logo

Mikroorganizmlarning xayot faoliyatida ishlab chiqaradigan moddalari pigmentlar toksinlar aramatikmoddalar yorug’lik energiyasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

77 KB
Mikroorganizmlarning xayot faoliyatida ishlab chiqaradigan moddalari pigmentlar toksinlar aramatikmoddalar yorug’lik energiyasi Reja: 1. Mikroorganizmlarni fermentativ ko‘rsatgichlari. 2. Toksin uchun qo’yiladigan talablar. 3. Pigment turlari xaqida ma’lumot berish. 4. Yoqimli xid va nur tarqatuvchi mikroorganizmlarning axamiyati. Mikroorganizmlarning xayoti faoliyatidagi maxsuloti asosida moddalar almashunovi yotadi va natijada kupgina maxsulotldar ishlab chiqariladi, bularga kiradi: - fermentlar - pegmentlar -toksinlar -vitaminlar -antibiotiklar - aromatik moddalar - issiklik va yoruglik energiyalari. Ajratib olingan kulturani identifikatsiya kilishda mikrobning bioximik xususiyatlarini urganish katta axamiyatga ega. Mikrobning bioximik xususiyatlariga fermentlari, pigment, toksinlar. xosil kilishlari kiradi. Fermentlar - murakkab tuzilishiga ega bulgan oksil moddalardir, xam bu moddalar xujayra ichida tashkarisida xam kimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi, tezlashtiradi. Patogen bakteriyalar saprofitlardan fark kilib, kuchsiz bioximik aktivlikka ega va uzining tarkibida ma’lum bir ferment tutadi. Bemor odam organizmdan ajratib olingan bakteriyalar bioximik aktivligini aniklash yukumli kasalliklarga tashxis kuyishni engillashtiradi. Ekzo va endofermentlar, bulardan tashkari konstitutiv, adaptiv yoki indutsirlangan fermentlar farklanadi. Indutsirlangan fermentlar bakteriya xujayrasida ozik muxitlar tarkibida ma’lum bir substratlar bulganda paydo buladi. Adaptiv fermentlar bakteriya xujayrasining uzgargan sharoitlarda yashashga moslashishga yordam beradi. Ba’zi bakteriya turlari moddalar almashinuvi jarayonida maxsus buyok moddalar - pigmentlar xosil kiladi. Eruvchanligiga kura pigmentlar suvda eriydigan, spirtda eriydigan, efirda eriydigan va x.k. buladi. Pigment xosil kilish xossasi turga xos belgi xisoblanib, ajratib olingan kulturani identifikatsiya kilishda katta axamiyatga ega. Mikroorganizmlarning bioximik xususiyatlarini urganish uchun uglevodlardan iborat ozik muxitlardan foydalaniladi. Bunay ozik muxitlarga mono- va disaxoridlardan iborat bulgan Gisning uzun va kiska ola-chipor katorlari kiradi. Idinkator sifatida Andreda reaktiv va boshkalar kullaniladi. Agar ozik muxit rangi uzgarsa uglevodlar kislotagacha parchalangan buladi. Uglevodlar kislota va gazgacha parchalansa, ozik muxit rangi uzgarishi bilan birga suzgich shishachada gaz pufakchalari (suyuk ozik muxitlarda) yoki agarda gaz pufaklari agarning yorilishi (kattik ozik muzxitlarda kuzatiladi). Mikroorganizmlarning proteolitik xususiyatini bilish uchun bakteriya 10-20% jilatinali ustunli muxitga ukol usuli bilan yoki peptonli suvga ekiladi. Oksillarning parchalanganligini kuyidagi reaksiyalar orkali bilish mumkin. a) ammiakni maxsus kogoz yordamida b) indol uchun - Erlix usuli v) servodorod xosil kilinishini bilish uchun H 2 S ni ajratadigan reaktivlar saklagan ozik muxitlarga bakteriya ekiladi. (temir, sulfit, natriy tiosulfat, natriy sulfit kabi tuzlar aralashmasidan iborat ozik muxit ishlatiladi.) Mikrob hujayrasida fermentlar katalizatorligida boradigan barcha reaksiyalar moddalar almashinuvi yoki metabolizm deb ataladi, ular hayotiy faoliyatni ta’minlaydi. Ma’lum biomolekula skletidagi kovalent bog‘larning