqning yumshashiga va zо`ravonlikning kamayishiga olib kelishiga ishonadi. Lekin inson tabiati umumiy baxtga erishishga tо`sqinlik qiladi. Zero, baxt yoki lazzatni tanlashga tо`g`ri keladi. Ular Shopengauerning fikriga kо`ra, salbiy tushunchalardir. Lazzat iztiroblarning tugashidir, ya’ni inson faqat qandaydir yukdan qutulgan paytidagina baxtni his qiladi. Agar hayotda hech qanday og`irchilik qolmasa, unda zerikish boshlanadi. Bu esa eng og`ir tuyg`udir. Boshqa sо`z bilan aytganda, insonlarni baxtli qilishga intilish doimo mag`lubiyat bilan tugaydi, chunki u haqiqiy vazifani qorong`ulashtiradi. Lekin ana shu haqiqiy vazifa nimadan iborat? Shopengauerning fikriga kо`ra, Irodani inkoridan iborat. Mavjudotlar ichida faqat inson olamiy Irodaning qо`lida qо`g`irchoqqa aylanmaydi, balki uni о`ziga qarama-qarshi yо`naltirishi mumkin. Insonni Irodaga qarshi isyoni tasodif emas. Zotan, Irodaning namoyon bо`lishi qonuniyatlidir. Lekin Iroda erkin, u о`zini ham inkor qilishi mumkin. О`zidan chiqishi uchun u qorong`u tomonini kо`rishi kerak. Inson olamiy Irodaning kо`zgusi rolini о`ynaydi, va aynan inson orqali Irodaning qisman о`zini inkor qilishi sodir bо`ladi. Erkin irodaning yuqori darajadagi ob’yektivatsiyasi sifatida u (inson) zaruriyat zanjirini uzishga qodir, dunyoda erkinlikni namoyon qiladi. Erkinlik esa deyarlik kam holda uchraydi. Irodadan voz kechish turli shaklda namoyon bо`ladi. Ulardan biri estetik qabul qilishdir. Ana shu holatdagi inson, vaqtinchalik о`z intellektini irodaga xizmat qilishidan ozod qiladi, о`zining individuallashgan makon-zamon chegarasidan chiqib ketadi, narsalarning mohiyatiy shaklini, g`oyalarini kо`radi. Estetik konsepsiY. Estetik sohaga о`tish doimo sof lazzat mavzulari bilan bog`lanadi. Chunki barcha narsalarning g`oyalari estetik baholash predmetiga aylanadi. Bunga aynan mos keladiga qadriyatlar san’at asarlari hisoblanadi, u estetik mushohadani taqozo qiladi. San’at asarlari daholar tomonidan yaratiladi, ularda aqliy salohiyat tо`la. Shuning uchun ham ular narsalar dunyosidan, g`oyalar dunyosiga bemalol о`ta oladilar. Mushohada natijalarini boshqalar qabul qila oladigan shaklga sola oladilar. San’at asarlari u yoki bu g`oyalarni ifodalagani uchun, g`oyalar dunyosi iyerarxik-pog`onaviy tuzilmaga ega bо`ladi. Shopengauerning mulohazasiga kо`ra, turli san’at asarlarini о`zaro solishtirish mumkin bо`ladi. Arxitektura san’ati asosiy hisoblanadi. “Unga faqat intilish xos: quyi darajadagi ob’yektiv iroda g`oyalarini tasvirlashi kerak, ya’ni toshning xususiyatlari og`ir, inert, qattiq, yopishqoq, ular ... tabiatning bas (musiqiy tovush)- generallaridir, undan keyin nur keladi” . Arxitekturaning tabiiy tо`ldiruvchisi gidravlika san’ati hisoblanadi. U materiyaning oquvchanligini ta’minlaydi. Irodaning yuqoriroq darajadagi ob’yektivlashishi о`simliklar hayoti bilan bog`liq bо`lgan hiyobon san’atida sodir bо`ladi, shuningdek, yer musavvirligida ham. “Yanada yuqoriroq daraja hayvonlarning rasmlarini yoki haykallarini yaratishda namoyon bо`ladi”. Lekin san’atning eng asosiy predmeti – bu inson bо`lib qoladi. Uni tasvirlashda musavvir tur va individual xususiyatlar