logo

Qon Immunitet, Limfa sistemasi, Nafas sistemasi,Ovqat qilish organlari, Siydik tanosil a'zolari sistemasi)

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

91.5 KB
Qon Reja: 1. Immunitet 2. Limfa sistemasi. 3. Nafas sistemasi 4. Ovqat hazm qilish organlari 5. Siydik-tanosil a’zolari sistemasi. Tayanch so’zlar gomeosta, solishtirma massa, gemoliz, plazma, eritrotsit, trombotsitgleykotsit, gemofiliya, aglyutinogen, aglyutining donor, retsipient, fagotsitoz, sepsis, antitello, immunitet, sindrom, trombin. Qon organizmning ichki muhitining bir qismi hisoblanadi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqlik kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o’z navbatida hujayralararo va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklarga bo’linadi. Odam tanasi massasining o’rtacha 60%ini suv tashkil qiladi. Shundan 35%i hujayra ichidagi va 25%i hujayra tashqarisidagi suyuqlikdir. Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlik tarkibiga kiradi. Uning miqdori tana massasining o’rtacha 7%ini tashkil qiladi. Shundan qon plazmasi tana massasining 4,4-5% ini tashkil qiladi. Organizm kancha yosh bo’lsa tana massasining kattaroq qismini suv tashkil qiladi. Bu holat yosh organizmda moddalar almashinishi jarayoni keksalarga nisbatan jadal o’tishini ta’minlaydi. Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq 1,050- 1,060ga teng. Qon plazmasining solishtirma massasi 1,025-1,034ga teng massali elementlarining solashtirma massasi 1,090 ga teng. Ma’lumki suvning yopishqoqligi 1,0 bo’lsa qonning yopishkokligi 5,0ga teng. Qonning yopishqoqligi suvnikiga nisbatan yuqori bo’lishi tarkibidagi oqsil moddalar va shaklli elementlar miqdoriga bogliq. Qonning osmotik bosimi 7,6-8,1 atm ga teng Uning 60%ini qonda erigan natriy xlorid tashkil qiladi. Osh tuzining 0,9%li eritmasi odam va barcha issiq qonli hayvonlar uchun fiziologik eritma bo’lib hisoblanadi. Bundan yuqori kontsentratsiyali eritmasi qon uchun gipertonik past kontsentratsiyali eritmasi qonga nisbatan gipotonik eritma hisoblanadi. Qon osmotik bosimining nisbiy doimiyligi ayirish organlarining faoliyati orqali boshqariladi. Probirkaga bir tomchi geparin moddasini quyib, ustiga 2-3 ml qon quyib, tsentrofugada bir necha minut davomida aylantirilsa u ikki qismga ustki qismi rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi shaklli elementlarga ajraladi. Qon umumiy hajmining 55- 50%ini qon plazmasi va 40-45%ini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qonning o’rtacha miqdori katta odamda 5 l u tana massasining o’rtacha 7%ini tashkil qiladi. 1kg tana massasiga o’rtacha 70 ml qon tug’ri keladi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo’lib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitellalar va erigan holdagi gazlar bo’ladi. Qon plazmasi tarkibida organizmning hayoti uchun zarur barcha oziq moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga suriladi. Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi. Ular qonning kuyuk qismini tashkil qiladi. Eritrotsitlar suyaklarning kumik qismida hosil bo’ladi. Etilmagan yosh eritrotsitlarda boshqa hujayralardagi singari yadro bo’ladi. Etilgan eritrotsitlarda yadro yo’qoladi. 1 mm qonda 4-6 million o’rtacha 5 million dona eritrotsit bo’ladi. Eritrotsitlarning hosil bo’lishi va soni normal miqdorda bo’lishi odamning sog’ligiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini etarli qabul qilishiga bog’liq. Ayniqsa ovqat tarkibida oqsillar temir moddasi vitaminlar bo’lishi zarur. Suyak kumigida hosil bo’lib qonga o’tgan eritrotsitlar 120 kun atrofida yashaydi, so’ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi. Parchalangan eritrotsitlardan ajralgan temir moddasi suyak kumigida yosh eritrotsitlar hosil bo’lishi uchun sarflanadi. Parchalangan eritrotsitlarning gemoglobini tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib ut suyuqligi hosil bo’lishi uchun sarflanadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Eritrotsitlarning soni va ularning charkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik anemiya kasalligi deyiladi. Leikotsitlar yadroliqon hujayralari bo’lib yadrosining shakliga va buyalishiga karab uch turga monotsitlar, donador leykotsitlar, granulotsitlarga bo’linadi. Bularning yadrosi kupshaklli 1mm qonda 6-8 ming dona leykotsit bo’ladi. Leykotsitlar soning kupayishi leykotsitoz,kamayishi leykopeniya deyiladi. Leykotsitlar suyaklarning kumik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Leykotsitlarning asosiy fazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdan iborat. