logo

Zamburug`lar va ularning tuzilishi, ko’payishi, klassifikatsiyasi. Arximitsetlar va fikomitsetlar bo’limlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

282 KB
Zamburug ` lar va ularning tuzilishi, ko’payishi, klassifikatsiyasi. Arximitsetlar va fikomitsetlar bo’limlari Reja : 1.Zamburug’‘lar va ularning tuzilishi, ko’payishi, klassifikatsiyasi? 2.Arximitsetlar va ularning vakillari, hayot kechirishi, tuzilishi, ko’payishi, oziqlanishi, nafas olishi? 1. Fikomitsetlar va ularning vakillari, hayot kechirishi, tuzilishi, ko’payishi, oziqlanishi, ahamiyati? III- IV- tallomli, yadroli, plastidsiz o’simliklar ( Fallobionta aplstida) V- Mazkur pogona zamburug’lar (Mycophyta yoki Fundi) va shilimshiklar (Myxophyta) kiradi. Ularning tallomi ko’pincha hujayradan emas, giflar deb ataluvchi iplardan tashkil topgan bo’lib, mitseliyni hosil qiladi. Gif devori odatda xitin moddasidan, kisman esa selyulozadan iborat. Tuban zamburug’lar va shilimshiklarning vegetativ tanasi plazmodiy yoki psivdoplazmodiydan iborat. Ularning hammasi geterotrof organizmlar bo’lib, ko’payishi va tarkalishi turli- tuman sporalar yordamida amalga oshadi. Zapas moddalar hayvon kraxmaliga uxshash glikogendan iborat. Zamburug’lar ( Mycophyta) bo’limi. Zamburug’lar 100 mingdan ortik turni birlashtirgan tuban o’simliklarning Uziga xos bo’limi hisoblanadi. Suv o’tlaridan vegetativ tanasining rangsizligi va xlorofillini yo’qligi bilan, bakteriyalardan esa, tipik yadrosining borligi bilan fark qiladi. Ularning vegetativ tanasi gifa deb ataluvchi iplardan iborat. Gifalar O’z navbatida birlashib, mitseliylarni hosil qiladi. Mitseliy bir yoki ko’p hujayrali, bir ikki va ko’p yadroli substrad ichida tuproqda, o’simlik koldiklari, tirik o’simliklarning hujayra va to’qimalari ichida, hayvon organizmida joylashgan, tashqariga esa ularning faqat meva tanasi spora hosil kiluvchi organlari chiqadi. Mitseliy juda katta osmatik bosimli suv va suvda erigan oziqani shimish (surish) kobilyatiga ega bo’lgan satxga ega. Tuban zamburug’larda mitseliy yo’q. Uning vegetativ tanasi mikroskopik mayda, Yalong‘och yoki pustli protoplazma parchasidan iborat ko’p yadroli, tashki kurinishiga ko’ra yashil muvo’tlarga mansub sifonli suvo’tlarga uxshash. Yuksak zamburug’lar mitseliysi kundalangiga tusiklar bilan ajralgan bir ikki yadroli hujayralarga bulingan iplardan iborat. Ularning ayrim vakillaridagina hujayra pustlogida selyulloza, aksariyat qismini pusti polisaharidlardan iborat. Hujayralar o’rtasidagi kundalang tusiklarda sporalar mavjud. Protoplazmasi hujayra devori buylab joylashgan. Bularda xromotofor va plastidlar yo’q. Zapas maxsuloti yog va glikogen. Ayrim turlarida valyutin ham uchraydi. Zamburug’larning rangi hujayra pustida, sitoplazmada, vakuoladagi pigmentlarning rangiga boglik. Yangi hujayraning hosil bulishi va mitseliyning usishi, odatda, tallomini uchlarida joylashgan hujayralar xisobiga boradi. Zamburug’lar vegetativ, jinssiz va jinsiy yullar bilan ko’payadi. Vegetativ ko’payishi mitseliysining ayrim kismlarini O’zilishi, kurtaklanish, xlamidosporalar va sklerotsiy hosil qilish yuli bilan sodir bo’ladi. Zamburug’lar oziqlanishi jixatidan geteratrof organizimdir. Geteratrof oziqlanish o’z galida ikkiga bo’linadi. 