balansini saqlashi zarur bо`ladi. Inson tabiatini she’riyat yaqqolroq ochadi. Bu san’atning turli- tumanligidan dalolat beradi. Lekin insoniy tabiatning adekvat va dinamik manzarasini, albatta, fojiya tо`liq ochadi. Fojiyaning eng mukammal shakli, Shopengauerning fikriga kо`ra, u alohida insonlarning tasodifiy iztiroblari, vaziyat taqozolari yoki biror kimsalarning johilliklari emas, balki zaruriy qonuniyatlarning oqibatlaridir, “unda tomonlardan hech biri nohaq bо`la olmaydi”. San’at turlari ichida musiqa alohida ahamiyat kasb etadi. Agar boshqa san’at turlari g`oyalarning ayrim qismlarini ifodalasa, musiqa esa “Irodaning bevosita namoyoni, xuddi asl g`oyalar dunyosidek, uning kо`plab shakllari orqali turlanishi narsalar olamiga tо`g`ri keladi”. Axloqiy ta’limot. Estetik mushohadadan kо`ra yakkalashishni yanada qat’iyroq kо`rsatadigan hodisa Shopengauerning fikricha, bu axloqiy ongdir. Axloqning yagona negiziy manbasi bu hamdardlikdir. Hamdardlik shunday hodisaki, inson о`zganing dardini о`zinikidek qabul qiladi. Hamdardlikni metafizik tushunish, Iroda olamida insonlarning birdamligini bildiradi. Aslida о`zganing dardini о`zimnikiday qabul qilib, men ham unga о`xshagan odam ekanligimdan dalolat beradi. Bunday holatni anglash xudbinlikni yemiradi. Shopengauerning fikriga kо`ra, hamdardlik adolat va insonsevarlik orqali ezgulikning ikki asosiy negizini tashkil qiladi. Insonsevarlik о`zgalarning dardini yengillashtirish faoliyatiga chorlaydi, adolat bо`lsa ularga yomonlik qilmaslik talabini qо`yadi. Qolgan ezguliklar shu ikkisidan kelib chiqadi. Dastlab qaraganda, Shopengauerning ezgulikka yuqori baho berishi, uning hayotga bо`lgan Irodasi bilan uyg`unlashmaydi. Zotan, axloqiy inson о`zgalarning dardini yengillashtiradi, ularni baxtli qilishga intiladi, bu bilan hayot Irodasini kuchaytiradi. Lekin mutafakkirning fikriga kо`ra, axloqiy inson tо`liq holda aqlli insonlarning hayoti iztiroblarga tо`la ekanligini biladi. Xudbin inson esa о`z hayotini yaxshilashga urinadi, о`zgalarning dardini unutadi va kо`tarinki ruhiyatni ta’kidlaydi. Axloqiy inson uchun esa bu yо`l butunlay yopiq. Ertami kechmi u falsafiy tushkunlik pozitsiyasini egallaydi, bundan qat’iyan qutulish choralarini izlaydi. Bunday radikal yо`l insonni taqvodorlik amaliyotiga yetaklaydi, ya’ni о`zining shaxsiy irodasi bilan kurashga chorlaydi. Shopengauer fikricha, irodani qisman namoyon bо`lishi “qо`shilish damlarida” amalga oshadi. Shuning uchun ham irodani о`z-о`zini inkoridagi birinchi qadam tanho о`tishlik (oila qurmaslik) yо`lini tanlash orqali sodir bо`ladi. Taqvodorlikning keyingi qadami, “ongli ravishda qashshoqlikka mahkum qilishdan iborat” . Idealda taqvodor о`zini ochlikka mahkum qilishi zarur. Ochlik – о`z-о`zini о`ldirishning yagona yо`lidir. Albatta, bunday ta’kidga kо`ra, Shopengauer о`z-о`zini о`ldirishni yoqlaganday bо`lib chiqadi. Aslida mutafakkir bunday pozitsiyada turmaydi. “Klassik” tarzdagi о`z- о`zini о`ldirishni Shopengauer olamiy Irodaning ayyorligi sifatida qabul qiladi. Gap shundaki, о`z-о`zini о`ldiruvchi hayot irodasidan voz kechmaydi, balki hayotdan voz kechadi. U hayotni sevadi, lekin