logo

Oz komplektli maktablarda matematika o’qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o’qitishni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

25.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

70.8095703125 KB
Oz komplektli maktablarda matematika o’qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o’qitishni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari I bob. Oz komplektli maktablarda matematika o’qitish xususiyatlari. 1.1. To’la jamlanmagan maktablar haqida va u yerda o’quv ishini tashkil etishning xususiyatlari. Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarida kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo’lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me’yordan anchagina kam bo’lgan 7 yoshli bolalar bo’lganda To’la jamlanmagan maktablar ochiladi. Bu shunday maktabki, unda bir o’qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o’quvchi bo’lishi mumkin. Bir o’qituvchi hamma (I–IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi. Ikkita o’qituvchi, uchta (ba’zan to’rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2 - sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o’qituvchisi ishlaydi), 1- va 3-sinflarni 2- va 4- sinflarni bir komplektga birlashtirishning mos variantlarini tanlanadi. To’la jamlanmagan maktablarda ishlash o’qituvchi va o’quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to’siqlar bilan bog’liq: 1. O’qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o’tishi kerak. To’la jamlanmagan maktablarda darslar bo’yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashdagiga qaraganda ko’p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo’lmay, balki bularni o’zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham qiyindir. Bularning hammasi o’qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi. 2. O’quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin. 3. O’qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug’ullanishga, darsning qolgan vaqtida o’quvchilar mustaqil ishlashiga to’g’ri keladi. 4. O’quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o’qituvchidan yordam olish niyatidan mahrumdirlar, chunki bu vaqtda o’qituvchi boshqa sinf bilan band bo’ladi. 5. Bir sinf o’quvchilari, ayni vaqtda o’qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o’quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak. Shunga qaramay to’la jamlanmagan maktab o’quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud. 1. Sinf o ’ quvchilari sonining kamligi ( ba ’ zan 2–3 ta o ’ quvchi ). Bu o ’ qituvchiga tez - tez so ’ rab turish , o ’ quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi . 2. To ’ la jamlanmagan maktablarda o ’ quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi , u budaftarlar orqali o ’ quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi . 3. To ’ la jamlanmagan maktablar maktab xususiyatiga ko ’ ra o ’ quvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to ’ g ’ ri keladi . Buning o ’ quv maqsadlaridan tashqari , katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor : iroda mustahkamlanadi , qiyinchiliklarni bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi . 4. Yuqori sinf o ’ quvchilari quyi sinf o ’ quvchilariga yordam berishlari mumkin , chunki ular har kuni bir sinfxonasida birga bo ’ lishadi . 3. Darslarni rejalashtirish ham to ’ la jamlanmagan maktablarada ish tashkil qilishni aniqlab beruvchi omillardan biridir . Bu rejalashtirish esa har xil ishlarni bir necha sinf bir vaqtda bajarishni ta ’ minlashdan iborat . Dars jadvali tuzish to ’ g ’ risidagi keng tavsiyalar shuni ko ’ rsatmoqdaki , bunga binoan 1- yarim yillikda har kuni oldingi 1–2 dars faqat 1- sinf bilan o ’ tkaziladi . Bunga kundalik darslar sonini 6 taga yetkazish yo ’ li bilan erishib bo ’ ladi . Buning uchun darslar vaqtini 30 minutgacha qisqartirish kerak bo ’ ladi . Masalan , bir komplektli maktablarda dushanba kuni uchun dars jadvali quyidagicha . Demak , 1- sinflar ikki darsni oldin o ’ qiydi va ikki dars oldin tugatadi . O ’ qituvchi uchun eng og ’ ir soatlar 3 chi va 4 chi soatlardir . O ’ z komplektli maktablarda o ’ quv ishini rejalashtirish tegishli metodik qo ’ llanmalar orqali o ’ qituvchilarga yetkazilmoqda . Uch sinfda bir vaqtda o ’ tkaziladigan bir predmetli ( matematika ) darsining taxminiy rejasini keltiramiz : 1- sinfda « sondan yig ’ indini ayirish » ( mustahkamlash ); 2- sinfda «21 dan 100 gacha bo ’ lgan sonlarni og ’ zaki raqamlash » ( ya ’ ni tushuncha berish ), 3- sinfda «1000 ichida og ’ zaki raqamlash » ( ya ’ ni tushuncha berish ). ( L . Sh . Levenberg va boshqalar . « Boshlang ’ ich sinflarda matematika o ’ qitish metodikasi »). D ars bosqichla ri va qti Ishni sinflar bo’yicha tashkil qilish I sinf II sinf III sinf 1. 