logo

Chiziqli algebra usullarining ba`zi chiziqli iqtisodiy modellarning tahlilida qo`llanilishi

Yuklangan vaqt:

16.12.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

134.5 KB
Chiziqli algebra usullarining ba`zi chiziqli iqtisodiy modellarning tahlilida qo`llanilishi Reja: 1. Chiziqli algebra usullarining ba`zi chiziqli iqtisodiy modellarning tahlilida qo`llanilishi 2. Tekislikda analitik geometriya elementlari. Tekislikda to`g`ri chiziq Tarmoqlararo balansning matematik modeli. Rejalashtirishning asosiy masalasi Chiziqli algebra usullari keng ko`lamda iqtisodiyotni rejalashtirish bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llaniladi. Biz quyida asosan, tarmoqlararo balansning matematik modeli bilan tanishamiz. Iqtisodiyotni sonli tahlil qilish va xususan, ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish masalasi o`zaro ishlab chiqarish mahsulotlari va xizmatlar oqimlarini qarashga keltiriladi. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy sistema har biri biror-bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga moslashgan tarmoqlardan iborat deb qaralishi mumkin. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar o`zaro ayirboshlanadi va tarmoqlar orasida mahsulot oqimlari vujudga keladi. O`zaro mahsulot oqimlarining vujudga kelishi muqarrardir, chunki har bir tarmoq o`z mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida o`zga tarmoq mahsulotidan foydalanadi yoki uni sarflaydi. Iqtisodiyotning normal rivojlanish asosiy shartlaridan biri barcha tarmoqlar bo`yicha ishlab chiqarish sarflari va umumiy yig`indi mahsulot orasida balansning mavjudligidir. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi ishlab chiqarish tarmoqlari sohasiga qayt - masligini va shaxsiy ehtiyojni qondirishga, jamg`arishga sarflanishini yoki eksportga chiqarilishini e`tiborga olish talab etiladi. Iqtisodiy sistemaning yalpi mahsuloti uning n ta o`zaro bog`liq tarmoqlarida ishlab chiqariladi deylik. Ishlab chiqarish sikli yakunlanadigan vaqtni o`z ichiga olgan davrni qaraymiz. x 1 , x 2 , …, x n   –   mos ravishda, birinchi, ikkinchi, …, n   –   tarmoqlar- ning natural birliklarda ishlab chiqaradigan yalpi mahsulot hajmlari bo`lsin. Aytaylik, qaralayotgan davrda x 1   –   metallurgiya tarmog`ining tonna hisobida ishlab chiqaradigan metall miqdori, x 2   –   kimyo tarmog`i- ning ishlab chiqaradigan mahsuloti miqdori, x 3   –   avtomobilsozlik tar- mog`ining ishlab chiqaradigan yengil avtomobillari soni bo`lsin va ho- kazo. x (x 1 ; x 2 ; …; x n )   –   sistemaning yalpi mahsulot vektori deyiladi. k   – tarmoqning x k birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun i   –   tarmoq mahsuloti sarfini x ik orqali belgilaymiz. Masalan, misolimizda x 13   –   x 3 dona yengil avtomobil ishlab chiqarish uchun 1-tarmoq mahsuloti metall sarfi miqdorini anglatadi. i   -   tarmoqning ishlab chiqarish sohasiga qaytmaydigan yakuniy mahsulot miqdori y i bo`lsin. u (u 1 ;   u 2 ;   …;   u n )   –   sistemaning yakuniy mahsulot vektori deyiladi. Sistemaning i   -   tarmog`i mahsuloti x i uchun moddiy balans sxemasini «mahsulot ishlab chiqarish va uni taqsimlash» prinsipi bo`yicha qu-yidagicha tasvirlash mumkin. Moddiy balansning oqimlar tenglamalarini     n 1 k i ik i ; ...; n)2; 1 (i y