parchalanishi yoki hosil bo‘lishiga olib keluvchi fermentativ reaksiyalarning tegishli ketma- ketligi natijasida hosil bo‘ladigan oraliq va oxirgi mahsulotlar metabolitlar deb ataladi. Birlamchi va ikkilamchi almashinish reaksiyalari yoki birlamchi va ikkilamchi metabolizm tushunchalari mavjud. Birlamchi almashinish reaksiyalari barcha tirik organizmlarda o‘zaro o‘xshash – bu nuklein kislotalar va asoslar, oqsil va ularning dastlabki moddalari, shuningdek, aksariyat uglevodlar, lipidlar, ayrim karbon kislotalarning hosil bo‘lishi va parchalanishidir. Ikkilamchi almashinish reaksiyalariga idiofaza deb ataladigan davrda mikroorganizmlar uchun xos bo‘lmagan moddalar hosil qiladigan reaksiyalar kiradi; bu moddalarning hosil bo‘lishi (antibiotiklar, gibberellinlar, trisporali kislotalar, alkaloidlar va boshqalar) faqat ayrim turlargagina xos. Birlamchi va ikkilamchi alamashinish reaksiyalarini farqlash qiyin, ularga berilgan ta’riflar ham aniq emas; metabolizmni birlamchi va ikkilamchi almashinishga bo‘lish shartli, ammo o‘quv-nazariy maqsadlarda birlamchi va ikkilamchi metabolitlar haqidagi tushunchani saqlab qolish ahamiyatga molik. Tirik hujayrada sodir bo‘ladigan jarayonlar ketma-ketligini e’tiborga olgan holda, oqsillar birlamchi metabolitlar hisoblanadi va quyidagi sxema asosida sintez qilinadi: DNK → RNK → Oqsil Birlamchi metabolitlardan fermentlarning keyingi almashinish reaksiyalariga kiritilishi ikkilamchi metabolitlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Buni quyidagi sxema ko‘rinishida tasvirlash mumkin: Informatsion molekulalar sintezi ham birlamchi metobolitlar, yoki fermentlar katalizatorligida amalga oshishi oydinlashadi. Bundan tashqari ikkilamchi metabolitlarning dastlabki mahsulotlargacha parchalanishini ( degradatsiya) aynan bitta mikroorganizm fermentlari ta’siri ostida amalga oshirish mumkin.Prometabolitlar, ya’ni intermediatlar yoki oraliq mahsulotlarning hosil bo‘lishi birlamchi metabolit – fermentlar ta’siri ostida amalga oshadi. SHu sababli xulosa qilish mumkinki, ikkilamchi metabolitlar biosintezi xromosoma yoki plazmid DNKlari bilan kodlanmaydi. U yoki bu produtsentni o‘stirish jarayoni trofofaza (grekcha. τρωϕη - oziqlanish, ozuqa) va idiofazaga (grekcha. ιδιωσ – o‘ziniki, maxsus) bo‘linadi. Trofofaza davrida organizmning o‘sish tezligi yuqori bo‘ladi, ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarish past bo‘ladi. Aksincha, idiofaza davrida mikrobning o‘sish tezligi past, ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarilishi esa yuqori bo‘ladi. Hujayra ikkilamchi metabolizmining muhim regulyator xususiyatlaridan biri uning kompartmentalizatsiyasi hisoblanadi . Ikkilamchi metabolitlar hujayradagi ularning sintez mexanizmi asosida guruhlarga bo‘linadi. Bu metabolitlar atsetil-KoA va yog‘ kislotalari, mevalon kislotasi, aminokislotalar, uglevodlar, shikimik yoki aromatik aminokislotalar, trikarbon kislotalar halqasi intermediatlari, boshqa turli metabolik yo‘llar mahsulotlari sanaladi. Mikroorganizmlardagi moddalar va energiya almashinuvi hujayra ichi va tashqarisida moddalar konsentratsiyasining turli xil bo‘lishiga olib keladi, bu esa hujayra ichki tarkibining o‘rab turgan muhitdan turli moddalar uchun turli darajadagi o‘tkazuvchanlikka ega membranalar bilan ajratilgan sharoitidagina amalga oshadi. Erigan moddalar hujayra devori orqali (ayrim mikroorganizm turlarida esa kapsula orqali) hujayra ichiga va hujayra membranasiga o‘tadi. Kimyoviy