logo

Badiiy til Obrazli til Ta`sirdor til Qisqa va ravon til Ma`nodor va siqiq til Xalqchil til Sodda buyoqdor til

Yuklangan vaqt:

08.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

109 KB
Badiiy til Obrazli til Ta’sirdor til Qisqa va ravon til Ma’nodor va siqiq til Xalqchil til Sodda buyoqdor til Muallif nutqi Muallif obrazi Personajlar nutqi Ohang Reja: 1. Kirish 2. Badiiy til Obrazli til 3. Ta’sirdor til Qisqa va ravon til 4. Ma’nodor va siqiq til 5. Xalqchil til 6. Sodda buyoqdor til 7. Muallif nutqi Muallif obrazi 8. Personajlar nutqi 9. Ohang Yozuvchi Aleksey Maksimovich Gorkiy “... badiiy adabiyot qanday elementlardan iborat?” - degan savolga javobini shunday boshlaydi: “Adabiyotning birinchi elementi-tildir. Til – adabiyotning asosiy qurolidir, hayot hodisalari, faktlari bilan birga uning materialidir... So’z- barcha faktlar, barcha fikrlar libosidir. Ammo har bir fakt zamirida ijtimoiy ma’no bor, har bir ma’no zamirida esa, bir yoki ikkinchi fikr nega bunday-u, nega unday emas, degan sabab bor. Faktlar zamirida yashiringan ijtimoiy hayot ma’nosini uning muhimligi, to’laligi va yorqinligicha tasvirlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan badiiy adabiyotdan ravon, tushunarli til, puxta tanlangan so’zlar talab qilinadi” 1 (Ta’kidlar bizniki-H.U.). Adabiy asarni yaxlit, jonli qiluvchi asosiy kuch-badiiy tildir. U shuning uchun ham badiiy asarning hamma hujayralarida yashaydi, shu hujayralarning tirikligini ta’minlaydi. Agar asarni millionlab so’z-hujayralardan tashkil topishini ko’z o’ngimizga keltira olsak, g’oya va mavzu ham, obraz va xarakter ham, syujet va kompozisiya ham, qo’yingki, badiiy asarning hamma unsurlari ham ana shu asosdan bunyod bo’ladi, ayni paytda, ularsiz badiiy til yashay olmaydi. Asarni jonli vujudga o’xshatsak, shu vujudning mohiyatini ifodalovchi badiiy til ruh (jon), har bir so’z esa ana shu ruhning rishta (tomir)laridir. Ruh va vujud (mazmun va shakl) shunchalik uyg’unlashganki, ular vobastalikda tiriladilar, ajralganda o’ladilar. Til badiiy asarning shakli emas, balki shakl yaratishning universal vositasi bo’lib maydonga keladi (I.Sulton), ayni paytda, mazmunni voqye qiladi. Adabiy jarayonda badiiy tilning qanchalik ahamiyat kasb etishini yozuvchi O’tkir Hoshimov shunday ifodalaydi: “Maktab o’quvchisining So’zi o’ttiz bolaga yetib boradi. Dorilfunun domlasining So’zi yuz talabaga yetib boradi. Notiqning So’zi ming tinglovchiga yetib boradi. Qalamkashning So’zi bir yo’la o’n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning So’z ma’suliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir”. 1 M.Gorkiy. Adabiyot haqida, Toshkent, 1962, 239-240 -bet. Xo’sh, badiiy asar tilining o’ziga xos xususiyatlari, poetik dunyosi (yorqinligi, ifoda-tasvir qudrati, tirikligi...) sirlari qanday voqye bo’ladi? Adabiyot – so’z orqali badiiy tasvirlash san’ati ekan, badiiy til, dastavval, obrazlilik xususiyati bilan namoyon bo’ladi, ya’ni hayotning jonli manzarasini yaratadi va ko’rsatadi. Abdulla Qahhorning “O’g’ri” hikoyasidagi quyidagi parchaga e’tibor beraylik: “Kampir tong qorong’isida xamir qilgani turib ho’kizidan xabar oldi. O ! ... Ho’kiz yo’q, og’il ko’cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho’kizi yo’qolmasin. Bir qop somon, o’n-o’n beshta xoda, bir arava qamish-uy, ho’kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo’yish kerak bo’ladi.     Odamlar dod ovoziga o’rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to’plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og’il eshigi yonida turib dag’-dag’ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko’zlari jovdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hyech kimni ko’rmaydi. Xotinlar o’g’rini qarg’aydi, it huradi, tovuqlar qaqag’laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho’kiz sig’ishiga aql ishonmasligi to’g’risida kishilarga gap ma’qullaydi”. Yozuvchi so’z bilan bor bisoti – ho’kizidan ajragan kambag’al fojiasini shunday ifodalaydiki, undan Qobil boboning gangiganidan “yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan”ligini ham, falokatdan “dag’-dag’ titrashini” ham, favquloddagi zarbadan “tizzalari bukilib-bukilib ketishi”ni ham, “ko’zlari jovdirashi”ni ... ham ko’z o’ngingizda yaqqol ko’rasiz, dod ovoziga yetib kelganlarning holatlarini ham, harakatlarini ham, ularning o’zaro munosabatlarini ham aniq tasavvur qila olasiz. Bunga yozuvchi tilni umumlashtirish, indiviuallashtirish, badiiy to’qimadan foydalanish, emosional ta’sirdorlikka erishish orqali erishadi. Hikoyadagi kambag’al dehqonlar yashayotgan sharoitni mayda-chuydalarigacha bo’rttirib ko’rsatadigan so’zlarnigina tanlaydi va o’tmish hayotining chuqur ma’noli, achinarli va yorqin manzarasini yaqqol gavdalantiradi. Hikoyadagi barcha personajlarning tilini individuallashtirish orqali ularning qiyofasi konkretlashtiriladi. Jumladan, “burunsiz ellikboshi”, “pang tovush”da “Ho’kizing hyech qayoqqa ketmaydi, topiladi!” qabilida mensimasdan, o’zidan yoshi ancha ulug’ odamni sansirab gapirsa, bu fojiaga loqaydligini yaqqol ko’rsatsa, “Amin chinchalog’ini ikkinchi bo’g’inigacha burniga tiqib kuladi”. “ - Yo’qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho’kiz edi? Ola ho’kiz... Yaxshi ho’kizmidi yo yomon ho’kizmidi? Qo’sh mahali... Yaxshi ho’kiz birov yetaklasa keta beradimi? Bisotimda hyech narsa yo’q... - O’zi qaytib kelmasmikan? ... Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo’yilmagan ekanda! Nega yig’lanadi? A? Yig’lanmasin!”, - tarzida gapiradi. Oldida turgan qariyaning taqdirini emas, balki maishatdan keyin nafsini orom oldirish bilan ovora bo’ladi, amal g’ururidan yanada havolanib uchinchi shaxs (o’timsiz fe’lning majhul nisbati shaxsiz shakli) nomidan gapiradi, “chinchalog’ini etigining ostiga artib” suyunchi (chashna) so’raydi. Aminning qo’polligi, farosatsizligi, kambag’alni mensimasligi, uning fojiasidan rohatlanishi va uni mazax qilish jarayonida nafsi o’pqonini yanada to’ldirishga harakati hayotiy gavdalanadi. Qobil boboning yarim-yorti so’zlaridan, fikrlarini to’liq ifoda etishga imkoniyati yo’qligidan- uning ojizligi, hamon karaxtligi, ayanchli taqdiri mana- man deb turibdi. Mana shu qisqagina lavhada – Qobil bobo, ellikboshi va amin betakror va aniq shaxslar tarzida gavdalanadi, ularning o’zaro munosabatlaridan xarakterlari, qalblaridagi uy-xayollari “tebranishlari” ishonchli ochiladi. Chunki yozuvchi uchchala obrazning ichki mazmuni (g’oyaviy mag’zi)ga yetib borgani, ya’ni Qobil bobo singari qadr-qimmati yerga urilgan, boshiga “tashvish” tushgan kambag’allarning el-yurt ustunlari tomonidan so’ngi bor-shudigacha talon-taroj qilinishi, “Otning o’limi-itning bayrami”ga aylanishi hodisasini – obyektiv haqiqatni to’liq kashf etgani uchun ham ana shu mazmunni ifodalovchi so’z va iboralar quyulib keladi, detallar qahramonlar ruhiyatini baralla ko’rsatadi. Demak, badiiy til – har qanday asarning ichki mazmuni (g’oyasi, xarakteri)ni ochishi qonuniyat ekanligi va ana shu qonuniyat badiiylikning mohiyatini ko’rsatishi aksiomadir.     Bundan har qanday so’z badiiy asarda o’z “yuki”ga ega bo’lishi kerak degan qoida kelib chiqadi. “Kunlarning birida xotira daftariga xalqning hazil- mutoyibalaridan “Yo’qolmasdan ilgari bormidi?” degan iborani yozib qo’ydim. “O’g’ri” hikoyasini yozayotganimda shu ish berib qoldi. Shunchaki beg’araz hazil uchun aytiladigan bu iborani keksa dehqon ho’kizi o’g’irlanganidan shikoyat qilib borganda Amining tilidan ayttirgandim, o’tkir piching ma’no kasb etdi. Mening ixtiyorimdan tashqari ijtimoiy umumlashgan kuchga ega bo’ldi, ayni chog’da individual shaxs xarakterini ochib yubordi”, 1 – deydi A.Qahhor. Demak, yozuvchi har bir “mikro” obraz – so’zni ishlatganda – tasvirlanayotgan kishilarning his-tuyg’u va harakatlarini yaqqol gavdalantirsin, ulardagi ma’noni kitobxon chuqur anglasin, ko’z o’ngida “tanish bo’lgan notanishlarni” aniq ko’rsin. Ana shundagina (so’z-jozibaga, shiraga, serma’nolikka, ohangga aylanganda) asar voqyealarini, qahramonlar hissiyotini kitobxon birga kechira boshlaydi, “bo’lishi mumkin bo’lgan hayot” ichida yashaydi, o’shandan ta’sirlanadi : Qobil boboning ayanchli taqdiriga ichi achishadi, haqiqiy o’g’rilardan – el – yurtning amaldorlari sa’yi harakatlaridan g’azabga keladi. So’z – yaratadi, badiiy olamdan yangi olamni bunyod etadi. Badiiy tilni xarakterlovchi, uning obrazliligidan tug’iladigan muhim xususiyatlaridan biri-ma’nodorligi (aforizm) va qisqaligi (lakonizm)dir. Bu ham asarning badiiy mohiyatidan kelib chiquvchi talab bo’lib, san’atkor mag’izli so’zni ishlatib, ko’p fikr aytishga erishishi lozim. 1 Abdulla Qahhor. Hayot hodisasidan badiiy to'qimaga// Adabiyotimiz avtobiografiyasi,Toshkent, 1973, 215-bet. “Chin so’z mo’tabar; yaxshi so’z qisqa-muxtasar... So’zi hisobsiz, o’zi hisobsiz. So’zida parishonlik-o’zida pushaymonlik”(A.Navoiy)dir. Ha, hadisi sharifda aytilganidek, “So’zda sehr bor, she’rda esa hikmat”. Shunday ekan, badiiy asar mohiyatini ochishga xizmat qilmaydigan bironta so’z ishlatmaslik san’atini egallagan yozuvchi doimo yutadi. Ularning nazdida so’zni tejash zarni tejashdan qimmatlidir. Adabiy laqmalikka yo’l qo’ygan, foydasiz so’zlarni qatorlashtirishdan erinmaydigan, so’zga-ilohiy ne’matga o’ysizlarcha yondoshganlar hammavaqt yutqazishgan, sababi ularning kitobxonga aytadigan dardi yetarli pishmagan yoki bu dard yasama bo’lganligidan tili ham sun’iylik kasb etadi. Shu o’rinda yozuvchi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romaniga, uning uch xil nashriga bir nigoh tashlaylik. Asar yozish jarayoni yozuvchi ijod laboratoriyasida har xil kechadi. Bir tajriba ikkinchi mukammalroq tajribani keltirib chiqarishga sabab bo’lganidek, yozilgan asarni qayta ishlash jarayoni ham laboratoriya tajribasiga o’xshaydi. Hayot voqyeliklarini kuzatish natijasida yozuvchida yangi epizodlar, mukammalroq lavhalar, oldingisini rad etuvchi asosli fikrlar yuzaga kelar ekan- ki,natijada, yozuvchi o’z asarini mukammallashtirishga ehtiyoj sezadi. Asarni qayta ishlash jarayoni ham oson kechmaydi. Ba’zan asarlar qayta ishlanganda kitobxonga manzur bo’ladi. Ayrim hollarda esa asarni qayta ishlaganda uning birbutunligi, ta’sirchanligi zaiflashadi. Xullas, asarni qayta ishlash-plastik operasiyani boshidan kechirgan insonga o’xshaydi. Uning qanday kechishi, qaysi natijalarga olib kelishini tasavvur qilish uchun Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romaninig 1979, 1990 va 1999 yildagi nashrlarini taqqoslab, tadqiq etmoqni lozim ko’rdik. Romanning 1979 yildagi nashrida “Andijon. Gul va quyun” bobida shunday epizod bor: Ahmad Tanbalga navkar xabar berar ekan, u deydi: “-Bek janoblari, sevinchi bering, - dedi. – Bobur Mirzo qo’rg’onga kirmay qaytib ketdilar. Sherimbek bilan birgami? Ayni shunday!”   