logo

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. asarlarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari

Yuklangan vaqt:

30.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

103 KB
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. asarlarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari Reja : 1. Fuqarolik jamiyatining mohiyati. 2. Prezident Karimov I. A. ning fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi qarashlari. 3. O’zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhimligi va ijtimoiy ahamiyati. Fuqarolik jamiyatining mohiyati. Huquqiy demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining to‘la ta’minlanishi, qonunlarning ustivorligi va barchaning qonun oldida tengligi kafolatlanadi. O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga demokratik huquqiy davlat qurishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ydi. Demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning zamirida esa inson huquq va erkinliklarini himoya qilish ustivor vazifa qilib belgilandi. Chunki inson huquq va erkinliklarini ta’minlamasdan turib mamlakatda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratib bo‘lmaydi. O‘tgan XX asrda dunyoning ikki qutbida hukm surgan mafkuralarning o‘zaro kurashi insoniyat uchun rivojlanishning qanday usul va uslublarini tanlashni, munosib hayot kechirish uchun qanday boshqaruv tartibida yashash afzalroq ekanligini ko‘rsatdi. Bugun G‘arb jamiyatida shakllangan va tobora takomillashib borayotgan boshqaruv tartiblari hamda jamiyatning tuzilishi o‘zining bir qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Boroq shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, bugun dunyoning turli mamlakatlarida turlicha jamiyat va davlat boshqaruvi shakllari qaror topganki, hech qaysi davlatning boshqaruv tartibotini yoki biror-bir mamlakatdagi jamiyat tuzilishini boshqalaridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir mamlakatning o‘ziga xos hususiyati, davlatchilik an’analari, o‘zining huquq manbalari va maktablari mavjud. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo‘q. Prezident Islom Ka rimov dunyoda bir-biriga o‘xshagan ikkita inson bulmaganidek bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat ham yo‘q, deganida haqlidir. Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda etirof etilgan bir qator tamoyillari bor. Chunonchi, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi davlat asosiy organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o‘tgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shuningdek 2 O‘zbekiston demokratik fuqarolik jamiyat qurilishida xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma’na viy merosimiz ildizlariga, milliy hususiyatlarimiz va boy an’analarimizga tayanish yulini tutdi. O‘zbekistonda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasdan, demokratik o‘zgarishlarni odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasiga mos bo‘lgan darajada va sur’atlarda amalga oshirish tomon yo‘l tutildi. O‘zbekiston shunchaki demokratik jamiyat emas, de mokratik odil jamiyat qurish yo‘lini tanladi. Adolat va xaqiqatga intilish azaldan xalqimizning muhim fazilatlaridan biri bo‘lib keldi. Adolat g‘oyasi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talab va bahoning asosi bo‘lgan. Adolat va haqiqat g‘oyasi davlatimizning, qonunchilik faoliyatimizning bosh yo‘nalishi, demokratik jamiyat qurilishining asosi qilib olindi. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy-joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish, hayotimizning boshqa hamma jabhalari adolat va haqiqatga tayanadi. Ijti moiy, mulkiy jarayonlar tubdan uzgarayotgan paytda davlatimiz jamiyatning keskin tabaqalanishiga — oshib-toshib ketgan boylaru kambag‘al-qashshoqlarga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘lini tanladi. Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun, avvalo, odamlar o‘z qobiliyat va ehtiyojlarini to‘la namoyon etish va amalga oshirishlari uchun zarur dastlabki imkoniyatlar yaratish lozim, deb ta’kidlaydi. Mamlakatimizda bunday imkoniyatlarni vujudga kel tirish, uning huquqiy mexanizmini yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina har bir insonning taqdiri, turmushi uning o‘ziga — jamiyatdagi o‘rni, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan fuqarolik jamiyati ku ri sh ga intilmokda. Buning manosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqda topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshkarish organlari rivojlanib boradi. O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng xalqimizning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, rivojlangan mamlakatlardagi davlatchilik an’analarining ilg‘or yutuqlaridan keng foydalanib, huquqiy-demokratik davlat va 3 fuqarolik jamiyati asoslarini shakllanitirishga kirishdi. Mamlakatda boshqaruv tartiblari tubdan yangilanmoqda, boshqaruvning huquqiy asoslari yaratildi va tobora rivojlantirib, shakllantirib borilmoqda. Mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ta’minlanmoqda. Eng muhim masalalardan yana biri – fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishiga keng yo‘l ochib berilganligidir. Sobiq ittifoq davrida boshqaruvning bir markazda to‘planganligi va partiyaning yakka hukmronligi fuqarolaning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyatini cheklar edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq fuqarolarning jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarda keng ishtirok etishini ta’minlash chora-tadbirlarining ko‘rilganligi o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xalqimizda azaldan kengash va mashvarat bilan ish ko‘rilganligi odilona qaror qabul qilish imkonini va eng muhimi xalq, raiyat hukmdorlarning va viloyat noiblarining xatti-harakatlaridan doimo ogoh bo‘lish imkonini bergan. Bu o‘z navbatida mamlakatda adolat qaror topishiga zamin xozirlagan. Bugungi kunda ham jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarning umuxalq muxokamasi (referendum) ga qo‘yilishi xalqimizning tarixiy tajribasining maxsulidir. So‘nggi yillarda respublikamizda sud-huquq tizimining isloh qilinayotganligi mustaqillik yillarida erishilgan eng katta yutuq bo‘ldi. Chunki bu soxani isloh qilmasdan turib mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilib va ta’minlab bo‘lmaydi. Rivojlangan davlatlarda har bir fuqaroning sudga erkin shukoyat qila olishi mazkur mamlakatlarda qonunlarning amal qilishini va qonunlar bilan bevosita xalqning o‘zi tanish bo‘lib borishini ta’minlamoqda. Shu bois ham mazkur sohaning isloh qilinishi kechiktirib bo‘lmaydigan masala ekanligi ayon bo‘ldi. Isloh qilinib, tobora shakllanib borayotgan sud tizimimiz o‘zining bir qator ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Avvallari sudni jazolovchi organ deb qaragan xalqimiz endilikda sudni jazolovchi organ emas, balki o‘z huquqlarini himoya qiladigan organ deb tushunadi. Yana bir muhim masala – bu ommaviy axborot vositalarining erkinlashtirilishi va ularning faoliyati qonun bilan kafolatlanishidir. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” gi Qonun bu 4 soxaning huquqiy asoslarini yaratdi. Huquqiy-demokratik davlatlarda ommaviy- axborot vositalarining roli nihoyatda baland. Jamiyatda yuz berayotgan xodisalarni asl holda, haqqoniy tarzda jamoatchilikka yetkazib berish ijtimoiy adolat prinsiplarining to‘la amlga oshishini ta’minlaydi. Bugun respublikamizda fuqarolarning erkin fikr bildirish va matbuot erkinligi qonun bilan kafolatlangan. Yuqoridagilarning barchasi respublikamizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyatining mohiyati. "Fuqarolik jamiyati — ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bo‘lib, u insonning o‘zini-o‘zi kamol toptirishga mone’lik qilmaydi, aksincha yordam beradi". Islom Kari mov Fuqarolik jamiyati g‘oyasi so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida o‘zaro raqobatlashuvchi ijtimoiy guruhlarning siyosiy plyuralizmi, murosasi va hamkorligiga asoslangan g‘oyalar, davlat hokimiyatini belgilangan huquq normalari bilan cheklash, insonning shaxsiy erkinligi, demokratiyani ijtimoiy jihatdan kengaytirish g‘oyalari bilan rivojlanib, teranlashib bormoqda. Zero fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos ustuvor g‘oyalari bir shaxs yoki kishilar yuushmasining fikri va qarashlari natijasida shakllanmaydi. U uzoq vaqt davomida amalda ko‘rilgan va sinalgan turli xil ijtimoiy holatlarni tahlil qilish natijasida vujudga keladi. Albatta, har bir nazariyaning muallifi mavjud bo‘ladi, biroq shuni e’tiborga olish lozimki, har bir ilg‘or nazariyalar ham jamiyatdagi turli xil ijtimoiy vaziyatlarni kuzatish va o‘rganish hamda uning yutuq va kamchiliklarini o‘rganish asosida yaratiladi. Fuqarolik jamiyati g‘oyasi bilan birga plyuralizm nazariyasi ham keng tarqaldi. Bu nazariyaga muvofiq, hozirgi zamon demokratik davlatining asosiy vazifasi aholi turli tabaqalarining ko‘plab manfaatlari va ehtiyojlarini e’tiborga olish va muvofiqlashtirish yo‘li bilan umumfuqaroviy murosaga erishish, ziddiyatlarni bartaraf etish yoki yumshatish, fuqarolar totuvligi yo‘llarini izlashdan iborat. Bunda davlat birdamlik negizida birlashgan erkin shaxslarning hamjamiyati deb idrok etila - 5 di. Ammo amaliyot davlat institutlari doim ham fuqarolik jamiyatini demokratlashtirishning samarali vositasi bulavermasligini kursatadi, zotan ularning kuchayishi aksariyat hollarda byurokratlashishning ortishiga va davlat hoimiyatining mutlaqlashuviga olib keladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, fuqarolik jamiyati negizida va uning asosiy g‘oyalari zamirida plyuralizm g‘oyalari ham yotadi. Chunki fuqarolik jamiyatida ko‘pchilikning manfaatlari bir kishining manfaatlaridan ustun turadi. Jamiyat va davlat hayotining eng ustuvor va ahamiyatli masalalari bevosita xalqning roziligi bilan amalga oshiriladi. Ammo har doim ham xalq muhokamasi bilan ish qilishning iloji yo‘q. Shu bois fuqarolik jamiyatida plyuralizm g‘oyalari to‘zlaqonli amalga oshavermaydi. Gegelning fikricha, fuqarolik jamiyati – bu, eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan ehtiyojlar tizimi, shuningdek, oila, tabaqa, davlat tuzumi, huquq, axloq burch, madaniyat, ta’lim-tarbiya, qonunlar va ulardan kelib chiqadngan subyektlarning o‘zaro yuridik aloqalaridan iborat. Uning ta’biricha, tabiiy, "madaniyatsiz" holatdan odamlar fuqarolik jamiyatiga kirib kelishlari kerak edi, zero, ana shu jamiyatda huquqiy munosabatlar xaqiqatga aylanadi". Fuqarolik jamiyati - shaxsiy hokimiyat rejimiga, o‘zboshimchalikka, sinfiy nafratga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo‘ravonlikka o‘rin bo‘lmagan, qonun, ahloq, insonparvarlik va adolat tamoyillarini hamma hurmat qiladigan erkin, demokratik, huquqiy sivilizatsiyalashgan jamiyat. Bu – aralash iqtisodiyotga ega bo‘lgan ko‘p ukladli raqobatli bozor jamiyati, tashabbuskor tadbirkorlik, turli ij - timoiy qatlamlar manfaatlarinig oqilona muvozanati ta’minlangan jamiyatdir. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, fuqarolik jamiyatida inson manfaatlari barcha narsadan ustun turadi. Davlat va jamiyat hayotining eng ustuvor masalalari uning ishtirokisiz amalga oshirilmaydi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatida yerkin bozor iqtisodiyotiga keng yo‘l ochib beriladiki, bu ham fuqarolik jamiyatining o‘zini o‘zi tartiblash va boshqarish g‘oyasiga monanddir. Fuqarolik jamiyati – siyosatlashishdan va mafkuralashishdan xoli jamiyatdir. Biroq bu sira ham mazkur jamiyat hech kanday siyosat yurgizmaydi, konkret g‘oyalar yoki karashlardan foydalanmaydi yohud ulardan hech qaysisini afzal 6 ko‘rmaydi, degan ma’noni aslo bildirmaydi. Fuqarolik jamiyatiga mafkuraviy yakka hokimlik begona ekanligi boshqa gap. Bironta nazariya, agar u yagona va eng to‘g‘ri, nuqsonsiz va tanho, uning o‘zi yashashga haqli deb taqdim etilgan taqdirda ham istisnolikka da’vo qilolmaydi. Zero yer yuzida shu paytga qadar mukammal g‘oyalar yaratilmagan. Har bir g‘oya boshqalarini o‘rganish va taxlil qilish natijasida vujudga kelganligini yuqorida ham ta’kidlab o‘tdik. Fuqarolik jamiyatida mafkuralar va g‘oyalar xilma-xilligiga keng o‘rin beriladi. Hech qaysi mafkura jamiyat va davlat hayoti uchun yagona bo‘lib qolmaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan bir qatorda huquqiy davlat tushunchasi ham keng qo‘llaniladi. Zero fuqarolik jamiyatida kishilar o‘z qiziqish va manfaatlarini qonun va normativ huquqiy xujjatlar vositasida tartibga soladi. Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi. Nazariyotchi olim Sen-Simon , jamiyatning ikkita: anarxiya va mustabidlikdan iborat dushmanlari bor, deb ta’kidlagan edi. Chunki jamiyatni boshqarish azaldan hukmdorlar va podsholarning qo‘lida to‘plangan. Agar jamiyat, garchi unda yashovchi kishilarning huquqiy ongi va madaniyati yuqori bo‘lsada, ma’lum bir kishilar guruhi tomonidan boshqarib turilmasa, anarxiya tusini oladi. Biroq ana shu guruhning hatti-harakatlari jamiyatning o‘zi tomonidan nazorat qilib turilmasa, u o‘ziga berilgan huquq va erkinliklardan chetga chiqishi va hokimiyatga mustabidlarcha egalik qilishga intilishi mumkin. Mazkur fikrlarni talqin qilar ekan, Gegel fuqarolik jamiyati ijtimoiy alokalarning shunday yetukligi sifatida maydonga chiqadiki, mazkur har ikki chegara (anarxiya va mustabidlik) amalda istisno etiladi, deb ta’kidlaydi. Gegelning fuqarolik jamiyati taxlilida ikki asosiy tamoyil yotadi, ya’ni individlar faqat o‘zlarining xususiy manfaatlarini ko‘zlaydilar va ular o‘rtasida har biri har biriga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy aloqa vujudga keladi. Boshqacha aytganda, Gegel fuqarolik jamiyati deganda, aslida burjua munosabatlarining iqtisodiy tarkibini tushunardi. Bu bizningcha fuqarolik jamiyati g‘oyalariga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki fuqarolik jamiyati bir xovuch boylarning tor manfaatlarini ifodalovchi jamiyat emas. Gegel ta’riflagan jamiyat tushunchasi esa burjua jamiyati tushunchasini ifodalaydi. 7 Fuqarolik jamiyatining bir qator alomatlari mavjud. Ular mazkur jamiyat mavjudligining uch darajasida – iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy darajalarida joylashadi. Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy alomati hozirgi zamon bozor munosabatlarimizdir. Bozor iqtisodiy erkinlikning o‘ziga xos "komponenti" sifatida muntazam ravishda daromad olishga yo‘naltirilgan mustaqil tadbirkorlik faoliyatisiz rivojlanishi mumkin emas. M.SH. Sharifxo‘jayev ta’kidlab o‘tganidek, fuqarolik jamiyati iqtisodiy negizlarining to‘laqonli mazmunini bozor prinsilari orqali ochib berish mumkin. Tarixiy tajribaning ko‘rsatishicha, endilikda xususiy mulk faqat odamlarni bir-biridan ajratibgina qolmay, balki ularni jipslashtirishini ham inkor etish mumkin emas. Oxir - oqibatda aynan mulkchilik davlat hokimiyatiga nisbatan avtonom holatda bo‘lgan fuqarolik jamiyati tartibotlarini shakllantirishda yordam beradi. Gegel “fuqarolik jamiyati haddan tashqari boyigan holatida ham favqulodda qashshoqlik bilan, chuvrindilarning paydo bulishiga karshi kurashish uchun yetarli darajada boylikka ega emas”, deb yozgan edi. Biroq Gegel yashagan davrdan beri ancha vaqt o‘tdi va jamiyatda turli xil iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar vujudga keldi. Rivojlangan kapitalizm mamlakatlarida to‘la yetuk va sivilizatsiyalashgan jamiyat tarkib topdi. U kishilar hayoti darajasi va sifati buyicha sobiq sotsialistik lager mamlakatlaridan ancha ustun turardi. G‘arbning ko‘pgina mamlakatlarida fuqarolik jamiyati sinflar o‘rtasidagi munosabatlar tengligini ijtimoiy inqiloblar darajasigacha olib bormaslikka qodir bo‘lib chiqdi. Fuqarolik jamiyatining alomatlari haqida so‘z yuritar ekan X.T.Odilqoriyev quyidagi fikrlarni bayon qiladi: “Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tashkiloti uning ikkinchi tar kibiy elementidir. Bozor sharoitlarida u ancha murakkab hususiyat kasb etadi. Bu, avvalambor, alohida ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi tafovutlarni aks ettiradi. Fuqarolik jamiyati aholisining uch asosiy guruhini ajratish mumkin: yollanma xizmatchilar, tadbirkorlar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar. Mazkur guruhlarning iqtisodiy manfaat lari va moddiy imkoniyatlarining muvozanatini saqlash ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishidir. 8  Umuminsoniy kadriyatlarning ustuvorligi – fuqarolik jamiyatining ma’naviy sohasidagi alomatlarini ifoda etadi. “Ozodlik, qonun oldida tenglik, ijtimoiy adolatga izchil yo‘nalganlik fuqarolik jamiyatida teng sharoitlarni ta’minlaydi. Bu esa juda muhim, - deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Islohotlar davomida kishilar o‘z mehnat va aqliy imko yatlarini amalga oshirishlari uchun Konstitutsiyada nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlar va imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Tashabbuskorlik va omilkorlik butun choralar bilan rag‘batlantirilishi lozim”. Fuqarolik jamiyati sharoitida huquq faqat iqtisodiy va siyosiy hukmronlik qiluvchi sinf irodasinigina emas, balki o‘z davri insonparvarlik asoslari, uning ahloqiy yo‘nalishlarini ifodalaydi. Kantning fikricha, fuqarolik- huquqiy holati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: “jamiyat har bir a’zosining inson sifatidagi erkinligi; fuqaro sifatida uning har bir boshqa odam bilan tengligi; jamiyat har bir a’zosining fuqaro sifatida mustaqilligi”. Nihoyat, fuqarolik jamiyatining siyosiy tashkiloti uning uchinchi tarkibiy elementidir. Uni davlat — siyosiy tashkiloti bilan, davlat boshqaruvi bilan tenglashtirish mumkin emas. Aksincha, jamiyat fuqarolik jamiyati, huquq.iy jamiyat sifatlariga ega bo‘lib, o‘zini o‘zi uyushtirish va tartibga solishning o‘z nodavlat ijtimoiy-siyosiy mexanizmlarini ishlab chiqqan taqdirdagina fuqarolik jami yati shaxsning haqiqiy erkinligini ta’minlash negizi sifatida real demokratizmga ega bo‘lishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda fuqarolik