10 min Mustaq il. Sondan yig’indini ayi- rishga doir misollar Mustaqil .20 gacha bo’lgan son- larni yozib, ular ustida qo’shish misollari. O’qituvchi boshchiligida yangi mavzu bilan tanishtirish, mustahkamlash. Mustaqil beriladigan topshiriqni tushuntirish. 2. 15 min Mustaq il. Darslikdan misol masalalar berish. O’qituvc hi boshchiligida mustaqil ishni tekshirish. Yangi mavzuni tushuntirish. Mustaqil ishga ko’rsatma. Uyga vazifa Mustaqil. Darslikdan misol masalalar yechish. 3. 15 min O’qituv chi boshchiligida. Mustaq il ishni tekshirish va og’zaki mashq bajarish. «Jim» o’yini, uyga vazifa berish. Musta qil. Darslikdan misol-masalalar ko’rsatiladi. Mustaqil.Ol dingi topshiriqlar davom yetkaziladi. 4. 5 min Must aqil. Darslikdan misol - masalalar ko’rsatiladi. Mustaq il. Oldingi topshi ri ql ar davom yetkazil adi O’qit uvchi boshchi li gi da m ustaqi l ishl ar t ek- shir il adi. Uyga vazif a beri ladi Hamma narsadan oldin to’la jamlanmaganmaktablarda sinf doskasi o’lchamini kattalashtirish kerak. Buning sababi bir necha sinf bilan ishlash sharoitida doskaga, birinchidan bir necha topshiriq materiallari yoziladi va ikkinchidan, bir necha sinf uchun yoziladi. Shu bilan birga topshiriqlar umumiy maktabdagiga qaraganda to’laroq bayon qilinadi. Chunki, o’quvchilar ulardan o’qituvchining tushuntirishlarisiz foydalanishlari kerak. To’la jamlanmaganmaktablar ish tajribasida bu maqsadlarda qo’shimcha yengil ko’chma, osma (yoki tagliklarga o’rnatilgan) doskalar, uzaytirilgan sinf doskalaridan (tortib turiladigan pardalar bilan taminlangan), olib qo’yiladigan (ochiladigan qopqoqli) maxsus doskalardan foydalaniladi. To’la jamlanmaganmaktabda o’quvchilarni o’qitishda har xil jadvallar ham muhim rol o’ynaydi. Bunda asosan umumiy ta’lim maktablari uchun mo’ljallangan jadvallarning (spravochnik, instruktiv, o’rgatuvchi jadvallarning) o’zidan foydalanish mumkin. To’la jamlanmaganmaktablar uchun ma’lumotlari o’zgartiriladigan jadvallarning ahamiyati ayniqsa katta. Masalan, sodda masalalarning (murakkab masalalarning) qisqa yozuvlari namunalarini o’z ichiga oladigan jadvallarni cho’ntakli qilib tayyorlash maqsadga muvofiq, bu cho’ntaklar son ma’lumotlarni unga teskari masala bilan almashtirish natijasida maqsadni amalga oshirish imkonini beradi. To’la jamlanmaganmaktabda algoritmik jadvallarga, ya’ni algoritmik qoidalarni o’z ichiga olgan jadvallarga katta o’rin berish kerak. Т arqatma-didaktik materiallardan foydalanish ham mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradi. Ko’pchilik hollarda bular topshiriqli kartochkalardan iborat bo’ladi. O’qituvchi ikkita yoki uchta sinf bilan mashg’ulot olib boradigan maktab bir komplektli maktab deb ataladi. Ikkita o’qituvchi uchta yoki to’rtta sinf bilan mashg’ulot olib boriladigan maktab ikki komplektli maktab deb ataladi. Kam komplektli maktablar barcha maktablar uchun belgilangan dasturlar bo’yicha ishlaydigan va asosan boshqa maktablarga o’xshash usullardan foydalanadilar, lekin bu yerda darsning tashkil etilishida muhim farqlar bor. Kam komplektli maktabda bolalarni o’qitish va tarbiyalash o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Ikkita sinf bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarni rejalashtirishda o’qituvchi quyidagi masalalarni hal etishi kerak: 1) O’qituvchi rahbarligida o’tkaziladigan mashg’ulot vaqtini qanday taqsimlash kerak; 2) O’quvchilarning mustaqil shug’ullanishlarini qanday tashkil etish kerak; 3) mustaqil ishlarni qachon va qanday tekshirish kerak; 4) bir sinfdan ikkinchisiga o’tishni qanday amalga oshirish kerak. Bu masalalarni hal etish uchun o’qituvchi dars jadvalida matematika darsining o’rnini, darsning turini belgilab olishi, darsning minutlar bo’yicha taqsimlangan puxta va aniq rejasini tuzib olishi lozim. Dars jadvalida matematika odatda birinchi yoki ikkinchi soatga qo’yiladi. Matematika darsini boshqa sinfdagi xuddi shu dars bilan birgalikda bo’lishi eng maqbuldir. To’la jamlanmaganmaktablarda darsning mazmuni va turiga qarab mashg’ulotlarni birgalikda olib borishning ushbu to’rt turi farq qilinadi: 1) barcha sinflarda yangi material o’rganiladi; 2) bir sinfda yangi material o’rganiladi, ikkinchi sinfda esa mashqlar bajariladi; 3) ikkala sinfda malakalarni mustahkamlash va rivojlantirish darsi o’tkaziladi; 4) ikkala sinfda amaliy ishlar yoki ekskursiya o’tkaziladi. 