1990 yilda nashr qilingan roman nusxasida bu lavha ancha o’zgargan: “-Bek janoblari, sevinchi bering! – dedi. Bobur Mirzo qo’rg’onga kirmay qaytib ketdilar. -Ayni shunday!” Ko’rib turganimizdek, dialog qisqartirilgan. “Sherimbek bilan birgami?” degan javob gapi olib tashlanganu, lekin dialog davomi bo’lmish “Ayni shunday” javob gapi qayta ishlanmay, avvalgi holicha qolib ketgan. Yozuvchi diqqati va tahlili lavhaga kemtiklik baxsh etgan. Natijada, fikr izchilligida g’alizlik paydo bo’lgan. Agar birinchi misoldagi dialogda “Sherimbek bilan birgami?” degan so’roq gap Ahmad Tanbalga tegishli bo’lsa, ikkinchi misolda bu so’roq gap olib tashlanganligi tufayli, navkarning “Ayni shunday!” tasdiq gapi beixtiyoriy ravishda Ahmad Tanbalga tegishli bo’layapti. Natijada, Ahmad Tanbal nutqida so’roq gap o’rnini tasdiq gap egallaydi. Demak, qisqa dialogda navkar keltirgan xabarni Ahmad Tanbal tasdiqlaydi, bu holat esa Ahmad Tanbal Bobur Mirzoning qo’rg’onga kirmay qaytib ketganligini avvaldan bilganini isbot qiladi. Xolbuki, epizod davomida: “Ahmad Tanbal uchun bu chindan ham quvonchli xabar edi. Charm hamyonidan bitta oltin tanga olib, bo’sag’a oldiga tashladi...” degan navbatdagi muallif bayonidan Ahmad Tanbalga bu xabarni endigina yetib kelganligi va quvontirganligining guvohi bo’lamiz. Ko’rinadiki, muallifning etiborsizligi natijasida kitobxon bir-biriga zid bo’lgan tushunchaga hayron qoladi. Keyingi 1999 yildagi nashrida esa yuqoridagi g’alizlik, ya’ni “Ayni shunday!” gapi “Ayni muddao!” gapi bilan almashtirildi, qayta ishlandi, ya’ni: “- Bek janoblari, sevinchi bering! – dedi. – Bobur Mirzo qo’rg’onga kirmay qaytib ketdilar. -Ayni muddao!” Bu so’z uzukka ko’z qo’yganday o’z o’rniga tushdi. Lavha ham, so’z ham poetiklashdi; jonlandi. Chunki, Bobur mirzoning qo’rg’onga kirmay ketganligi Ahmad Tanbal uchun ayni muddaodir. Dialogdagi “Ayni shunday!” degan gap muallif tomonidan “Ayni muddao!” gapi bilan almashtirilishi Ahmad Tanbal ruhini yaqqol ochilishiga olib kelgan. “Ayni muddao!” jumlasi qahramon tabiatidan, xarakteridan “oqib” chiqqani uchun uni yanada to’ldirib, boyitib, aniqlashtirib, mukammalashtirib gavdalantiradi. O’rnida, sidqidildan aytilgan oddiygina so’z qudratli va yengilmas kuchga aylanadi. Ayni paytda, lavhadagi mantiqsizlik barham topadi, fikr yorishadi, silliqlashadi. Badiiy asar tili xalq tili (jonli til, adabiy til, badiiy til)ga asoslangani sabab, unda xalqchillik ruhi doimo ustun turadi. Badiiy asarlarda turli jamiyatlardagi hamma tabaqalar(odamlar)ning tiliga duch kelar ekanmiz, ularning tilida qo’llanilgan har bir so’z tushunarli bo’lishi (xalq maqollari, matallari, iboralari, aforizmlari ruhiga asoslanishi) talab qilinadi; xalqning dilidagini topib ifodalashni asosiy muddaoga aylantiradi. Xalqchillikka “jonli xalq tili oqimidan eng o’tkir, eng muvofiq, bama’nisini tanlab olib” (M.Gorkiy), mohirona ishlatish orqali erishiladi. Ma’lumki, davr haqiqatidan kelib chiqib “Yulduzli tunlar” asari ham ijodiy qayta ishlandi: yozuvchi diqqati “ko’proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini chuqurroq ochishga qaratildi”. 1 Shu nuqtai nazardan mavjud boblardagi ayrim lisoniy o’zgartirishlar yozuvchi maqsadiga mos holatni ifodalashda, qahramon ruhiyatini to’liq ochib berishda ijobiy natija berdi. Chunonchi, Bobur she’r yozishni mashq qilib yuradi, “lekin ularni birovga ko’rsatishga uyaladi. Shunday bo’lsa ham, katta shoir bo’lish orzusi uni hyech tark etmaydi”. 2 Vaholanki, orzu insonni “hyech tark etmaydi” emas, balki inson orzu, niyatlarni tark etmasligi, uning ortidan ergashishi hayot haqiqatiga mosroq. Shu haqiqat so’ngi nashrda o’rinli ifodalangan:... Shunday bo’lsa ham katta shoir bo’lish orzusini hyech tark etmaydi” 3 .   Yoki ikkinchi bir misol. Bobur beklari bilan yetti oylik qamaldan so’ng egallangan poytaxt shahar Samarqanddagi muhit bilan tanishib borar ekan, sahhof (muqovachi, kitob sotuvchi)lar do’koniga kiradi. U yerdagi holat shunday tasvirlanadi: “U (Qosimbek) Samarqand xazinasi ship-shiydam ekanini, 1 Pirmqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur. O'qituvchi, Toshkent, 1999, 3-b. 2 Pirmqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur. O'qituvchi, Toshkent, 1979, 116-b. 3 Pirmqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur. O'qituvchi, Toshkent,1999, 177-b Andijondan olib kelgan oltinlari ko’pga bormasligini o’ylab, Bobir ajratayotgan kitoblarga tashvishlanib qarab turardi. Nihoyat, Bobir ajratib olgan kitoblar o’ndan oshganda, Qosimbek sekin shipshidi: Amirzodam, hozir xizonachi yo’q...” 4 Bu parchani o’qigan kitobxon mulohazalari ayrim noaniqliklarga duch keladi: davlatni boshqarish siyosatini, hokimiyati ahvolini juda yaxshi biladigan Boburning yuqoridagi harakatidan Qosimbekning tashvishlanishi o’rinlimikan? Andijondan oltinlarni Qosimbek “olib kelgan”i uchun tashvishlanayotgandir, oltinlar davlat xazinasiga tegishli emasmi? Xazinani aql va tejamkorlik bilan sarflayotgan Bobur kitoblarni tanlab olayotib, xazinaning ahvolini ham yoddan chiqarmasligi bekda tashvishlanish holatini uyg’otmasa ham bo’lar edi-ku... Uslubiy g’alizlik (takrorlanish) va fikriy noaniqliklarni muallif quyidagicha tahrir qiladi: “U Samarqand xazinasi ship-shiydam ekanini, Andijondan olib kelingan oltinlari ko’pga bormasligini o’ylab qarab turardi. Nihoyat, Bobur ajratib olgan kitoblar o’ndan oshganda Qosimbek sekin shipshidi: - Amirzodam, hozir xizonachi yo’q...” 1 [1] Bu kabi tahrirlar asarda anchagina bo’lib, Bobur shaxsiyati, ruhiyatidagi butunlik, bayondagi izchillik, aniqlikni ta’minlaydi; yozuvchining til vositalaridan