jamiyatida siyosiy institutsionalizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni jamiyat siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, kasaba uyushma lari, xotin-qizlar, faxriylar, yoshlar tashkilotlari, ixtiyoriy jamiyatlar, jamg‘armalar, uyushmalar yordamida o‘zini o‘zi uyushtiradi. Si yosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, ko‘p partiyaviylik prinsipi fuqarolik jamiyatidagi siyosiy institutsionalizatsiya jarayonining konstitutsiyaviy negizini tashkil etadi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasi). Fuqarolik jamiyatining siyosiy alomati deganda unda mavjud bo‘lgan huquq- tartibot, davlat boshqaruvi va hokimiyatlar vakolatlarining qay tarzda taqsimlanganligini tushunish o‘rinli bo‘ladi. Agar fuqarolik jamiyatining siyosiy 9 hususiyatlariga faqat davlatchilikning rivoji asos qilib olinadigan bo‘lsa, fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsifi hech ham to‘liq bo‘la olmaydi. “Demokratiya ta’sirchan bulishi uchun fuqarolik jamiyatining plyuralizmi kerak buladi”. Uni ko‘ppartiyaviylik, jamoat birlashmalarining keng tarmog‘i, tadbirkorlar, mustaqil jamoalar uyushmalari, mahalliy boshqaruvning xilma-xil shakllari va boshqalar ta’minlaydi. Shunday qilib, fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun iqtisodiy, siyosiy va huquqiy negizlar bilan bir qatorda, ijtimoiy, di niy va madaniy negizlarning ham bo‘lishi talab etiladi. O‘z a’zolarining moddiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasidir. Fuqarolarning har xil iqtisodiy, etnik, mintaqaviy, kasbiy, diniy birlashmalari shaxsning o‘z qiziqishlari, maqsadlari, intilishlari va hokazolarga erishishiga har tomonlama ko‘maklashadi. Mazkur asosiy funksiyani bajarish doirasida fuqarolik jamiyati boshqa bir qator muhim ijtimoiy funksiyalarni ham bajaradi: 1) qonuniylik asosida u shaxs va fuqaroning shaxsiy hayoti soxalarini davlat va boshqa siyosiy tuzilmalarning asossiz qattiqqo‘llik bilan tartibga solishidan himoya qiladi; 2) fuqarolik jamiyati tashkilotlari negizida jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari vujudga keladi va rivojlanadi; 3) fuqarolik jamiyati siyosiy hokimiyatning mutlaq xukmronlikka intilishiga monelik qiluvchi muhim va kuchli vositalardan biri hisobla- nadi. U fuqarolar va ular birlashmalarining faoliyatiga davlatning noqonuniy aralashishidan ximoya qiladi va bu bilan demokratik dav- lat organlari, jamiyat siyosiy tizimining vujudga kelishi va mustah- kamlanishiga ko‘maklashadi; 4) fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari shaxs ning huquq va manfaatlarini real kafolatlashi, barchaga davlat va ja- miyat ishlarida ishtirok etishda teng imkoniyatlar berishi keraq 5) fuqarolik jamiyati, o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat 10 funksiyasini ham bajaradi. U davlatdan mustaqil bo‘lib, o‘z ixtiyoridagi vositalar va sanksiyalar yordamida shaxslarni ijtimoiy normalarga rioya qilishga majburlashi, fuqarolarni tarbiyalash va ijtimoiylash- tirishni ta’minlashi mumkin; 6) fuqarolik jamiyati, aloqa bog‘lash funksiyasini ham bajaradi. Bu jamiyatda manfaatlar xilma-xilligida namoyon bo‘ladi. Demokratiya sharoitida fuqaro ega bo‘ladigan erkinliklar bu manfaatlar doirasi- ni yanada kengaytiradi. Demokratik davlat o‘z fuqarolarining manfa- atlari va extiyojlarini imkon qadar to‘liq qondirishi kerak. Ammo iqtisodiy plyuralizm sharoitida bunday manfaatlar shu qadar ko‘p son- li, shu qadar rang-barang va tabaqalashgan bo‘ladiki, davlat hokimiyati bu manfaatlarning hammasi haqida axborotni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyatining demokratik institutlari fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ahloqiy aloqalarni o‘rnatish, ular o‘rtasidagi munosabatlarni adolatli tartibga solish vazifasini ado etadi. Ayni vaqtda, fuqarolik jamiyati institutlari va tashkilotlarining vazifasi faqat davlatning kuchi bilan qondirilishi mumkin bo‘lgan manfaatlar haqida davlatga axborot yetkazib berishdan iborat; 7) fuqarolik jamiyati o‘z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtirish funksiyasini bajaradi. U jamiyat hayotining mustahkam negizlarini yaratadi. Davlat murakkab vaziyatga tushgan tarixiy sharoitlar (urushlar, inqirozlar, depressiyalar)da fuqarolik jamiya tining mustahkam tuzilmalari unga o‘z yelkasini tutadi, mushkulotni yengib o‘tishga ko‘maklashadi. Jamiyatning barcha a’zolari, ayniqsa mehnatga layoqatsiz toifalar (nogironlar, qariyalar, bemorlar va sh.k.)ni kun kechirish uchun zarur minimal mablag‘ bilan ta’minlash ham fuqarolik jamiyatining funksiyalaridan biridir. Buning uchun tegishli yordam va hayriya jamg‘armalari, ijtimoiy ko‘mak uyushmalari, sug‘urta kompaniyalari, banklar va boshqa tuzilmaviy institutlar tashkil etiladi hamda ular samarali faoliyat yuritadi 11  Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyati siyosiy xayotining muhim qismidir. Ular fuqarolik jamiyatining turli sohalarini. Uning yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatib berishda muhim vosita hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi va senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67- moddasi) fuqarolik jamiyatida siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar ning xilma-xilligini ta’minlashning muhim shartidir. Fuqarolik jamiyati fuqaro va uning erkinligidan boshlanadi. Fuqaro so‘zining o‘zi shaxsning mustaqilligi, teng-huquqliligi, sha’ni va o‘z-o‘zini hurmatlashining sinonimi sifatida yangraydi. Bu jamiyat hamisha har turli tabaqaviy amaldorlarga qarama-qarshi qo‘yilgan, odamlarning tengsizlik holatiga qarshi, ularning huquqlarda cheklanishiga qarshi da’vat sifatida qabul qilingan. Fuqarolik jamiyati – ochiq, demokratik, totalitarizmga qarshi, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi jamiyat bo‘lib, unda inson, fuqaro, shaxs markaziy o‘rinni egallaydi. Aynan shu ma’noda fuqarolik jamiyati siyosiy-mafkuraviy, ayniqsa, avtoritar jamiyatga qarama-qarshi turadi. Fuqarolik jamiyati davlat bilan o‘zaro aloqada