logo

Binolar energiya samarador injiniringi haqida umumiy ma’lumotlar va bakalavrlarni tayyorlashda uning ahamiyati va ro`li

Yuklangan vaqt:

25.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

67 KB
Binolar energiya samarador injiniringi haqida umumiy ma ’ lumotlar va bakalavrlarni tayyorlashda uning ahamiyati va ro`li Reja: 1. Energiya samaradorlik injeneriyasi. 2. Energiya samaradorlik injeoneriyasi xos jixatlar. Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri bu arxitekturadir. Arxitekturaga ta’rif bermasdan avval "arxitektura" so`zining kelib chiqishiga nazar tashlaylik. So`z ildizi "tektura" qurilish san’ati ma’nosini berib, "arxi" qo`shimchasi esa oliy, yuqori darajada degan ma’noni bildiradi. Demak "arxitektura" — qurilishning yuqori bosqichi, ya’ni oliy darajadagi qurilish demakdir. Aynan shu ma’noda ”arxitektor” o`zbek tilidagi "me’mor" so`ziga yaqin turadi. SHuning uchun ham arxitekturaga nisbatan me’morchilik atamasi keng ishlatiladi. Arxitektura qurilish san’atining oliy darajasi, biroq har qanday Qurilishni ham arxitekturaga tenglashtirish yoki o`xshatish mumkin emas. CHunki qurilish juda keng qamrovli so`z bo`lib, arxitekturaga mos bo`lmagan ayrim sohalarni ham o`z ichiga oladi. Masalan, temir yo`l qurilishi, er osti quvurlari yoki shaxtalar qurilishi va hokazo. “ Energiya samaradorlik injeoneriyasi ” fanini o`qitishdan maqsad bino va uning qismlarida sodir bo`ladigan fizikaviy jarayonlarni va bu jarayonlarning binoga va insonga ta’sirini o`rgatishdan iborat. YAnada kengroq qaralganda arxitekturaviy fizika tabiiy va sun’iy yorug`lik, issiqlik, havo harakati va tovush, ularning inson tomonidan sezilish tabiati hamda sotsiologik, gigienik va iqtisodiy tomonlarni hisobga olgan holda arxitekturani shakllantirish qoidalarining nazariy asoslari va amaliy uslublarini o`rgatadi. Bundan tashqari muhim qurilish hujjatlari “Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ)” ishlab chiqishda ham bu fan fundamental axamiyatga ega. Energiya samaradorlik injeoneriyasining maqsadi va vazifalari. Insonlarning yashashi, ishlashi va dam olishiga mo`ljallanib tashkillashtirilgan makonni yoki muhitni shakllantirish xonalarning issig`ini ta’minlash tashqi muxitdagi iqlimni imkon boricha qishda xonaga kirgizlaslik fanning bosh vazifasidir. Biroq, uning vazifasi bu bilan cheklanmaydi. Ma’lumki, har qanday muhit odamlar ruhiyatiga, ongining shakllanishiga ta’sir ko`rsatadi. CHunki arxitekturada qo`llaniladigan hajmiy shakllar, moddiy muhit biron bir jozibali ko`rinishga yoki axborotga ega bo`ladiki, ular odamlar didiga, ongiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Arxitekturaning vazifasiga ana shu muhitda insonlar uchun o`ziga xos qulaylik va shinamlik yaratishgina emas, balki insonning go`zallikka bo`lgan ehtiyojini qondirish, u yashayotgan jamiyat madaniy hayoti, xalqchil milliy an’analari va ilg`or estetik tuyg`ularini o`zida aks ettirish kabi vazifalar ham kiradi. Energiya samaradorlik injeoneriyasi mukammal egallash orqaligina inson salomatligi va hayotiy faoliyati uchun maqsadga muvofiq bo`lgan loyihalar yaratish mumkin. Energiya samaradorlik injeoneriyasi fani bo`yicha talabalar quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari zarur: bino va uning qismlarida sodir bo`ladigan fizikaviy jarayonlar uch xil: issiqlik, yorug`lik va akustik tabiatga ega bo`lishi hamda bularning tabiiy iqlimga bog`liqligi talabalarda shakllantirilishi lozim bo`lgan bilim va ko`nikmalar mazmunini taqoza etadi. Demak, har qanday qurilish ham arxitektura bo`lolmaydi, lekin har qanday arxitektura negizida avvalambor qurilish yotadi. Qurilishning arxitekturaga aylanishi uchun u yuqori darajadagi san’at namunasi yoki asari tarzida yaratilishi kerak. Arxitekturani inson amaliy faoliyatining boshqa turlaridan, shu jumladan, qurilishdan farqi shundaki, u foydalilik masalalaridan tashqari muayyan tarixiy va ijtimoiy-ma’naviy muhit va davr ehtiyojlarini qondiruvchi mafkuraviy va badiiy estetik vazifalarni ham bajarib binolarda qulay sharoit yaratibgina qolmay xonalarga sarflanayotgan energiya sarfini xam xisobga olishi kerak. Energiya samaradorlik injeoneriyasi uning hozirgacha qabul qilingan ta’rifi shunday: — inson va jamiyat faoliyati, insonning maishiy turmushi, mehnati, umuman hayoti uchun fazoviy muhit,qulay shinam issiq xonalar yaratish san’atidir. Bu erda "fazoviy" deyilganda kosmosni emas, balki er satxi ustida quriladigan ob’ektlar joylarni nazarda tutiladi. Bunday fazoviy muhit yopiq yoki ochiq bo`lishi mumkin. U chegaralovchi, belgilovchi (devor, tom, tusiq, panjara, dov—daraxt, tosh kabi) strukturalar yordamida tashkil etiladi. Masalan, Toshkentdagi "Moviy gumbazlar" qaxvaxonasi yoki uning yonidagi choyxona binolari g`isht, beton va oyna, tusiq—devor, pol va tom (gumbaz ham tomning bir turi) yordamida atrofdan chegaralanib, yopiq fazoviy muhit hosil etilgan. Yana shuni aytish joizki, “ Energiya samaradorlik injeoneriyasi ” o`zining yaratilishi jihatidan ikki ma’noda ishlatiladi, birinchidan, inson ijodiy faoliyatining sohasi ma’nosida va ikkinchidan, shu faoliyatning mahsuli ma’nosida. Arxitektura insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. U insoniyat jamiyati yashash va dam olish vositalarining qanchalik zaruriy qismlari (turarjoy uylari, jamoat binolari, bog` va parklar, xiyobonlar va boshqalar)dan tarkib topsa, xuddi shunchalik ishlab chiqarish vositalari (zavod va fabrikalar, elektr va issiqlik stansiyalari, ishlab chiqarish korxonalari)dan ham tarkib topadi. Umumiy ma’noda arxitektura - bu insoniyatning yashashi va faoliyati uchun sun’iy shakllantiriladigan, amaliy va ma’naviy ehtiyojlarga mo`ljallangan moddiy muhitlar tizimidir. Ayni paytda, arxitektura bu san’at hamdir. SHu boisdan arxitekturada muayyan hayot tarzi, davr tafakkuri va talabi, muayyan estetik va mafkuraviy ehtiyojlar, g`oyalar majmuasi o`zining moddiy va badiiy ifodasini topadi. Bundan tashkari bu shunday fanki – muxim kurilish xujjatlari kurilish me’yorlari va koidalari(KMK) ishlab chikishda fundamental axamiyatga ega. Arxitekturaviy fizikaning loyixalash bilan boglik fanlar “Arxitekturaviy loyixalash”, “Arxitektura tarixi va nazariyasi”, “Arxitekturaviy kurilmalar” bilan bevosita uzviy boglik. Binoda yoki uning kismlarida sodir buladigan fizikaviy jarayonlar asosan uch xil tabiatga ega: - issiklik; - yoruglik; - akustika. SHu sababli arxitektura fizikasi iklimshunoslik va issiklik texnikasi, yoruglik texnikasi, akustika bulimlardan iborat: Issiklik texnikasi bino va uning kismlarida issiklik energiyasining xarakatini va suv buglaridan tashkil topgan massa almashinish jarayonlarini