foydalanishdagi mahoratini ko’rsatadi. “So’zga tushmagan so’zni aytma, Sozga tushmagan g’azalni” deganlaridek, yozuvchining so’z ustida ishlashi-asarning mohiyatini chuqurlashtirishga, asardagi ruhiyatni jonlantirishga olib keladi. Aks holda, so’z yuk tashimaganda-poetiklashmaganda, bema’ni va quruq bo’lib qolaveradi. “Yulduzli tunlar” asarining nomi ham “Yulduzli tunlar. Bobur” deb o’zgartiriladi. Bu holat yozuvchining asosiy maqsadi shu obraz orqali ifodalangani va asardagi asosiy yuk Bobur xarakteriga yuklanganidan kelib chiqib izohlanishi mumkin. Roman ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlar “Arosat” va “Falakning gardishi” deb nomlangan edi. Ikkinchi qism keyinchalik “Taqdirning taqozasi” nomi bilan almashtiriladi. Bu holat ham yozuvchining aytmoqchi bo’lgan fikrini 4 Pirmqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur. Т ., 1979, 120-b. 1 [1] Pirmqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur. O'qituvchi, Toshkent,1999, 120-b aniqroq, to’liqroq anglashimizga yordam beradi: “falakning gardishi” bilan Boburning keyingi hayoti Hindistonda kechar ekan, bu “taqdir taqozosi”, taqdirlar “o’yini” sabablidir. Badiiy asar tilida uning o’ynoqiligini, tasviriyligini, ta’sirdorligini vujudga keltirishda badiiy-tasviriy vositalar (o’xshatish, sifatlash, metonimiya, metafora, istiora, litota, mubolag’a kabi), maxsus leksik resurslar (istorizmlar, arxaizmlar, neologizmlar, dialektizmlar, varvarizmlar, vulgarizmlar kabi), poetik figuralar(intonasiya, parallelizm, takror, inversiya, antiteza, ritorik so’roq kabi),so’z o’yinlari(omonim, polisemantizm kabi)alohida ahamiyat kasb etadilar: “Chiroylidir go’yo yosh kelin Ikki daryo yuvar kokilin...” Hamid Olimjonning “O’zbekiston” she’ridagi ushbu obrazli o’xshatishdan sizning ko’z o’ngingizda Vatanimiz-chiroyli yosh kelin qiyofasida, uning kokilini yuvuvchi ikki (Amu va Sir)daryo yaqqol gavdalanadi. Chunki ayni shu tasvir muallifning Vatan go’zalligini, o’xshashi yo’q bo’ston ekanligini ta’kidlovchi fikrini aniqlik va qisqalik bilan ochishga bo’ysinadi.   Ba’zilar shu asosga tayanib, qaysi san’atkor tilida badiiy vositalar ko’p ishlatilsa, o’sha san’atkorning asarlari jozibador bo’ladi, degan xulosani chiqaradilar. Holbuki, bu xulosa asossizdir. Muhammad Yusufning “Mehr qolur” she’rini eslasangiz, unda yuqorida ta’kidlangan vositalar yakkam-dukkam uchraydi, lekin she’r aytilmoqchi bo’lgan fikrni, holatni aniq va ta’sirchan ifoda qila oladi; shu asosga ko’ra u-badiiy tildir: “Nima deysan, ey, g’ayur inson? G’iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o’tursan, inon Mehr qolur, muhabbat qolur.” “Badiiy asar tili go’zalligining aniq bir sharti bor: tasvir aniq va ravon bo’lishi, ya’ni tasvir etilayotgan xulq, harakat yoki manzara til tufayli o’quvchilarning ko’z oldida aniq va yorqin namoyon bo’lishi zarur” (I.Sulton, 206- b.) Badiiy asar tili-ravon,sodda, bo’yoqdor bo’lishi badiiylikning zarur shartlaridandir. Jumladan, Sotti Husayn “A.Qodiriy har qanday holning tasviriga, so’zga juda usta” deb ta’riflasa, uning bu xulosasini Oybek ham tasdiqlaydi: “Romanning tili haqiqatan boy, bo’yoqli, sodda, ifoda kuchi zo’r, ommaga anglashilarli... jonli, obrazli tili musiqiy, lirik jo’shqin”. “O’tkan kunlar” tili kartinali, emosional bir til. O’quvchining hissiga ta’sir qilish, ma’lum fikr, tuyg’ularni singdirish uchun yozuvchi tilini juda rangdor qilganligini uqdirib, “asarning badiiy to’qimasida yuzlarcha maqollar, maxsus ifodalar, tugal gaplar, qochirmalar, so’z o’yinlari yarqirashini” asarning turli qismlari tahlili orqali isbotlaydi. U yozadi: “Kumushning so’z o’yini” degan qismda yozuvchining til ustidagi mahorati juda yaqqol ko’rinadi. Kundoshlarning o’zaro pichingi, kesatiq, misatiqlari va ingichka hiylakorliklari, kundosh psixologiyasining eng chuqur va tutilmas tomonlarining ifodasi uchun yozuvchi tili ming tovlanadi, rangdan rangga kiradi, porlaydi” 2 [2] Ushbu fikrlardagi haqiqatni to’liq anglash zarurati – asarga murojaat qilishga, kundoshlar so’z o’yinidan xech bo’lmaganda birini keltirishni taqoza etadi; ana shundagina yozuvchining tilga ustaligi, judayam ustaligi yaqqol ko’rinadi: -Necha yoshga kirdingiz, Zaynab opa! -O’n to’qqizga shekillik. -Hali siz bola ekansiz,-dedi Kumush. -Siz nechaga kirdingiz? -Meni so’ramang, men endi qarib qoldim... Zaynab unga hasadlanib qaradi va kuchlanib aytdi: -Hali yoshga o’xshaysiz-ku. -Necha yoshga kirgan deb o’ylaysiz? 2 [2] Oybek. Tanlangan asarlar. 14-tom, , “Fan”, Toshkent,1979 yil, 145-b. Zaynab Kumushning to’lib yetmagan gavdasiga va o’n olti yoshlar chamalik g’ubor tegmagan husniga hayron bo’lib, mulohazasini aytishdan qo’rqdi. Zaynabga qolsa Kumush o’zidan ham yosh chiqar edi. -Men qayoqdan bilay... -Yigirmaga kirdim. -Mendan bir yosh katta ekansiz. -Sizdan albatta kattaman! – dedi Kumush.   Kumushning “Albatta kattaman” degan so’zini Otabek ichida tasdiqladi, uning husndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha barobar yuqorida ekanligini o’yladi” 1 Ana shu tajribadan kelib chiqib, A.Qodiriy yosh yozuvchilarga degandi: “So’z so’zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Yozuvchining o’zigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli, yozuvchilik aytmoqchi bo’lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdir. Bundan boshqa fikrning ifodasi xizmatiga yaramagan so’z va jumlalarga yozuvda aslo o’rin berilmasligi lozim. Shundagina iboraning tuzatib bosilishiga yo’l qo’ymagan va mustaqil uslub va ifodaga ega bo’lib, o’zingizning qalamdagi istiqbolingizni ta’min qilgan bo’larsiz”. 