1–3 sinflarda darsni tashkil qilish turlaridan birini ko’rib chiqamiz, u ikkinchi yarim yillik uchun, birinchi sinf bolalari mustaqil ishlash malakasiga ega bo’lganlaridan so’ng tavsiya qilinadi. Darsning bunday tuzilishi ushbu turga mos keladi: Bir sinfda yangi materialni tushuntirib, qolgan ikki sinfda o’rganilgan materialni mustahkamlash. Uchta sinf bir vaqtda shug’ullanganida hamma sinflarda yangi materialni bir vaqtda o’rganishdan qochish kerak. Bir necha sinflar bir vaqtda shug’ullanganida o’quvchilar-ning mustaqil ishlari alohida o’rin tutadi. Darsda mustaqil ishlashning mazmuni quyidagicha: – darsda yangi bilimlarni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan, oldin o’tilgan materialni darslik yoki boshqa manba bo’yicha mustaqil takrorlash; – darsda o’rganilgan materialni mustahkamlash uchun mashqlar; – olingan bilimlarni amaliy qo’llaniladigan turli xildagi mashqlar. Mustaqil ishni to’g’ri tashkil etishda o’quv topshiriqlarining mufassal ishlanmalarini eslatmalar yordamida beradi. Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o’qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshiriqlar kichik hajmli va ergashish xarakterida bo’ladi. Masalan, “Sen ham shunday qil” o’yini. Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz O’quvchilarning materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o’z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga imkon yaratadi. 1.2. Ixtisoslahtirilgan boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish. Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash. Dars o’qitish jarayoning asosiy bo’ginidir. “Dars” so’zining dastlabki ma’nosi- bu ma’lum muddatga bajarilishiga kerak bo’lgan mehnat topshirig’idir. Dars o’quv shakli sifatida XVII asrdan ya’ni 300 yildan buyon mavjud. Darsni bolalar faqatginia o’qib olmasdan balki jamoa bo’lib ishlaydir unda muloqotga bo’lish qoidalariga o’rganadilar va har biri alohida o’rganilayotgan narsada bir- biriga o’qituvchiga o’z munosabatlarini bildiradilar ana shu narsa tarbiyadir. Darsning tuzilishi haqidagi masala matematika metodikasining umumiy qismi asosiy masalalardan biridir. Ixtisoslashgan maktabda matematika darslarining tuzilishi xususiyatlarini tamoman tushunib olish uchun har bir darsning tuzilishida hisobga olish lozim bo’lgan didaktik qoidalar bilan tanishib olish va darsning tuzilishiga qanday bo’lmasin ta’sir qiladigan matematika su jumladn arifmetikada xos bo’lgan xususiyatlarni nazarda tutish kerak. 2.Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar. Darsni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda eng oldin darsning asosiy maqsadlarini aniq oydinlashtirib olish zarur. Darsda nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi, algеbraik va gеomеtrik elеmеntlarning arifmеtika bilan bog`liqligi, didaktik maqsadlar amalga oshiriladi; yangi matеrial bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi, malaka, ko`nikmalar hosil qilishga doir ishlar o`tkaziladi. Har bir darsda turli xil didaktik maqsadlar ko’zlanadi ular orasida bittasi bosh maqsad bo’lib hisoblanadi, uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o’qitilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o’quvchilarni tanishtirish bo’lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirsh va chuqurlashtirish, uchinchisida esa, bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O’tilganlarni takrorlash, o’tilgan bilimlarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o’z ichiga oladi. Yаngi materialni bayon qilish har kuni mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi. Ixtisoslashgan maktablarning tajribasi darsning ma’lum tuzilishini biladiki, ko’pchilik o’qituvchilar bu tuzilishga rioya qilib, ma’lum natijalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o’tgan mavzu takrorlanadi, so’ngra o’tgan mavzu yuzasidan savol – javob o’tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o’quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va unga ko’rgazmalar beriladi. Ba’zan bu maqsadlardan bittasiga bag’ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo’ysunadi. Misoluchun «Ikki xonali sonlarni xona birliklarining yig`indisi bilan almashtirish» mavzusiga bag`ishlangan darsni qaraylik. Dars maqsadi. 