urganadi. YA’ni bir tomondan bino ichida insonning yashashi va muayyan faoliyati uchun maksadga muvofik bulgan ichki xavo xaroratini va namlikni yaratish bulsa, ikkinchi tomondan bino kismlarini uzok muddatga xizmat kilishini ta’minlash uchun sharoit yaratishdir. Arxitektura ko`p qirralidir. U muayyan vazifalarga mo`ljallanib tashkillashtirilgan ichki muhitli binolar, binolar ansambli va kompleksi, shaharlar, qishloqlar, maxsus tashkillashtirilgan tashqi ochiq muhitlar (ko`chalar, maydonlar, istirohat bog`lari, parklar, mahallalar, dahalar)dan tashqari ichki muhitga ega bo`lmagan, biroq ochiq muhitni tashkillashtirishga xizmat ko`rsatuvchi inshootlar va mo``jaz me’moriy shakllar (monumentlar, obelisklar, tasviriy oynalar, ko`priklar, yo`llar, sohillar, puteprovodlar, transport razvyazkalari, favvoralar, zinapoyalar, to`siqlar va sh.k.) hamdir. Ana shu nuqtai nazardan olib qaraganda arxitektura jamiyatning ijtimoiy, ishlab chiqarish va mafkuraviy ehtiyojlaridan vujudga kelguvchi moddiyatdir. Aynan ana shu ehtiyojlar arxitektorlar oldiga aniq vazifalar qo`yadi. YAratilgan arxitektura jamiyat va uning ma’lum bir davrining moddiy va ma’naviy madaniyatini belgilaydi, o`zida aks ettiradi. Energiya samaradorlik injeoneriyasi xos jixatlar Arxitekturaning o`ziga hos xususiyatlari mavjud. Buni yaqqol tushunish uchun uni boshqa san’at turlari bilan taqqoslab ko`rish maqsadga muvofiqdir. Arxitektura rassomchilik va xaykaltaroshlik kabi borliqni konkret ko`rinishda tasvirlovchi san’at emas. Arxitektura ifodali bunyodkorlik san’atdir. U borliqni umumlashtirilgan holda ifoda etadi. Qaysidir darajada sinf, jamiyat yoki butun bir davrning g`oyalarini o`zida aks ettiradi. Rassom chiziq va buyoq yordamida ikki koordinat o`lchamga —eni va bo`yiga ega bo`lgan tekislikda asar yaratadi, o`zi tanlagan mavzuni grafik uslubda yoki ranglar majmuasida ifoda etadi va tasvirlaydi. Haykaltarosh uch koordinatli — eni, bo`yi, balandligi bo`lgan xajmlardan foydalanadi. Haykaltaroshlik rassomchilikdan jiddiy farq qilib, asar kartina tekisligida emas, balki asosan hajmlardan foydalanib ifoda etiladi. Tomoshabin haykalni nafaqat bir tomondan balki hamma tomondan, ham tomosha qilish mumkin. Biroq, haykaltaroshlikda ham rassomchilikdagi kabi ifodalanayotgan mavzu qurilmaydi, hajmiy shaklda bo`lsada, baribir tasvir etiladi. Shuning uchun ham bunday san’at turlari tasviriy san’at deb ataladi. Arxitektura asarida o`sha uch koordinataga yana to`rtinchisi — vaqt koordinatisi ham qo`shiladi. Vaqt koordinatasi arxitekturaning nafaqat tashqi, balki ichki ko`rinishlarida ham ifodalanadi. Tomoshabin arxitektura asarini tashqi tomonlardangina emas, balki uning ichki ko`rinishlarini ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Arxitekturaning ichki ko`rinishlari yopiq va yarim yopiq ichki muhitdan iborat bo`lib xonalar, raxrovlar (koridor), rekreatsiyalar, Zallar, terrasalar, ayvonlar, ichki hovlilar, qavatlarni bog`lovchi zinapoyalar va shu kabilardan tashkil topadi. Demak, arxitektura asari ijtimoiy davrning muayyan bir funksiyasini bajarishga mo`ljallangan bo`lib, unda xaykaltaroshlikka qaraganda nafaqat tashqi hajmdan, balki ichki fazoviy muhitlardan ham keng foydalaniladi. Arxitekturaning ana shu muayyan ichki funksiyalari majmuasi uning tashqi ko`rinishida