1. Parazit holda ovqatlanish 2. Saprofit holda ovqatlanish  Jinssiz ko’payish jarayoni mitseliysining maxsus novdalarida hosil bo’ladigan endogen va ekzogen sporalr hosil bo’lib, bu sporalar bir, ikki yoki bir necha rangli yoki rangsiz hujayralardan iborat. Endogen sporalar tuban zamburug’lar uchun xarakterli bo’lib, ixtisoslashgan va asosiy gifalardan tusik orqali ajralib turadigan maxsus hujayra ichida hosil bo’ladi. Bu hujayralarda o’simlikning turiga qarab harakatchan zoosporalar va harakatsiz sporalar shakllanadi. Jinssiz ko’payishning ekzogen sporalari ko’pincha konidiylar deb yuritiladi. Konidiylar bittadan yoki zanjir shaklida mitseliyning maxsus gifalari uchida, yon tomonida, oddiy, shoxlangan substratdan ancha kutariluvchi konidiy hosil bo’ladi. Konidiylar kuruk muxitga moslashgan yuksak zamburug’lar uchun xos.  Zamburug’larning jinsiy ko’payishi nihoyatda turli-tuman. Tuban zamburug’larda xalogamiya, izogamiya kurinishida ancha murakkab tuzilgan, vakillari va yuksak zamburug’larda jinsiy ko’payishi oogamiya, zigogamiya va konyugatsiya shaklida o’tadi. Zigotasi ma’lum tinim davrini utaydi, reduksion bo’linishidan sung zigotasi unib chiqadi va zoospora yoki zoosparangiyli, sporangiy yoki konidiyli kiska gifa hosil qiladi. Tuban zamburug’larning butun individual taraqqiyot davri gaploid, diploid faqat zigota hisoblanadi. Ko’p hujayrali, mitseliyli yuksak zamburug’larning jinsiy ko’payishi tashki kurinishiga ko’ra nihoyatda turli - tuman ularning ayrim jinsiy organlarga differensiyalashgan tananing suyukligi biridan ikkinchisiga utishi natijasiga, boshqalarida harakatsiz mayda hujayralar - spermatsiyalar uruglantiradi. Uchinchi xil zamburug’larning jinsiy ko’payish organlari reduksiyalangan va uruglanish protoplastning bir vegetativ tanasidan ikkinchisiga utishi orqali yoki bir hujayradagi yadrolarning juft bo’lib kushilishi natijasida sodir bo’ladi. Yuksak zamburug’larda jinsiy ko’payish davrida protoplazma kushilgandan sung yadrolar darxol kushilmaydi, ma’lum Vaqt ichida ko’payadi va juft bo’lib dikkarionlar hosil qiladi. Yadrolarning jinsiy kushilishidan sung (kariogamiya) hosil bo’lgan diploid yadro ko’p Vaqt rejduksion bo’linadi va hosil bo’lgan gaploid yadrolar jinsiy ko’payish yadrolari hisoblanadi. Shunday qilib, yuksak zamburug’larning rivojlanish siklida konuniy ravishda uch faza navbatlashadi: gaploid, dikarion, diploid. Diploid faza odatda juda kiska Vaqtni, gaploid va dikarion fazalar esa zamburug’larning turiga qarab turlicha Vaqtni egallaydi. Jinsiy jarayon natijasida hosil bo’lgan sporalar 8 tadan bo’lib endogen holda maxsus hujayralar ichida kariogamiya va reduksion bo’linish sodir bo’lgan xaltalarda yoki ekdogen ravishda 4tadan bazidiyatlar deb ataluvchi maxsus hujayralar ustida hosil bo’ladi. Entogen sporalar askospora, ekzogen sporalar esa ba’zi diosporalar deb yuritiladi. Zamburug’larning rivojlanish siklida jinsiy va jinssiz sporalarning hosil bulishi konuniy ravishda almashinadi va jinsiy sporalar hosil bulishi rivojlanish siklining oxiri hisoblanadi. Zamburug’lar chirigan tungunaklarda, o’simlik koldikldarda, tuproqda, yogoch ko’priklar va nam yogoch kurilmalarda uchraydi. Ular chirindi moddlarga boy bo’lgan nam tuproqlarda, organik moddlarni minerallashishida