x x (1) ko`rinishda yozish mumkin. k   –   mahsulotning bir (shartli) birligini ishlab chiqarish uchun i - mahsulotning bevosita sarfi miqdori a ik bo`lsin. a ik kattaliklarga bevosita xarajat koeffitsientlari yoki texnologik koeffitsientlar deyiladi. Masalan, misolimizga qaytsak, a 13   –   1 dona yengil avtomobil ishlab chiqarish uchun bevosita sarflanadigan metall miqdoridir. O`z-o`zidan ko`rinadiki, i   –   mahsulotning k   -   tarmoqqa jami sarfi x ik k -tarmoqning bir birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun i   -   mahsulotning bevosita sarfi a ik ning ushbu tarmoq ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori x k ga ko`paytirilganiga teng: x ik   =   a ik x k ya`ni, ishlab chiqarish sarflarida chiziqlilik printsipi o`rinli bo`lsin. (1) tenglamalar sistemasini    n 1k i k ik i y x a x yoki    n 1k i k ik i y x a x ko`rinishda yozish mumkin. Oxirgi sistemani, o`z navbatida, vektor- matritsa ko`rinishida quyidagicha yozish mumkin: X   –   AX   =   Y yoki (E   -   A)X   =   Y (2) Bu yerda, E   –   n-tartibli birlik matritsa bo`lib, A=(a ik ) – bevosita xarajat koeffitsientlari matritsasi yoki texnologik matritsa. a ik kattaliklarni o`zgarmas deb qaraymiz. (2) tenglamaga Leont ь ev- ning chiziqli modeli deyiladi. Agar Y   =   θ bo`lsa, Leont ь ev modeli x 1 x 2 x 3 … x i … x n x i1 x i2 x i3 x ii x in y i yopiq, Y ≠   θ bo`lganda esa model ochiq deyiladi. Masala quyidagi hollarning biri ko`rinishida qo`yilishi mumkin: 1) yakuniy mahsulot hajmlari vektori Y ga qarab, sistema yalpi mahsulot hajmi vektori X ni hisoblash; 2) X ga qarab, Y ni hisoblash. Rejalashtirishni asosiy masalalaridan biri bu birinchi masaladir, ya`ni Y vektorning berilishiga qarab, X vektorni hisoblashdir. Leont ь ev- ning ochiq modeliga tegishli asosiy masala – tegishli model ixtiyoriy yakuniy ehtiyoj Y ni qondira oladimi, degan savolga javob berishdan iborat. Ma`nosiga ko`ra X nomanfiy bo`lgani uchun iqtisodiy sistema A matritsa qanday bo`lganda nomanfiy yechimga ega bo`lishini tekshirishdan iborat. X 0 - AX 0 vektorning nomanfiyligini ta`minlaydigan manfiymas X 0 vektor mavjud bo`lsa, A matritsaga (shu jumladan, modelga) samarali matritsa (model) deyiladi. Ochiq model uchun A matritsaning samaralilik zaruriy va yetarli shartlari isbotlangan. Ularning biriga ko`ra, ochiq (2) model samarali bo`lishi uchun manfiymas A matritsaning barcha xos qiymatlari moduli bo`yicha 1 dan kichik bo`lishi yetarli. Agar (2) modelda nomanfiy A matritsa samarali bo`lsa, u holda ixtiyoriy berilgan nomanfiy Y vektor uchun (2) tenglamalar sistemasi yagona manfiymas X yechimga ega bo`ladi. Boshqacha aytganda, har bir yakuniy mahsulot nomanfiy Y vektoriga, yagona manfiymas ishlab chiqarish hajmi X vektori mos keladi. A matritsa samarali bo`lsa, nomanfiy (E-A) -1 matritsa mavjud bo`lib, asosiy masala yechimi X = (E-A) -1 Y (3) formula bo`yicha topiladi. Bilvosita xarajatlar haqida tushuncha. To`la xarajatlar haqida tushuncha Sistemaning bevosita xarajat koeffitsientlari matritsasi A = ( a ik ) berilgan bo`lsin. Ma`lumki, k   -   tarmoqning bir birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun a k = ( a 1 k ; a 2 k ; …; a nk ) T mahsulotlar zarur. Bu A matritsaning k – ustunidan iborat. O`z navbatida, a k mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun a k (1) mahsulotlar zarur bo`ladi. a k (1) ustun vektor bo`lib, a k (1) = ( a 1 k (1) ; a 2 k (1) ; …; a nk (1) ) T va a k (1) = A a k . Vektor–matritsali tenglamada a k (1) vektorning koordinatalari k - mahsulotning bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan barcha tarmoqlar mahsulotlarini tayyorlashda i   –   mahsulot xarajatlari bo`lib, bi- rinchi tartibli bilvosita xarajat koeffitsientlari deyiladi. a k (1) ( k Є {1; 2; …; n }) ustun vektorlardan tuzilgan A (1) matritsa birinchi tartibli bilvosita xarajat koeffitsientlari matritsasi deyiladi va A (1) = ( a 1(1) ; a 2(1) ; …; a k(1) ; …; a n(1) ) = (Aa 1 ; Aa 2 ; …; Aa k ; …; Aa n ) = AA = A 2 . Shunday qilib, A (1) = AA = A 2 . Birinchi tartibli bilvosita xarajatni ta`minlash uchun zarur xarajatlar ikkinchi tartibli bilvosita xarajatlar deyiladi va a k (2) = A a k (1) . A 2 = AA (1) – ikkinchi tartibli bilvosita xarajat koeffitsientlari matritsasi deyiladi. Yuqoridagi mulohazalarni davom ettirib, j   -   tartibli bilvosita xarajat koeffitsientlari va ularning matritsasini kiritish mumkin, ya`ni a k(j) = A j a k va A (j) = AA (j-1) . Bevosita va barcha tartibli bilvosita xarajat koeffitsientlari yig`indisi c ik = a ik + a ik (1) + a ik (2) + … + a ik ( j ) + … . to`la xarajat koeffitsientlari deyiladi. C = ( c ik )   –   matritsa, mos ravishda, to`liq moddiy xarajat koeffitsientlari matritsasi deyilib, C = A + A (1) + A (2) + … + A (j) + … . B = C   +   E = E   +   A   +   A (1)   +   A (2)     +   …   +   A (j)   +   … matritsa ham o`z navbatida , to`la xarajat koeffitsientlari matritsasi deyiladi . A matritsa samarali bo`lsa, matritsali qator yaqinlashuvchidir. V matritsa elementlari k-mahsulotning bir birligini ishlab chiqarish uchun i   -   mahsulot sarflaridan tashqari, har bir tarmoqning bir birlik yakuniy mahsulotini vujudga keltirish xarajatlarini ham o`z ichiga oladi. B = (E- A) -1 tenglikni isbotlash qiyin emas. Natijada (3) formula X   =   BY ko`rinishni oladi. Tekislikda analitik geometriya elementlari. Tekislikda to`g`ri chiziq Tekislikda to`g`ri chiziqning turli ko`rinishdagi tenglamalari Tekislikda koordinatalar sistemasini tanlash uning nuqtalarini anali- tik ifodalash imkonini beradi. Analitik geometriyada tekislikdagi har qanday chiziq biror-bir umu- miy xossaga ega nuqtalar to`plami sifatida qaraladi. Tekislikda kiritilgan to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasiga mos holda qaralayotgan chiziqning ixtiyoriy nuqtasining koordinatalari x va y orqali belgilansa, uning barcha nuqtalari uchun umumiy xossa x va y larga nisbatan teng- lama ko`rinishida ifodalanadi. Shunday qilib, chiziqda yotuvchi ixtiyoriy nuqta koordinatalarini qanoatlantiruvchi x va y larga nisbatan F(x, y) = 0 tenglamaga chiziq tenglamasi deyiladi yoki F(x, y) = 0 tenglama chiziqni aniqlaydi de- yiladi. Tekislikda to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi tanlangan bo`lsin. To`g`ri chiziqning tekislikdagi tanlangan koordinatalar sistemasiga nisbatan vaziyatini ushbu to`g`ri chiziqning biror-bir M 0 (x 0 ; y 0 ) nuqtasi va to`g`ri chiziqqa perpendikulyar nolmas n ( A ; B ) ( A 2 + B 2 ≠ 0) vektor yoki to`g`ri chiziqqa parallel nolmas s (m; n) (m 2 + n 2 ≠ 0) vektor to`liq aniqlaydi. n vektor to`g`ri chiziqning normal vektori, s vektor esa yo`naltiruvchi vektori deyiladi (1-rasm).  