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagotsitoz deyiladi. Odam yuqumli kasallik bilan kasallanganda leykotsitlarning soni kupayib ketadi. Trombotsitlar suyaklarning kumik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bulmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo’ladi. 1mm qonda 300-400 ming dona trombotsit bo’ladi.Ular leykotsitlarga uxshab 2-5 kun yashaydi. Trombotsitlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ularning soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Qonning ivishi organizmning muhim himoya reaktsiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli jaroxatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yuqotishlardan saqlaydi. Qonning ivishi murakkab biologik jarayon qon plazmasidagi fibrinogen mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga aylanadi. Fibrin tolachalari qon tomirining jaroxatlangan joyida tur hosil qiladi va unga qonning shaklli elementlari ilinibtusik hosil qiladi. Sog’lom odamda qon 3-4 minutda iviydi. 1901 yili avstriyalik olim K.Landshteyner 1907 yili chex olimi Ya.Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy biologik xossalariga kura bir-biridan fark qilishini aniqlaganlar qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen plazmasi tarkibida agglyutinin moddsi bo’lib, ularning har biri kimyoviy xossalariga kura ikki turga bo’linadi, ya’ni aglyutinoge A va B aglyutinin A va B bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xil belgili modda bulmasligi kerak. Ana shunga kura barcha odamlar qoni turt gruppaga bo’linadi. I-Gpynna-eritrotsitlarda agglyutinogon umuman bo’lmaydi, plazmada agglyutinin A va B bo’ladi. II-Gruppa-eritrotsitlarda agglyutinogen A plazmada agglyutiyain V bo’ladi. III-Gruppa-eritrotsitlarda agglyutinog-en V plazmada agglyutinin A bo’ladi. IV. Gpynna-eritrotsitlarda agglyutinogen A va V bo’lib,plazmada agglyutinin umuman bulmaydi. Dunyodagi ko’p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon gruppalarini aniqlash shuni ko’rsatdiki qoni I gruppa bo’lgan odamlar aholining o’rtacha 40% ini, II gruppa-39% ini, III gruppa-15% ini va IV gruppa-6 % ini tashkil etadi. 1940 yili K. Landshteyner ap Viner qonning eritrotsitlarida agglyutinogen A va V dan tashqari, yana bir modda borligini aniqlab; uni rezus faktor (Rh-faktor) deb atadilar. Bu faktor 85% odamlar qonida bo’ladi va ular rezus musbat qonli odam deb ataladi. 15% odamlarning qonida bu faktor bo’lmaydi. Rezus musbat qon rezus manfiy odam qoniga qo’yilsa birinchi martasida hech qanday noxush reaktsiya ro’y bermaydi. Lekin rezus manfiy qonli odam qonida qo’yilgan rezus musbat qonga qarshi antitellar hosil bo’ladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon qo’yilsa uning qonida agglyutinatsiya hodisasi ro’y beradi. Qon gruppalari va rezus faktor nasldan-naslga o’tadi. Agar erkakning qoni rezus musbat bo’lib, ayolning qoni rezus maifiy bo’lsa, bino bo’lgan homila qon onadan o’tsa, uning qoni rezus manfiy bo’ladi bundan sog’lom tug’iladi. Aksincha bo’lsa bunday bola gemolitik kasallik bilan tug’iladi uning terisi va ko’zlari sariq, jigar va talog’i kattalashgan qorni shishgan, tug’ilgan vaqtdan boshlab umumiy ahvoli og’ir bo’ladi, bolaning qoni almashtiriladi. Odam organizmda kasallik qo’zgatuvchi turli mikroblar, viruslar, zamburug’lar va boshqalar kirishi natijasida yuzaga keladigan xastaliklar yuqumli kasalliklar deb ataladi. Yuqumli kasalliklarni mikroblar qo’zg’atishi frantsuz olimi Lui Paster tomonidan aniqlangan. Hozir mikroblarning 1500 ga yaqin, viruslarning 100 ortiq turlari ma’lum. Ular odamga turli yo’llar bilan ya’ni havo, teri, oziq- ovqat, jinsiy aloqa orqali va kasal odamning qoni yoki qon plazmasi bemorga quyilganda, yaxshilab sterillan magan shpritslar bilan ukol qilinganda, kasal hayvon va parrandalar maxsulotini yaxshi pishirmasdan iste’mol qilinganda, kassallangan hasharotlar chaqqanda kirishi mumkin. Odam organizmi ulardan o’zini himoya qilash xususiyatiga ega. O’zini himoya qilish usullari bir necha xil. Organizm o’zini himoya qilishining birinchi bosqichi teri, burun, nafas yo’llari, ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq pardasi hisoblanadi. Organizm himoyalanishining ikkinchi bosqichida qonning leykotsitlari xizmat qiladi, leykotsitlar odam tanasigsha kirgan mikroblarni yutib, erit yuborishi fagotsitoz deyiladi. Bu hodisani 1893 yilda rus olimi I.I.Mechnikov ixtiro etgan. Leykotsitlarning orginizmni yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblardan himoya qilish xususiyati yana shundan ko’rinadiki bunday kasalliklar bilan xastalangan bemor qonida leykotsitlarning soni keskin ortadi ya’ni normada 6-9-8 ming bo’lsa, kasallikda 10-12 mingga etadi. Bu hodisa rrganizmni kasallikdan qutilish uchun o’zini himoya qilish imkoniyatlarini safarbar qilganligini ko’rsatadi. Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishining uchinchi bosqichi antitellar va antitoksinlar ishlab chiqarilishi hisoblanadi. Bular organizmning maxsus to’qmalarida ishlab chiqariladi. Antitellar organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib eritib yuboradi. Antitoksinlar esa mikroblar ajratadigan zaharli moddalarni parchalab neytrallaydi. Odam organizmning antitella va antitoksinlar ishlab chiqarish v ular orqali yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi kurashish, o’zini himoya qilish xususiyati immunitet deyiladi. Immunitet tug’ma va ortirilgan bo’ladi. Tug’ma immunitet onadan bolaga o’tadi. Lekin u doimiy bo’lmaydi. Bolaning birinchi yoshidayoq o’z kuchini yuqotadi. Odamning hayotiy davomida ortirilgan ya’ni uning o’z organizmida ishlab chiqarilgan immunitet o’z navbatida ikki xil: tabbiiy va sun’iy bo’ladi. Qon aylanishining aylanish sistemasi. Qon aylanishining katta doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta bilan boshlanadi. Kislorod va oziq moddalar bilan boyigan qon katta doiradagi arterial tomirlar orqali yo’nalib, barcha organ va to’qimalarning kapillyar sistemasiga boradi. Vena qoni organ va to’qimalarning kapillyaridan mayda venalarga, so’ngra yirikroq venalarga kiradi va pirovardida yuqori hamda pastki kavak katta doirasi shu tariqa o’ng bo’lmada tugaydi. Qon aylanishining kichik doirasi o’ng qorinchadan o’pka arteriyasining stvoli bilan boshlanadi, bu stvol yng va chap o’pka arteriyalariga bo’linadi. Vena qoni o’pka arteriyalari orqali o’pka kapillyarlariga etib boradi, bu erda ortiqcha karbonat angidrid gazidan xalos bo’lib, kislorod bilan boyiydi va to’rtta o’pka venasi orqali (har bir o’pkadan ikkitadan vena boshlanadi) yurakning chap bo’lmasiga qaytadi. Qon aylanishi kichik doirasi o’pqa arteriyasining stvoli bilan boshlanadi. O’pka arteriyasining stvoli yurakning oldingi-yuqori yuzasida o’ng qorinchadan boshlanadi. O’pka arteriyasi 5-6 sm etvoli yuqoriga va chapga ko’tarilib, o’zining orqasida yotgan aortapi ravog’ining ostida (4-ko’krak umurtqasinnng ruparasida) o’pka arteriyasi stvoli ikki tarmoqqa; o’ng o’pka arteriyasi va chap o’pka arteriyasiga bo’linadi. O’pka arteriyalari bo’lak, segmentar va subsegmentar turmoqlarga bo’linadi. Subsegmentar tarmoqlar bronxlarning tarmoqlari bilan birga borib, o’pka alverlalarini qalin kapillyar turni hosil qiladi, shu erda qon bilan alverlalardagi havo o’rtasida gazlar almashinadi. Kislorod bilan boyigan qon o’pka kapillyarlaridan subsegmentar, segmentar venalarga, so’ngra bo’lak venalariga ketma-ket o’tadi. Bo’lak venalari har bir o’pkada ikkita o’ng va ikkita chap o’pka venalarini hosil qiladi. Qon aylanishining katta doirasidagi asosiy stvol aorta chap qorinchadan boshlanadi. Uning ko’tariluvchi qismi, ravog’i va tushuvchi qismi bor. Aortaning ko’tariluvchi qismi boshlang’ich bo’lagida ancha kengayib, piyoz hosil qiladi. Ko’tariluvchi aortaning uzunligi 5-6 sm. To’sh suyagi dastasining pastki chekkasi ro’narasida aortaning ko’tariluvchi qismi aorta ravog’iga o’tadi. Aorta ravog’i orqaga va chapga yo’l olib, chap bronxni oshib o’tadi va 4-ko’krak umurtqasining damida x aortaning to’shuvchi qismiga aylanadi. Aortaning ko’tariluvchi qismidan, piyoz sohasida o’ng va chap toj arteriyalar boshlanadi. Aorta ravog’ining qabariq; yuzasidai o’ngdan chapga qarab tartib bilan elka-bosh stvoli, so’ngra chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va chap tomondagi o’mrov osti arteriyasi boshlanadi. Qon aylanish katta doirasining oxirgi tomirlari yuqori va pastki kavak venalardir. Yuqori kavak vena yirik, ammo kalta stvol bo’lib (uzunligi 5-6 sm), aortaning ko’tariluvchi qismidan o’ng tomonda va birmuncha orqada yotadi. Yuqori kavak vena o’ng va chap elka-bosh venalarining qo’shilishidan vujudga keladi. Bu venalarning qo’shilgan joyi 1-o’ng qovurg’aning to’sh suyagiga qo’shilgan joyi ro’parasida proektsiyalanadi. Yuqori kavak vena-bosh, bo’yin, qo’l, ko’krak bo’shlig’i organlari va devorlaridan, umurtqa kanali vena tomirlarining chigallaridan va qisman qorin bo’shlig’ining devorlaridan qon yig’ib oladi. Pastki kavak vena eng yirik vena stvoli bo’lib, 4-bel umurtqasining ruparasida o’ng va chap tomondagi umumiy yonbosh venalarining qo’shilishidan vujudga keladi. Pastki kavak vena yuqoriga ko’tarilib, diafragmaning pay markazidagi to’rtburchak teshikka egib boradi, shu teshikdan o’tib, ko’krak bo’shlig’iga kiradi va darxol