bu hayotda nimadir unga tо`sqinlik qiladi, shuning uchun ham hayot bilan hisob-kitob qiladi. Bu paradoksal holat. Vaziyatni mavjudlikni о`limga mahkumlik yumshatadi. О`limga maqkumlik mavzusi Shopengauerni juda qiziqtiradi. Tana о`lganidan sо`ng “shaxs о`z xotiralari bilan yaxlitligini” saqlab qolishi mumkin degan ta’limotga u butunlay qо`shilmaydi. Chunki Shopengauer shaxsiy sifatlarni miyaning faoliyati bilan bog`laydi. Miyaning о`lishi shaxsning yо`qolishiga ham olib keladi. Boshqa tomondan, “har bir insonni aqliy faoliyati” tanaviy xususiyatga ega emas. Shuning uchun ham, tananing yemirilishidan keyin, bu faoliyat saqlanib qoladi. Tashqi kо`rinishdan Iroda intellektsiz qoladi, bilish irodasi bо`ladi, lekin amalga oshmaydi. Vaqt о`tishi bilan u boshqa qobiqqa kiradi. Amaliy nuqtai nazardan yangi shaxs eskisini umuman takrorlamaydi. Qisman bu vaqtda sodir bо`ladi. Vaqt yakkalashish tamoyili bо`lib xizmat qiladi. Lekin shaxslar о`rtasidagi aloqa muqarrar. Albatta, Shopengauer metampsixoz (ruhni kо`chib yurishi) haqida fikr yuritishdan voz kechadi, “ya’ni ruhni boshqa tanaga butunlay о`tishi”ni rad etadi. О`z nazariyasini “palingeneziya” deb ataydi. Palingeneziya bu – “individning parchalanishi va qayta shakllanishi, bunda iroda qoladi va yangi mavjudot obraziga kiradi, yangi intellektga ega bо`ladi”. Shunda о`z-о`zini о`ldirish oydinlashadi. Oddiy о`z-о`zini о`ldiruvchi hayotni inkor qiladi, lekin irodani emas. Shuning uchun ham uning mulohazakor xususiyati о`zini yana namoyon qiladi. Taqvodor esa hayot irodasini tobora sо`ndirib boradi va qayta tug`ilish charxpalagidan chiqib ketadi. Lekin irodadan voz kechgan insonni nima kutadi? Bu albatta, juda murakkab savol. Bir narsa ayonki, dastlab taqvodorni hayoti iztirobga tо`ladi, u ongli ravishda unga intiladi, bu faqat iztiroblar bilan cheklanmaydi, “zero, kimda hayot irodasini sо`ndirish tug`ilgan bо`lsa, ... ichki quvonch va samoviy xotirjamlikka ega bо`ladi”. Tasavvur qilish mumkinki, hayot irodasining butunlay sо`nishi inson mushohadaviy tabiatida yangi yorqin nurni porlatadi. Hayot irodasidan voz kechgan holatni “ekstaz, zavqlanish, Xudo bilan birlashish” 16 ga qiyoslash mumkin. Zotan, bu nofalsafiy sohaga aylanadi: “Falsafa pozitsiyasida qolib, biz salbiy bilim bilan qoniqishimizga tо`g`ri keladi”. Shopengauerning bu murojaati tasodif emas: “Men, - deb yozadi u, - о`z falsafamning sо`ngida illyuminizm sohasiga о`tganman, bu aniq dalildir. Lekin unga qadam qо`yishdan о`zimni saqlaganman ... imkon boricha ob’yektiv ratsionalistik chegara darajasida qolganman” 18 . Irodaning holati haqidagi falsafiy javob shundan iboratki, uni qandaydir Hech nima sifatida fikrlash kerak. Aynan falsafa Hech nimani mutlaq sifatida emas, balki nisbiy ma’noda talqin qiladi, bunda illyuminativ tajribani qо`llash kerak bо`ladi. Zero, dunyo narsa о`zida sifatida hayot Irodasiga aynan mos tushmaydi. Agar bu shunday bо`lsa, uning inkori sof Hech nimani berar edi. Hayotda narsa о`zidani Iroda deb atalishi, uning namoyoniga kо`ra aytiladi. Uni boshqa sifatlari ham bо`lishi mumkin. Hayot irodasini sо`nishi boshqa xususiyatlarni ochib yuborishi