1-rasm. 2-rasm. Koordinatalar sistemasining boshidan o`tmaydigan to`g`ri chiziqni oxiri to`g`ri chiziqda joylashgan uning yagona a normal radius vektori birga-bir aniqlaydi (2-rasm). To`g`ri chiziqning ixtiyoriy M(x; y) nuqtasi uchun n (A; B) va M 0 M (x-x 0 ; y-y 0 ) vektorlarning skalyar ko`paytmasi nolga teng: ( n, M 0 M ) = 0 yoki koordinatalarda A(x–x 0 ) + B(y–y 0 ) = 0. Tenglamalar nuqtasi va normal vektori bilan berilgan to`g`ri chiziq- ni aniqlaydi. A x + B y + C = 0 , ( A 2 + B 2 ≠ 0 ) (1) ko`rinishdagi tenglamaga tekislikda to`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi deyiladi. To`g`ri chiziq umumiy (12.1) ko`rinishdagi tenglamasi bilan berilgan bo`lsa, quyidagi tasdiqlar o`rinli: a) Agar C   =   0 bo`lsa, A   x   +   B y   =   0 to`g`ri chiziq koordinatalar boshidan o`tadi; b) n (A;   B) nolmas vektor (1) ko`rinishdagi to`g`ri chiziqning normal vektoridir. Agar umumiy tenglamada A   B C ≠ 0 munosabat o`rinli bo`lsa, (1) tenglama quyidagi ko`rinishga keltiriladi: 1 b y a x   (2) (2) tenglama to`g`ri chiziqning kesmalardagi tenglamasi deyiladi. Agar (1) tenglamada B ≠ 0 bo`lsa, umumiy tenglama to`g`ri chiziq- ning burchak koeffitsientli tenglamasi deb ataluvchi y = kx + b (3) ko`rinishga keltiriladi, bu yerda, k = tg φ   –   to`g`ri chiziqning burchak r 0 a nM 0 xy M 0 a r 0 a xM 0M b y j s n koeffitsienti, φ   -   to`g`ri chiziq bilan ox abssissa o`qining musbat yo`nalishi orasidagi burchak kattaligi va b = y(0) – boshlang`ich ordinata. To`g`ri chiziqning ixtiyoriy M(x;   y) nuqtasi uchun s (m;   n) va M 0 M (x–x 0 ;   y–y 0 ) vektorlar o`zaro kollinear, demak M 0 M = t s (4) bu yerda, t- ixtiyoriy haqiqiy son bo`lib, parametr deyiladi. (4) tenglama to`g`ri chiziqning vektor parametrli tenglamasi deyiladi va koordinatalarda      tn y y , tm x x 00 (5) ko`rinishni oladi. (5) tenglamalarga to`g`ri chiziqning parametrli teng- lamalari deyiladi. Agar (5) tenglamalarda t parametr yo`qotilsa, to`g`ri chiziqning kanonik tenglamasi deb ataluvchi quyidagi n y y m x x 0 0    (6) ko`rinishdagi tenglamasi hosil bo`ladi. Umumiy (1) ko`rinishdagi tenglamaning turli xususiy hollari va ularga mos to`g`ri chiziqlar quyidagi rasmlarda keltirilgan: 3-rasm. 4-rasm. Agar | a | = P (P ≥ 0), a a ν   a   ) cos; (cos P normal radius vektorning birlik vektori bo`lib, to`g`ri chiziqning ixtiyoriy M(x; u) nuqtasining mos radius vektori r (x; y) bo`lsa, u holda r radius vektorning a yo ki ν vektordagi sonli proeksiyasi P ga teng: Pr ν r = P yoki | ν | Pr ν r = P yoki ( r, ν ) = P(P ≥ 0) (7) (7) tenglama to`g`ri chiziqning vektor ko`rinishdagi tenglamasi deyiladi. (7) tenglama koordinatalarda x   cos α + y cos β = P yoki x c o s α + y s i n α = P (P≥0) (8)A=0: y=b b A= C= 0: y = 0y x 0 B=C= 0: x=0 B=0: x= a 0 a xy ko`rinishni oladi. Bu yerda, α   -       a yoki ν vektorning 0x o`qining musbat yo`nalashi bilan hosil qilgan burchak kattaligi. (8) shakldagi tenglama to`g`ri chiziqning normal tenglamasi deyiladi. (1) shakldagi tenglamadan (8) shakldagi tenglamaga o`tish uchun umumiy ko`rinishdagi tenglama normallovchi ko`paytuvchi deb ataladigan2 2 B A 1   songa ko`paytiriladi, bunda + yoki – ishoradan S ozod had ishorasining qarama-qarshisi tanlanadi, aks holda P = - μ S ≥ 0 munosabat bajarilmaydi. Masala. 