yurakning o’ng bo’lmasiga qo’yiladi. O’pg bo’lma shu joyda diafragmaga taqalib turadi. Bosh va bo’yin soxalariga aorta ravog’ining qabariq yuzasidan boshlanuvchi yirik tarmoqlar: chelka-bosh stvoli, chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va chap tomondagi o’mrov osti arteriyasidan arteriya qoni keladi. Elka-bosh stvoli kalta tomir bo’lib (uzunligi 3-4 sm), aortadan chiqqach yuqoriga, o’ngga va orqaga qarab yo’naladi. O’ng to’sh-o’mrov bo’g’imining ro’parasida elka-bosh stvoli o’ng tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va o’ng tomondagi o’mrov osti arteriyasiga bo’linadi. Chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi aorta ravokidai mustakil boshlanadi. Umumiy uyqu arteriyalari yuqoriga ko’tarilib, traxeya va qizilo’ngachdan yon tomonda yotadi. Bu erda umumiy uyqu arteriyalari bo’yindagi . Tomir-nerv tutamining tarkibiga kiradi. Bu tutam umumiy uyqu arteriyasi, ichki bo’yinturuq venasini hosil qiladi. Qalqonsimon og’ayning yuqori chekkasi ro’parasida umumiy-uyqu arteriyalari tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo’linadi.Tashqi uyqu arteriyasi umumiy uyqu arteriyasining yo’nalishini davom ettirib, yuqoriga ko’tariladi, qo’loq oldi so’lak bezidan o’tadi. Tashqi uyqu arteriyasi qalqonsimon bez, qo’loq oldi, jag’ va til ostidagi bezlari, til, xalqum, yuz bilan ensa terisi va muskullarini hamda bo’yin muskullarini qon bilan ta’minlaydi. Tashqi uyqu arteriyasining asosiy tarmoqlari: qalqonsimon bezning yuqori arteriyasi, til arteriyasi, yuz arteriyasi, ensa arteriyasi, xalqumning ko’tariluvchi arteriyasi, jag’ arteriyasi, chakkaning yuza arteriyasi va shu kabilar. Ichki uyqu arteriyasi yuqoriga ko’tariladi va chakka suyagining uyqu kanali orqali bo’shlig’iga kiradi. Bosh miyani, orqa va ko’z soqqasini qon bilan ta’minlaydi. Chap tomondagi o’mrov osti arteriyasi aorta ravog’idan mustaqil boshlanadi. Ikkala o’mrov osti arteriyasi qabariq tomoni yuqoriga qaragan ravoq hosil qiladi, bu ravoq plevra gumbazini aylanib o’tadi. So’ngra narvon muskullari orasidagi kamgaklardan o’tib, shu kamgaklar doirasida 1-qovurg’aning yuqori yuzasidagi shu nomli ettida yotadi. So’ngra o’mrov osti arteriyalari qo’ltiq chuqurchasida davom etib, qo’ltiq arteriyalariga aylanadi. Umrov osti arteriyalarining tarmoqlari: a) umurtqa pog’onasining arteriyasi; b) qalqonsimon bo’yin stvoli, 4-shoxli qalqonsimon bez, xiqildoq, bo’yin va ko’krak muskudlarini qon bilan ta’minlaydi; v) ko’krakning ichki arteriyasi ko’krak muskullarini, sut bezini, ayrisimon bez, diafragmani va kindikni qon bilan ta’minlaydi. O’mrov osti arteriyasinini davomi bo’lgan qo’ltiq arteriyasidan chiqadigan tarmoqlar elka kanalining muskullarini va terisini, ko’krakning katta va kichik muskullarini, oldingi tishli muskulni va orqaning eng serbar muskulini qon bilan ta’minlaydi. Qo’ltiq arteriyasining eng yirik tarmog’i kurak osti arteriyasidir. Bu arteriyaning tarmoqlaridan biri umrov osti arteriyasidan bog’lanuvchi kurak usti arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Elka arteriyasining yirik tarmog’i-elkaning chuqur arteriyasi, elka muskullarining orqadagi gruppasini va elka terisini qon bilan ta’minlaydi. Elka arteriyasi tirsak chuqurchasida bilak arteriyasi va tirsak arteriyasiga bo’linadi. Bu arteriyalarning muskul va teri-muskul tarmoqlari sohasini qon bilan ta’minlaydi. Bilak va tirsak arteriyalari qo’l panjasiga o’tadi: har bir arteriyasidan chuqur va yuza tarmoqlar chiqadi, bu tarmoqlar bir-biri bilan anastomoz hosil qiladi. Aortaning tushuvchi qismi 4-ko’krak umurtqasi tanasining ro’parasidan boshlanib, 4-bel umurtqasining ro’parasida tugaydi. Ko’krak va qorin bo’shliqlaridan o’tadi va ko’xrak ; aortasi bilan qorin aortasiga ajratiladi. Ko’krak aortasining tarmoqlari ko’krak bo’shlig’ining devorlari va organlarini qon bilan ta’minlaydi. Boshlang’ich bo’limi qizilo’ngachdan chapda va orqada, pastki bo’limi qizilo’ngachdan o’ngda va orqada bo’ladi. Uning parietad tarmoqlar ko’krak bo’shlig’ining devorlarini qon bilan ta’minlaydi. Vistseral tarmoqlar ko’krak bo’shlig’ida joylashgan organlarga qon etkazib beradi. Ko’krak aortasining parietal tarmoqlariga 10 juft qovurg’a aro arteriyalar kiradi. Qorin aortasi bel umurtqalarining tanalaridan oldinda, o’rta chiziqdan chap tomonda yotadi. 