molekulalar muhitdan uchta barer (to‘siq) orqali - kapsula, hujayra devori, hujayra membranasi orqali (masalan, Leucontoc mesenteroides, Aureobasidium pullulans da) yoki ikkita hujayra devori va hujayra membranasi orqali (masalan; Streptomyces griseus, Seacheromyces cerevisiae da) yoki bitta to‘siq orqali – hujayra membranasi (masalan, Mycooplasma Species da) orqali o‘tadi. Mikroorganizmlar kapsulalari, asosan uglevod tabiatidagi mikroorganizmlar kapsulalari kovak tuzilmaga ega bo‘lib, ko‘plab moddalar o‘ta oladi. Biroq ayrim mikroorganizmlar uron kislotasidan iborat kapsulalarni tashkil etadi (Cryptococeus species). Bu holatda ularning, masalan, metal kationlariga nisbatan faolligi sezilarli ortadi va o‘z navbatida, hujayraga elektrolitlar kelib tushishini boshqarishda poliuronidlar hissasi ham ortadi. Turli mikroorganizmlar hujayra devori ham inert strukturaga ega emas, unda ham kovakteshiklar mavjud bo‘lib, bu kovaklar bakteriyalarda 9 dan 74 nm gacha, zamburug‘larda – 4,0 dan 7,0 nm gachani tashkil etadi. SHu sababli hujayra devari orqali o‘tuvchi moddalarning molekulyar massasi ancha katta bo‘lishi mumkin (10...50 va 4,5...4,4 kDa mos ravishda). SHunday qilib, achitqi va ipsimon mikroorganizmlarning hujayra devoridan yirik molekulalarning o‘tishi bakteriyalarning hujayra devoriga qaraganda qiyin kechadi. SHu bilan bir vaqtda bakteriyalarda glikolaktil va teyxoy kislotalarining mavjudligi elektrolitlarning hujayraga o‘tishini sezilarli cheklaydi. Demak, mikroorganizmlar hujayra devorlaridagi kovaklar o‘lchamining o‘ziga hujayra ichiga moddalar kirishini baholashdagi etakchi ko‘rsatgich sifatida qarab bo‘lmaydi – yaxlitlikdagi integral struktura muhim rol o‘ynaydi. Metabolizm sababli mikroorganizmlar quyosh nuridan energiya oladi yoki ozuqa muhit Fototroflar va xemotroflarda ishlatiladigan energiyadan foydalanish yo‘llari o‘xshash. Ular oraliq almashinish, yoki amfibolizm reaksiyalari hamda hujayra moddalarini sintezlash reaksiyalari yoki anabolizmdan iborat. Kimyoviy moddalar parchalanishi bilan bog‘liq energiya ajralishiga katabolizm d eyiladi. Energiya ajralishi bilan boradigan reaksiyalar ekzergonik, energiyaning yutilishi bilan boradiganlari esa endergonik reaksiyalar deyiladi. Biologiya fanida energiyaning standart o‘lchovi sifatida kilokaloriya qabul qilingan. Bir kilakaloriya – bu 1 kg suvni 1 o ga isitish uchun sarflangan energiya (yoki issiqlik) miqdori 1 kkal = 4,1868 · 10 3 djoul (si) yoki 1 Dj =2,388 · 10 4 kkal. Tirik organizmlardagi ko‘pgina reaksiyalar energiya ajralishi bilan kechadi va shu bilan birga ular o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Moddalar o‘zaro ta’sirlashishi uchun ularning kimyoviy reaksiyalarga kirishiga olib keladigan molekulalarning samarali to‘qnashuvini yuzaga keltiradigan kritik energetik holatni yuzaga keltirish lozim. Ushbu talab qilinadigan energiya faollanish energiyasi - (E f ) deyiladi. Demak, muayyan miqdordagi faollashgan molekulalar qo‘shni molekulalar faollashuvi uchun etarli miqdordagi enegiya ajraladigan reaksiyalar qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgandagina ekzergonik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlar uchun (boshqa barcha tirik tizimlar kabi) reaksiyaga kirishuvchi malekulalarni faollashtirishning umumiy usuli biologik kataliz xisoblanadi. Tirik xujayralarning metobolik faolligi nisbatan past haroratda namoyon bo‘ladi, shu sababli ular ekzergonik reaksiyalardan foydalanishadi ( ∆ G < O). Bundan tashqari, muxitda reaksiyaga kirishuvchi molekulalarning faollashuviga sarf etiladigan energiya manbai bo‘lmaganda xujayralarda biokatalizdan foydalaniladi. Biologik katalizatorlar sifatida fermentlar (enzimlar) ishtirok etadi. Fermentlar - globulyar oqsillar bo‘lib, molekulyar massasi 15 dan bir necha ming kilodaltongacha boradi. Ular oddiy va murakkab oqsillar sanaladi. Misol uchun, ureaza, pepsin, tripsin – oddiy, karboksipeptidaza, amilaza, ribonukleaza murakkab oqsillar (aniqrog‘i – glikoproteinlar) hisoblanadi va 2- yoki ko‘p komponentli bo‘lishi mumkin. Demak, fermentlar (xolofermentlar) oqsillar (apoferment, feron) bilan bir qatorda termostabil oqsilsiz qism (agon)ga ham ega. Agar bu qism oqsilli ferment bilan labil bog‘lansa va xolofermentda engil dissotsilansa (ajralsa), demak oson ajratib olinishi mumkin, masalan, yarim o‘tkazuvchi membranalardan dializda uni koferment deb ataladi. Agar fermentning oqsilli va oqsilsiz qismlari o‘rtasidagi bog‘ mustahkam bo‘lsa, koferment prostetik guruh deb ataladi. Prostetik yoki koferment guruhlar sifatida nisbatan murakkab bo‘lmagan molekulalar, masalan, vitaminlar yoki kompleks bog‘langan metallar: temir- katalaza, peroksidaza, sitoxrom tizimda: mis- polifenoloksidaza va askorbinoksidazada; molibden – nitratreduktazada, rux-ko‘mir angidrazada, kalsiy – ishqor proteinazada bo‘ladi. Kofermentlardan tashqari kofaktorlar – fermentlar faoliyatini tezlashtiruvchi moddalar yoki metal ionlari ham ma’lum. Me’yorda ular fermentlar tarkibiga kirmaydi. Kovalent bog‘lar hosil bo‘lishi bilan kechadigan, izomerlanish, oksidlanish- qaytarilish va ko‘chish reaksiyalarida murakkab fermentlar, gidroliz reaksiyalarida oddiy yoki bir komponentli fermentlar katalizatorlik qiladi. Odatda, jonli va jonsiz tabiatdagi bir xil kimyoviy bog‘lar mustahkamligi ham teng bo‘ladi. Masalan, N-N (bog‘ uzunligi 0,074 nm) bog‘ining uzilish energiyasi 422,9 kDj/mol yoki 101 kkal ni tashkil etadi. Eng zaif kimyoviy bog‘ni uzish uchun ham biologik sistemalardagi normal bog‘larni uzish uchun zarur bo‘lgan energiyadan 4...5 barobar ko‘p energiya kerak bo‘ladi. Bunday miqdordagi energiya jonli sistemalarda ishlab chiqarilmaydi, shu sababli faollanish energiyasini kamaytirishning asosiy yo‘llaridan biri fermentlar yordamida reaksiyaga kirishuvchi molekulalarning asimmetriyasini o‘rnatish hisoblanadi. Bunda substratdagi elektronlar energiyasi ortadi, ular yuqori qavatga o‘tadi, bog‘lar esa zaiflashadi. Substrat destabilizatsiyasi uning bir nechta nuqtalarda fermentning faol markazi, yoki katalitik sayti bilan bog‘lanishi hisobiga ta’minladi. Bunday markazlar ma’lum aminokislotalar va preostetik guruhlar yoki koferment ishtirokida tuziladi. Fermentning faol markazlarida yon zanjirlari odatda ionlashgan va elektronodor hamda elektronoakseptor xususiyatlarga ega bo‘lgan gistidin, serin, tirozin va boshqalar bo‘ladi. Elektrodonor guruhlar magniy, marganets va rux ionlari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Ko‘plab kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi oqsilsiz katalizatorlarga zid tarzda har bir ferment ko‘pincha faqat bitta reaksiyada katalizatorlik qiladi. Bunda fermentning tanlab ta’sir etishi namoyon bo‘ladi va tirik organizmlar hujayralaridagi metabolizmda ularning alohida roli belgilanadi, chunki metabolik jarayonlar tezligining aniq boshqarilishi asosida aynan mana shu tanlab ta’sir etish (o‘ziga xoslik) yotadi. Misol uchun, maltaza α -glikozid bog‘ida katalizatorlik qiladi, ammo β -glikozid bog‘ida qatnashmaydi; bevosita oksidlanish yo‘li fermentlari L- fosfouglevodlarni emas, balki D-fosfouglevodlar konversiyasida katalizatorlik qiladi. Gidroliz reaksiyasida katalizatorlik qiluvchi fermetlar substratlarning alohida kimyoviy guruhlariga ta’sir etadi. Demak, bunday bog‘li ko‘plab substratlar shunday fermentlarni farqlamaydi (tabiat fermentlar to‘plamini tejaydi). Alohida holatlarda ayrim gidrolazalar ma’lum guruhlarda yuqori spetsifiklik (o‘ziga xoslik) namoyon qiladi. Misol uchun, karboksipeptidazalar va aminopeptidazalar aminokislotalarni bosqichma-bosqich mos ravishda karboksil yoki aminoguruh qismi oxirlaridan parchalaydi. Barcha fermentlar qat’iy muayyan raqamlarga ega 6 ta asosiy sinflarga bo‘linadi: 1oksidoreduktazalar; 2-transferazalar; 3-gidrolazalar; 4- liazalar; 5- izomerazalar va 6- ligazalar. Bunday fermentlar klassifikatsiyasi (FK) ular katalizatorlik qiladigan reaksiya turiga asoslanadi. Transferazalar turli kimyoviy guruhlarning (vodoroddan tashqari) molekulalararo o‘tishi va bir uglerodli qoldiqlar, aldegid va keton guruhlar, atsil, glikozil, fosfor saqlagan guruhlar va boshqalarni o‘tkazish reaksiyalarida katalizatorlik qiladi: Liazalar (fransuzcha liaison - birikma) guruhlarning qo‘sh bog‘ga birikishi va bunday guruhlarning ajralishi reaksiyalarida katalizatorlik qiladi: FK bo‘yicha har bir ferment o‘z shifriga ega bo‘lib 4ta sondan iborat, birinchisi sinfni, ikkinchisi sinfcha, uchinchisi –sinfchachani, to‘rtinchi – shu sinfchachadagi fermentning tartib raqamini ko‘rsatadi. Masalan, 3.5.1.5. shifri karbamidamidogidralazaga (ureaza) tegishli, u uchinchi asosiy sinf – gidrolazaga kiritiladi. U peptid bog‘idan (shifr 3,5) farq qiladigan C-N bog‘iga ta’sir etadi; bu bog‘ chiziqli amidlarda uchraydi (shifr 3,5,1); ureazaning tartib raqami esa 5. Fermentlar katalizatorligida boradigan reaksiyalar tezligi turlicha bo‘lib, fermentning miqdori va faolligi, substrat konsentratsiyasi, rN, temperatura, muhitda faollashtiruvchi va ingibitorlar borligiga bog‘liq. Fermentlar miqdorini biologik sistemada aniqlash mushkul, ammo ularning mavjudligi maxsus reaksiyalar yordamida tasdiqlanadi. SHuning uchun fermentlar faolligi tushunchasi kiritilgan, u tozalangan va tozalanmagan fermentlarga tegishli. Faollik xalqaro birlikda (XB) da o‘lchanadi: 1 XB ferment miqdori standart sharoitda 1 daqiqada 1 mikromol (mk/mol;10 -6 mol) substratni o‘zgartiradi. Agar fermentlar ikki va undan ko‘p polipeptid zanjiridan (protomerlar, monomerlar yoki subbirlik) tashkil topgan bo‘lsa, oligomerlar deyiladi. O‘zaro o‘xshash bo‘lmagan protomerli oligomer fermentlar har xil izoferment deb ataluvchi turli shakllarda mavjud bo‘ladi. Fermentlar va izofermentlar konsentratsiyasi hujayrada fermentlar sintezi repressiyasi natijasida faol boshqariladi. Energiya sarfi bilan bog‘liq sintez endogen tarzda hosil bo‘luvchi moddalar – repressorlar tomonidan to‘xtatiladi. Bu repressorlar ferment substratlari yoki shunga o‘xshash komponentlar tomonidan faolsizlantiriladi. Indutsibel fermentlar adaptiv, substrat indikator ishtirok etmagan sharoitda hujayrada hosil qilinadigan fermentlar esa konstitutiv deyiladi. Fermentativ reaksiyalar qatnashuvchi molekulalar soniga ko‘ra (boshqa reaksiyalar kabi) birinchi, ikkinchi va uchinchi tartibli bo‘ladi, uning tartibi esa berilgan sharoitda reaksiya tezligi ta’sirlashuvchi moddalar konsentratsiyasiga qanday bog‘langanligi