mumkin. Falsafa shuni kо`rsatadiki, ana shu xususiyatlarni ochishni subyekt-ob’yekt kategoriyalari orqali fikrlab bо`lmaydi. Agar illyuminativ tajribadan foydalanilsa, unda subyekt va ob’yekt о`rtasidagi farqlar yо`qoladi. Va-nihoyat, falsafa shuni tushuntiradiki, narsa о`zidani yakka irodaning inkori sifatidagi namoyoni olamiy Irodani sо`nishi degani emas. Yakka iroda narsa о`zida sifatida – Irodaning qisman bо`lingan bir parchasidir. Boshqacha aytganda, pir faqat о`zi nirvanaga erishadi, butun olam emas. Zero, nirvanaga faqat pirlargina erishmaydi. Bunga qahramonlar ham musharraf bо`ladi. Ular umumiy ish uchun kurashadilar, ezgulikka xizmat qiladilar. Shopengauer о`zini qahramon deb hisoblagan. Faylasuf pir bо`lishi shart emas. Uning ishi – haqiqatni ochishdan iborat, unga amal qilish uchun kuch qolmaydi. Din va ilohiyot. Nirvana, Xudo bilan birlashish, muqaddaslik haqidagi g`oyalarini tahlil qilib, Shopengauerning dinga munosabatini aniqlashga tо`g`ri keladi. Diniy qarashlarini jamlab, Shopengauer uni “ommaviy metafizika”, deb ataydi. Kant singari mutafakkir har bir insonni metfizikaga ehtiyoji bor deb hisoblaydi, ya’ni dunyoni chuqur mohiyatiy tuzilishini aniqlashni, jismoniy mavjudlikdan tashqaridagi chegarani bilishni istaydi. Bu ehtiyojni ozmi-kо`pmi falsafa qondirishi mumkin. Lekin falsafa – murakkab, u kо`pchilik uchun tushunarsiz. Shuning uchun ham mazkur vazifani boshqa tuzilma bajaradi. Bu surragat tuzilma dindir. Dinning surragatligi uning haqiqatlarni allegoriyalar tarzida berishida namoyon bо`ladi. Bir tomondan, bu о`zlashtirishni yengillashtiradi. Boshqa tomondan, ichki ziddiyatga olib keladi. Din о`z aqidalarini allegoriyalar orqali e’lon qila olmaydi, chunki bu e’tiqodga putur yetkazadi. Shuning uchun ham ularni haqiqat ekanligiga sо`zsiz ishonishni talab qiladi. Bu esa ba’zida mazmunsizlikka olib keladi. Shunday qilib, dinda “ikki chehra namoyon bо`lib qoladi: haqiqat hamda yolg`on chehra” 20 . Shuning uchun Shopengauer dinni qachonlardir yо`qolishini bashorat qiladi. Lekin evristik nuqtai nazardan din falsafani orqada qoldiradi, har qanday holatda u falsafa bilan boqadam bо`ladi. Lekin umumiy qabul qilingan falsafiy tizim mavjud emas. Din orasida ham yakdillik yо`q. Falsafa singari dinda ham haqiqatga yaqin kelish mumkin. “Eng yaxshi din” sifatida Shopengauer buddaviylikni tushunadi. Nasroniylik bilan birgalikda braxmanizmni ham tushkunlik dini deb ataydi. Tushkunlik dinlari dunyoga yovuzlik sifatida qaraydilar, u olamni inkor qiladi. Unga kо`tarinki dinlar qarshi turadi, ularga iudaizm va islom dini kiradi. Ularga panteistik dunyoqarash xos. Panteizm Shopengauerning fikriga kо`ra, umuman bema’nodir. Chunki dunyoni Xudo bilan qoimligi ziddiyatga olib keladi: dunyo dahshatli, Xudo esa – donishmand, qanday qilib u о`ziga shunday ayanchli taqdirni ravo kо`radi? Teizm dunyoni Xudodan ajratadi, shuning uchun unda ziddiyat yо`q. Teistik tasavvurlarni tug`ilishi tabbiy holdir. Insonlar tabiat hodisalari oldida о`zini ojiz his etadi, shuning uchun ular ustidan nazoratni qо`lga olishni istaydi. Ana shu intilishning о`zi ularga tafakkur xosligidan dalolat beradi. Bu