4-bel umurtqasining ro’parasida qorin aortasi umumiy yonbosh arteriyalari dumg’aza-yonbosh; bo’g’imining ruparasida tashqi yonbosh arteriyasi bilan ichki yonbosh arteriyasiga bo’linadi. Tashqi yonbosh arteriyasi tomirlar sonning oldingi yuzasiga o’tib, son, arteriyasiga aylanadi. Ichki yonbosh arteriyasi kichik chanoq bo’shlig’iga kiradi. Qorin bo’shlig’ining devorlarini qorin aortasining parietal tarmoqlari (diafragma arteriyalar, to’rt juft bel arteriyalari, Qorin ustining yuqori arteriyasi), o’mrov osti arteriyasi sistemasidan ko’krakning ichki arteriyasi, tashqi va ichki yonbosh arteriyalarining parietal tarmoqlari qon bilan ta’minlaydi. Qorin aortasining vistseral varaqlaridan va ichki yonbosh arteriyasidan qon oladi. Qorin aortasining vistseral tarmoqlari juft toq tarmoqlarga bo’linadi. Qorin aortasining juft tarmoqlariga buyrak usti va buyrak arteriyalariga bo’linadi. Qorin aortasining toq tarmoqlariga qorin stvoli 12-ko’krak umurtqasi ro’parasida uch tarmoqqa bo’linadi: a) me’daning chap arteriyasi; b) taloq arteriyasi; v) jigarning umumiy arteriyasiga bo’linadi qorin stvoli jigar, o’t pufagi, taloq, me’da osti bezi va me’dani qon bila ta’minlaydi. Ichak tutqichning yuqori va pastki arteriyalari mavjud. Son arteriyasining eng yirik tarmog’i sonning chuqur arteriyasidir. By arteri son muskullari va terisiga (sonni o’rab turuvchi o’ng va chap arteriyalar teshib o’tuvchi uchta arteriyasi tarmoqlari) qon etkazib beradi. Son arteriyasi, son-taqim kanalidan chiqib, taqim arteriyasiga aylanadi, arteriya taqim bo’g’imiga tarmoq beradi va boldir-taqim kanalidan o’tib katta boldirning oldingi va orqa arteriyalariga bo’linadi. Qo’l venalariga: tirsakni o’rta venasi qo’ltiq venasi, umrov osti venasi ko’krak bo’shlig’i venalari kiradi. Pastki kavak vena eng yo’g’on vena bo’lib chap umumiy yonbosh venalari, diafragma, buyrak, jigar venalari quyiladi. Oyoq venalarga: son, umumiy yonbosh venalari kiradi. Darvoza vena sistemasiga; jigar arteriyasi bilan jigarga kiradi. Taloq venasi ichak tutqich ustki va pastki venalar qonni yig’adi. Limfa sistemasi. Tomirlar sistemasining bir qismi bo’lib, vena tomirlari sistemasining qo’shimchasi hisoblanadi. Limfa sistemasida limfa organ to’qimalardan vena sistemasiga oqib ketadi. Limfa sut rangli suyuqlik bo’lib, plazma va har xil hujayra elementlaridan iborat. Limfaning hujayra elementlari limfotsitlar, monotsitlar va bir ozgina donali leykotsitlardan iborat. Limfa sistemasining organlarida qonning limfoid elementlari hosil bo’ladi va barer funktsiyasini o’taydi, ya’ni organizmga kirib qolgan yot jism va bakteriyalarni zararsizlantiradi. Rak o’smalari limfa yo’llari orqali tarqaladi (metastaz beradi). Limfa sistemasm limfa kapillyarlari, organ ichidagi va organ sirtidagi olib ketuvchi limfa tomirlari, limfa tugunlari va ikkita asssiy limfa stvoli: o’ng va chap ko’krak limfa yo’llaridan iborat. Ko’krak limfa yo’li gavdaning uch choragidan: ikkala oyoqdan, qorin bo’shlig’idan, ko’krak bo’shlikining chap yarmidan, bo’yin bilan boshning chap yarmidan va chap ko’ldan limfa yig’adi. Ko’krak limfa yo’li qorin bo’shlig’ining orqadagi devori sohasida II-ko’krak umurtqasi bilan 2-bel umurtqasining ro’parasida joylashgan. Uchta limfa stvoli:.ikkala oyoqdan limfa to’plovchi o’ng va chap bel stvoli, hamda qorin bo’shlig’ining organlaridan limfa yig’uvchi ichak stvolining qo’shilishidan vujudga keladi. O’ng va chap bel stvoli ichak stvoli qo’shiladigan, joyda tsisternadan boshlanib, yuqoriga ko’tariladi va diafragmaning aorta teshigi orqali ko’krak bo’shlig’iga kiradi. Ko’krak limfa yo’li aorta ravog’iga etgach chapga burilib, chap venoz burchakka quyiladi. Ko’krak limfa yo’lining quyiladigan joyiga chap bronxomediastinal limfa stvoli (ko’krak bo’shlig’ining chap yarmidan limfa yig’adi) chap umrov osti stvoli (chap qo’ldan limfa yig’adi) va bo’yinturuq limfa stvoli (bosh bilan bo’yinning chap yarmidan limfa yig’adi) kelib qo’shiladi. O’ng limfa yo’li bosh bilan bo’yinning o’ng yarmidan, o’ng qo’ldan va ko’krakdan (ung yarmidan limfa suyuqligini) yig’adi. Bu yo’l o’ng bo’yinturuk limfa stvoli o’ng o’mrov osti limfa stvoli, o’ng brokxomediastinal limfa qo’shilishidan vujudga keladi. NAFAS SISTEMASI Tayanch so’zlar: traxeya, bronx, nafas parenximiyasi, alviola, xaona, g’alvir suyak, chig’anok,, kiprikli epitelin, qanot tog’ayi, lateral, medial, renit, gaymor bo’shlig’i; jag’, peshona, ponasimon sinus bo’shliqlari. uzuksimon, qalqonsimon, xiqildoq usti, shoxsimon va ponasimon toqaylari, cho’michsimon, ovoz boylami va burmalari, ovoz yorig’i, fibroz, konus, egat i segmyont, bronxiola, atsinus, plevra, vistserial. Nafas a’zolariga burun bo’shlig’i, xiqildoq, traxeya : (kekirdak) bronx va o’pkalar kiradi. Nafas sistemasini havo yo’llariga (burun bo’shlig’i, xiqildoq, traxeya va bronxlar) o’pkaning nafas parenximasidagi nafas qismi alviolalar kiradi. Burun bo’shlig’i nafas yo’lining boshlanish qismi orqali havo kirib orqa