logo

Sanoat korxonalarida energiya ta’minoti va muqobil energiya manbali elektr stansiyalarni energetik samarali ishlashi

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

423.625 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Issiqlik energetikasi ” FAKULTETI “Elektr mashinalari” kafedrasi “Elektromexanik o’zgartkichlarda energiyani tejash” fanidan Mustaqil ish Mavzu: Sanoat korxonalarida energiya ta’minoti va muqobil energiya manbali elektr stansiyalarni energetik samarali ishlashi Bajardi ……………… Guruh ……………… Qabul qildi: ………… Toshkent Reja: 1. Sanoat korxonalarida energiya ta’minoti 2. Muqobil energiya manbali elektr stansiyalari 3. Elektr stansiyalarini energetik samarali ishlashi 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar  S anoat korxonalarining elektr energiyasi taʼminoti, korxonalarda elektr sifat koʻrsatkichlariga taʼsir etuvchi omillar va ularning iqtisodiy jihatdan zarari, sanoat korxonalarining elektr taʼminot tizimini boshqarish, sanoat korxonalarida elektr parametr tizimni baholash, sinxronlashtrilgan vektor oʻlchash tizimining xatolari, vektor oʻlchash tizimni aniqligini baholash, sanoat korxonalari elektr taʼminoti tizimi sifat koʻrsatkichlarini oshirish orqali elektr energiya samaradorligiga erishish uchun   texnik yechimlarni oʻrganish   tadqiq qilish. Elektr ta’minoti sistemasi (ETS) kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo ’ lgan elektr tarmoqlari hamda transformatorlar va o ’ zgartirgichli podstansiyalarni o ’ z ichiga oladi. Uning vazifasi xalq xo ’ jaligi ob’ektrlaridagi   elektr ishlatuvchilarni ko ‘ rsatkichlariga ega bo’lgan elektr energiyasi bilan ta’minlashdan iboratdir. Elektr ishlatuvchilarga turli mashina va mexanizmlarning elektr dvigatellari, elektr pechlar, elektroliz qurilmalari, payvandlash mashinalari, yoritish tizimi va boshqalar kiradi . Elektr ishlatuvchilar va elektr iste’molchilari (EI va I) elektr energiyasini energosistemaning rayon podstansiyalaridan oladi. Ba’zi hollarda bir yoki bir necha korxona uchun bir vaqtda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr markazlari (IEM) xam ko’rilishi mumkin. ETS ning ish rejimi va uning parametrlari   elektr energiya manbasi bo ‘ lgan energosistemaning hamda ishlab chiqarish jarayoni rejimlariga bog ’ liq. Bu parametrlarga kuchlanish, elektr yuklamalari, chastota va boshqa o ’ zgaruvchan   fizik ko ‘ rsatkichlarining qiymatlari kiradi. Energnosistema tomonidan ETS parametrlariga quyidagilar ta’sir ko ’ rsatadi: energosistemada aktiv quvvat balansi va chastota og ’ ishi bilan bog ’ liq bo ’ lgan elektr manbalarining quvvatlari o ’ zgarishi, reaktiv quvvat balansiga bog ’   liq bo ’ lgan   kuchlanish satki , qisqa tutashuvlar va muvozanatning buzilishi. Korxonalardagi texnologik jarayonlar yuklamalar rejimini aniqlaydi. ETS ni shartli ravishda 2 qismdan iborat deb qarash mumkin: 1) Tashqi elektr ta’minoti;  2) Ichki elektr ta’minoti sistemasi. Tashqi elektr ta’minotiga elektr manbasidan korxonaga o ’ tkazilgan ta’minlovchi havo va kabel liniyalari hamda ETS ning asosiy elementi bo ’ lgan bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) ning yuqori kuchlanishli cho ’ lg ’ ami tomoni kiradi. Ichki elektr ta’minotiga BPP ning 6-10 kVli tarqatish qurilmasi (TK) dan elektr ishlatuvchi va iste’molchilargacha bo ’ lgan elektr tarmoqlari kiradi. « Elektr ta’minoti » fani ichki va tashqi elektr