yuqorida aytilganidek, har bir insonda metafizik ehtiyojlarni mavjudligidan dalolat beradi. Insonlar tabiatning kо`rinmas kuchlariga antropomorf sifatlarni singdiradi, xudolardan yoki yagona Xudodan shafqat sо`raydi. Ana shu tasavvurlar harakatchan bо`lishi uchun tartibga keltirilishi zarur va qandaydir nufuzga tayanishi kerak. О`z navbatida diniy ta’limotlar davlatga suyanadi. Lekin Shopengauerning fikricha, ularning axloqqa ta’siri shubhali. Dinni insonlarga taskin berishi boshqa masala. Lekin teistik qarashlarni qabul qilib bо`lmaydi. Politeizm umuman haqiqiy din emas, chunki u dunyoni yagona hisoblamaydi. Monoteizm dunyoni yaratilganligiga davo qiladi. Yaratuvchi inson intellekti modeliga qiyoslanadi. U individ singari aqlga monand, yoki unga aql xos. Lekin dunyo mohiyati individuallashmagan, aqlli ham emas, u kо`r-kо`rona Irodadan iborat. Bundan tashqari, yaratilganlik haqidagi ta’limot uni dunyo chegarasidan chiqarib yuboradi: “Teizm mazmuniga kо`ra, agar geometrik markazni tо`g`ri shakllantirilsa, uning yadrosi tashqariga chiqib qoladi” . Teizmning ilohiyligi inson doimo aqlli mavjudot degan ta’kid bilan mos kelmaydi - paydo bо`lgan ertami kechmi yо`qoladi, shuningdek, mustaqil inson mavjudligining mutloq erkinligi bilan ham mos kelmaydi. Hayot irodasini “о`zidagi” dunyo sifatida teistik ma’nodagi Xudo deb atab bо`lmaydi. Bunday Xudo ezgu bо`lishi kerak, lekin u iztirobni dunyoga keltiradi. Xotirjam Irodani ham Xudo deb bо`lmaydi, zero, “Xudo bunday holatda dunyoni xohlamas edi. Vaholanki, “Xudo” tushunchasida dunyoni bor bо`lishini xohlaydigan mazmun yotadi” . Shopengauerning bunday yondashuvida eng yaxshi din buddaviylik hisoblanadi, chunki u xudosiz dindir. Unda iztiroblar dunyosi, sansara, holat, iztirobni tug`diruvchi xohish-istaklar va nirvanaga butunlay qarama- qarshi qо`yiladi. Lekin Shopengauer faol va sokin irodaga dinamik yondashadi, ya’ni irodaning о`z-о`zini inkor qilishi, uni о`z-о`zini ta’kidlashi bilan birga mavjud bо`ladi. Nirvana oldindan mavjud emas, unga iroda orqali erishish mumkin. Yakkalashgan dunyo va iztirob tug`ilganida unga sharoit yaratiladi. Mutafakkir shu yerda xristianlik bilan ittifoqni kо`radi, ya’ni avfga erishish g`oyasi orqali. U hattoki shunday deydi, ta’limotini haqiqiy xristianlik falsafasi deb ham atash mumkin. О`z doktrinasining asosiy tezislarini xristianlik aqidalari tiliga о`giradi. Bu talqinga kо`ra, hayot Irodasi – bu ota-Xudo, “hayot irodasining qat’iy inkori” – Muqaddas Ruh. Hayot Irodasi bilan uning inkori о`g`il-Xudo, inson-xudo Isoda namoyon bо`ladi. Ushbu formula orqali inson dunyoviy mohiyatni о`z-о`ziga qaytishi jarayonida ishtirok etadi, bu о`z-о`zini kvaze-ilohiy bilish jarayonidir. Bu yerda Shopengauer falsafasining Shelling va Gegel falsafasi bilan chuqur intuitiv bog`liqligini kо`rish mumkin. Unga kо`ra, Mutloq ruh о`z-о`zini bilish uchun insonga ehtiyoj sezadi. Albatta, Gegelning ta’kidiga kо`ra, о`z-о`zini bilish adekvat ravishda fikrda namoyon bо`ladi. Shopengauer esa uni harakatga bog`laydi. Yana bir farq bor – Gegelda dastlabki ibtido – bu Mutlaq ruh bо`lsa, Shopengauerda – qorong`u iroda hisoblanadi. Unga