tomonida joylashgan xona orqali burun-xiqildoq yo’liga ochiladi. Burun bo’shliri yuqoridan peshona suyagi, g’alvir suyak va ponasimon suyaklari bilan chegaralanadi. Burun bo’shlig’ini ikki yondosh tomonidan burun suyagi tepa jag’ suyagining tanasi bilan peshona o’siqlari ko’z yoshi suyagi, g’alvir suyak, tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasi, ponasimon suyakning o’siq plastinkalari chegaralab turadi: burun bo’shlig’ining pastki chegarasi tepa jag’ suyagining tanglay suyagi o’sig’i bilan, tanglay suyagini gorizontal plastinkalari qo’shilib qattiq va yumshoq tanglay hosil bo’lishidan tashkil topgan. Burun bo’shlig’i to’siq orqali ikkiga bo’linadi.. Bu tog’ay chap va o’ng burun bo’shliqlari oldingi toshi qismini ajratib turadi. Burunni juft tog’aylariga-yon tog’ay va qanot tog’ay kiradi. Yon tog’ay-uchburchak shaklda burunni qanotlarining yuqori qismlarini qoplaydi. Burun bo’shlig’ining ustki, pastki, lateral va medial devorlari bor. Lateral devoridan 3 ta burun chanog’i: ustki, o’rta va pastki chig’anog’i mavjud. Burun chanoqlarida 3 ta burun yo’li bor. Ustki burun yo’li shilliq pardasida hidlov organi, o’rta va pastki burun yo’li nafas sohasidir. Shilliq qavat tsilindrsimon kiprikli epiteliy bo’lib, havo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Burunni shilliq bezlari changlarni qamrab oladi. Burun shilliq qavati shamollashi rinit deyiladi. Burun bo’shlig’i atrofida joylashgan peshona suyagi, yuqori jag’ va asosiy suyak ichida bo’shliqlar bo’lib, ular burun bo’shlig’iga ochiladi. 1-Gaymor bo’shlig’i yoki ustki jag’ sinusi, peshona sinusi, ponasimon sinus, galvirsimon suyak kataklari. Burunning pastki yo’liga burun-ko’z yoshi kanali ochiladi. Hiqildoq nafas yo’li bo’lib, o’zidan havo o’tkazishidan tashqari ovoz paydo qiluvchi organ. Hiqildoq bo’yinning o’rta qismida 4-6 bo’yin umurtqalarining old tomonida joylashgan, yuqorida til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa biroz torayib, kekirdakka o’tadi. Hiqildoq juft va tok. tog’aylardan tuzilgan. OVQAT HAZM QILISH ORGANLARI Tayanch so’zlar: chanoq, sistema, bo’shliq ishlliq, shilliq osti parda, seroz, qizilo’ngach, xalkum, me’da, epiteliy, yassi epiteliy, tsilindrsimoi bez epiteliysi, aylanma va uzunasiga yo’nalgan muskul qavati, qiyshiq qavat muskuli, varag’ida, mexanik, kimyoviy, anal teshigi, og’iz daxlizi va xususiy og’iz bo’shlig’i, milk, tish, lab, lunj, tanglay, ravok, mo’rtak, tanglay chodiri, ko’tariluvchi va taranglovchi muskullar, bo’g’iz teshigi, tip ildizi, til murtagi, ipsimon. Ichki a’zolarga ko’krak, qorin va chanoq bo’shliqlarida joylashgan organlar kiradi. Ichki organlar bajaradigan ishiga qarab alohida sistemalarga ajratiladi, Hazm organlari qorin va ko’krak bo’shliqlarida, nafas a’zolari ko’krak bo’shlig’ida joylashgan. Ichki a’zolar devorlari 4 qavatdan: ichki shilliq va shilliq, osti pardalaridan, o’rta muskul va tashqi seroz pardadan chuzilgan. Shilliq parda xazm a’zolarining hamma qismini (og’iz bo’shlig’i, xalqum, qizilo’ngach, me’da va ichaklar) ichki tomondan qoplab. turadi. Shilliq pardani ustidan epiteliy qavati qoplab turadi: og’iz bo’shliq ko’p qavatli yassi epiteliydan, me’da bir qavatli tsilindrsimon bez epiteliysidan iborat. Shilliq osti qavati biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, shilliq qavatini muskul qavati bilan qo’shib turadi. Muskul parda hazm a’zolari devoridagi shilliq osti pardalaridan keyingi uchinchi qavat parda bo’lib, silliq muskul hujayralarining tutamlaridan tuzilgan. Og’iz bo’shlig’i, xalqum, qizilo’ngachning yuqori qismi va orqa chiqaruvchi teshigi devorlari ko’ndalang-targ’il muskul tolalaridan iborat. Silliq muskul hujayralarining tutam a’zolari devorida, odatda ikki qavatdan (aylanma va uzunasiga) yo’nalgan iborat bo’ladi, me’dada uchinchi (qiyshiq qavat). ham uchraydi. Seroz parda siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. U hazm qilish a’zolarini eng ustidan o’raydi va biriktiruvchi nozik to’qima vositasida muskul qavatga tutashadi. Lunj-lablarning bevosita davomi bo’lib, uning chuqur qatlamida yog’ qavatlari, shilliq pardasida esa mayda bezchalar joylashgan. Og’iz daxlizi lunj vositasida xususiy og’iz bo’shlig’iga qo’shiladi. Xususiy og’iz bo’shlig’i berk turganda ikki yon va old tomondan tishlar chegaralaydi. Yuqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil qiladi, hamda burun bo’shlig’ini og’iz bo’shlig’idan ajratib turadi. Yumshoq tanglay muskullardan iborat bo’lib, orqa tomoni xalqumga osilib turadi. Uning o’rtasida tilcha joylashgan. Qatgiq tanglay shilliq pardasi yumshoq tanglayiga bevosita davom etadi. Yumshoq tanglaydan oldinda til-tanglay ravog’i, orqada tanglay xalqum ravog’i uchraydi. Bu ravoqlar orasida murtak bo’shlig’i bo’lib, tanglay murtagi joylashgan, Yumshoq tanglay tarkibiga quyidagi muskullar kiradi: tanglay-xalqum muskuli, tanglay-til muskuli. Tishlar og’iz bo’shlig’ida joylashib, ular pastki va yuqori jag’ suyaklarning alveolyar o’siqlaridagi tish kataklarida yotadi. Sut tishlar 6-7 oyligada chiqa boshlaydi. 