2 Bu saboqni A.Qodiriy yozuvchining birlamchi fazilati deb tushunadi. Badiiy asar tili- muallif nutqi va personajlar nutqi deb nomlanadigan, bir-biri bilan murakkab bog’lanishda bo’lgan ikkita katta qismdan iborat. Muallif nutqi va muallif obrazi. Har qanday badiiy asar (butun borlig’icha) yozuvchi tomonidan yaratilgan ekan, yozuvchining salohiyati o’sha asarning eng kichik jajji” obrazlari (so’z)gacha, tinish belgilarigacha (nuqta, vergul, undov, so’roq belgilari kabi) singib ketadi, ularning har biriga o’zining aniq muhrini bosadi. 1 Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar. Mehrobdan chayon , 328-329-b. 2 Abdulla Qodiriy . Ijod mashaqqati,   “O’qituvchi”, Toshkent,1995, 6-b. “Roman va povestda tasvirlanayotgan kishilar avtorning yordami bilan harakat qiladilar, avtor hammavaqt ular bilan birga bo’ladi, u kitobxonga roman qahramonlarini qanday tushunish lozimligini aytib turadi, yashirin fikrlarni, odamlar harakatining maxfiy sabablarini tushuntirib turadi, kayfiyatlarini tabiat va sharoit tasvirlari bilan bo’rttiradi va umuman, hammavaqt ularning jilovi avtor maqsadiga muvofiq tutib turiladi, avtor personajlarning har bir harakati, so’zi, ishi, muomalasini bemalol va ko’pincha-kitobxon sezmaydigan darajada – ustunlik bilan o’zicha boshqaradi. Bu bilan u romandagi kishilarning badiiy jihatdan aniq va ishonarli chiqishi uchun har taraflama g’amxo’rlik qiladi” 1 Demak, muallif asarni yaratuvchi shaxs, ayni paytda, mustaqil o’ziga biqiq olamlarning – asardagi hamma shaxslarning faoliyatini g’oyaviy markazga bo’ysindiruvchi “qo’mondon”ki, uni muallif obrazi deb yuritish asoslidir. “Masalan, sahnada Ulug’bek obrazini o’ynayotgan Shukur Burxonov bizga Ulug’bek bo’lib ko’rinadi. Ayni vaqtda, biz uning Shukur Burxonov ekanini ham unutmaymiz, bu obrazda biz mashhur aktyorning iste’dodini, san’atini, o’ziga xos uslubini his qilib, uning takrorlanmas ovozini, nutqini eshitamiz... To’g’ri, realistik asarda avtor o’zi guyo “chetga chiqib”, voqyealarni xolis ko’rsatayotganday bo’ladi. Lekin, qahramonlarning xarakteri ham aslida avtor hayotda ko’rgan, qalbida qayta yaratgan xarakterlardir. Qahramonlarning tili ham avtor o’zi bilgan va eshitgan til materialiga asoslanadi”. 2 Shunga asosan, badiiy asarni yaratgan ijodiy shaxs-muallif bo’lsa, ana shu muallifning asardagi bayoni, nutqi (hikoyachiligi) – muallif obrazidir. V.Vinogradovga tayansak, hikoyachi (bayonchi) obrazi yozuvchining “artistlik” shaklidir (“O yaz ы ke xudojestvennoy literatur ы , s.122). “Badiiy asarning butunligi g’oyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlangani kabilardan iborat emas, balki butun asarga singdirilgan avtorning voqyelikka bo’lgan o’z munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir” 3 [3] 1 M.Gorkiy. Adabiyot haqida, Toshkent, 1962,   192-b. 2 Qarang: Adabiyot nazariyasi, 1-tom (Adabiy asar), “Fan”, Toshkent,1978,333-b. 3 [3] A.Tolstoy. Ob iskusstve i literature. T.1, Moskva, 1958, str. 233. Bu xulosalarning voqye bo’lishi tilga kelib bog’lanadi. Shuning uchun ham Pirimqul Qodirov personajlar tili ham, muallif tili ham asarning yagona (bosh) markaziga kelib birlashadi, bu markazda esa yozuvchining o’zi, uning asosiy g’oyasi va hayotga, tasvirlanayotgan odamlarga munosabati turadi,-deb asosli ta’kidlaydi.     “Adabiyot muallimi” (A.Qahhor) hikoyasining bosh qahramoni – o’zini bilimdon sanaydigan Boqijon Baqoyevning nutqiga, fikrlari”ga diqqatni qarataylik: “ – Himm... – dedi Baqoyev, - Chexov to’g’risida o’zimning fikrim bor. Boshqalar nima desa desin, har holda uning dunyoga qarashida... Uning dunyoga qarashi Pushkin va Lermontovlarning dunyoga qarashidan farq qiladi. Bir davr, bir sinf, bir mamlakat yozuvchilari bo’lishlariga qaramasdan mutlaqo farq qiladi! - Chexov Pushkin bilan bir davrda yashagan emas-ku, - dedi Hamida, - bizning kutubxonada uning Maksim Gorkiy bilan oldirgan surati bor. Chexov 1904 yilda o’lgan bo’lsa kerak. O’rtoq Baqoyev bir oz o’ng’aysizlandi. - Sizlar qaysi Chexov to’g’risida gapirayotibsizlar? Choydan quy!.. Bu Chexov haqidami? To’g’ri, bu 1904 yilning birinchi yarmidami, ikkinchi yarmidami o’lgan... Boshqa ro’molcha ber, bundan piyoz hidi kelayotipti. Men ana u Chexov, ilk burjuaziya realizmining namoyandasi bo’lgan Chexov haqida so’zlayotibman”. 1 Hikoyada yozuvchi savodsiz, maqtanchoq, ilmiy fikri yo’q o’qituvchini fosh qilmoqda. Baqoyev “o’zimning fikrim bor” deyishiga qaramay, bilmagan holida “oldi-qochdi” tarzida taxminiy gaplarni qatorlashtiraveradi. Savodsizligi, adabiyotni (Chexovni) bilmasligi isbotini topganda “O’rtoq Baqoyev bir oz o’ng’aysizlanadi”, xolos. Va yana Hamidani pisand qilmay, “oldi-qochdi”ga o’tib, o’zicha ikkita Chexov (u Chexov, bu Chexov)ni yaratadi; haqiqiy Chexovni-Anton Pavlovich Chexovni bilmasligi ruyi-rost ekanligiga yozuvchi ham kitobxonni ishontiradi. 1 Abdulla Qahhor.   