aktiv katnashadi. Zamburug’larning bir yillik va ikki yillik hamda ko’p yillik turlari mavjud. Ko’p yillik parazit zamburug’lar butun umri davomida xo’jayin o’simlik bilan boglik ravishda yashaydi, uni kasallantiradi, chiritadi va xo’jayin o’simlik kuriganda ham oziqlanishning saprofit stadiyasiga utib, uning chirigan kismlarida hayot kechiradi. Parazit zamburug’larining aksariyat qismi o’simlik va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi. Parazit zamburug’larning xo’jayin o’simlik nobud bo’lgandan sung saprofit oziqlanishga o’tadigan turlari fakultativ parazitlar deyiladi. Faqat parazitlik yuli bilan oziqlaniuvchi zamburug’lar esa obligat parazitlar deb yuritiladi. Zamburug’larning ko’pincha o’simliklarda parazitlik qilishning asosiy sababi, ularda o’simlik uglevodlari va hujayra kobigini parchalaydigan fermentlarning bulishi va nordon reaksiyali muxitning ular uchun qulayligidir. Oqsilga boy hayvon organizmida zamburug’lar bakteriyalar konkurensiyasiga chidash berolmaydi, chunki bakteriyalar tez ko’payib hayvon organizmida ishkoriy muxitni vujudga keltiradi. Jinsiy ko’payish energiyasiga ko’ra zamburug’lar barcha tuban o’simliklardan ustun, ayrim zamburug’larning meva tanasi 1-7 mln spora hosil qiladi. Zamburug’larni kelib chiqishi tug‘risida aniq bir fikr yo’q. Shubxasiz zamburug’lar eng qadimiy o’simliklardan hisoblanadi. Ayrim botanik olimlarning nuktai nazariga ko’ra zamburug’lar suv o’tlaridan kelib chikkan va keyinchalik tarixiy taraqqiyot davomida xlorofilini yo’qotgan. Ularning ipsimon shakldagi vakillari, spora va sporangiylarining tuzilishi jinsiy jarayonda bir hujayrasi maxsulotining ikkinchisiga kushilishi qabilar suv o’tlariga yakinligidan dalolat beradi. Boshqa olimlarning fikricha, zamburug’larning ilk ajdodlari hujayrasiz sodda hayvonlar hisoblanadi. Zamburug’larda xlorofilni bo’lmasligi ham turlicha talkin qilinadi. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra boshlab zamburug’lar suv o’tlaridan kelib chikkan va ammo tarixiy taraqqiyot jarayonida oziqlanishi bilan boglik ravishda xlofilini yo’qotib parzit va saprofiylik bilan hayot kechirish xolatiga utgan. Botanik olimlarning boshqa bir guruxi zamburug’lar o’zoq tarixiy tarkkiyotni boshida ham xlorofilsiz bo’lgan va ular xivchinlilardan kelib chikkan deb tushuntiradilar. Zamburug’lar evolyusiyasi suvda kuriklikka chiqish tomon o’zgara borgan va tarixiy taraqqiyot jarayonida zoospora (harakatchan spora) hosil qilish kamaya borib, asosan harakatsiz sporalar hosil қilishga utilgan. Zamburug’larning rivoj topishi yopik urugli o’simliklar bilan o’zviy boglik. Aniqlanishicha, zamburug’larning aksariyat qismi yopik uruglilarga parazitlik qilish va sopradiotlik yuli bilan ularni parchalash asosida hayot kechiradi. Zamburug’lar bo’limi chukur va har tomonlama urganilishi va ko’p martalab reviziya kilinishiga karamasdan, uning aniq ko’pchilikni kanoatlantiradigan klassifikasiyasi bor deb bo’lmaydi. Shartli ravishda bu o’simliklar dunyosining Uziga xos bo’limini tuban va yuksak zamburug’larga bo’lib o’rganish tavsiya qilinadi. Ular o’z navbatida tegishli sinflarga ajratiladi. Biz quyida zamburug’larning quyidagi 5 sinfga bo’lib o’rganishning ma’kul topdik. Arxemersitsimonlar - Archimycetes Fikomitsetsimonlar - Phycomycetes Askomitsetsimonlar - Ascomycetes Bazidiomitsetsimonlar - Basidiomycetes Takomillashmagan zamburug’lar – Fugi imperfecti Arximitsetsimonlar Archimycetes cinfi. Mazkur sinfga mansub zamburug’lar mitseliysiz, vegetativ tanasi Yalong‘och, amyobasimon hujayralardan iborat, gifalari sodda tuzilgan va tusiklar bilan ajralmagan yoki ingichka rizomitseliylar deb yuritiladigan vegetativ tanadan iborat. Arxemitsetsimonlar sinfiga 400 ga yakin sodda tuzilgan zamburug’lar kiradi. Ular suv o’simliklari, suv hayvonlari va suvda usuvchi yuksak o’simliklarga parazitlik qilib hayot kechiradi. Saprofit turlari suv o’simliklari yoki hayvon koldiklarida yashaydi. Jinssiz ko’payishi ikki xivchinli zoosparalar yordamida boradi. Jinsiy ko’payishi esa har xil turkum vakillarida xologamiya, izogamiya, geterogamiya, ayrim turlarida zigogamiya yullari bilan sodir bo’ladi. Ularning keng tarqalgan turkumlari olpidium va sinxitrium hisoblanadi. Har ikkala turkum vakillarining vegetativ tanasi sporangiy tuplamiga aylanadi. Olpidium turkumi aksariyat parazit turlarni O’zida birlashtiradi. Shu turkumdan karam olpidiumini (Olpidium brassica) (rasm- 68) rivojlanish siklini qarab chiqamiz. Bu parazit zamburug’ karam kuchatlariga qora son kasallikni tarkatadi. Parazitning vegetativ tanasi yalongoch protoplazma parchasidan iborat plazmodiydir. U yalongoch sitoplazma parchasi kurinishida yosh o’simlik ildizining epidemiyasi yoki pustloq parenximasida rivojlanadi. Yadrolari bo’linish yuli bilan ko’payadi. Sungra plazmodiy pust bilan uraladi va sharsimon zoosparangiyga aylanadi. Zoosparangiydan tashqariga chiqadigan O’zun nay hosil bo’ladi. Bu nay orqali zoosparalalar tashqariga chikib tuproqqa tushib, tuproqdagi suv tomchisi yoki namda bir xivchinli zoosparalar yangi o’simlikka yakinlashib, uning ildiz epedermiyasiga O’zining hujayra maxsulini kuyadi. Shundan sung o’simlik hujayrasida vegetativ tana hosil bo’lib, kattalashib undan yangi zoosparangiy hosil bo’ladi. Qulay muxit sharoitida rivojlanish sikli ikki, uch kun muddatda tugaydi. Bu zamburug’larning jinsiy ko’payishi izogamiya yuli bilan, ya’ni ikkita teng va harakatchan gametaning kushilishi tufayli ruy beradi. Gametalar kushilib ikki xivchinli va ikki yadroli planozigotani hosil qiladi. Planozigota kalin pust bilan koplanib, xo’jayin o’simlik tanasida kishlaydi. Sinxitrium turkumining 150 ga yakin turi yuksak o’simliklarda parazitlik qiladi. Mazkur parazitlarning hammasi o’simlik hujayralarida parazitlik qilib hayot kechiradi va xo’jayin o’simlikning barg, poya va ildizlarida rangli doglar, usimtalar va shishlar hosil qiladi. Uning tipik vakili sifatida sinxitriumni olamiz. (Synchytrium yendobioticum) Bu kartoshkada rak kassalligini keltirib chikaruvchi parazit, vegetativ tanasi amyoboit bo’lib, zararlangan hujayrani tuldiradi. Zararlangan joy atrofidagi hujayralar tez bulina boshlaydi va kartoshka tugunagida burtmalar hosil bo’ladi. Bu parazit bilan zararlangan kartoshka tugunagi ko’pincha rivojlanishdan orkada koladi va kraxmal mikdori normadan pasayib ketadi. Jinssiz ko’payish bu parazitda ham zoosparalar yordamida boradi. Zoosparalar nam yoki shudring suvlar oqimi yordamida harakatlanib rivojlanayotgan kartoshka tugunagiga suqilib kiradi va