2-2,5 yoshida butunlay chiqib bo’ladi. Sut tishlar 20 dona bo’lib, 6-7 yoshga qadar turadi. Yosh bolalarda kichik oziq tishi bo’lmaydi, doimiy tishlar formulasi: Ikkita kesuvchi-(kurak) tish, ikkita kichik oziq tish, uchta katta oziq tish, uchinchisi (aql tishlar). Har bir tish uch qismdan iborat: uning og’iz bo’shlig’iga o’sib chiqqan toj qismi, jag’ suyaklarining tish katakchalariga joylashib turgan tish ildizi va bu ikki qism o’rtasida biroz toraygan joyi-tish bo’yinchasi qismlari mavjud. Tish toj qismining asosiy dentin moddadan tuzilgan bo’lib, ustini eng mustahkam modda-emal o’rab turadi. Emalning ust tomonini juda yupqa, shoxsimoi kutikula pardasi o’rab turadi. Tishning bo’yinchasi va ildizi tsement moddadan tuzilgan. Bo’shliqda tishning biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yumshoq qismi-pulpa joylashgan. Tishlarning ildiz qismlari milk bilan o’ralib mustahkamlanadi. So’lak bezlari. Og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida turli hajmda ko’p so’lak bezlari joylashgan, ular til, lab, lunj va tanglay bezlari nomi bilan ataladi. Shuningdek, katta hajmdagi uch juft so’lak bezlari og’iz bo’shlig’i atrofida joylashgan. 1. Quloq oldi bezi yuz terisi ostida, tashqi quloq pastida va qisman ustida joylashadi va orqa tomondagi pastqi jag’ suyagi chuqurchasigacha boradi. Bez alohida-alohida bo’lakchalardan iborat bo’lib, ularning naychalari markaziy nayga qo’shiladi. Bezning og’irligi 25-30 g; fibroz parda bilan o’ralgan. Yuqori jag’ning ikkinchi oziq tishlar sohasida ochiladi. Quloq oldi bezi oqsilga boy tiniq so’lak ajratadi. Pastki jag’ osti bezi-15 g bo’lib, pastki jag’ suyagi osti chuqurligida joylashgan. Uning "chiqaruv nayi til ostidagi so’rg’ichlarga ochiladi. Til osti bezining og’irligi-5 g bo’lib, pastki jag’ suyagi ichki yuzasidagi shu nomll chuqurchada ustida joylashgan. Halkum yoki yutqin voronkaga o’xshash, pastga tomon torayib tuzilgan. U kalla suyagining tubi (asosi)dan boshlanib, og’iz va burun bo’shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumning (orqa tomondan) umurtqa pog’onasi va undagi muskullar chegaralaydi, otg’di tomonda xiqildoq joylashib, xalqumga. tutashib turadi. Halqum bo’shlig’i uch qismi (burun, og’iz va xiqildoq qismlari)dan iborat. Xalqumning burun qismi eng tepa qismi, burun bo’shlikiga bir juft xoana (bo’shliq)lar orqali qo’shilib tzfadi. Unrng pastki chegarasi yumshoq tanglay ro’parasida bo’lib, unga o’sha erdan quloq bilan tutashtiruvchi eshituv nayi boshlanadi. Kizilo’ngach 25-30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo’lib, yuqorida VI- bo’yin umurtqasining ro’parasidagi xalqumdan boshlanadi. U bo’yin va ko’krak sohasidan diafragma orqali qorin bo’shlig’iga o’tib, 11-ko’krak umurtqasi ro’parasida me’daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo’ngach joylashishiga qarab 3 bo’limga bo’linadi: yuqori bo’yin qismi 6-7 bo’yin umurtqalari chegarasiga to’g’ri keladi, o’rta-ko’krak qismi-eng uzun qismi bo’lib, 1 va 10-11 ko’krak umurtqalari ro’parasiga tug’ri keladi. Pastki qorin qismi eng kalta (taxminan 1-2 sm) bo’lib, diafragma orqali me’daning kirish qismiga qo’shiladi. Me’da xazm kanalining eng kengaygan qismi bo’lib, qorin bo’shlig’ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko’p qismi chap tomondagi qovurg’a osti sohasida, oz qismi esa qorin bo’shlig’i tepa bo’lagining o’rta qismida joylashgan. Me’daning shakli nokka yoki retortaga (idishga) o’xshaydi. O’rta yoshdagi odamlarda hajmi taxminan bir-uch litr (ba’zida undan ko’proq bo’ladi. Me’daning old va orqa devorlari, yuqorida kichik pastda katta egriliklarni hosil qiladi. Me’daning kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi. Me’daming oldingi devori qorin devoriga tegib tursa, orqa devori me’da osti bezi, chap buyrak va uning ustki beziga, taloqqa tegib turadi. Me’da qorin parda bilan atrofdan o’ralgan. Me’da bezlari joylashishiga qarab qo’yidagi uch turga bo’linadi va birgalikda me’da shirasini ishlab chiqaradi: 1) Kardial bezlar; 2) me’da (xususiy) bezlari, ular me’daning tubi va tanasidan juda ko’p miqdorda hujayralar-pepsinogen fermenti, qoplovchi hujayralar esa xlorid kislotasi ishlab chiqaradilar; 3) pilorik bezlar-asosan shilliq