ta’minoti tizimlaridagi asosiy elementlar bo ’ lgan   transformatorli va o ‘ zgartkichli podstansiyalarni, kabel va havo liniyalarini, tokoprovodlarini reaktiv quvvatinning o ’ rnini qoplovchi qurilmalarini, kuchlanishni rostlovchi qurilma va   usullarini tanlash masalalari , ETS ning asosiy parametrlari hisoblangan elektr yuklamalari, kuchlanish qiymati, ichki elektr ta’minoti sxemasi, kerak bo ’ lgan ishonchligi darajasi va boshqa ko ’ rsatmalarini   aniqlash ko ‘ rib chiqiladi. Yuqoridagi asosiy elementar va parametrlarning texnik talablariga javob beruvchi 2 va undan ortiq variantlari ichidan texnik - iqtisodiy hisoblar asosida yuqoriroq iqtisodiy ko ’ rsatkichni ta’minlovchi varianti tanlab olinadi. Motorlar uchun quyidagi himoyalar ishlatiladi: 1). O’ta yuklanishdan-issiqlik relesi va tok qiymatiga teskari bog’liq xarakteristikali maksimal rele bilan; 2). Ichki qisqa tutashuvlardan-saqlagichlar yoki avtomatlarning bir lahzada ishlovchi uzuvchisi bilan; 3). Tarmoq kuchlanishining pasayishidan-magnit yurgizgichlar yoki kontaktorlarning ushlab turuvchi g’altaklari bilan. Sinxron motorlar uchun qo’shimcha ravishda sinxronizmdan tushishdan himoya ishlatiladi. Bu himoya tarkibiga kuchlanish 0.85 U n   gacha pasayganda qo’z ь atish forsirovkasini ulovchi va kuchlanish pasayganda motorni sinxronizmda ushlab turuvchi kuchlanish relesi hamda sinxronizmdan tushganda motorni o’chiruvchi maksimal tok relesidan iborat. O’ta yuklanish (O’Yu) dan himoya issiqlik relesi bilan amalga oshirilib, uning ishlash printsipi quyidagi hodisalarga bog’liq: 1). Bimetall plastinkaning deformatsiyasi; 2). Metall   plastinkani chiziqli uzayishi ; 3). Oson eruvchi metallning erib ketishi; Issiqlik relesi motor bilan bir xonada joylashuvi kerak. Hozirgi paytda issiqlik himoyasi o’ta yuklanishsiz ishlovchi motorlar uchun yoki doimo kuzatish ostidagi motorlar uchungina ishlatilmaydi. Qolgan hollarda issiqlik himoyasi majburiydir. Bu himoyani aniq to’g’rilash-moslash qiyin bo’lsa ham avariyalarni kamaytiradi. Elektr apparatlari alohida xonalarda o’rnatiladigan portlash havfi bor xonalarda issiqlik himoyasini motorga moslash qiyinlashadi. Qisqa tutashuv toklaridan eruvchan saqlagichlar va avtomatlarning maksimal uzuvchilari himoya qiladi. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimi korxonalar iste’molchilarining elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bunyod etiladi. Iste’molchilarga quyidagilar kiradi: har xil mexanizmlarning elektr yuritkichlari, elektr pechlari va elektro- termik uskunalar, elektroliz qurilmalari, elektr payvandlashlar uchun kerakli apparat va mashinalar, yoritish qurilmalari, elektr filtrlar va boshqalar. Sanoat korxonalarining asosiy manbai bo‗lib, tuman elektroenergetika tizimi hisoblanadi. Misol tariqasida 1.1- rasmda elektroenergetika tizimi qismining soddalashtirilgan sxemasi ko‗rsatilgan bo‗lib, undan ikki sanoat korxonasi energiya bilan ta’minlanadi. Tizimning IES, GES va IEM stansiyalari o‗zaro 220 kV va 110 kV liniyalar bilan bog‗lanib, barcha iste’molchilarni elektr bilan ta’minlaydi. Elektr stansiyalarida o‗rnatilgan generatorlarda energiya (6,9+21) kV kuchlanish bilan ishlab chiqiladi. Iste’molchilar va energiya manbalari oralaridagi masofalar juda uzoq bo‗lganligi uchun elektr stansiyalarida o‗rnatilgan transformatorda kuchlanish 110 kV va undan yuqori miqdorga orttirilib, korxonalarga