logo

Maksvell tenglamalari tajriba natijalarining umumlashmasi sifatida 2

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

84 KB
Maksvell tenglamalari tajriba natijalarining umumlashmasi sifatida 2 Reja : 1. Elektromagnit induksiya qonuning differensial shakli. 2. divB 0 Maksvell tenglamasi. 3. Maksvell tenglamalari sistemasi. 1. Yopiq otkazgich bilan chegaralangan sirt orqali magnit induksiyasi oqimi F ozgarganda, induktsion elektr yurituvchi kuchning tasirida otkazgichda elektr toki xosil boladi. Shu xodisani birinchi bolib tajribada 1831-yili (etibor bering Maksvell xam shu yili tugilgan) ingiliz fizigi Maykl Faradey kashf qilgan bolib uni bugungi kunda Faradeyning elektromagnit induksiyasi qonuni deyiladi. Bu qonun quyidagi matematik korinishga ega: bu yerda (-) ishora induksion elektr yurituvchi kuchning yonalishi bilan oqimning ozgarish tezligi yonalishi orasidagi bogliqlikni xisobga oladi. Otkazgichdagi elektr toki elektr maydon yuzaga kelganligi sababli paydo boladi. L yopiq konturdagi elektr yurituvchi kuch miqdoriy jixatdan shu kontur boylab birlik musbat zaryadni kochirishda elektr maydoni kuchlarini bajargan ishiga teng, yani: Magnit induksiyasi oqimi F quyidagi korinishga ega: (2) va (3) larni xisobga olganda (1) quydagi korinishga ega boladi: Elektromagnit induksiyasi xodisasi berk otkazgichning mavjud yoki mavjud emasligi bilan bogliq emas. Magnit induksiyasini ozgarishi xar doim, otkazgich bor yoki yoqligiga bogliq bolmagan ravishda, elektr maydonini paydo bolishi bilan kuzatiladi. Otkazgichning mavjudligi faqat shu maydon tasirida tokni xosil bolishiga imkon beradi xolos. Shuning uchun (4) ifoda fazoda fikran ajratilgan xar qanday yopiq kontur uchun orinlidir. (4) ni chap tomoniga Stoks teoremasini talbiq qilib olamiz. S sirt ixtiyoriy bolgani sababli Bu yerda (-) ishora magnit induksiyasini ozgarish tezligi vektori B / t va bunda konturda xosil boluvchi induksion elektr yurutuvchi kuch ozaro chap vint sistemasini xosil qilishligini korsatadi. (1-rasm) Rasm (6) formula Maksvellning yana bir tenglamasidan iborat. Demak bu tenglama Faradeyning elektromagnit induksiya qonunining differentsial shakldagi korinishiga ega bolib, manosi ikki ogiz soz bilan aytganda, magnit maydoni ozgarishi uyurmali elektr maydonini xosil qiladi. Yani elektr va magnit maydonlari orasidagi boglanishni yana bir tomonini ifodalaydi. Bu boglanish tarixan, yuqorida aytilgan teskari boglanishga nisbatan avval topilgan. Maksvell tenglamasi. (6) ni xar ikkala tomoniga divergensiyalash operatsiyasini tadbiq qilamiz. Rotorning divergensiyasi xar doim 0 ga tengligi sababli: Shunday qilib divB vaqtga bogliq emas. Demak B ning berilgan qiymatida divB kattalik, B ning boshqa qiymatlarida xam ozgarmaydi. Masalan B q0 da. Lekin B q0 da divergensiya 0 ga teng. Bundan xulosa qilish mumkinki u B ning xar qanday qiymatida 0 ga teng, yani xar doim  Korinib turibdiki Maksvellning bu tenglamasi mustaqil tenglama emas u (6) tenglama bilan bogliq. U magnit induksiyasi vektori B ning kuch chiziqlari boshi xam oxiri xam yoqligini va bu fakt esa oz navbatida magnit maydonini xosil qiluvchi magnit zaryadlarini yoqligini bildiradi. Agarda elektr maydonini xosil qiluvchi elektr zaryadlariga oxshash magnit zaryadlari xam tabiatda mavjud bolganda edi, magnit maydonining kuch chiziqlari xam yopiq bolmay, balki magnit zaryadidan boshlanib, magnit zaryadida tugagan bolar edi. Maksvell tenglamalari sistemasi. Avvalgi mavzularda korsatilganidek quyidagi tenglamalar Maksvell tenglamalari sistemasini xosil qiladi. Bu tenglamalar quydagi moddiy tenglamalar bilan toldirilishi kerak: (9) va (9 1 ) korinishdagi munosabatlar quyidagi uchta shartlar bajarilganda orinli boladi: 1) Maydondagi barcha moddiy jismlar qozgalmas 2) muxitni moddiy xossalarini xarakterlovchi kattaliklar vaqtga va maydon vektorlarining kattaliklariga bogliq emas. 3) Maydonda doimiy magnitlar va ferromagnit moddalar yoq. Yuqoridagi tenglamalar xalqaro birliklar sistemasida yozilgan bolib, Gaussning absolyut birliklar sistemasida ularning korinishi quydagicha boladi:  Bu yerda C-elektrodinamik doimiylik deyilib uni maxrajga yozish qabul qilingan. Yuqorida takidlanganidek (II) va (III) tenglammlar tola mustaqil tenglamalar emas. divrotH  0matematik ayniyat tufayli (III) tenglama (II) tenglamani yechishda qoshimcha shart vazifasini bajaradi. Shuningdek (I) va (IV) tenglamalr xam mustaqil emas. Buni korsatish uchun (I) tenglamaga div operatsiyasini qollaymiz. Divrot o ni xisobga olgan xolda ni xosil qilamiz. Uzliksiz tenglamasiga ko’ra uni (12) ga qo’ysak bundan ni olamiz Shunday qilib faqat I va II tenglamalargina mustaqil tenglamalardir. Lekin Maksvellning tortala tenglamasi xam mustaqil fizik manoga ega. Shu sababli Maksvellning tenglamalar sistemasi 4 ta tenglamadan iborat. Adabiyotlar: 1. Raximov A.U. Otaqulov B.O. “Elektrodinamika va nisbiylik nazariyasi” 1- kitob. 56-59 bet 2. Matveev. A. N. “Elektrodinamika” 6.7 va 8 37-41. 42-44 betlar.