3 x + 4 y – 8 = 0 tenglamani normal ko`rinishga keltiring. Berilgan umumiy shakldagi tenglama uchun normallovchi ko`pay- tuvchi 5 1 4 3 1 2 2    . Tenglamani 5 1   ga ko`paytiramiz, natijada to`g`ri chiziq tenglamasi quyidagi ko`rinishda normal holga keltiriladi: 5 8 y5 4 x5 3   . Berilgan bir va ikki nuqtadan o`tuvchi to`g`ri chiziq tenglamalari. To`g`ri chiziqlar orasidagi burchak. To`g`ri chiziqlarning parallellik va perpendikulyarlik shartlari Berilgan M 0 (x 0 ; y 0 ) nuqtadan o`tuvchi va burchak koeffitsienti k ga teng bo`lgan to`g`ri chiziq y   –   y 0   =   k(x   –   x 0 ) tenglama bilan aniqlanadi. Koordinatalar tekisligida berilgan ikki M 1 (x 1 ;   y 1 ) va M 2 (x 2 ;   y 2 ) (M 1   ≠   M 2 ) nuqtalardan o`tuvchi yagona to`g`ri chiziq tenglamasi 1 2 1 1 2 1 y y y y x x x x      ko`rinishga ega. Burchak koeffitsientli y = k 1 x + v 1 ( l 1 ) va y = k 2 x + v 2 ( l 2 ) tenglamalari bilan berilgan to`g`ri chiziqlar orasidagi φ burchak kattaligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi (5 – rasm): 2 1 1 2 k k 1 k k tg   j Oxirgi formuladan burchak koeffitsientlar tilida l 1 va l 2 to`g`ri chiziqlarning perpendikulyarlik va parallellik shartlari kelib chiqadi: l 1 ^ l 2 : 1 + k 1 k 2 = 0 , l 1 || l 2 : k 1 = k 2 . Koordinatalar tekisligida umumiy ko`rinishdagi A 1 x + B 1 y + C 1 = 0 ( l 1 ) va A 2 x + B 2 y + C 2 = 0 ( l 2 ) tenglamalari bilan berilgan to`g`ri chiziqlar orasidagi φ burchak kattaligi l 1 va l 2 to`g`ri chiziqlarning normal n 1 (A 1 ; B 1 ) va n 2 ( A 2 ; B 2 ) vektorlari orasidagi burchak kattaligiga teng. Ushbu tasdiq umumiy shakldagi tenglamalari bilan berilgan to`g`ri chiziqlar orasidagi burchakni topish masalasini ularning normal vektorlari orasidagi burchakni topish masalasi bilan almashtirish imkonini beradi:. n n ) n,n( cos 22 22 21 21 2 1 2 1 2 1 2 1 B A B A BB AA      j A va B koeffitsientlar tilida l 1 va l 2 to`g`ri chiziqlarning perpendikulyarlik va parallellik shartlari quyidagi munosabatlardan iborat : l 1 ^ l 2 : A 1 A 2 +B 1 B 2 = 0, l 1 || l 2 : . B B A A 2 1 2 1 5-rasm. 6-rasm. 3. Berilgan nuqtadan berilgan to`g`ri chiziqqacha masofa Koordinatalar tekisligida M 0 (x 0 ; y 0 ) nuqta va umumiy Ax + By + C = 0 shakldagi tenglamasi bilan l to`g`ri chiziqlar berilgan bo`lib, nuqtadan to`g`ri chiziqqacha bo`lgan masofani topish masalasi qo`yilgan bo`lsin. Berilgan M 0 nuqtadan berilgan l to`g`ri chiziqqacha bo`lgan d masofa M 0 M (x   –   x 0 ; y   –   y 0 ) vektorning a yoki ν vektordagi sonli proeksiyasining absolut qiymatiga teng (7   –   rasm): d = |Pr ν ( OM – OM 0 )| = |( OM   –   OM 0 ) , ν | = |( OM, ν ) – ( OM 0 , ν )|. Yoki d = |( OM 0 , ν ) – ( OM , ν )|. Vektor shakldagi so`nggi formula ( OM, ν ) = R ekanligini hisobga olsak, koordinatalarda d = |x 0 cos   α + y 0 s i n α – R| ko`rinishni oladi. x 0 j l 2 l 1 a 1 a 2y n 2 x 0 jl 2 l 1y j n 1 a 0 d M 0 M l xy n  7   -   rasm. A va B koeffitsientlar tilida esa d masofa quyidagi 22 00 BA CByAx d    formula vositasida hisoblanadi. Masala. M 0 (-4; 1) nuqtadan 3x + 4y – 8 = 0 to`g`ri chiziqqacha masofani toping? Nuqtadan to`g`ri chiziqqacha masofani hisoblash formulasini qo`llaymiz: 2,3 5 16 4 3 8 1 4 )4 ( 3 d 2 2         (bir.).