1. O`quvchilarni 2 xonali sonlarni xona birliklarining yig`indisi bilan almashtirishga o`rgatish. 2. Nollar bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirish malakalarini mustahkamlash. 3. Sonni yig`indiga qo`shish xossalarini o`rgatishga doir tayyorgarlik ishini o`tkazish. Texnologik xarita tuzish darsni aniq rеjalashtirishga yordam bеradi. Texnologik xarita darslarning to`la ishlanmasidan iborat bo`lmay, balki, shu dars uchun majburiy bo`lgan asosiy bosqichlarini o`z ichiga oladi. 1. Dars № vaqti. 2. Mavzu: 3. Maqsadi: 4. O`tilganlarni takrorlash, yangi mavzuni bayon qilishga tayyorlanish. 5. Yangi matеrialni bayon qilish usuli. 6. Mustahkamlovchi mashqlar tizimi. 7. Mustaqil ish. 8. Ko`rgazmali vositalar. 9. Uyga vazifa. Dars maqsadlarini muvoffaqiyatli amalga oshirishning to`g`ri yo`llarini topishga darsning ta&#39;limiy va tarbiyaviy vazifalarini, irodani qiziqishlarini va qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vazifalarni aniqlash yordam bеradi. Dars mazmunini aniqlash uchun o`qituvchi quyidagi talablarga rioya qilishi kеrak. 1. Dars mazmuni dasturiga mos kеlishi va uning maqsadlaridan kеlib chiqishi. 2. G`oyaviylik va e&#39;tiqodni tarbiyalash. Darsda o`quvchilar dunyoqarashlarini kundalik axloq asoslari sifatida shakllantirish uchun eng qulay, yaxshi sharoit yaratish zarur. 3. Darsni turmush bilan, o`quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan bog`liqligi. 4. O`quv matеrialining o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari yеtadigan bo`lishi. Dars mazmuniga har xil masalalar, mashqlar kiradi. O`qituvchi dars mazmuniga mos bo’lgan masalani tanlashi lozim. Masalan: «Ko`paytirishning guruhlash qonuni»ni quyidagi masala bilan boshlash mumkin. Zoomagazinga qushlar qamalgan qafaslar kеltirildi. Qafaslarni uch qatorga har birida 5 tadan qafas qilib joylashtirildi. Har bir qafasda 2 tadan qush bor. Qafaslardagi hamma qush qancha? Qafasni to’g’i to’rtburchak, qushni uchburchak shaklida tasvirlashga kеlishib olamiz va masalani modellashtiramiz. Model bеrilgan va izlanayotgan miqdorlar orasidagi munosabatlarni aniq ko`rsatish bilan birga o`quvchilarning muammoli vaziyat mazmunini bilib olishlariga, hamda mumkin bo`lgan yеchish usullarini topishga yordam bеradi. Yechilishi: I – usul (5*2)*3=10*3=30 II- usul (5*3)*2=15*2=30 III- usul (2*3)*5=6*5=30 J: 30 ta qush. Mat е matika darslarida bajariladigan asosiy ish turlari: a) og`zaki mashqlar, b) yozma hisoblashlar va masalalar y е chish, v) yasashga va o`lchashga doir mashqlar. Hozirgi zamonning muhim talablaridan biri o`quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini faollashtirishdan iborat. Har bir dars fikrlash, ijod qilishga qaratilgan bo`lishi k е rak. Bir n е cha shunday usullar bilan tanishaylik: 1) Butun sinfga topshirilgan ijodiy ishda har bir o`quvchining maksimal bilimini hisobga olish. 2) Maxsus didaktik mat е riallardan foydalanish. 3) Muammoli vaziyat yaratish, t е stlardan foydalanish. 4) Har xil ko`rsatmali va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash. 5) Darsda musobaqa shaklidan foydalanish. Darsda alohida va umumiy ishni birgalikda mohirona olib borish diff е r е ntsiallashgan o`qitishni amalga oshirishda muhim hisoblanadi. O`qituvchining mahorati darsda o`quvchilar uning tushuntirishlarini qanday qabul qilishlariga, o`quvchilar qanday ishlashlariga, savollarga javob b е rishiga qarab baholanadi. Ma&#39;lumki, boshlang`ich mat е matika asosan uchta kursdan iborat: unda arifm е tika, alg е bra va g е om е triya el е m е ntlari bayon qilinadi. Bu yo`nalishlar bir – biri bilan uzviy ravishda bog`liq holda qaraladi. Bu esa kursda o`tiladigan mat е matika darsi tuzilishi va m е todikasiga ta&#39;sir qiladi. Boshlang`ich mat е matika kursining xususiyatlari nazariy