amyoboitga aylanadi. Jinsiy ko’payish izogomiya yuli bilan sodir bo’ladi. Zoosporalar kushilib gameta hosil qiladi. Natijada ikki xivchinli, diploid yadroli planozigota hosil bo’ladi. U O’z navbatida kalin pust bilan uralib qishlovchi sistaga aylanadi. Bu kasallik kartoshka raki nomi bilan yuritiladi. Ularning mitseliysi mutlaqo bo`lmaydi yoki faqat boshlang`ich holatda zoospora va gametalari bir xivchinli, harakatchan, jinsiy jarayon oogamiya, geterogamiya va oogamiya ko`rinishida o`tadi. Ajdodning keng tarqalgan turkumlari olpidi um (Olpidium) va sinxitriy (Synchytrium), olpidium turkumi asosan parazit hayot kechiradi. Karam ko`chatlarida yashovchi turi «qoraoyoq» degan kasalni keltirib chiqaradi. Sinxitriy kartoshka rakining sababchisi hisoblanadi. Kartoshka tugunagida har xil o`lchamdagi o`simtalar hosil qiladi. Olpidium (Olpidium brassicae) Sinxitriy (Synchytrium) 1. Kram ko‘chatining “qora oyoq” kasalligi Olpidium (Olpidium brassicae) 2. Kartoshka raki Sinxitriy (Synchytrium endodioticum) . 3. Makkajo‘xorining poya va bargining kasalligi fizodermozom - (Physoderma zeae- maydis) Fikomitsetsimonlar - (Rhycomycetes ) sinfi. Fikomitsetsimonlarda rivojlangan hujayrasiz mitseliyning bulishi, ko’p yadroliligi bilan harakterlanadi. Ularda jinsiy organlarni asosiy tallomdan ajratib turadigan tusiklar bo’ladi. Vegetativ tana hamma fikomitsetlarda gaploid, diploid faqat zigotasi bo’lib, unib chiqishdan oldin reduksion bo’linadi. Fikomitsetlar jinsiy ko’payish harakteriga qarab 2 ta kenja sinfga bo’linadi: Oomitsetsimonlar (Oomycetidac) jinsiy jarayon Oogamiya yuli bilan sodir bo’ladi va zigomitsetsimonlar – Zydomycetidaye, jinsiy jarayon zigogamiya - usulida davom etadi. Oomitsetsimonlar (Oomycetidaye) kenja sinfi. Mazkur kenja sinf vakillarining mitseliysi yaxshi taraqqiy etgan, shoxlangan, ko’p yadroli, yaxlit, katta, tusiksiz bir hujayrali bo’ladi. Gifalarning kobigi selyullozadan shakllangan. Jinsiy jarayon oogamiya, yuksak taraqqiy etgan vakillarida esa jinssiz ko’payish konidiya sporalar yordamida bir va ikki xivchinli zoosporalar hosil qilish yuli bilan kechadi. Oomitsetsimonlar kenja sinfi 4 ta qabilaga bo’ladi: Shulardan saprolegniyasimon bilan parenosporasimonlar qabilasi vakillarini ko’rib chiqamiz. Saprolegniyasimon qabilasi vakillari suvdagi ulik xashoratlarda saprafitlik va ba’zi tirik baliklar tanasida parazitlik qiladi. Ularning 20 turkumga mansub 200 turi ma’lum. Mitseliysining yaxshi taraqqiy etganligi, jinssiz ko’payish ikki xivchinlik zoosparalar yordamida sodir bulishi va jinsiy ko’payish oogamiya yuli borishi orqali harakterlanadi. Saprolegniyasimonlarda oogoniy bir nechta hujayradan iborat. Saprolegniyalarda spermatozoidlar bo’lmaydi, anteridiy zaif, oogoniy yaxshi taraqqiy etgan bo’lib bir nechta tuxum hujayradan iborat. Zoosporalari ikki xivchinli. Bu tartibning keng tarqalgan turkumi saprolegniya hisoblanadi. Uning xarakterli turi. Sargolegniya (Saprolegnia mixta) bo’lib, u chuchuk, oqmaydigan suv xavzalarida ulik xashoratlar tanasida va baliklarning soprafit tuxumida parazit holda hayot kechiradi. Balik tuxumida parazitlik qilganligi tufayli bu parazit balikchilik xujaligiga katta zarar keltiradi. Jinsiy yul bilan ko’payganda uning gifalarida oogoniy va anteridiy