bilan belgilanadi. Substratning kichik konsentratsiyasida fermentativ reaksiya birinchi tartibli reaksiya kinetikasi bo‘yicha boradi, ya’ni tezlik har bir lahzada ta’sirlashayotgan moddaning konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi Fermentlar faolligi harorat, rN va boshqa omillarga bog‘liq. Barcha kimyoviy reaksiyalar kabi fermentativ reaksiyalar ham harorat ko‘tarilishi bilan tezlashadi. Haroratning 10 0 S ko‘tarilishi biokatalizatorlar faolligini deyarli 2 barobar kuchaytiradi. Biroq oqsillar issiqlikka sezgir tuzilma hisoblanadi va yuqori haroratlarda denaturatsiyaga uchraydi. Harorat 100 0 S ga etganida aksariyat fermentlarning katalizatorligi qaytmas holatda to‘xtaydi. Har bir ferment uchun optimal rN qiymati mavjud bo‘lib, uning 2 birlikka nordon yoki ishqoriy tomonga o‘zgarishi ferment faolligining deyarli to‘liq yo‘qolishiga olib keladi. Aktivatorlik xususiyatlarini ko‘pincha quyidagi kofaktorlar: kobalt, magniy, marganets, rux ionlari namoyon etadi. Allosterik fermentlar ko‘proq organik birikmalar yordamida faollashadi. Mikroorganizmlarda almashinish jarayonlari fermentlar yordamida boshqariladi. SHunday qilib, mikroorganizm hujayralari birlamchi va ikkilamchi metabolitlar almashinishining tegishli reaksiyalarida katalizatorlik qiluvchi fermentlar sintezi va faolligini boshqarishning qo‘pol va nozik nazorat mexanizmlariga ega. Masalan, yakuniy mahsulot bilan ferment sintezini ingibirlanishi boshqarishning qo‘pol nazorati mexanizmiga kiradi. Dastlab hosil bo‘lgan ferment molekulalari hujayraning keyinchalik o‘sishida bo‘linmagunicha o‘z vazifani bajaradi, vaholanki oqsilning keraksiz sintezi darhol to‘xtaydi. Ikkinchi tomondan, xuddi shu yakuniy mahsulot bilan fermentativ faollikning ingibirlanishi boshqaruvning nozik mexanizmi turiga kiradi. CHunki, masalan, konkret yo‘lga uglerod manbai oqimi doimiy va aniq boshqariladi. Ko‘pincha mikroorganizmlar dunyosida metabolizmning nozik boshqarilishi sifatida koorporativlik usuli kuzatiladi. Bu erda ferment va substratning koorporativ o‘zaro ta’siri haqida so‘z ketmoqda. Substrat bilan bitta bog‘lanishga ega bo‘lgan polimer enzimlar ular bilan bitta katalitik markaz yordamida birikadi, bunda substratning qo‘shimcha molekulalari uchun boshqa joylarning yuqori yaqinligi yaratiladi. Bunday ta’sirning umumiy samarasi katalitik faollikning substrat konsentratsiyasini arifmetik oshishiga nisbatan geometrik o‘sishida namoyon bo‘ladi. Adabiyotlar: 1. Muhamedov E . M ., Eshboev E . X . Mikrobiologiya , immunologiya , virusologiya . T., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. 2. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashri-yoti. 1979. 3. Vorobyov A.A., B ы kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «V ы sshaya shkola». 2003. 4. Pyatkin N.D., Krivoshein YU.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980. 5. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorn ы m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981. 6. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 7. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov YU.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984. 8. CHurbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «V ы sshaya shkola». 1987. 9. Mustaqimov G.D. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T., “O‘qituvchi” nashriyoti. 1978. 10. Elinov N.P.” Ximicheskaya mikrobiologiya” M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 1989.