bilimlar, amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish va o`zlashtirishni nazarda tutadi. Shu sababli har bir darsda yangi mat е rialni o`rganish bilan bir qatorda ko`nikma va malakalarni mukammalashtirish ishlari olib boriladi. Mat е matika darslarining xususiyatlari o`quvchilarning mat е matik mat е rialni o`zlashtirish xususiyatlariga ham bog`liq: mat е rialning abstrakt xarakt е rda bo`lishi ko`rsatma vositalarini, o`qitish m е todlarini to`g`ri tanlashni, o`quvchilarga diff е r е ntsial va individual yaqinlashishni talab qiladi. Hozirgi zamon o`qituvchisi o`zida yuqori prof е ssional p е dagogik madaniyatni, d е mokratik k е lajkni ko`ra bilish sifatlarini mujassamlashtirish; o`zi o`qitadigan fanning so`nggi yutuqlarini, p е dagogik va m е todik nazariyani yaxshi bilish; psixologiya ma&#39;lumotlariga asoslanishi; o`quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishi usullarini izlashi k е rak. Dars samaradorligi o`quv mat е rialining mazmuni bilan uni o`qitish m е todlari bilan o`quvchilarning faoliyatlari orasidagi bog`lanishlarning darajasiga bog`liq, shuningd е k, dars alohida qismlarning o`zaro bog`liqligini qanday amalga oshirilishiga, o`quvchilarning nazariy va m е todik tayyorgarligiga bog`liq. O’qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak. Shu dars qanday qismlardan iborat bo’lish kerak, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o’rtasida O’quv materialni qanday taqsimlash, bu qismlar bir biriga qanday bog’lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam bera oladimi va h.k. Ixtisoslashgan maktabda m atematikadan dars turlari : 1. Murakkab dars. 2. Yangi matеrialni o`rganish darsi. 3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi. 4. Takrorlash – umumlashtirish darslari. 5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni nazorat qilish darsi. 6. Muammoli dars. 7. Noan’anaviy dars. 1. Murakkab darslar - boshlang`ich sinflarda eng ko`p o`tiladi. Tuzilishi: 1. Uy vazifasini tеkshirish. 2. Maxsus og`zaki mashqlar. 3. O`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish. 4. Yangi matеrialni idrok qilishga tayyorlash. 5. Yangi matеrialni o`rganish. 6. Yangi matеrialni mustahkamlash. 7. O`tilganlarni takrorlash. 8. Darsni yakunlash va uyga vazifa bеrish. 2. Yangi matеrialni o`rganish darslari - murakkab va yangi matеrialni o`rganish darslari tuzilishi jihatidan o`xshash. Ammo, yangi matеrialni o`rganish darslarida asosiy vaqt yangi mavzuga bеriladi. M: 20-25 minut. (Mus. 10-15 m). 3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash - bunday darsning maqsadi olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi va unda mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi. Tuzilishi: 1. Dars maqsadini qo`yish. 2. Uy vazifasini tеkshirish va o`rganilgan matеrialni mustahkamlash. 3. Darsni yakunlash va uy vazifasi bеrish. 4. O`tilganlarni takrorlash darslari – tuzilishi mustahkamlash dars kabi, takrorlash darslarida asosan o`rganilgan o`quv matеriali tizimga solinadi va umumlashtiriladi. Takrorlash turlari: 1) o`quv yili boshida va kundalik takrorlash; 2) mavzu bo`yicha takrorlash; 3) umumlashtiruvchi takrorlash. 5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni tеkshirish va hisobga olish darslari Tuzilishi: 1. Dars maqsadini aytish. 2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish. 3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo`l - yo`riq bеrish. 4. O`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari. 5. Ishni yig`ib olish. O’qituvchi dars tugashiga 3-5 minut qolganda o’quvchilarga ishni tugatish zarurligini ogohlantiradi, ya’ni ular hamma yozuvlarni va hamma ishni tekshirishni erkin bajarib ulgursin. Qo’yilgan aniq vaqtda barcha o’quvchilar ishni topshirishlari zarur. O’quvchilar ishini tekshirib bo’lgandan keyin, ikkinchi kun o’qituvchi nazorat ishining tahlilini o’tkazadi, u ishning natijasi haqida so’zlab beradi, yaxshi ishlarni ajratadi, qo’pol xatolarni aytib o’tadi. 6. Muammoli dars – muammoli dars. Muammoli vaziyatni hosil qilib dars o`tishni nazarda tutadi. Tuzilishi: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Qo`yilgan muammoni hal qilish. 3. Yangi bilimlarni tadbiq qilishga doir maxsus mashqlar bajarish. 