yuboriladi. Bu esa uzatish va taqsimlash liniyalarida energiya isrofmi kamaytiradi. Korxonalarning elektr energiyani qabul qilish podstansiyalarida kuchlanish miqdori pasaytirilib, iste’molchilarga uzatiladi 1-rasm elektroenergetika tizimi qismining soddalashtirilgan sxemasi Maʼlumki, insoniyat suv, quyosh, shamol va boshqa tabiiy hodisalar energiyasidan foydalanishni, tabiiy resurslar – koʻmir, neft va gazni qazib olish va yoqish orqali energiya olish boshlangan vaqtdan ancha avvalroq oʻrgangan. Oʻsha davrda suv, quyosh, shamol energiyasidan foydalanishda ularning miqdorlari, bunga ehtiyoj boʻlmaganligi sababli, hozirgi kundagidek muhim rol oʻynamagan. Jamiyatlarni industriyalashtirish davrida energiyaga boʻlgan talab jadal surʼatlarda oʻsib bordi. Bunday sharoitda barqaror va uzluksiz energiya taʼminotiga esa koʻmir, neft va gazdan foydalanish tufayli erishildi. Energiya resurslaridan foydalanish miqyosining ortib borishi bilan birgalikda ommaviy tarzda elektr energiyasi ishlab chiqarishining tabiatga va ekologiyaga salbiy taʼsiri ham kuchayib bordi. Lekin insoniyat foydali, qazib olinadigan yoqilgʻi ham chegaralanganligini, ular yer yuzining ayrim joylarida, maʼlum miqdorlarda mavjudligini, ularning zahiralari esa yaqin vaqtlar ichida tugashini tushunib yetdi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslarning yetishmasligi hamda uning tabiatga va ekologiyaga salbiy oqibatlarining mavjudligi kabi omillar – resurslar va energiyani tejashga asoslangan texnologiyalarni yaratish boʻyicha texnikaviy taraqqiyotga va yaqin kelajakda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini chuqurroq va atroflicha oʻrganish uchun kuchli turtki berdi. Muqobil energetika – qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻlmish cheksiz tabiiy resurslar va hodisalardan energiya olish maqsadida foydalanishdir. Bugungi kunda muqobil energetika manbalariga suv energetikasini, shamol energetikasini, quyosh energetikasni, vodorod energetikasini, atom energetikasini va boshqalarni kiritish mumkin. Hozirgi kunda dunyo miqyosida cheksizligi va atmosferaga tashlanadigan zararli chiqindilarining yoʻqligi borasida energiyaning anʼanaviy manbalariga nisbatan katta ustunlikka ega boʻlgan shamol va quyosh energiyalaridan foydalanish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) hisobotiga koʻra, agar 2008-yilda dunyo boʻyicha muqobil energetika loyihalariga $140 milliard, koʻmir, neft va gaz qazib olishga $ 110 milliard miqdorida investitsiyalar kiritilgan boʻlsa, 2018-yilga kelib muqobil energetikaga jalb qilingan investitsiyalar hajmi $288,9 milliardni tashkil etdi (bunda 2018-yilda quyosh energetikasiga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi $139,7 milliardni tashkil etdi). Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, muqobil manbalardan olingan elektr energiyasi miqdori (yirik gidroelektrstansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi quvvatlarini hisobga olmagan holda) 2019-yil davomida jahon miqyosida jami generatsiya qilingan elektr energiyasining 10,4 foizini tashkil etib, jahon atom energetikasini ortda qoldirdi. Hozirgi kunda jahon miqyosida quyosh va shamol energetikasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarining oshishida asosiy rolni oʻynamoqda, bunda 2019-yilda ushbu turdagi energetika quvvatlari oʻsishining ulushi jahondagi jami qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlari sof oʻsishining 90 foizini tashkil etdi. Xitoy va AQSH shamol energetikasi rivojini jadallashtirish boʻyicha yetakchi mamlakatlar boʻlib, 2019-yil davomida quyosh energetikasi boʻyicha Xitoy, Xindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Vyetnam eng yuqori quvvatlarga erishdilar. Quvvatlarni oshirish borasida qitalar miqyosida Osiyo yetakchilik qilmoqda – 2019-yilda jami quvvatlar oʻsishining 54 foizi uning ulushiga toʻgʻri kelib, ushbu koʻrsatkich uning umumjahon miqyosida oʻrnatilgan jami quvvatlardagi ulushini 44 foizga yetkazdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarining 2019-yildagi oʻsishi Yevropa va Shimoliy Amerika boʻyicha mos ravishda 6,6 va 6 foizni tashkil qildi. Shu sohada jadal rivojlanayotgan mintaqalarga Yaqin Sharq va Okeaniya mamlakatlari ham kirib, quvvatlar oʻsish surʼatlari mos ravishda 18,4 va12,6 foizni tashkil etdi. “Haqiqatdan ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari bugungi kunda jadal surʼatlarda rivojlannayotgan elektr taʼminoti manbasi hisoblanadi, lekin ayni paytda shu narsaga alohida eʼtibor qaratish lozimki, energetikaning ushbu sohasi hissasiga jami isteʼmol qilinayotgan energiyaning 20 foizi toʻgʻri kelmoqda. Qolgan energiya esa qazib olinadigan yoqilgʻilardan – koʻmir, neft va gazdan foydalanish evaziga ishlab chiqarilmoqda” – deydi YUNEP energetika boʻyicha eksperti Mark Radka. Bugungi kunda mutaxassislar oldida turgan asosiy vazifa – quyosh va shamol elektr stansiyalarida oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentini (KIUM) maksimal darajada oshirish uchun texnologiyalarni takomillashtirish turibdi, chunki energetikaning ushbu sohalari afzalliklari (cheksizligi, ekologik jihatlari, kelajakda energiya ishlab chiqarishda past tannarxga erishish imkoniyatlari mavjudligi) bilan birgalikda, quyidagi qator sezilarli kamchiliklarga ham ega hisoblanadi: 1) iqlim-havo sharoitlariga va kunning vaqtiga bogʻliqligi; 2) foydali ish koeffitsiyentining pastligi; 3) texnologiyalarda qimmatbaho materiallarning (kremniy, alyuminiy) foydalanilishi natijasida tannarxning yuqoriligi; 4) oʻrnatilgan quvvatlar birligining pastligi.   Oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyenti (KIUM) elektroenergetika korxonalari faoliyatining eng muhim koʻrsatkichi boʻlib, u maʼlum vaqt oraligʻidagi oʻrta arifmetik quvvatlar darajasining oʻrnatilgan quvvatlarga nisbati boʻyicha aniqlanadi. Ushbu koeffitsiyent elektr stansiyasining texnologik jihatdan takomillashtirilganligi nuqtayi nazaridan uning umumiy samaradorligini belgilab berish bilan birgalikda, stansiya boshqaruvini tashkil qilish hamda elektr stansiyasi xodimlari malakasi darajasini koʻrsatadi. Agar dunyodagi atom elektr stansiyalarida oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyenti oʻrtacha 82 foizni tashkil qilsa, shamol elektr stansiyalarida – 34 foiz, quyosh stansiyalarida esa 24,5 foizni tashkil etadi (shu jumladan, quyosh fotoelektrik stansiyalarida – 13- 15 foiz, quyosh issiqlik stansiyalarida – 28-33 foiz). Taqqoslash uchun, issiqlik elektr stansiyalarining oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyenti oʻrtacha 40 foizdan 63 foizgacha tashkil qilmoqda. Lekin bunda turli tipdagi elektr stansiyalarining manevr qilish imkoniyatlarini inobatga olish zarur. Masalan, atom elektr stansiyalari reaktori ish rejimini oʻzgartirishda katta xavf