g`ayri aqliy intensiyalar, Vahelik xos, xuddi shu holat uni о`z-о`zidan ozod qiladi. Ilohiyotni ratsionalligini Shopengauer umuman inkor qiladi. Chunki unda Xudoning mavjudligini isbot qilish kerak bо`ladi, u mazmunga ega emas. Dunyoning mukammal mavjudligi haqidagi ontologik argument sofizmga olib keladi. Kosmologik isbot esa xato, chunki Xudoni harakatga chorlovchi birinchi sabab qilib kо`rsatish mumkin emas, sababiyat faqat dunyoning ichida mavjud bо`ladi. Dunyoni maqsadga muvofiq tuzilganligi haqidagi tabbiy-ilohiy isbot yetarli emas, chunki u dunyo tuzilishini aqlli Arxitektori borligi haqidagi tasavvurga olib keladi. Usiz ham yagona Iroda orqali dunyoni tushuntirib berish mumkin. Tabiatning maqsadga muvofiqligi hayot Irodasini yaxlitligidan dalolat beradi. Bu yaxlitlik qanday ma’lum bо`ladi? Lekin Shopengauerning ta’kidiga kо`ra, “yakkalashish ildizlari” qanchalik narsa о`zidaning tubigacha chuqur kirib borganligini о`zi ham bilmaydi. Oliy darajadagi yaxlitlikning borligini dunyo maqsadga muvofiq tuzilganligi, qaytarilmas iroda aktlari isbotlaydi. Umuman olganda, Shopengauerning dinga va ilohiyotga bо`lgan munosabatini ziddiyatsiz deb bо`lmaydi. Bir narsa aniqki, uning falsafasi dindan xolidir. Shu nuqtai nazardan mutafakkir Bruno va Spinozaning izdoshi bо`lgan, deb hisoblash mumkin. Uning falsafasida dinga bog`liqlik ham, unga qarshi isyon ham yо`q. Garchi u о`z falsafasini himoya qilishda dinga murojaat qilsa ham, bu aloqalar erkin xususiyatga ega bо`ladi. Shopengauer shuni aniq namoyon qiladiki, din aqidalariga о`ranmagan falsafa yorqin nur sochadi. Uning tizimining ahamiyati shunda namoyon bо`ladi. Shopengauer hayot paytidayoq izdoshlari kо`payib bordi. Mutafakkirning о`limidan sо`ng shogirdi Y. Frauenshtedt faylasufning tо`la asarlar tо`plamini va qо`lyozmalarini nashr ettiradi. Zero, bu asarlar ilmiylik talablariga tо`la javob bermasa ham, yangi matnlar Shopengauerga bо`lgan qiziqishni orttirdi. Uning asarlari ichida “Hayotiy aforizmlar” i va “Muhabbat metafizikasi” katta obrо`ga ega bо`ldi. Faylasuflarning esa Shopengauerning falsafiy tizimi qiziqtirdi. Lekin kо`pchilik uning falsafasiga ba’zi о`zgartirishlar kiritish zarur deb hisoblashdi. Masalan, E. Gartman, “Ongsizlik falsafasi”ning muallifi dastlabki mohiyat Iroda va G`oyaning birligida bо`lishi kerak deydi. Irodani inkori ham о`zgartirilishi zarur. Shopengauerning nazariyasidan Fridrix Nitshe butunlay boshqacha xulosaga keladi. Nitshe mutafakkir ta’limotini butunlay о`zgacha talqin qildi. U ta’limotning transsendental sohalaridan butunlay voz kechib, shunday xulosaga keladiki, Iroda muqobillikka ega emas, undan voz kechish о`rniga, uni yuksaklikka kо`tarish zarur. Xuddi shu nuqtai nazardan Shopengauer ta’limotini “hayot falsafasi” ning asoschisi deb hisoblash mumkin. Jumladan, uning ta’limotida “induktiv metafizika” elementlarini ham kuzatish mumkin. G.T. Fexner, V. Vundt va boshqalar shu oqimga mansub. Shuningdek, M. Sheler, V. Vitgenshteyn va M. Xorkxaymer ham Shopengauer falsafasi ta’sirida bо`lganlar. XX asr boshlarida, ayniqsa, Shopengauer ta’limotiga qiziqish eng yuqori nuqtaga yetdi. Artur Shopengauer