logo

Turkiy sheriyatning asosiy bahrlari hazaj (mafo`iylun), ramal (foilotun) va rajaz (mustaf`ilun)

Yuklangan vaqt:

10.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

67.5 KB
Turkiy sheriyatning asosiy bahrlari: hazaj (mafo`iylun), ramal (foilotun) va rajaz (mustaf`ilun) Reja: 1. Turkiy aruzda keng qo`llanadigan bahrlar. 2 . H azaj ba h ri va uning musta`mal (amalda qo` llangan) vaznlari. 3 . Ramal ba h ri va uning musta`mal (amalda qo` llangan) vaznlari. 4 . Rajaz ba h ri va uning musta`mal (amalda qo` llangan) vaznlari. Tayanch iboralar: hazaj - mafo`iylun, ramal – foilotun, rajaz - mustaf`ilun, musta`mal taqte`, zihof va furu`lar, sadr, ibtido, hashv va hashvayn, aruz, zarb yoki ajuz, murabba`, musaddas, musamman. I. Alisher Navoiy ta`kidlaganidek, aruz she`riy tizimida mavjud b o` lgan sakkizta asldan turkiy she`riyatda qo`llanadiganlari beshta. Bular: fa`uvlun, mafo`iylun, fo`ilotun, mustaf`ilun va maf`uvlotu. Bulardan birinchisi ya`ni fa`uvlun asli mutaqorib bahrini hosil qilib, asosan masnaviy va masnaviy dostonlarda qo`llanadi (bu bahr haqida keyingi darslarda alohida to`xtalamiz). Maf`uvlotu asli esa alohida bahrni hosil qilmaydi, balki munsareh, muqtazab, sari` kabi murakkab bahrlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Bu bahrlar ham turkiy she`riyatda nisbatan kam qo`llanadi. Demak yuqorida tilgan olingan asllar orasida bizning mumtoz she`riyatimizda eng ko`p qo`llaniladiganlari uchta: mafo`iylun, fo`ilotun, mustaf`ilun . Bu uchala asl o`z navbatida uchta bahrni hosil qiladi. II. Hazaj bahri mafo`iylun ruknining takrorlanishidan hosil bo`ladi. Mazkur ruknning solim shaklidan tashqari 11 ta zihof hamda 12 ta furu`i mavjud bo`lib, ular 25-26 - betdagi jadvalda o`z ifodasini topgan. Baytdagi ruknlar soniga ko`ra vazn murabba` (to`rtta rukn), musaddas (oltita rukn) va musamman (sakkizta rukn) bo`lishi mumkin. Quyida hazaj bahrida yozilgan baytlarni taqte` qilib vaznini aniqlashga harakat qilamiz: 1. Takalluf har / necha suvrat/ta bo`lsa, an/di-n ortuqsen, v - - - v - - - v - - - v - - - Seni jon der/la-r, ammo be/takalluf jon/di-n ortuqsen. v - - - v - - - v - - - v - - - Mafo`iylun mafo`iylun mafo`iylun mafo`iylun Hazaji musammani solimul arkon (barcha ruknlari solim). 2. Qaro zulfing/ firoqinda /parishon ro`/z-gorim bor, v - - - v - - - v - - - v - - ~ Yuzungning ish/tiyoqinda /ne sabru ne/ qarorim bor. v - - - v - - - v - - - v - - ~ Mafo`iylun mafo`iylun mafo`iylun mafo`iylon Hazaji musammani aruz va zarb musabbag` . Izoh: Bu bayt vaznining to`liq nomi "Hazaji musammani sadru ibtido, hashvayn solim, aruz va zarb musabbag`" bo`lishi lozim. Biroq agar baytdagi ruknlardan sadr, ibtido, hashvlar to`liq ya`ni solim bo`lib, faqat aruz va zarb o`zgargan bo`lsa, solim ruknlarni aytmaslik ham mumkin. 