mavjud bo‘ladi, rivoj topadi va o‘z vazifasini bajaradi. Ularning munosabatlarida to‘qnashuvlar bo‘lishi ehtimoli bor. Le kin har qanday holatda ham “mahkama”, “organlar” va ular ning “agentlari” odamlarning shaxsiy hayotiga aralasha olmaydilar yoki ularga nayrang ishlata olmaydilar. Yana bir bor ta’kidlamokdamiz: fuqarolik jamiyati va huquqiy dav lat qutblar singari bir-birlariga qarama-qarshi turmay, uyg‘un ravishda o‘zaro ta’sir etishlari kerak. Fuqarolik jamiyatida fuqarolarning davlat oldidagi majburiyatlari asosan qonunlarga itoatkorlik va soliqlarni to‘lashdangina iborat qilib qo‘yilgan bo‘ladi. Ma’lumki, har bir narsaning o‘z ichki tuzilishi – strukturasi bo‘lgani kabi fuqarolik jamiyatining ham o‘zining ichki tuzilishiga ega. Fuqarolik jamiyat tashkiliy institutlarining majmuiga uning tarkibiy tuzilishi — strukturasi deb talqin etiladi. Struktura jamiyatning ichki tuzilishi bo‘lib, u jamiyat elementlarining xilma- xilligi va o‘zaro ta’sirini aks ettiradi, rivojlanishning yaxlitligi va sur’atini ta’minlaydi. 12 Fuqarolik jamiyatining tuzilishi deganda ijtimoiy munosabat lar, fuqarolarning turli ixtiyoriy tashkilotlari, ularning uyushmalari, xayriya jamgarmalari, ijodiy, sport, matlubot jamiyatlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa tashkilotlari va uyushmalarining keng tarmog‘i tushuniladi. Ularning barchasi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi har xil ijti moiy manfaatlarni ifoda etadi. Yuridik fanlar doktori X.T.Odilqoriyev va siyosiy fanlar doktori Sh.G‘.G‘oyibnazarovlarning fikricha hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat: 1) odamlarning ixtiyoriylik asosida tashkil topgan birlamchi ja - moalari (oila, uyushma, birlashma, xo‘jalik korporatsiyalari, jamoat tash - kilotlari, kasbiy, ijodiy, etnik, konfessional va boshqa uyushmalar); 2) jamiyatdagi nodavlat nosiyosiy munosabatlar: iqtisodiy, ijti - moiy, oilaviy, ma’naviy, diniy va boshqa munosabatlar majmui, odam - larning ishlab chiqarish sohasidagi va shaxsiy hayoti, ularning urf- odatlari, an’analari, axloqi; 3) davlat xokimiyatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishidan qonunlar bilan muxofaza qilinadigan erkin shaxslar va ular tashkilotlarining o‘zini-o‘zi namoyon etish sohasi. Shunday qilib, bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, fuqarolik jamiyatini davlatdan tashqari va siyosatdan tashqari munosabatlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ahloqiy, ma’naviy, oilaviy, diniy munosabatlar) yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. Bu munosabatlar erkin individ-mulkdorlar va ular birlashmalari o‘ziga xos manfaatlarining maxsus sohasini tashkil etadi. Ayni paytda, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat bir-biridan ajratib olingan va ayrim holatdagi qismlar emas, balki o‘zaro chambarchas bog‘liq tizimlardir. Zero, dav lat – jamiyatni tashkil etish shakli va faqat jilla bo‘lmaganda shuning uchun ham ular ajralmasdir. 13 Prezident Karimov I.A.ning fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi qarashlari. “Bosh strategik maqsadimiz o‘zgarmay qolayotir — bu bozor iqtisodiga asoslangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiya tining poydevorini yaratishdir“. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining biron-bir asari yo‘qki, unda "fuqarolik jamiyati" atamasi tilga olinmagan bo‘lsin. Ayniqsa, bu uning respublikamizdagi iqtisodiy islohotlarga bag‘ishlangan fundamental asariga ko‘proq taalluqlidir. Uning dastlabki sahifalarini ochganda quyidagilarga ko‘zimiz tushadi: “Pirovard maksadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq siyosatga ega bo‘lgan ko‘pli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat”1 Prezidentimiz I.A.Karimov fuqarolik jamiyati qurish borasi o‘zining aniq pozitsiyasiga ega. Prezidentning fikricha fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun avvalo qonunlar, xususan, asosiy qonun bo‘lmish Konstitutsiyaning ustunligi ta’minlanishi lozim. Bu borada so‘z yuritar ekan prezident Konstitutsiyani qabul qilishda aytgan so‘zlari diqqatga sazovordir: “Huquqiy davlatning asosiy belgisi — bar cha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta’minlanishidir. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi”. O‘z so‘zida davom etib prezident Konstitutsiyaning hususiyatlariga to‘xtalar ekan quyidagilarga e’tibor qaratdi: “Hozir yashab turganlarning qismatigina emas, bizdan keyin ham shu yerda yashaydigan farzandlarimiz va nabiralarimizning, dunyoga kelajak avlodlarning taqdiri uchun biz qanday davlat qurishimizga bogliqdir. Biz quradigan jamiyat O‘zbekistan xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini; insonning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak. 14  Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bugun muhokama qilinadigan birinchi Konstitutsiyasi shu ezgu maqsadning huquqiy kafoloti bo‘lajak. Biz o‘z taraqqiyot yulimizni Konstitutsiya asosida belgilab olishimiz lozim. Davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko‘p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo‘lishiga bog‘liq. Tabiiyki, har qanday davlatning Konstitutsiyasi unda yashovchi xalqning nrodasini, ruhiyatini, ijtimoiy hayoti va madaniyatini aks ettiradi. Konstitutsiya xalqning siyosiy donoligi va tafakkuri maxsulidir. Birinchi Kon stitutsiyamiz loyihasi ana shunday xalqchil qomus bo‘lishiga ishonaman. Sababi — uniig loyixasi ustida taxminan ikki yil davomida ishladik. U toki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o‘tdi. Xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitildi, sayqal topdi. Unda 6u xujjatga amal qilib yashovchi fukarolarning ahilligi, xalqimizga xos odamiylik, umuminsoniy qadriyatlarga ixlos kabi yaxshi sifatlar o‘z aksini topadi, deb ishonamiz. Yurtimizga xos qardoshlik va do‘stlik an’analari, o‘zining boy va teran tarixiga ega bo‘lmish xalqlarning o‘zaro totuvligi va qo‘shnichiligi prinsiplari ham loyixada muhim o‘rin tutadi. Yangi Konstitutsiyamizning