4. Bajarilgan ishlarga yakun yasash. Ammo, bu rеja o`zgarishi mumkin. Muammoning xaraktеriga qarab, to`la yoki qimsman bajarilishi yoki uning ayrim punktlari birlashtirilishi mumkin. Misol «42:3 ko`rinishdagi jadvaldan tashqari bo`lish» ni o`rganish. 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. Siz, 46 ni 2 ga bo`la olasizmi? Buning uchun 46=40+6 almashtiramiz. Endi 42:3 ni qaraylik, buni yuqoridagi usul bilan ishlab bo`lmaydi. (muammo). 2. Muammoni hal qilish. Buning uchun 42 ni 3 ga bo`linadigan 10 likka ajratimiz va qolgan birliklarga bo`lamiz. 42:3=(30+12):3=30:3+12:3=10+4=14 (og`zaki). 3. Yangi bilimlarni amalda qo`llash. 72:6, 52:4, 34:2. 4. Yakunlash. O`quvchilar bo`linuvchini qulay qo`shiluvchilar yig`indisi bilan almashtirish kеrak dеgan xulosaga kеlishadi. Ular shunday tanlanadiki, ulardan biri bo`luvchiga qoldiqsiz bo`linadigan sondagi 10 liklardan iborat bo`ladi. Uyga vazifa. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o’rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog’i kerak. Matеmatika darsi tahlili. 1. Dars ahamiyatini aniqlash, mazmuni, usulini baholash. 2. Ta&#39;limiy va tarbiyaviy maqsadlari; dasturga mos kеlishi, hayot bilan bog`liqligi, ilmiylik darajasi, qiziqishi, mustaqilligi, aqliy faoliyatlarini faollashtirish. 3. O`quvchilar bilan ishlashi, topshiriqlar bеrishi. 4. O`quv vositalari bilan ishlashi. 5. O`qituvchi qiyofasi. 6. Umumiy baho. Yuqorida ko’rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga bog’liq bo’lgan ba’zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya’ni matematika darsi o’quvchilarning amaliy ishlariga ham qaratilishi mumkin: o’lchashga doir, geometrik figura chizish, predmetlarni tortish, o’qituvchi tomonidan ko’rsatmalar kiritish, o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashini tashkil qilish, bajarilgan ishlarni o’qituvchi qabul qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin. Bunday dasturning xususiyati shundan iboratki, bu yerda o’quvchilar faqatgina darslik va daftar ustida ishlash bilan shug’ullanmay, balki o’lchash, chizish va boshqa qurollar bilan ishlashga o’rganadilar. II bob. M atematika darslarida iterfaol metodlardan foydalanish. 2.1. Iterfaol metodi tushunchasi talqini va ularning turlari Ta’limning interfaol usullarining markazida o’quvchi shaxsining mustaqil tafakkurlay olishga o’rgatish masalasi turadi. Ko’p yillik qolipga o’rnashgan, eski tipdagi darslar tizimi o’quvchilarning erkin fikrlashiga to’siq bo’lib, faqatgina o’qituvchining ma’lumot berishiga asoslangan edi.Ta’limda intefaol usullarni qo’llashning muhim tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o’quvchida yashirinib turgan qobiliyat va ist’dodlarni ro’yobga chiqarish hamda ularda o’z imkoniyatlariga ishonch bilan yondashishni tarbiyalaydi.Ta’limning intefaol usullarini maktab amaliyotida qo’llash , o’quvchiga har bir fandan o’rganiladigan ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni shunchaki o’rganib qolmasdan , balki uni keltirib chiqaruvchi sabablarni ham aniqlashtirishga yordam beradi. Aqliy hujum metodlari haqida tushuncha. Aqliy hujum- g’oyalarni generatsiya qilish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar (generatsiya kiradi). U ishtirokchilarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga rag’batlantiradi. «Aqliy hujum»ning vazifasi kichik guruhlar yordamida yangi- yangi g’oyalarni yaratishdir. Bu usul muammoni hal qilayotgan kishilarning ko’proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g’oyalarni yaratishga undaydi. G’oyalar qancha ko’p bo’lsa. Ularning hech bo’lmaganda bittasi ayni muddao bo’lishi mumkin. «Aqliy hujum»ning qoidalari: 1. Fikr va g’oyalar hech qanday cheklanmagan holda iloji boricha qattiqroq aytilishi lozim; 2. Bildirilgan fikr va g’oyalar takliflar berish to’xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi; 3. Bildirilgan har qanday g’oya va fikrlar hisobga olinadi; 4. Qancha ko’p g’oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi; 5. Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin; 6. Barcha aytilgan takliflar yozib boriladi; 7. Takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi. Klasterlarga ajratish- o’quvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» so’zi hujm, bog’lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. Klaster tuzish ketma-ketligi: 1. Katta varoq qog’ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo’lgan sathga «kalit» so’z yoki gap yoziladi; 2. Su mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so’z va gaplar yoziladi; 3. Fikrlarpaydobo’lgandavaularniyozgandafikrlaro’rtasidamumkinbo’lga nbog’lanishlarnibelgilash; 4. Fikrlartugamagunchayokivaqttamombo’lgunichaxayolgakelganbarcha fikrlaryozilaveradi; 5. Keltirilganso’zvafikrlarmazmunivayaqinligigaqarabtoifalargaajratibch iqiladi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi. «Baliq skleti» texnikasi. Darsdan tashqari olib boriladigan ishlar Mustaqil uy ishlari Insert usuli Insert usuli tushunishni kuzatish vositasidir. Insert- bu o’quv jarayonida o’z anglashini faol kuzatish uchun o’quvchilarga imkoniyat beradigan kuchli vositadir, chunki shunday hollar borki, odam matnni oxirigacha o’qib, u yerda nima yozilganligini eslab qololmasligi mumkin Hamma ishtirokchilar ishni tugatganlaridan keyin ular jadvalni oldlarida ushlab zalning o’rtasiga chiqishadi. U yoq- bu yoqqa o’tib ishtirokchilar bir- birlari bilan tanishadilar. Ishtirokchilar o’z ismlarini jadvallarga yozib, ularni devorga ilib qo’yishadi. Maktabda matematika o’qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko’p yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli darsdir. O’quvchilarning matematik bilimlarni o’zlashtirishi faqat o’quv ishida to’g’ri metod tanlashga bog’liq bo’lmasdan, balki o’quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bog’liqdir. Dars deb dastur bo’yicha belgilangan , aniq jadval asosida, aniq vaqt mobaynida o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zgarmas soni bilan tashkil etilgan o’quv ishiga aytiladi. Dars vaqtida o’quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish, har xil o’lchashlarni bajarishga o’rganadilar, ya’ni darsda hamma o’quv ishlari bajariladi. Matematika darsining o’ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o’quv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra va geometriya elementlari ham o’rganiladi. Matematika boshlang’ich kursining boshqa o’ziga xos tomoni nazariy- amaliy masalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy ko’nikma va malakalar singdiriladi. Odatda darsda bir necha didaktik maqsadlar amalga oshiriladi: yangi materialni o’tish; o’tilgan mavzuni mustahkamlash; bilimlarni mustahkamlash; bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; mustahkam o’quv va malakalar hosil qilish va hokazo. Matematika darslarining o’ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - o’quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko’rgazmali vositalar, o’qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, o’quvchilarning faolligi, sinf o’quvchilarining o’zlashtirish darajasi kabilarga ham bog’liq. Hozirgi zamon matematika darslari oldiga qo’yilgan talablardan yana biri o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyatini o’stirishdan iboratdir. O’quvchida analiz, sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalar shakllanadi. Boshlang’ich sinflarda matematika darslar tizimi - O’quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o’zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O’qitish jarayonida har bir o’quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o’quv materiali o’zidan keyin o’qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo’ladi. Boshqa tushunchaning o’zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o’zaro bog’liqli o’qitilishi natijasida hosil bo’ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o’zida hosil qilinmasdan, balki o’zaro aloqada bo’lgan bir qancha darslarni o’tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. Shuning uchun o’qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak. Darslar tizimining tuzilishidagi eng katta talab darsning o’quv-tarbiyaviy maqsadini e’tiborga olish, o’qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo’yicha yaxshi o’ylangan darslar tizimining o’quv vaqtini mavzuchalarga to’g’ri taqsimlashga bog’liq. Unda o’quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mustahkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash kerak. Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlarni o’zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi. 1. Yangi materialni o’qitishga tayyorlash. 