Asarlar, Birinchi tom, G’afur G’ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, Toshkent, 1967, 105-b. Demak, badiiy asarda muallif obrazi personajlar obrazi bilan uyg’unlashib ketadi, biri-birining mohiyatini chuqur, ta’sirchan, birbutun bo’lishiga va ochilishiga sabab bo’ladi: Aslida omi, maqtanchoq, mantiqiy mulohaza yurita olmaydigan, o’z fanini bilmaydigan, savodsizligini o’zi ham to’liq tushunmaydigan “praktikum, minimum, maksimum; Detirding, Stendig, Shelling, Mering, Demping...” kabi atamalar, yasama nomlar bilan yashiradigan adabiyot o’qituvchisini yaqqol fosh etadi. Xullas, muallif nutqi va muallif obrazi birlashib, asardagi barcha unsurlarni o’zaro aloqaga kiritadi va ularni yaxlitlashtirib – badiiy olam modelini, ya’ni monolitlashgan, takrori yo’q badiiy asarni yaratadi. Personajlar nutqi . Badiiy asar tilining serqatlamligi (turfa xil odamlarning ishtiroki) unda qatnashuvchi har bir shaxsning o’ziga xos tili bo’lishligini taqoza etadi va ularning tipik tili xususiyatlarini nutq vositasida voqye qiladi. Har bir personaj nutqi ana shu personajning hayotiy tajribasiga, ma’naviyatiga, fahmu idrokiga, xulqu atvoriga, kasbu koriga, madaniyatu ruhiyatiga mos bo’ladi. Uning nutqidan qanday odam ekanligini to’liq anglash mumkin. “Adabiyot muallimi”da Hamida “nafis adabiyot muallimi” o’rtoq Boqijon Boqoyevdan Chexovning “Uyqu istagi” hikoyasi haqidagi nuqtai nazarini so’rar ekan, dastavval, unga javob berishdan Baqoyev qochadi. Hamida qayta so’raganida u quyidagicha javob beradi: “ - Chexovmi ? Himm... burjuaziya realizmi to’g’risida so’zlaganda eng avval uning obyektiga diqqat qilish kerak. Burjuaziya realistlari tushungan, ular aks ettirgan obyektiv voqyelikni anglash lozim bo’ladi. Turgan gapki, Chexovning ijodi boshdan-oyoq, butun mohiyati bilan ilk burjuaziya realizmi, ya’ni himm... Mukarram, tovuqqa moyak qo’ydingmi? Qo’yish kerak, bo’lmasa daydi bo’lib ketadi... Tavba, tovuqdan axmoq jonivor yo’q-moyak qo’ysang tug’adi! Nima uchun moyak qo’ysang tug’adi? Xo’roz nima uchun saharda qichqiradi? Ajoyib psixologiya! Biologiya o’qiysizlarmi?” (Yuqoridagi asar, 105-b.)     “Uyqu istagi”dagi go’dakni o’ldirgan qizga Chexovning munosabatini asoslash o’rniga, Baqoyev burjuaziya realizmi haqida gapira boshlaydi. Har “himm...”da fikri boshqa bir muammoga ko’chadi: Burjua realizmi haqidagi tutiriqsiz tushunchasini yakunlamasdan, tovuqqa moyak qo’yishga, u yakunlanmasdan xo’rozga, undan biologiyaga ko’chadi. Ana shu nutqi orqali- o’zining savodsizligini, mantiqiy fikr yurita olmasligini, ayni paytda, o’zini bilimdon qilib ko’rsatishga urinishini yaqqol fosh etadi. Personaj nutqi dialog (ikki yoki undan ortiq personajlar o’rtasidagi suhbat) va monolog (Personajlarning o’z-o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan ichki nutqi)dan iborat bo’lib, ularning ikkalasi ham obraz va xarakter yaratishning muhim vositalaridan sanaladi. Dialog jo’shqin bo’lishi, kishining ruhiy kechinmasini ko’rsatibgina qolmay, xarakterni ham ochib berishi lozim (A.Makarenko) bo’lsa, monolog muayyan personajning ruhiy dunyosini, qalb tug’yonlarini chuqur ochishda qo’l keladi. “ - Voydod, xaloyiq, bu qanday erkakki, xotinini birovga qo’shib qo’yib, o’zi eshik poylab yotadi! Voydod, xotiningga qo’shgani bo’ydoq yigit qurib ketganmi-di! Ikkita bolam bor... Odamlar ajratmaganda bu xotin mulla Norqo’zini g’ajib tashlar edi. Mulla Norqo’zi, og’zini ushlaganicha chetlandi. Xotini eshik yonida devorga suyanganicha turar, rangi murdaday, o’zi qaltirar edi. Begona xotin hushidan ketib yiqildi. Ikki kishi-ayollar kirib, u farishtani uydan olib chiqishdi. U atlas ko’ylak, lozim kiygan, boshyalang, oyoq yalang, yoshgina chiroyli bir yigit edi. Hamma jim qoldi. Bu sukunatni yetmish yoshlardagi bir chol buzdi. U , mulla Norqo’ziga qo’lini paxsa qilib dedi: - Sadqai odam keting-e, ayb emasmi?! Xotin qilish qo’lingizdan kelmasa taloq qiling! Qo’ying-e, ko’chib keting mahalladan, yo biz ko’chib ketamiz!.. Devor ustida turgan o’n ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak ko’chirib olib mulla Norqo’ziga o’qtaldi. - Hu o’l, turqing qursin! Boshingga solaymi shu bilan! Mahallada sasib, o’quvchi qizlarga kun bermaysanu, o’zing noto’g’ri ish qilasan... Hammaning diqqati xotincha kiyingan va eshik yonida yerga qarab turgan yigitga jalb bo’ldi. Yana jimlik hukm surdi. Bu sukunat og’ir tegirmon toshi bo’lib mulla Norqo’zini yanchib yubordi. U, devor ustidagi qizga qarab, bo’g’iq tovush bilan o’shqirdi: - Sen gapirma! Senga kim qo’yibdi gapirishni! Usta Mavlonning o’g’lidan, bir hovuch mayiz olganingni o’z ko’zim bilan ko’rganman!.. Hamma kulib yubordi. Tomdan kimdir qichqirdi: - Ha, bu kishining xotini mayiz yemagan!” (Yuqoridagi asar, 143-143-b.) A.Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” hikoyasining final qismini hukmingizga havola qildik. Uning tahlilini yozuvchi va olim Pirimqul Qodirovga “yukladik”, sababi “Chumchuq so’ysa ham qassob so’ysin” maqolining amali – A.Qahhorning tildan foydalanishi mahoratini (personajlar nutqini yaratishdagi ustaligini) yaqqolroq anglashga olib keladi degan ishonchdamiz: “Mulla Norqo’zi ham, uning uyiga kirib dod solgan xotin ham, keksa chol ham, o’quvchi qizcha ham bu yerda faqat bir og’izdan gapiradilar. Lekin shu qisqa gaplarda ularning ruhiy holatlari, har birining o’ziga xos tili va dili, saviyasi va pozisiyasi, yoshi va jinsi yaqqol ko’rinib turadi. Mulla Norqo’zini qo’shmachilikda ayblayotgan xotin “Voydod, bu qanday erkak!” deganda biz erni o’ynashi bilan tutib olgan ayol kishining alamini, g’azabini, tug’yonini sezamiz. “Sadqai odam keting-e, xotin qilish qo’lingizdan kelmasa, taloq qiling!” degan gaplar esa yetmish yashar mo’ysafidning dilida borini, uning fe’lini, e’tiqodini aniq ifodalaydi. O’quvchi qizchaning devordan kesak ko’chirib olib, yomon ko’rgan odamiga o’qtalishi ham, “o’quvchi qizlarga kun bermaysan-u, o’zing noto’g’ri ish qilasan” deyishi ham uning