ijobiy jihatlari, yangi tomonlari, avvalgi Konstitutsiyalardan farqlari nimalardan iborat? Avvalambor, bu Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra yangi hujjatdir. Unda mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q. Jamiyki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i — inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosida “fuqaro — jamiyat — davlat” o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik. Loyiha inson huquqlari va davlat mustaqilligi g‘oyalariga sadoqat, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish, demokratiya va qonuniylikni hurmatlash, xalqaro huquqning jahonda e’tirof etilgan qoidalarini tan olish, O‘zbekiston fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, insonparvar huquqiy jamiyat barpo etish va, nihoyat, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatlikni kafolatlash kabi olijanob maqsadlarni ko‘zladi”. 15 Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlat va xalq manfaatlari o‘zaro uyg‘un bo‘lishi, davlat xalq manfaatini ko‘zlab siyosat yuritishi fuqarolar esa davlat siyosatini qo‘llab quvvatlashi, uning kamchiliklarini bartaraf etishda faol harakatlarni amalga oshirishi lozim. Prezident bu borada quyidagilarni aytib o‘tganki bu fikrlarga qo‘shilmay ilojimiz yo‘q: “Fuqarolik jamiyatida davlat hokimiyati va boshkaruv organlari umummilliy manfaatlarga dahldor eng muhim vazifalarnigina amalga oshiradi. Mudofaa, davlat xavfsizligi, tashqi siyosat, pul- moliya va soliq tizimini shakllantirish, qonunchilikni rivojlantirish shular jumlasidandir”. Prezident I.Karimov havas qilsa arzigulik qat’iyat va sadoqat bilan fuqarolik jamiyati g‘oyalarini hayotga singdirmoqa. Aynan uning o‘zi recpublikamizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasining muallifidir, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi oldida jamiyatning turli jabhalarida islohotlarni amalga oshirish zarurati tug‘ildi. Xalqqa chinakam demokratik erkinliklarni berish, jamiyat va davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtirokiga keng yo‘l ochib berish zarur. Prezident I.A.Karimov bu haqda Oliy Majlisning to‘rtinchi sessiyasida shunday degandi: "Biz islohotlarni chuqurlashtirish, demokratik tub o‘zgarishlar yo‘lidan olg‘a siljish, hayotimizda asl demokratik qadriyatlar qaror topayotgani tug‘risidagi gapirganda, avvalo, fuqarolik jamiyati asoslariga o‘tish, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish muassasalarini butun choralar bilan kengaytirishni nazarda tutamiz. Bu barcha islohotlarimizning asosiy mohiyati va bosh mantig‘idir". Fuqarolik jamiyatida yashayotgan kishilarning ma’naviyati, huquqiy ongi va madaniyati yuqori bo‘lmog‘i lozim. Ma’naviy qashshoq davlatda fuqarolik jamiyati to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Bu masalaga to‘xtalar ekan prezidentimiz quyidagi nuqtai nazarni bildirgan: “...modomiki biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz, ma’naviyat sohasidagi yigirma birinchi asrga mo‘ljallangan, harakat dasturimiz ham ana shundan kelib chiqmog‘i darkor. YA’ni erkin fuqaro — ongli yashaydigan, mustaqil 16 fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish biz-ning bosh milliy g‘oyamiz bulishi zarur. Biz shu paytgacha ma’naviyat borasidagi ishlarimizni odamlarning tafakkurini eski tuzum sarqitlaridan halos etishga, vatandoshlarimiz qalmilliy mustakdllik g‘oyalarini singdirishga qaratdik. Bu borada muayyan natijalarga ham erishdik. Lekin bu orttirgan tajribamiz erkin demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi ilk qadamlardir. Chunki biz ko‘p yillar davomida shaklan ozod, mohiyatan esa qullik holatida yashab kelgan edik. Afsuski, uzoq davom etgan bu zulmning asoratlari hali-hanuz to‘la barham topgani yo‘q. Ayniqsa, bu illat bizning ongu tafakkurimizda chuqur o‘rnashgan bo‘lib, undan forig‘ bo‘lish oson kechmayapti. Huquqiy jaholat, huquqiy savodsizlik, ma’muriy-huquqiy organlar-ning qonunsiz zo‘ravonligi, o‘tmishimizda ro‘y bergan qatag‘onlarning mudhish ta’siri qo‘rqinchli tush kabi hamon xotiramizdan o‘chmay keladi. Shu bois endi oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining manaviyatini shakllantirish, boshqacha aytganda , ozod, o‘z haq-huquqlarini yaxshi ta-niydigan, boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir. Men mana shunday insonlar haqida o‘ylar ekanman, dunyoqarashi mustaqillik yillarida shakllangan yoshlarimizda kelajak ma’naviyatining umidbaxsh kurtaklarini ko‘rgandek bo‘laman. Va ula-ning kelajagiga katta ishonch va zavq bilan qarayman”. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish bir necha yil yoki o‘n yilda uddalanadigan ishdir. Buning uchun mazkur jamiyat qaror topishi uchun zarur bo‘ladigan barcha shart sharoitlarni yaratish, eng avvalo, xalqimiz ongida mazkur jamiyat to‘g‘risida haqqoniy va to‘g‘ri fikr uyg‘otish zarur. Bu borada fikr bildirar ekan prezident quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi: “Erkin fuqarolik jamiyatiga dunyodagi ko‘p-ko‘p davlatlar asrlar davomida to‘plangan tajriba va demokratik an’analarni rivojlantira borib yetib kelgan. Biz bunday jamiyatni qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz 17 va shunga intilmoqdamiz. Lekin bu go‘zal orzuga erishmoq uchun tinimsiz intilish, jamiyat xayotining barcha soxalarini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rganib, o‘z zaminimizga tatbiq etish lozim. Shu bilan birga milliy o‘ziga xosligimizni, asrlar sinovidan o‘tgan an’analarimizni, ha misha iymon- e’tiqod bilan yashash kabi hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, yuksaltirib borishimiz zarur”. Fuqarolik jamiyatida siyosiy institutlarning bir-biridan mustaqil bo‘lishi va bir-birining tazyiqisiz faoliyat olib borishi lozim. Bu borada fik bildirar ekan prezident asosiy e’tiborni quyidagi holatga qaratish lozimligini uqtirib o‘tdi: “Davlatning kuch-qudrati — avvalo, demokra tik institutlarning mustaqil faoliyat kursatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ruyobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o‘lchanadi”. Fuqarolik