3. Qading sarvi/ xiromon/, xading mohi/ dilafro`z, v - - - v - - v - - - v - ~ Visoling jon/g`a orom, /g`ami hajring/ jahonso`z. v - - - v - - v - - - v - ~ Mafo`iylun mafo`iyl mafo`iylun mafo`iyl. Hazaji musammani bir rukn solim bir rukn maqsur. 4. Ko`zingdek bor/mu nargis/, yuzungdek bor/mu gulshan,  v - - - v - - v - - - v - - Engingdek bor/mu nasrin/, qadingdek bor/mu savsan. v - - - v - - v - - - v - - Mafo`iylun fa`uvlun mafo`iylun fa`uvlun H azaji musammani bir rukn solim bir rukn mahzuf. Keyingi baytlarning paradigmasini aniqlab taqte` qiling 5. Mening g`amim bilmaysen, sening bila netgumdur, Jafoni kam qilmaysen, boshim olib ketgumdur. Mafo`ilun maf`uvlun mafo`ilun maf`uvlun Hazaji musammani bir rukn maqbuz, bir rukn axram. 6. Kel ey nigorim manga nazar qil, Tarahhum aylab beri guzar qil. Mafo`ilun fa` mafo`ilun fa`. Hazaji musammani bir rukn maqbuz, bir rukn axrami majbub. 7. Kam bo`lg`ay bir sendek olamda pariro`ye, Bedarde, bemehre, berahme jafojo`ye. Maf`uvlun maf`uvlun maf`uvlu mafo`iylun. Hazaji musammani axrami axrabi aruz va zarb solim. 8. Ortar manga hayrat gar aning husnig`a ko`z solsam, O`rtar meni hayrat gar o`tar chog`da boqib qolsam.  Maf`uvlu mafo`iylu mafo`iylu mafo`iylun. Hazaji musammani axrabi makfufi, aruz va zarb solim. 9. Sensan sevarim xoh inan xoh inanmo, Qondur jigarim xoh inan xoh inanmo. Maf`uvlu mafo`iylu mafo`iylu fa`uvlun. Hazaji musammani axrabi makfufi, mahzuf. III. Ramal bahri fo`ilotun asl ruknining takrorlanishidan hosil bo`ladi. Mazkur aslning solim shaklidan tashqari 9 ta zihofi va 15 ta furu`i mavjud (yuqorida ko`rsatilgan jadvalga qarang). 1. Ey jalolu /rahmatingdin /gar zalilu /gar muazzaz, - v - - - v - - - v - - - v - - Safhayi kav/nayn o`lub o/ning tirozi/din mutarraz. - v - - - v - - - v - - - v - - Fo`ilotun fo`ilotun fo`ilotun fo`ilotun Ramali musammani solimul arkon. 2. Qaysi bir o/zori-n aytay/ jonima ag`/yorning, - v - - - v - - - v - - - v - Qaysi bir og`/ritq a nin ko`ng/limni dey dil/dorning. - v - - - v - - - v - - - v - Fo`ilotun fo`ilotun fo`ilotun fo`ilun Ramali musammani aruz va zarb mahzuf. 3. Vahki ul oy hasrati dardu dog`i furqati, Ham erur jonimg`a o`t, ham hayotim ofati. Fo`ilotun fo`ilun fo`ilotun fo`ilun Ramali musammani bir rukn solim, bir rukn mahzuf. 4. Lolaning g`unchasidek bag`rim o`lubtur to`la qon, Vahki, el g`ofilu kuydurdi meni dog`i nihon. Fo`ilotun fa`ilotun fa`ilotun fa`ilon Ramali musammani maxbuni, maxbuni maqsur. 