hosil bo’ladi. Oogoniy sharsimon shaklda bo’lib, ichida bir yadroli bir nechta tuxum hujayrasi shakllanadi. Anteridiyli gifa O’zunchoq shaklga ega bo’lib, u ogoniy tomonga qarab o’sadi va u bilan birlashadi. Shundan sung anteridiyning usimtalari oogoniy ichiga sukulib kirib tuxum hujayrasiga yakinlashadi. Usimtaning kobigi yoriladi va suyukligining bir qismi yadroli tuxum hujayrasi bilan kushiladi. Uruglangan tuxum hujayrasi kalin pust bilan uraladi va oosporalarga aylanadi. Tinim davrini utib qulay muxitga tushishi bilan oosporadan zoosparangiyli gifa o’sib chiqadi. Usishdan oldin oosporalar reduksion bo’linadi. Zoosporalar o’sib saproleginiyaning yangi gifasiga aylanadi. Jinssiz ko’payganda gifalarning uchida zoosparangiylar hosil bo’lib, tusik orqali asosiy mitseliydan ajraladi, ularda Noksimon harakatchan birlamchi zoosporalar hosil bo’ladi. Ularning old qismida ikkita xivchin bo’ladi, ularning biri sillik, ikkinchisi parsimon tuzilgan. Vaqt utishi bilan birlamchi zoosporalar kalin pust bilan uraladi. Oradan yana biroz Vaqt utgach, birlamchi zoosporalar pusti yorilgach, undan Yalong‘och, buyraksimon ikki xivchinli ikkilamchi zoosporalar chiqadi. Zoosporalar kalin pust bilan uraladi va qulay muxitga tushishi bilan undan saprolegniyaning yangi gifasi o’sib chikib substratga yopishadi va kisman unga sukulib kiradi. Perenosporanomalar - Perenosporales qabilasi. Bu qabila vakillarining aksariyat qismi kuruklikda, ayrim ayrim turlarigina suvda hayot kechiradi. Biz quyida qabilaning xalk xujdaligiga katta zarar yetkazadigan turi kartoshka paraziti-fitoftora bilan tanishamiz. Fitoftora aktiv parazit zamburug’lardan bo’lib, o’simliklar ning bargi, poyasi, ildizi va tugunaklarida parazitlik qiladi. Ularning mitseliysi xo’jayin o’simlik hujayra va to’qimalari ichida yashab, O’zidan zaharli modda ajratadi. O’simlik kuchli zararlanganda barglari chiriy boshlaydi, zamburug’ning vegetativ tanasida maxsus usimtalar hosil bo’ladi, ular barg ogizchasi orqali tashqariga chiqadi. Usimta uchida limon shaklida zoosporangiylar hosil bo’ladi. Ular shamol yoki suv tomchilari yordamida O’zilib tarkaladi va kartoshka bargidagi namlik yoki tomchi suvlarda usa boshlaydi va undan 8 ta zoospora hosil bo’ladi. Zoosporalar ma’lum vaqtdan sung yumaloq shaklni egallab, pust bilan uraladi va O’zining nay shaklidagi uch qismi bilan barg ogizchasi orqali o’simlik to’qimasiga sukulib kiradi. Qulay sharoitda kartoshkaning bu zamburug’ bilan zararlanishidan yangi sporangiylarning hosil kilinishiga qadar 3-4 kun Vaqt o’tadi. Bu xildagi barg atrofida minglab zoosporangiylar saklovchi doglar paydo bo’ladi. Kartoshka o’simligining kasallanishi hosilni yigib olish paytida ruy beradi. Kartoshka va pamidorda uchraydigan Fitoftora kasalligi Yigim-terim paytida parazit kartoshka tugunagining zararlan gan qismi orqali kirib oladi va uni kasallantiradi. Dastlab, tugunakda qurgoshin rangli doglar paydo bo’ladi. Dog ostidagi to’qimalar qo’ngir tusga kiradi, lekin yumshamaydi. Bu xil dagi tugunaklar omborda ularni saklash davrida chirib ketadi. Kuchli zararlanmagan tugunaklardagi zamburug’ bahorda qadar saklanadi va erta bahor eqilgan dalani zararlantiradi. Ftoftora zamburug’ining jinsiy ko’payishi uning vatani bo’lgan Meksikada