tabiatiga, yoshiga juda munosib. Ayniqsa, “O’zing noto’g’ri ish qilasan” degan ibora bizni qizchaning yangi maktab tarbiyasini olayotganiga ishontiradi. Otdan tushsa ham egardan tushmayotgan mulla Norqo’zi bir qizchaga o’shqirib, unga birovning o’g’li bir hovuch mayiz berganini aytganda, battar sharmandasi chiqadi. “Ha, bu kishining xotini mayiz yemagan!” degan kinoya yangi insonning eskilik muhibi ustidan chiqargan hajviy hukmi va g’olibona kulgusini intihosiga yetkazadi. Demak, parchada ikki kishining dialogi emas, balki besh kishining besh xil xarakterdagi gapi mahorat bilan tasvirlanadi” 1 Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romani psixologik tahlil asosiga qurilgan asar bo’lgani uchun ham unda monolog va dialog chatishib ketadi. Asardagi ruhiyat mavjlangan sayin, uni yuzaga chiqaruvchi badiiy til unsurlari ham mavjlanadi; ular birlashib qahramon qalbidagi hokim kuchga kitobxonning diqqatini, qalbini ohangrabodek zabt etadi: “Shahzoda tush ko’rdi. Go’yo u Ko’ksaroyda, haramxonaga yondosh o’rdaday keng, muhtasham xonada katta bazmi jamshid qurayotgan emish. Bazmga barcha amirlar va nufuzli beklar, devon va saroy mahramlari va shahzodaning eng yaqin muqarriblari yig’ilgan emish. Bakavullar oltin barkashlarda taom ustiga taom tortishar, may daryo bo’lib oqar emish. Poygada o’tirgan mashhur sozandalar jon oluvchi dilrabo kuylar chalarmish, xonaning to’ridagi harir parda orqasida esa yarim yalang’och nozaninlar zeb-ziynatlarini yoqimli jaranglatib, nozu karashmalar bilan ming maqomda xiromon qilarmish... To’satdan eshikdan amir Sulton Jondor Tarxon kirib, sajdaga bosh egarmish. Shahzoda amir Jondorni ko’rib, o’rnidan turib ketarmishu: Ushlanglar bu fitnachini! – deb baqirarmish. Bu kazzob dorussaltanatda yashirinib, bizga choh qazib yurgandur! To’rda o’tirgan bir necha amirlar o’rinlaridan sakrab turib, qilichlarini yalang’ochlar emish. Lekin amir Jondor bunga parvo qilmay, shahzodaga yuzlanib yana ta’zim qilarmish. - Pushti panohim! Faqir fitna-fasoddan yiroq sadoqati zohir qulingizdurmen! – dermish. - Sodiq qulim bo’lsang qaylarda yuribsen, battol? – deb baqirar emish shahzoda. 1 Qarang: Adabiyot nazariyasi, I tom,   “Fan”, Toshkent,1978, 328-b. - Sadoqati zohir qulingiz sizday valine’mat pushti panohimga kiyik ovlab, tog’larda yurgan edim. Bukun bir kiyikning boshini keltirdim! Uni yesangiz barcha g’urbat, barcha xastalikdan forig’ bo’lib, qushday yengil tortasiz, davlatpanoh! Amir Jondor shunday deb, eshikdan kimnidir imlab chaqirarmish. Xonaga dasturxon yopilgan katta oltin barkash ko’tarib, notanish bir navkar kirib kelarmish. Amir Jondor uning qo’lidan barkashni olib, shahzodaga uzatarmish: Barcha dardingizga davo bo’ladur, tatib ko’ring, davlatpanoh! Shahzoda barkashni olib, dasturxonni ocharmish. Oltin barkashda... qonga bo’yalgan uning o’z boshi tirjayib yotarmish... Barkash qo’lidan tushib, qonga bo’yalgan boshi yerga yumalab ketarmish. Shahzoda dod solib qichqirganicha... uyg’onib ketdi. U tushidagina emas, o’ngida ham dod solib baqirib yubordi chamasi, chang va setor ovozi kelayotgan yondosh xonadan balxlik saroybon bilan yana bir mahram yugurib chiqdi. Ular chiqqanda, shahzoda, o’ng qo’lida yalang’och qilich, chap qo’li bilan ayvonning ustunini quchoqlaganicha sarmast odamday chayqalib turar, uning bu turishi, olazarak ko’zlari, butun vajohati shunday mudhish ediki, yugurib chiqqan saroybon bilan mahram yaqin kelolmay bo’sag’ada to’xtab qolishdi. Siz... sizga ne bo’ldi, davlatpanoh?     Balxlik saroybonning tanish ovozi shahzodani xiyol hushiga keltirdi. U hozir ko’rganlari tush ekanini endigina tushunib, bo’shashib ko’zini yumdi. Lekin ko’zini yumushi bilan nigohi oldiga yana oltin barkashda tirjayib yotgan o’z boshi kelib, bir irg’ib tushdi-yu qilich yalang’ochlaganicha qarshisida turgan saroybonga tomon yurdi. Saroybon bilan uning orqasiga yashirinib olgan mahram, sarosima ichida, o’zlarini chetga olishdi. Boshidagi tojdor telpagi bir tomonga og’ib ketgan, ko’zlari qinidan chiqayotgan shahzoda gandiraklay-gandiraklay charog’on xonaga kirdi. Poygakda quti o’chib turgan bir necha mashshoq va xonandalar uni ko’rib, o’zlarini zinadan pastga otdilar, to’rtda ipak parda orqasida bir-birlarining pinjlariga kirib olgan kanizaklardan biri dodlab yubordi. Yo’qol! – baqirdi shahzoda poygahda to’xtab-Yo’qol bu dargohdin! Yarim yalang’och kanizlar, go’yo hurkkan kiyiklarday, bir-birlarini turtib- surishib, marmar zinalardan pastga otilishdi. Shahzoda ularning dirkillagan oppoq tanlaridan ko’zini olib qocharkan: “U yerda ham yalang’och kanizlar, bu yerda ham yalang’och kanizlar, degan fikr xayolidan o’tdi. – Ey darig’! Tushimmi bu yo o’ngimmi? Boshimda yana ne savdolar bor, xalloqi olam!”... Charog’on xona uni xiyol o’ziga keltirdi. U qilichini qiniga solib, xonaning o’rtasida to’xtadi. Lekin yuragi hamon gurs-gurs urar, nafasi yetmay hansirardi. “Ollog’a shukurkim, tush ekan. Tush! Lekin qong’a bo’yalgan o’z boshi... Ey darig’! Osiy bandang boshiga tag’in ne savdolar solasen? Taqdir neni ravo ko’radur?” 