o`z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, arxitektura ichki va tashqi sun’iy muhitlar, hajmlar va shakllarning yig`indisidan tashkillashtirilgan va ularning o`zaro uyg`unlashgan birikmasidan tuzilib ochiq muhitda bunyodkorlik san’ati asarining namunasi tarzida vujudga keladi. Bunday asarni inson idrok qilish uchun bir joydan ikkinchi joyga siljishi, harakatda bo`lishi, yurishi kerak. Bu esa ma’lum vaqt ichida o`tadi va shu sababdan ham arxitektura koordinatalarining soni to`rtta deyiladi. Arxitekturaning bir - biri bilan chambarchas bog`langan uch jihatlari mavjud. Bular mustahkamlik, foydalilik va badiiylikdir. Boshqacha qilib aytganda arxitektura asariga quyidagi talablar qo`yiladi: birinchidan, arxitektura asari insonning foydalanishiga qulay bo`lsin, qanday maqsadda qurilgan bo`lsa shu maqsadni to`la ado etsin; ikkinchidan - asar o`z—o`zini va unga qo`yilgan yukni ko`tara oladigan, tashqi muhit va tabiat ta’sirlariga'' chidash beradigan bo`lsin - va uchinchidan, asar ko`rinishi ta’sirli, insonni to`lqinlantiradigan unga zavq beradigan bo`lishi kerak. Bu uch jihatni dastlab antik davr arxitektori va muhandisi Mark Vitruviy anglagan edi. Uning ta’biricha, “har narsa (gap arxitektura asari to`g`risida ketayapti) mustahkamlikni, foydani va go`zallikni nazarda tutgan holda qilinishi kerak". Bu erda "mustahkamlik" konstruktiv jihatni, "foyda" — funksiyani, "go`zallik" esa — estetik jihatni ifodalaydi. Mazkur uch jihatlarning o`zaro munosabati biri boshqasiga halal bermaydigan darajada uyg`un va mushtarak bo`lishi kerak. Masalan, arxitekturaning konstruktiv jihati uning funksiyasiga yoki estetikasiga zid bo`lmasligi lozim va hokazo. Ba’zi tadqiqotchilar zikr qilingan uch jihatga yana to`rtinchisini ya’ni iqtisodni ham qo`shadilar, Haqiqatan ham iqtisodiy talab juda muhimdir. Lekin boshqa tadqiqotchilar ularga, bizningcha asosli ravishda e’tiroz bildiradilar. Ularning fikricha, iqtisodiy talab o`sha uch talablarning zamirida yotadi. YA’ni arxitektura asari, masalan, bino o`z vazifasini mukammal ado etishi uchun muhit yaratishda ortiqchalikka yo`l qo`yilmaslik lozim bo`ladi. Bino mustahkam bo`lsin deb uning qurilmalarini, masalan devorni bekorga qalin qilmaslik kerak. Bino chiroyli bo`lsin degan maqsadda ortiqcha bezakka, bachkanalikka yo`l qo`ymaslik zarur va hakazo. Arxitekturaning tarmoqlari Arxitektura san’atni, texnikani va fanni o`zida birlashtirgan sohadir. Sifatli arxitektura asari yaratilishi uchun nozik did, mukammal qurilish mashinalari, qurilish materiallari va hokazo, aniq hisob — kitob va ishchi kuchi, quruvchilar safarbar etiladi. Arxitektorlarning ijodiy doirasi nihoyatda kengdir. Memorchilikda avtobus bekati, do`kon, favora kabi "kichik me’moriy shakllar" deb atalmish jajji qurilmalardan tortib to yirik bino va maydonlar, butun shahar-qishloqlar va xatto undan katta er-joylar rejalashtiriladi. Arxitekturaning asosiy tarmoqlari bir necha. 1.Turar joylar arxitekturasi . Mazkur tarmoq umuman arxitekturada nihoyatda muhimdir. U turar uylardan tashqari yotoqxonalar va mehmonxonalar arxitekturasini ham o`z ichiga oladi. Bu tarmoq jamiyat ijtimoiy hayotida nihoyatda muhim rol o`ynab, barcha insonlar va oilalar ushbu sohaga katta ehtiyoj sezadilar. Turar-joylar turli - tuman bo`lib, hovlili va hovlisiz, kam qavatli, o`rta qavatli va ko`p kavatli, bir va ko`p sho``bali (seksiyali) uylarga bo`linadi (2-rasm). Turarjoylar arxitekturasiga, shuningdek, yotoqxona va mehmonxonalar ham kiradi. 