kо’zatilgan. Zigomitsetsimonlar kenja sinfi. Bu kenja sinfning 500 dan ortik turi mavjud , ular turtta tartibni O’z ichiga olgan. Bu kenja sinf vakillari asosan kuruklikda o’simlik koldiklari va chirindilarda yashaydi. Ular ning mitseliysi yaxshi taraqqiy etgan shoxlangan, tusiksiz tuzilgan bo’ladi. Jinsiy ko’payish zigogamiya yuli bilan borib zamburug’ning gamentangiy deb ataluvchi gifalari kushiladi. Bularda zoosporalar hosil bo’lmaydi. Jinssiz ko’payishi esa harakatsiz sporalar yordamida ruy beradi. Sporalar sporangiy sporalarda hosil bo’ladi. F itoftora ( P hytophtora) Plazmafora (Plasmopara viticola) Bu kenja sinfning keng tarqalgan vakillaridan biri mukor (Mucor muccdo) zamburug’i. Bu zamburug’ zax yerlarda, xul mevada va nonda ko’p uchraydi. U oq pupanak shaklida kundalik hayotimizda ko’plab uchrab turadi. Agar namikkan non, yangi kesilgan meva zax yerda kolsa, ikki-uch kun ichida uni urgimchak uyasiga uxshash, oq pupanak bosadi. Bu mukor zamburug’ining mitseliylaridir. Mukor mitseliysi substratning ichida va tashqarisida tusiksiz shoxlangan bir butun hujayradan iborat. Mitseliydan tik shoxlangan sporangiy bandlari chikib turadi. Sporangiy bandi uchida undan tusik bilan ajralib turadigan sharsimon sporangiy joylashgan. Ustuncha shaklidagi bu tusikning sporangiy bushligi ichiga kirgan qismi kolonka deb ataladi. Sporangiy moddasi ko’p yadroli mayda bulakchalarga bulinib, kalin pust bilan koplanadi va har xil sporalar hosil qiladi. Sporangiy kobigi yorilib, sporalar atrofiga tarkaladi. Muxorning ko’payishi asosan jinssiz yul bilan boradi. Jinsiy ko’payish zamburug’ mitseliysining goterrotallomligiga boglik bo’lib, 2 ta har xil jinsli tallomning bir-biriga yakinlashishidan sodir bo’ladi. Bunda ikkita yonma-yon turgan gifalarda usimtalar hosil bo’ladi va har ikkala usimta bir-biriga yakinlashadi. Usimtalarning bir-biriga tegib turgan kengaygan qismida bittadan ko’p yadroli hujayra gametangiy tusik bilan ajraladi. Ularda gametalarga defferinsiallanish ko’zatilmaydi. Ammo ularning ko’p yadroliligi bir nechta gametalarning hosil bulishi mumkinligidan dalolat beradi. Bu ajdod vakillarining mitseliysi asosan hujayrasiz tuzilgan. Jinssiz ko`rayishi sporongiyasporalar hosil qilish bilan boradi. Sporangiosporalar (ba’zan konidiyalar) harakatsiz, jinsiy ko`payishi zigogamiya ko`rinishida o`tadi. Ajdodning keng tarqalgan vakili oq po`panak- Mucor mucedo hisoblanadi. Ular ko`pincha tuproqda, go`ngda va oziq-ovqatlarda saprofit holda hayot kechiradi. Oq po`panak (Mucor mucedo ) Mukor— Mukor muctdo: a) sporangiy bandli mitseliy, b) –zigogamiyadan keyin zigosporalar hosil bo‘lishi (1-4) zigosporaning o‘sib 5) embrion sporangiyga aylanishi. Gametangiylarning kobigi tutashgan joyida eriydi va ulardagi suyuklik bir- biriga kushiladi, natijada zigota hosil bo’lib, 2-3 kavat pust bilan uraladi. Unda gametangiylar hosil bo’lgan usimta saklanadi va bu usimtalarni ko’pincha suspenzoralar deb ataydilar. Gomotallomli (ikki jinslik) turlarda kopulyatsiya qiladigan gametalar bitta mitseliyda ham hosil bo’ladi. Zigotada yadrolar kushiladi. Tinim davrini utgach, zigota o’sib chiqadi. Usishdan oldin zigotaning diploid yadrolari reduksion bo’linadi. Bu zigotadan kiska muddat ichida sporangiyli gifa o’sib chiqadi.