1 . Bu tushda padarkush Abdulatifning ma’naviy dunyosi, psixologik dramasi yorqin va ishonarli tasvirlangan.Uning qalbidagi hokim kuch – qanday bo’lmasin mudhish tuyg’ular va xatarli hislarni, g’urbat va iztiroblarni unutib, bir daqiqagina bo’lsa ham ulug’ taxt, shonu shavkat zavqi og’ushida orom olishga intilish edi. Lekin bunga uning o’z otasini ham qatl ettirgani, fitnalar sarboni ekanligi yo’l qo’ymas, ko’ksini achchiq faryod qamrar edi. Uning razolat va qabihlikka limmo-lim ichki dunyosi, saroydagi sotqinlik, ota xuni – taqdirining abadul-abad zulmat bilan tugashiga ishora bersa-da, cho’kayotgan kishi xasga yopishganidek, u ham “milt” etgan umidga, “parvardigori olam”ga yopishadi. Biroq Ali Qushchi o’ylaganidek, “... Bu foniy dunyoda ham haq va adolat bordur. Bandai mo’minlarga qatlu qirg’in keltirgan, mehr-shafqat o’rniga jabru jafo, ilmu ma’rifat o’rniga zulmat urug’ini sochgan hyech bir kimsa intiqomsiz qolmaydur...” Xullas, psixologik romanda qahramonning ongli va ongsiz hayoti (tushi va hushi) mantiqan bir-biriga bog’liq holda to’liq tasvirlanadi. Shu asosda uyqu va anglangan hayotning aloqasi tiklanadi, qahramon fikr va hissiyotining oqimi beriladi. Tush umumiy psixologik kartinaga singib ketadi va ayni paytda, qahramon ruhiy iztiroblari, kechinmalarining barcha ko’rinishlarini, “rang”larini reallashtiradi. 1 O.Yoqubov. Ulug’bek   xazinasi, G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va sa’nat nashriyoti, Toshkent, 1974 , 288-289-betlar. Badiiy asar tilining ifoda kuchini oshiruvchi vositalar (ohang, ritm, pauza, podtekst kabi) ichida ohang alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, M.Gorkiyning fikricha, qalb tafakkurga nisbatan ohangda ko’proq aks etadi. Tafakkur chaqa to’la hamyonga o’xshaydi, ohang esa har narsadan xoli, ichi toza. Shuning uchun shoir R.Parfi: “Ohang varaqlaydi dunyoni, Dunyo- o’qilmagan bir kitob”-, deydi. Shu sabab, Said Axmad deydi: “Agar o’zim yaxshi ko’rgan biron ko’y ta’siriga tushib qolsam, shu ohangni leytmotiv qilib olaman-u, kitob bitguncha o’sha kuy ko’nglimda chalinib turadi. Bu menga xuddi she’rga o’xshab vaznni saqlashga yordam beradi”... 1 Ko’rinadiki, badiiy asarda tasvirlangan har bir xarakter, taqdir o’ziga xos ohangni talab etar ekan, demak, o’sha ohangga mos “jajji” obrazlar-so’zlar tanlanadi; busiz biron bir holatning aniq tasvirini yaratish ham mumkin emas. Darvoqye, har bir shaxsning kulgusi, yig’isi, uh tortishi, g’azabi, quvonchi har xil- betakror bo’lganidek, uning ohangi ham turfa xildir.     Yuqorida misolga keltirilgan asar qahramonlariga diqqat qilsak, Qobil bobo gangiganidan uzuq-yuluq ohangda (“Ola ho’kiz...” “Qo’sh mahali...” “Bisotimda hyech narsa yo’q...”) gapirsa, adabiyot muallimi Boqijon Baqoyev tuturiqsiz tarzda (Himm... burjuaziya realizm... himm... Mukarram tovuqqa tug’um qo’ydingmi?) omi, lekin o’zini bilag’ondek tutuvchi odamdek gapiradi, chunki “So’z-aql o’lchovidir”. Badiiy asar tili-oqar daryo. Uni o’rganish ham uzluksiz harakatni taqoza etadi. Hayot va suv (adabiyot va so’z) bir-biriga shunchalik zarurki, biri-birisiz yashay olmaydi; biri-birisiz yaratish qudratiga ega bo’lmaydi. Inson yuragi qanday urib tursa, qanday tovlansa, yonsa, adabiyotdagi so’z ham shunday jonli bo’lishi, tovlanishi, yonishi lozim. O’shandagina qalb tiriklikni bildirganidek, so’z poetiklashadi, ya’ni u adabiyotga daxldor bo’ladi. Yuraksiz inson mavjud bo’lmagani kabi, so’zsiz adabiyot, so’zshunosliksiz-adabiyotshunoslik ham yuzaga kelmaydi. Shu sababdan so’z 1 Qarang: U. Normatov.Talant tarbiyasi, “Yosh gvardiya”, Toshkent,1980, 104-bet. adabiyotning birinchi elementi, universal va ayni paytda, asar taqdirini hal qiluvchi muhim (birlamchi) o’rinni egallaydi. Xulosa. Yuqoridagi qismlarda ko’rdikki, asar mavzusi va g’oyasi tahlili xarakterlar tahliliga o’tadi (xarakterlar bilan aloqasi bo’lmasa, u keraksiz “matoh”dir), xarakterlar tahlili o’z navbatida syujet, kompozisiya, badiiy til tahliliga ko’chadi (Bu unsurlarsiz xarakterning yuzaga kelishi mumkin emas). So’ngra, syujet, kompozisiya, badiiy til va uning vositalari xarakter tahliliga, xarakter tahlili asar mavzusi va g’oyasi tahliliga o’tadi. Pirovardida, mazmun va shakl birligiga, mazmunning shakllanishi, shaklning mazmunlanishi (L.Timofeyev, I.Sulton, P.Qodirov) jarayoniga yetib kelamiz. Demak, badiiy asarni yaxlit (monolit, birbutun, yombi oltin) – jonli organizm sifatida tasavvur qilish, anglash va shundan so’ngina uni tadqiq va tahlil qilish lozim. Bu ijodning eng qiyin muammosi bo’lishiga qaramay, uni yechish mumkinligi-ahamiyatining g’oyatda zo’rligini, dolzarbligini, zaruriyligini ko’rsatadi. Polyak Kazimej Vuysiskiy ta’kidlaganidek,san’at asari-o’ziga biqiq bir butunlikdir. Badiiy asarda har bir unsur o’zining mazmuniga va ahamiyatiga egadir va u boshqa unsurlar bilan aloqadagina yashaydi. Shu aloqa sababili har bir unsurning qismchalari asosiy maqsadga tomon yo’naladilar. Har qaysi qism, Byoklinning aniq ifodasiga ko’ra, “Men xizmat qilaman” (“Ya sluju”) shiori asosida ishlaydi. Bironta unsurda yuz berayotgan o’zgarish boshqalarida ham o’zgarishlar bo’lishiga olib boradi, pirovardida, asar xarakterida ham o’zgarish yuz beradi. Shu sabab badiiy asar-turli-tuman bir-biriga bog’liq unsur (vosita)larning kutilmagan tarzdagi nozik chatishmasidir. Bir-biriga bog’liq va aloqa qanchalik birlashsa, badiiy asar badiiyligi shunchalik zo’r bo’ladi. 1 1 Qarang: G. Markevich. Osnovniye problemi nauki o literature (perevod s polskogo), “Progress”, Moskva,1980, str.86-87. Adabiyot:   1.   A . Fitrat . Adabiyot qoidalari “ O ’ qituvchi ” Toshkent , 1995. 2. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi, “O’qituvchi”, Toshkent, 1980 . 3. L.I. Timofeyev. Osnov ы teorii literatur ы , “Prosve щ yeniye”, Moskva, 1971. 4. R.Uellek, O.Uorrek. Teoriya literatur ы , “Progress”, Moskva, 1978. 5. www.ziyonet.uz