2.Jamoat binolari arxitekturasi . Bu sohaning ham loyihalash doirasi kattadir. Teatr va kinoteatr, sirk, oshxona, kasalxona, sport, savdo binolari va ma’muriy binolarning arxitekturasi bilan shug`ullanadi. Jamoat binolari ham turarjoy binolari kabi o`z tasnifiga ega: ma’muriy binolar, ovqatlanish binolari, tomosha binolari, sport binolari va inshootlari, davolanish binolari, ta’lim va tarbiya muassasalari, savdo binolari va inshootlari, transport va aloqa ishnootlari va boshqalar shular jumla-sidandir (3-rasm). Har bir turdagi jamoat binolari guruhi alohida ichki tasnifga ham egadir. Masalan, tomosha binolari teatr va kinoteatrlarga, sirk va kinokonsert zallariga bo`linsa, ovqatlanish binolari restoran, qahvaxona, oshxona, choyxonalarga bo`linadi va hokazo. Z.Sanoat binolari arxitekturasi . Ishlab chiqarish va sanoat bilan bog`liq bino va inshootlar: zavod va fabrikalar, firmalar, ishlab chiqarish qo`shma korxonalari, gidrotexnik va kommunal inshootlar kabi bino va qurilmalarning arxitekturasidir (4-rasm, a,b) 4.Me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash . Me’moriy yodgorliklarni saqlab qolish umrini uzaytirish, ulardan foydalanish kabi masalalarni hal etish bilan shug`ullanadi. Bu soha ham yangi arxitektura yaratish kabi mas’uliyatli va qiyin sohadir. Ko`pincha me’moriy yodgorliklar o`z funksiyalarini o`tab bo`lgan bo`ladi. SHuning uchun unga yangi, ko`pincha turizm tomosha ob’ekti funksiyasi beriladi yoki o`z funksiyasi qoldiriladi. Ta’mirlash ishlari asosan uch yo`nalishda olib boriladi: a) Konservatsiya. Bunda yodgorlik saqlangan holatida asrab kelinadi, keyingi buzilishlardan himoya qilinadi; b) Restavratsiya. YOdgorlik dastlabki holatiga qaytariladi. Bu ta’mirlashning murakkab va keng tarqalgan yo`nalish hisoblanadi. Odatda bir yodgorlikning o`zida bir necha davrlarda kiritilgan o`zgartirishlar — tuzatish topiladikim, bular ham o`ziga hos darajada asrashga loyiqdir; v) Rekonstruksiya. Bunda yodgorlikni yangi maqsadga, masalan muzeyga moslashtirish mumkin. Adabiyotlar: 1. Мирзиёев Ш. М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик-ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Т., “Ўзбекистон”. 2017 й. 102 бет. 2. Мирзиёев Ш. М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарофи. Т., “Ўзбекистон”. 2016 й. 47 бет. 3. Мирзиёев Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т., “Ўзбекистон”. 2016 й. 486 бет. 4. Маракаев Р.Ю., Нуретдинов Х.Н., Мирбобоева Д.Ҳ. -Архитектура қурилиш физикаси», Ўқув қўлланма. Тошкент, 2000 й. -82 бет. 5. Маракаев Р.Ю., Нуретдинов Х.Н., Кучкаров Р.А. «Строительная физика», Учебное пособие. Ташкент, Часть I, 1996, - 78 стр. 1. Маракаев Р.Ю., Нуретдинов Х.Н., Кучкаров Р.А. «Строительная физика», Учебное пособие. Ташкент, Часть II , 1998 -78 стр. 2. Маракаев Р.Ю., Нуретдинов Х.Н., Кучкаров Р.А. «Строительная физика», Учебное пособие. Ташкент. Часть Ш, 1999 г. -109 стр. 3. Гусев Н.М. Основы строительной физики. -М.: Стройиздат, 1975 г. 4. Ковригин С.Д., Крышов СИ. Архитектурно-строительная акустика, -М.: Высшая школа, 1986 г. - 256 с. 5. Расчет и проектирование ограждающих конструкции. Справочное пособие. -М.: Стройиздат, 1990 г.