5. Yetti jon og`zimakim, chiqmas uyidin ul hur, "Chiqmag`an jong`a umid" ushbu masaldur mashhur. Fo`ilotun fa`ilotun fa`ilotun fa`lon Ramali musammani maxbuni, aruz va zarb abtari musabbag`. 6. G`am cherigi behaddur, chorasi budur Bobur, Bodani ko`mak keltur, jomini himoyat tut. Fo`ilotu maf`uvlun fo`ilotu maf`uvlun Ramali musammani bir rukn makfuf, bir rukn musha`as. IV. Rajaz bahri mustaf`ilun asl ruknining takrorlanishidan hosil bo`ladi. Uning solim shaklidan tashqar и 9 ta zihofi hamda 16 ta furu`i mavjud. 1. Soqiy erur/ ishrat chog`i /afsurda bo`l/ma may bila, - - v - - - v - - - v - - - v - O`ttek chag`ir/ keltur dag`iy/ suhbat tutash/tur nay bila. - - v - - - v - - - v - - - v - Mustaf`ilun mustaf`ilun mustaf`ilun mustaf`ilun Rajazi musammani solim. 2. Kel ey pariy /ruxsorkim /haddin itib/tur ishtiyoq,  - - v - - - v - - - v - - - v ~ Gar vaslingga/ yetkurmasang/ o`lturgusi/dur bu firoq. - - v - - - v - - - v - - - v ~ Mustaf`ilun mustaf`ilun mustaf`ilun mustaf`ilon Rajazi musammani muzoll. 3. Onsiz bu jonni ne qilay, jonsiz jahonni ne qilay, Jonsiz jahonni ne qilay, onsiz bu jonni ne qilay. Mustaf`ilun mafo`ilun mustaf`ilun mafo`ilun Rajazi musammani solimu maxbun. 4. Keltursa yuz baloni o`shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam balo manga. Mustaf`ilun mafo`ilu mustaf`ilun fa`ul Rajazi musammani solimi mashkuli maxbuni axazz. 5. Holimni sanga aytib hajr o`tig`a o`rtandim, Ey yor yamon qildim har neki dedim tondim. Mustaf`ilu maf`uvlun mustaf`ilu maf`uvlun Rajazi musammani makfufi maqtu`. 6. Yetishsa bo`lmas vaslig`a firoqdin afgormen, Agar tiriklik budur bu umrdin bezormen. Mafo`ilun mustaf`ilun mafo`ilun mustaf`ilun Rajazi musammani maxbuni solim. 7. Bu dardima chora netay chu yor dardimni bilur, Ishimga ne fikr etay chu yor fikrimni qilur. Mafo`ilun mufta`ilun mafo`ilun mufta`ilun Rajazi musammani bir rukn maxbun, bir rukn matviy. 8. Javru jafoni qo`y, dag`i bizga vafo qil, ey nigor, Lutfu karam qilib bu dardimg`a davo qil, ey nigor. Mufta`ilun mafo`ilun mufta`ilun mafo`ilon Rajazi musammani matviyi maxbuni muzoll. Asosiy adabiyotlar 1. Т ў йчиев У. Ў збек поэзиясида аруз системаси. – Т.: Фан, 1985. 2. Ҳожиаҳмедов А. Мактабда аруз вазнини ўрганиш . – Т. : Ўқитувчи , 19 7 8. 3. Ҳожиаҳмедов А. Аруз назарияси асослари. – Т., 1998. 4. Ҳожиаҳмедов А. Ў збек арузи луғати. – Т.: Шарқ, 1998. 5. Алишер Навоий. Мезон ул-авзон. МАТ. 16-том. – Т.: Фан, 1998. 6. Бобур. Мухтасар. – Т.: Фан, 1980. 7. Атоуллоҳ Ҳусайний. Бадоеъ ус-саноеъ. – Т.: Ғ.Ғ. номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981. 12-34-бетлар. 8. Аҳмад Тарозий. Фунун ул-балоға // Ў збек тили ва адабиёти 2002 й. 1-6 сонлар, 2003 й. 1-6 сонлар. 9. www.ziyonet.uz