modda ishlab chikaradi. Bundan tashqari shilliq parda tarqoq joylashgan limfatik follikulalar uchraydi. Me’daning chiqish qismida shilliq parda xalqasimon burma hosil qiladi o’ziga xos qopqoq klapan deyiladi. Muskul pardasi ancha baquvvat bo’lib uch yo’nalishda joylashgan, uning tashqi qismi uzunasiga yo’nalgan, o’rta qavati xalqasimon joylashgan, ichki qismidagi muskul tolalari esa qiyshiq yo’nalgan. Uzunasiga yo’nalgan muskul tolalari odatda kichik va katta egrilikda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Xalqasimon yo’nalgan muskul tolalari esa me’daning hamma qismlarida yaxshi takomil etgan bo’lib, chiqish joyida zichlashadi va qisuvchi (sfinkter) muskulga aylanadi. Qiyshiq yo’nalgan muslullari me’daning tanasi tubida yaxshi takomil etgan. Ingichka ichak qorin bo’shlig’ida me’daning chiqish qismidan boshlanadi, uning uzunlngi 5-6 m gacha boradi. Ingichka ichak uch qismdan iborat: 1. O’n ikki barmoq-ichak ingichka ichakning boshlang’ich qismi bo’lib, uzunligi 25-30 s 2. Och ichakli barmoq ichakning davomi bo’lib, ingichka ichakning 2 va 5 qismini tashkil etadi. 3. Yonbosh ichak 1 ichakning 3 va 5 qismini tashkil qiladi.ikki barmoqli ichak- qorin devorining orqa qismida 1-umurtqalari ro’parasida «taqa» shaklida joylashgan. O’n ikki barmoqli ichakning quyi tushuvchi qismiga me’da osti bezi yo’li ham qo’shiladi va shilliq pardada surg’ich hosil bo’ladi. O’t pufagi jigarni o’ng bo’laganing pastki yuzasida, o’t pufagi chuqurchasida joylashish, nok shaklidagi a’zo bo’lib, uning tubi-tanasi va bo’yni bor. O’t pufagining tubi eng kengaygan joydir. O’t pufagi bo’lib turganda biroz oldinga chiqib, qorin devoriga tegib turadi. O’t pufagi o’rta qismi tanasidan iborat bo’lib, ko’pchilik qismini tashkil etadi. O’t pufagi tanasining oldingi toraygan qismi o’t pufagining bo’yni hisoblanadi, o’t nayiga qo’shilib ketadi. 3-4 sm dagi o’t nayi jigardan kelayotgan umumiy jigar o’t yo’li bilan qo’shilib, umumiy o’t yo’lini hosil qiladi. O’t shirasi jigar hujayralarida tinmasdan ajralib turadi va o’g yo’llari sistemasi orqali o’n ikki barmoq ichakka qo’yiladi. SIYDIK-TANOSIL A’ZOLARI SISTEMASI. Tayanch so’zlar: diafragma, msdial va lateral chetlari, darvozasi, piramida, nefron, kovuzlogi, burma, yig’uvchi naychalar, kosacha, jomi, ekskretor, moyak, urug’ pufakchasi, prostata bezi, yorg’oq, spermatozoid, testeron, esteron, tuxumdon, bachadon nayi, bachadon, kin, follikula siydik-tanosil organlarining sistemasiga siydik organlari (va jinsiy a’zolar) kiradi. Siydik organlariga siydik ajratuvchi buyraklar va siydik chiqaruvchi, uni vaqtincha to’plovchi yo’llar (siydik yo’llari, qovuq va siydik chiqarish kanali) kiradi. Buyrak loviya shaklida, old va orqa tomonlari yassilangan, o’rta yashar odamlarda 140-150 g ga teng organdir. Buyraklar 1-2 bel umurtqalarining ikki yonida, qorin bo’shlig’ining orqa tomonida joylashgan, muskul va diafragma tegib turadi. O’ng buyrak chap buyrakka nisbatan pastroqda joylashgan. Chap buyrakning yuqori uchi 2-3-bel umurtqalarining oralig’iga to’g’ri keladi. Buyrakning yuqori va pastki oxirlari medkal va lateral chetlari hamda, oldingi va orqa yuzalari tafovut qilinadi. Buyrakning lateral cheti qavariq, medial cheti esa botiq bo’lib, uning o’rtasi buyrak darvozasi deyiladi. Ikki pallaga ajratilgan buyrakda jigar rang, qalinligi 4-5 mm keladigan buyrakning po’st moddasi va ichki tomonda alohida-alohida to’dalashib piramida shaklida joylashgan miya (oq moddasini) ko’rish mumkin. Piramidalarning keng tomoniga, surgich shaklidagi uchi buyrak bo’shlig’iga qarab joylashgan. Piramidalar taxminan 1 mln mayda kanalcha (nefron)lardan tuzilgan. Har bir buyrakda taxminan 1 mln nefrrn bor. Naychalar piramidaning uchiga yaqinlashib orqasiga qaytadi va shu yo’sinda nefron qovuzlog’ini hosil qiladi. Po’stloq moddaga etgan distal buralma naychalari yig’uvchi naychalarga qo’shiladi. Bu naychalar piramidalar tarkibida joylashib to’g’ri yo’nalishga ega. Ular asta-sekin o’zaro qo’shilishi natajasida 15--20 ta kalta naylar hosil qilib. piramidaning uchiga ochiladi. Siydik piramida so’rg’ichni o’rab turgan kichik kosachalarga quyiladi. Ayollar ichki tanosil a’zolari bilan tashqi tanosil a’zolaridan tashkil topgan. Ichki a’zosiga bir juft tuxumdon, bachadon nayi, bachadon va qindan iborat. Tuxumdon 1 juft uzunligi 2-3 sm, qalinligi 1 sm, bachadon naylarini ostida joylashgan. Tuxumdon po’stloq va ichkarida joylashgan tomirli mag’iz moddadan tuzilgan. Po’stloq moddasida ayollarning tuxum hujayralari-ovotsitlar joylashgan. Tuxum hujayralardan pufakchalar (folliqo’la) 6 mm kattalikda-etilib turadi (har 28 kunda bittadan).