mavjudligi sababli ular eng past darajada manevr qilish imkoniyatiga egadirlar. Qattiq yoqilgʻida (koʻmir) ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari ham kam manevrli hisoblanadi, suyultirilgan yoqilgʻida yoki gazda ishlaydigan elektr stansiyalari esa ish rejimini oʻzgartirish uchun yetarli darajada manevr qila oladi, lekin bu turbinalar foydali ish koeffitsiyenti darajasini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. Ayrim olimlar, mutaxassislar doiralari orasida, oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentini ishdagi prostoylarni bartaraf qilish va elektr stansiyasi toʻliq quvvatidan foydalanish orqali oshirish mumkin, degan fikr mavjud boʻlib, aslida bunday emas. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari stansiyalarida oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentining sezilarli darajada cheklanganligi haqiqiy energetik manbaning (quyosh, shamol) nobarqaror ekanligi bilan bogʻliqdir. Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi. Respublikamizda qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish, birinchi navbatda gidroenergetika salohiyatidan foydalanish borasida "O'zbekenergo" DAK tomonidan ma'lum ishlar amalga oshirilmoqda "O'zbekenergo" DAK tomonidan mavjud GESlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash bo’yicha ishlar boshlab yuborilgan. Quyi Bo’zsuv GESlar kaskadidagi 14-GES va Farhod GESni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish ko’zda tutilmoqda. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish natijasida 2015 yilga kelib energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash va energetikani yanada rivojlantirish, yiliga 1 mlrd. m3 dan ziyod hajmda tabiiy gazni tejashga erishish, elektr energiyasi hosil qilishga ketadigan energiya solishtirma sarfini 13% ga, atmosferaga chiqarib yuboriladigan zararli chiqitlar hajmini 10% ga kamaytirish rejalashtirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi 01.03.2013 yil PQ-4512- sonli farmoni va «Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to’g’risida»gi 01.03.2013 yil PQ-1929-sonli qarorini bajarish doirasida «Fizika-quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida quyosh energiyasi instituti tashkil qilindi. «O’zbekenergo» DAK ushbu institutning ta'sischilaridan biri hisoblanadi. "O'zbekenergo" DAK tomonidan quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida respublikaning qator viloyatlaridagi «Muruvvat uylari», «Mehribonlik uylari» va qishloq vrachlik punktlarida gelioqurilmalar o’rnatildi. Bundan tashqari, Samarqand viloyatida Osiyo taraqqiyot banki kredit resurslarini jalb qilgan holda quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh stansiyasini qurish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, 2013 yilda «Navoiy» EIIZda quvvati 50 MVt bo’lgan fotoelektr quyosh panellari ishlab chiqarish boyicha qo’shma korxonaning 1-bosqichi tashkil etiladi. Kelajakda bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 100 MVt gacha oshiriladi. Shu munosabat bilan «O’zbekenergo» DAKda yoqilg’i-energetika balansiga qayta tiklanuvchan energiya manbalarini kiritish borasida ishlar olib borilmoqda. Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan katta sanoat miqiyosida foydalanish respublikada elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz iste'molini kamaytirish va shuning natijasida atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarib tashlash hajmini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. O’zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlarining yalpi va texnik salohiyatini baholash borasida o’tkazilgan taxlillar quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo’ladi: qator qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari respublikaning barcha hududida yetarli ekanligi, uning ekologik havfsizligi, energiya resursi jihatidan qondirarli ekanligi, milliy energiya resurslaridan foydalanish strategiyasini ham yaqin istiqbolga, ham uzoq istiqbolga mo’ljallab tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini ko’rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 06/24-41-son topshirig'iga muvofiq "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiya   2021-yil 21-25-mart kunlari   Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay amirligida xizmat safarida bo'lib qaytdi. E'tiboringizga "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati ishchi guruhining xizmat safari yakunlari bo'yicha hisobotini taqdim etamiz: 2021-yil, 21-mart Xizmat safarining birinchi kunida delegatsiya Arab ko'rfazi sohilida joylashgan Saih Shuaib port shahridagi   "Hassyan Clean Cool Power Plant" issiqlik elektr stansiyasiga   tashrif buyurdi. Tashrif avvalida elektr stansiya ma'muriyati hamda qurilish tashkiloti rahbariyati tomonidan loyiha to'g'risida taqdimot o'tkazildi. Taqdimotda ushbu elektr stansiya Dubay amirligi elektr energiyasini generatsiya qilish quvvatlarini diversifikatsiya qilish maqsadida qurilayotgani alohida ta'kidlandi. Loyiha "toza energiya" ishlab chiqarish sohalarini nazarda tutgan uzoq muddatli reja — "Clean Energy Strategy 2050" strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan bo'lib, ushbu dasturga ko'ra 2030-yilga kelib umumiy ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energetika ulushi o'z navbatida   25 % quyosh, 7 % atom, 7 % toza ko'mir va qolgan 61 % tabiiy gaz energiyasidan   iborat bo'lishini ko'zda tutadi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 3,4 mlrd AQSh dollariga teng bo'lib, stansiyani qurish ishlari 2016-yil noyabr oyida boshlangan.    2015-yil iyun oyida elektr energiyasini mustaqil ishlab chiqarish (IPP) modeli hamda "build-own-operate" (BOO) tamoyili asosida "Dubai Electricity and Water Authority"   (DEWA – Dubay amirligi elektr energiyasi va suv ta'minoti bo'yicha vakolatli organi)   bilan 25 yillik elektr sotib olish (PPA) hamda "ACWA Power" kompaniyasi boshchiligidagi konsorsium bilan aksiyadorlar kelishuvini (ЅHA) imzolagan. Kelishuvlarga ko'ra, DEWA "Hassyan" issiqlik stansiyasidan ishlab chiqarilgan har 1   kVt•soat elektr energiyasini 5 sent   (0,05 AQSh dollari) tarifida sotib oladi va "ACWA Power" kompaniyasiga ko'mir yetkazib beradi. Ushbu elektr stansiya Ultra super kritik (USC) parametrli so'nggi ko'mir yoqish texnologiyalariga asoslangan bo'lib,   har birining quvvati 600 MVtdan bo'lgan 4 ta energoblokdan   iborat. 2020-yilda umumiy quvvati   2400 MVt   bo'lgan elektr stansiyasining birinchi energoblogi ishga tushirilgan. 2021, 2022 va 2023-yillarda qolgan 3 ta energebloklarning ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu elektr stansiyasi   taxminan 250 mingta xonadonni   elektr energiyasi bilan ta'minlashga etarli bo'lgan elektr energiyasini ishlab chiqaradi.    