jamiyatida sud organliklarining vakolatlari va jamiyatdagi ta’siri sezilarli darajada oshishi lozim. Bugun rivojlangan mamlakatlarning tajribalari sud hokimiyatining samarali tizimi tashkil etilgandagina mamlakatda qonunlarning samarali amal qilishiga erishish va o‘z navbatida fuqarolarning huquqiy madaniyati oshishiga erishish mumkin. Bu borada prezident o‘zining qator chiqishlarida botg‘bot ta’kidlab kelmoqda . prezident sud-huquq tizimini isloh qilishning ahamiyati va zarurligi to‘g‘risida quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan: “Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram bo‘lmagan tarmog‘i sifatida bugun odil sudlov tizimipi demokratlashtirish — huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo‘nalishidir. Ijtimoiy turmushimizniig demokratik instituti tariqasida sudning ahamiti jiddiy oshirilishi zarur. Fuqarolarnint qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish sudlarning va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarinig faoliyatidagi asosiy mazmunga aylanmog‘i lozim. Sud bo‘ldi, desa biz kimdir jazo oldi, deb tushunamiz. Sud bo‘ldi, deganda, odamlar himoya qilindi degai tushuncha qachon ongimizga singadi?! Sud jazolovchi 18 organdan oddiy odamlarning hukuqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib. Haqiqatdan ham mustaqil bo‘lb qolishi lozim Buning uchun: birinchidan, xalq maslahatchilari tizimini isloh qilish zarur. Fuqarolarning odil sudlovni o‘tkazishda qatnashuvi huquqiy-demokratik jamiyatning asosiy prinsiplaridan biridir. De mokratiya rivojlangan ko‘pgna mamlakatlarda professional sud bilan bir qatorda xolis, xalol maslahatchilar ishgirokidagi sudlar muvaffaqqiyatli ishlab turibdi. Biz ana shu tajribani ham o‘rganishimiz kerak. Sud ishlarini ko‘rib chiqishga odamlar o‘rtasida hurmat va ishonch qozongai obro‘li, ma’rifatli fuqarolarni faolroq jalb etish maqsadga muvofiqdir. Sir emas, ko‘p hollarda tashkilotlardan ikkinchi darajali odamlar sudga maslahatchi qilib yuboriladi. Axir, bu qip-qizil ko‘zbo‘yamachilik-ku. Sudda inson takdiri hal bo‘ladiya! Bunga chek qo‘yish kerak ikkinchidan, sudlarning tarkibini takomillashtirish, ularni yangi tuzilmalar bilan to‘ldirish zarur. Shu maqsadda transport va soliq sudlarini tuzish, xolis hakamlar sudlari (tre teyskiy sud) imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim”. Ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim va ustuvor vazifasidir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish xukumatni xalq Bilan yanada yaqinlashtiradi va davlat hayotining eng muhim voqea-hodisalaridan keng jamoatchilik voqif bo‘ladi. I.A.Karimov ommaviy axborot vositalari haqida to‘xtalar ekan quyidagilarni aytib o‘tgan: "Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy bazasiii mustahkamlash zarur. Oliy Majlis, uning qo‘mitalari tegishli qonunlar loyihalari ustida, xususan “Axborotdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Matbuot erkinligi to‘g‘risida”gi Konunlarning loyihalari usti da jiddiy ish olib borishi talab etiladi. Qabul qilinayotgan qonun me’yorlari, ular asosida chiqariladigai xujjatlar so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashi, axborotlar bozori shakllanishi uchup sharoit yaratib berishi, jurnalistlarning sha’ni va qadr-qimmatiii ishonchli tarzda himoya etishi lozim. 19 Erkin demokratik axborot makonini yaratish maqsadida davlatga qarashli bo‘lmagan, mustaqil nashrlar va axborot organlarining tarmog‘ini kengaytirish talab etiladi. Biz axborot vositalaridagi tanqidiy chiqishlarga o‘z munosabatimizni tubdan o‘zgartirishimiz lozim. Tanqiddan keyingi munosabatimiz jurnalistga va taxririyatga ma’muriy tazyiq o‘tkazish tarzida bo‘lmasligi kerak, hozir esa ba’zan shunday bo‘lyapti. Aksincha, nuqsonlarimizdan qutulishda bizga ko‘maklashayotgan, mamlakatimiz taqdiri, islohotlar taqdiri uchun jonbozlik qilayotgan qalamkashlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”. Biroq matbuot borasida xali-hanuz muvaffaqqiyatlarga erishib bo‘lmayotgani, bunga obyektiv va subyektiv sabablar ta’sir qilayotganligi hech kimga sir emas.Prezident yuqoridagi kabi kamchiliklarga to‘xtalar ekan jumladan quyidagi so‘zlarni aytib o‘tgan edi: “ ... bugun matbuotda xolis bir tanqid chiqsa-yu, biror hokim yoki amaldor ertaga jurnalistni yer bilan yakson qilish payida bo‘lsa, tazyiq ostiga olsa, unday hokim ham, amaldor ham uzoqqa borolmaydi. Shu bilan birga fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun samarali amal qiladigan, umuminsoniy qadriyatlarga mos keladigan, uzoq istiqbolni ko‘zlovchi qonunlarni qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Prezidentning quyidagi fikrlari ham buni tasdiqlaydi: “Qonunchilik mexanizmini va qabul qilingan qonun me’yorlari ijrosi iazoratinn yanada takomillashtirish, respublika qonunlarini umume’tirof etilgan xalqaro me’yor va qoidalarga muvofiq holga keltirish muhim vazifa hisoblanadi. Shuni e’tirof etish kerakki, qonun loyihalari odatda idoraviy mahdudlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Sababi shuki, ular mohiyat e’tibori bilan olganda, shu qonunlarni ijro etishi lozim bo‘lgan kishilarning o‘zlari tomonidan ishlab chiqiladi. Natijada ayrim vazirliklar, idoralarning manfaatlari ko‘pincha inson va umuman olganda jamiyat manfaatlariga zid holda birinchi o‘ringa chiqib qoladi. Ayrim qonunchilik hujjatlarining yo‘qligi, borlarining ham goho noto‘g‘ri, qonunga xilof tarzda talqin qilinishi ba’zi qonunlarning samara bermayotganiga 20 sabab bo‘lmoqda. Qonunchilikniig mavjud tartibotidagi jid diy kamchilikni ana shunda deb bilaman”. Prezident erishilayotgan muvaffaqqiyatlar bilan birga bir qator kamchiliklar ham mavjudligini aytib o‘tgan: “Lekin bu orttirgan tajribamiz erkin demokratik jamiyat qu rish yo‘lidagi ilk qadamlardir. Chunki biz ko‘p yillar davomida shaklan ozod, mohiyatan esa qullik holatida yashab kelgan edik. Afsuski, uzoq davom etgan bu zulmning asoratlari xali-hanuz to‘la barham topgani yuk. Ayniqsa, bu illat bizning ongu tafakkurimizda chuqur o‘rnashgan bo‘lib, undan forig‘ bo‘lish oson kechmayapti”. Prezidentning har bir chiqishlari va nutqlarida fuqarolik jamiyatini o‘akllantirish borasida bildirgan fikrlari O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning jonkuyari va ta’bir joiz bo‘lsa uning asoschisi sifatida e’tirof etishga loyiq. Chunki mustabid tuzum asoratlarini yengib chiqib yangicha uslubdagi davlat va jamiyat qurish hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhimligi va ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning birinchi sessiyasida jamiyatimiz va xalqimiz yaqin kelajakda hal etishi zarur bo‘lgan muammolarga e’tiborni qaratdi. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur ma’ruza davlat-huquqiy tafakkurni chinkamiga yanicha sharkdash buldk. Zero, hozirgi zamon davlat- huquqiy fanida ilk bor “davlat”, “hukuq”, “huquqiy madaniyat” va boshqa asosiy toifalar kabi tushunchalar mutlaqo yanga ma’noda o‘z talqinini topdi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faqat murakkab masalalarni o‘rtaga tashlabgina qolmay, ularga batafsil javoblar ham berdi. Shu munosabat bilan u quyidagilarni aytdi: “Biz barpo etayotgan davlat eng avva-lo, umumjaxon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi lozim”1. Biz o‘tmish mutafakkirlari aytib ketgan gaplarni ataylab keltirdikki, bu bilan, bizda fuqarolik jamiyati qurilishi xech vaqosiz bo‘sh joyda emasligini, balki nazariy meroslar yetarlicha borligini ko‘rsatib borishga intildik. Albatta, o‘zgalar 21 tajribasidan nusha ko‘chirish yaramaydi. Lekin uning nimalardan tuzilganini bilib olish shubhasiz zarur qobiliyatidan izlash kerak. Xozircha chuqur ilmiy idrok etishni talab qiluvchi fuqarolik jamiyatining qandaydir bir qayofasi tarkib topgan, xolos. Lekin xozirning o‘zidayoq, u yoki bu mamlakatning o‘ziga xos xususiyat- laridan qat’iy nazar, har qanday fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan eng umumiy g‘oyalar va tamoyillarni ko‘rsatish mumkin. Ulardan ba’zilarini quyida keltiramiz: iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining xilma-xilligi, bozor munosabatlari; inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va muhofaza qilish; hokimiyatning qonuniyligi va demokratik tabiati; qonun va odil sudlov oldida barchaning tengligi, shaxsning ishonchli yuridik himoyalanganligi; xokimiyatlarning bo‘linishi va ularning o‘zaro hamkorlikda ishlashiga asoslangan huquqiy davlat; siyosiy va mafkuraviy fikrlar hilma-hilligi, oshkora muholifatning mavjudligi; so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, ularning o‘zaro majburiyatlari va mas’uliyati; sinfiy tinch-totuvlik, sherikchilik va milliy hamjihatlik. 10) odamlarning munosib xayot darajasini ta’minlovchi ta’sirchan ijtimoiy siyosat. Vatanimiz azaldan bashariyat tafakkur xazinasiga unutilmas hissa qo‘shib kelgan. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat. adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va o‘z navbatida bu falsafiy-ahloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish O‘zbekiston jamiyatini tubdan isloh qilish jarayonining strategik maqsadlaridan biridir. Bu ma’noda fuqarolik jamiyati O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lini ko‘p jihatdan belgilaydigan ijtimoiy buyurtma hisoblanadi. 22 Xozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlardagi siyosatshunos, huquqshunos, sotsiolog, faylasuf va jamiyatshunos olimlarning diqqat markazida turgan fuqarolik jamiyati muammosi O‘zbekiston uchun alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda respublikamizda fuqarolik jamiyatini qurish imkoniyatlari va buning o‘ziga xos jihatlari muhokama qilinadi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati tashabbuslarining uyg‘onishi ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga umid qilish imkonini beradi. Ayrim skeptiklar O‘zbekiston o‘z rivojlanishida G‘arb mamlakatlaridan qolib ketgani va unda fuqarolik jamiyati mavjud emasligini qayd etayotgan bo‘lsalarda, mamlakatimizda bunday jamiyatning shakllanayotganligini kursatuvchi belgilar tobora yaqqol ko‘zga tashlanib bormoqda. O‘zbekistonda hozirgi kunda to‘rt mingga yaqin nohukumat va jamoat tashkilotlari faoliyat kursatmokda. Fuqarolik jamiyati birlashmalari orasida ikki avlod, ikki tulqin mavjud. Ulardan biri — sovet davrida o‘z faoliyatini boshlagan nohukumat tashkilotlari, ikkinchisi — bunday tashkilotlarning taxminan uchdan ikki qismi — mustaqillik davrida ish boshlagan noxukumat tashkilotlaridir. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining quyidagi institutlari shakllanib bormokda: 1. siyosiy partiyalar; 2. ijtimoiy-siyosiy harakatlar; 3. demokratik saylov tizimi; 4. jamoat birlashmalari; 5. nodavlat notijorat tashkilotlar; 6. ommaviy axborot vositalari; 7. oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar 8. milliy-madaniy markazlar; 9. ta’lim-tarbiya muassasalari; 10. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; 11. diniy tashkilotlar; 12. jamoatchilik fikrini o‘rganish institutlari. 23 O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi erkin, iqtisodiy mustaqil mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligini nazarda tutadi. 24 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2003. 2. Karimov I.A.. “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1996. 3. Karimov I.A.. “Yangi uy qurmay turib – eskisini buzmang”. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1993. 4. Boboyev X.B. va Odilqoriyev X. T. Umumiy tahriri ostida. “Davlat va huquq nazariyasi”. “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 2000. 5. “O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi”. Mualliflar jamoasi. Toshkent, “Moliya”, 2002. 6. Odilqoriyev X.T. va G‘oyibnazarov Sh.G‘. Hammuallifligida. “Siyosiy madaniyat”. Toshkent, IIV Akademiyasi nashryoti, 2004. 7. Saidov A. va Tojixonov U. Hammuallifligida. "Islom Karimov Konstitutsiya to‘g‘risida". Toshkent, "Akademiya", 2001. 25