falsafasi mavhumlikning ideal olamini tuzmaydi, balki о`quvchini real muammolari bilan real olamga qaytaradi. “Hayot falsafasi”: hayot va uni tushunish Faylasuflar Hayotni tushunish Artur Shopengauer 1788-1860 yillar Hayot – bu “hayotga bо`lgan intilish” ning cheksiz juda kо`p marotaba ob’yektivlashishidir. Bu kо`r-kо`rona, irratsional kuch boshqa kuchga muhtoj emas, borliqning birinchi asosidir. Fridrix Nitshe 1844-1900 yillar Hayot – borliqning stixiyali shakllanishining namoyon b о` lishidir ; hamma tiriklik “ hayotga b о` lgan irodaga ” ega , ular о` z -о` zini tasdiqlashga urinadi , ular о` z mavjudligi uchun о` z raqiblari bilan doim kurashadilar ; makonni egallash iyerarxik ( pag ` onaviylik ) tarzda sodir b о` ladi , ular turli qadriyatlar bilan qurollanadilar ; rivojlanishning eng yuqori bosqichida – insonda – bu kuch о` z -о` ziga murojaat qiladi , о` shanda uning parchalanishi sodir b о` ladi . Anri Bergson 1859-1941 yillar Hayo t – bu qandaydir koinotiy kuchdir , “ hayotiy j о` shqinlikdir ”, uning mohiyati о` z -о` zini qayta - qayta ishlab chiqarishda namoyon b о` ladi , unda har doim yangi - yangi shakllar yaratiladi . Vilgelm Diltey 1833-1911 yillar Hayo t - inson borlig ` i shaklidir , bu borliq tarixiy - madaniy reallikda shakllanadi ; madaniyatning har bir hodisasi “ ob ’ yektiv ruhning ” namoyoni b о` ladi , ular tarixda harakat qiladi , unda inson mohiyati ochiladi , bu intuitiv shaklda egallanadi , lekin oxirigacha ochilmaydi , chunki hayotning “ oxirgi siri ” qoladi . Unga cheksiz yaqinlashish mumkin , lekin t о` liq egallab b о` lmaydi . Georg Zimmel 1858-1918 yillar Hayo t - bu ijodiy shakllanish jarayonidir , u ratsional uslublar va vosilar orqali t о` g ` ri tushunilmaydi ; u faqat ichki iztiroblarda egallanadi . Aynan ana shu unikal , о` ziga xos hayot kechinmalari , madaniyatning turli shakllarida ob ’ yektivlikka ega b о` ladi . Osvald Shpengler 1880-1936 yillar Hayo t – kо`r-kо`rona stixiyali kuchning namoyon bо`lishidir. Uning “uchqunlari” va “jо`shqinligi” madaniyatni shakllantiradi, ularning har biri – tirik tо`liq organizmdir, ular rivojlanishning turli bosqichlarini bosib о`tadilar. Umuminsoniy madaniyat yо`q, faqat alohida, mustaqil madaniyatlar mavjud. Adabiyotlar: 1. Блауберг И. Анри Бергсон. - М.: Юрайт-Издат, 2003. 2. Гардинер П. Артур Шопенгауэр. Философ германского эллинизма. - М., Наука, 2003. 3. Гриненко Г.В. История философии: Учебник. - М.: Юрайт- Издат, 2006. - 688 с. 4. Дарно Антисери и Джованни Реале. Западная философия от истоков до наших дней. - М., Наука, 2001. 5. Жаҳон фалсафаси тарихидан лавҳалар (Тузувчи ва илмий муҳаррир Қ.Назаров. масъул муҳаррир М.Баратов). - Тошкент: Файласуфлар миллий жамияти, 2004. 6. История философии: Учебник для вузов // Под ред. А.С.Колесникова - СПб.: 2010. 7. История философии для студентов вузов. - Ростов на Дону, 1998. 8. Йўлдошев С, Усмонов М., Каримов Р., Қобулниёзова Г., Рузматова Г. Янги ва энг янги давр Ғарбий Европа фалсафаси (ХУП-ХХ асрлар). - Тошкент: Шарқ, 2002. 9. Камю А. Бегона. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2013. 10. Камю А. Избранное. - М.: Мысль, 1969.