Loyihani amalga oshiruvchi "Hassyan Energy Company" kompaniyasi — DEWA (ulushi 51 %) va "ACWA Power", "Harbin Electric" hamda "Ipak yo'li fondi"dan iborat konsorsiumning (49 %) qo'shma korxonasi hisoblanadi. E'tiborli jihati shuki, energobloklar uchun ko'mirni taqsimlash va yoqish tizimi to'liq avtomatlashtirilgan bo'lib, bunda ko'mirni yetkazib berish, saqlash yopiq tizimda amalga oshiriladi. Ko'mirni saqlash ombori va tashuvchi konveyerlar germetik yopiq tarzda ishlangan. Buning evaziga atrof-muhitga chang va boshqa zararli ta'sirlarni oldi olingan. Bundan tashqari, energobloklarda qo'llaniladigan filtrlar ilg'or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan va ayni paytdagi eng samarador hisoblanib, o'z navbatida atrof-muhitga zararli gazlarning chiqarish miqdorlari bo'yicha Jahon banki, Evropa Ittifoqi hamda BAAning o'zida belgilangan me'yorlariga nisbatan NOx bo'yicha 50 %ga, SO2   va qattiq zarralar bo'yicha 33 %ga kamroq ko'rsatkichlarga ega. USC texnologiyasi an'anaviy ko'mir elektr stansiyasidan farqli o'laroq o'ta yuqori temperatura va bosimda ko'mirni yoqish imkonini beradi. Buning natijasida ishlab chiqarish samaradorligi birmuncha oshadi, shu bilan birga, atmosferaga zararli gazlarning miqdorini kamayishi ta'minlanadi. Bundan tashqari, mazkur ish jarayoni uglerodni ushlab qolish konstruksiyasiga ega. Elektrofiltratsiyasining takomillashtirilgan tizimi (ESP) va tutun gazlarining dengiz suvi bilan desulfurasiya (SWFGD) qilish texnologiyasi NOx, SOx va qattiq zarralarning emissiyasini kamaytiradi. Xulosa qiladigan bo’lsak, Muqobil energiya manbalari bu gidroenergetika, shamol energiyasi, quyosh energiyasi, geotermal energiya, biomassa va suv oqimi energiyasidan foydalanish orqali olinadigan qayta tiklanadigan energiyadir. Neft, tabiiy gaz, ko’mir va uran rudasi kabi qazib olinadigan yoqilg’idan farqli o’laroq, bu energiya manbalari tugamaydi, shuning uchun ular qayta tiklanadigan, deb ataladi. Birgina 2019-yilning o’zida butun dunyo bo’ylab umumiy quvvati 200 GVt bo’lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari (TEM) ob’yektlari o’rnatildi. Ayni paytda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishga sarmoya kiritish bo’yicha yetakchilar Xitoy, AQSH, Yaponiya va Buyuk Britaniyadir. “BloombergNEF” ushbu ma’lumotlarni kuzatishni boshlaganidan beri shamol, quyosh, bioyoqilg’i, biomassa va chiqindilar hamda kichik gidroyenergetikaga global investisiyalar deyarli bir darajaga oshdi. Yillik asosda toza energiyaga investisiyalar 20 yil ichida 33 milliard dollardan 300 milliard dollarga oshgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://skb.uz/sites/PEPP/index_uzb.html 2. https://fayllar.org/kimyoviy-texnologiya-v6.html?page=3 3. Sharapov V.I., Orlov M.E. Issiqlik ta'minoti tizimlarining eng yuqori yuklanishini ta'minlash texnologiyalari. M.: "Issiqlik ta'minoti yangiliklari" nashriyoti. 2006 yil. 4. Sharapov V.I., Rotov P.V. Issiqlik ta'minoti tizimlarining yukini tartibga solish. M.: "Issiqlik ta'minoti yangiliklari" nashriyoti. 2007 yil 5. “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fanidan ma’ruzalar matni A. A. Vardiyashvili QARSHI – 2019 6. 1. Авезов Р.Р., Барский-Зорин М.А., Васильева И.М. Системы солнечного тепло- и хладоснабжения. - М.: Стройиздат. 1990. -328 с. 7. Авезов Р.Р., Орлов А.Ю. Солнечные системы отопления и горячего водоснабжения. -Т.: Фан. 1988. -288 с.