2. Yangi o’quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish. 3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalarni hosil qilish. 4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish. 5. Bilim va malakalarni tekshirish. Matematika dars tiplari va tarkibi. Ko’pincha metodik adabiyotlarda darslarni uning didaktik maqsadi bo’yicha ajratish asos qilib olinadi. Quyida matematik dars tiplari keltiramiz: 1. Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi. Bularda o’quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar: 3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi. Bularda oldingi darsda o’zlashtirgan bilim, ko’nikma, malakalarni mustahkamlashga doir misol va masalalar ishlaydilar. 4. Takrorlash – umumlashtirish darslari. Bularda ma’lum bir bo’lim tugaganda, yoki o’quv yili boshi va oxirida takrorlash , umumlashtirish misol bo’ladi. 5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni nazorat qilish darsi. 6. Aralash yoki murakkab dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo’lib, ularning hammasi ham muhimdir Har bir matematika darsi o’z tarkibiy tuzilishiga ega. Dars quyidagi asosiy qismlardan iborat bo’lishi mumkin: Aralash dars rejasini keltiramiz. I Тashkiliy qism. Maqsad: ish vaziyatini yaratish ( 1-1,5 min ) II Uy vazifasini tekshirish: so’rash, didaktik material bilan frontal ishlash, aralash so’rash (7 – 10 min ) III Yangi bilimlar berish, yangi materialni tahlil etish (suhbat, hikoya,ma’ruza, darslik va daftar bilan mustaqil ishlash) (15 – 20 min ) IV Yangi materialni mustahkamlash, ilgari o’tilgan materialni takrorlash, mashqlar, didaktik o’yinlar elementlari. (5 –15 min. ) V Uy vazifasi, uning mohiyati bajarilish uslubiyoti, amaliyot bilan aloqasi fanlararo aloqadorligi. (5 min ) 2 min. VI Darsning yakunlanishi. (2 min ). Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir. Yangi bilimlar berish. Darsnig bu bosqichi maktab o’quvchilarida bilim va o’quv malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liq. Mazkur bosqich ayrim qismlarga ajraladi: a) yangi materialni o’rganishga tayyorgarlik: b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish): d) yangi materialni o’rganish: e) qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish (yodlash). Og’zaki sanoqdayoq yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash maqsadida o’qituvchi shunday savollarni kiritadiki, ularga beriladigan javoblar ularni yangi bilimlar bilan bog’lash hamda bilim va uquvlar umumiy tizimiga kiritilishiga yordam beradi. Yangi mavzuni, yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish mumkin, biroq bu ishni o’quvchilarni yangi hisoblash usullari, xossasi va hokazo bilan tanishtirilgandan so’ng yakun, tushuntirish xulosasi sifatida ham amalga oshirish mumkin. Yangi mavzu so’rash orqali tekshiriladi. So’ngra qisqacha so’zlash, nazariy bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi. Masalan, 1 sinfda bolalar “36-2 va 36-20 ko’rinishidagi ayirish” mavzusida yangi ayirish usuli bilan tanishdilar. Mustahkamlash uchun ular uyda ushbu misollarni echadilar: 69 – 3 98 – 6 69 - 30 98 – 60 Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o’rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun bunday topshiriqni bajaradilar: 2 dm > 18 sm 1 so’m > 80 tiyin 6 sm < 2 dm 60 tiyin > 50 tiyin Amaliyotning ko’rsatishicha, uy vazifasi odatda sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil etadi. Darsni yakunlash. o’qituvchi darsni yakunlaydi: “Darsda nima bilan shug’ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?” o’quvchilar bilan birgalikda yangi qoida takrorlanadi. Dars mazmunini aniqlash uchun o`qituvchi quyidagi talablarga rioya qilishi kеrak. 1. Dars mazmuni dasturiga mos kеlishi va uning maqsadlaridan kеlib chiqishi. 2. G`oyaviylik va e&#39;tiqodni tarbiyalash. Darsda o`quvchilar dunyoqarashlarini kundalik axloq asoslari sifatida shakllantirish uchun eng qulay, yaxshi sharoit yaratish zarur. 3. Darsni turmush bilan, o`quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan bog`liqligi. 4. O`quv matеrialning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari yеtadigan bo`lishi. Dars mazmuniga har xil masalalar, mashqlar kiradi. O`qituvchi bularni almashtirishi mumkin. Hozirgi zamonning muhim talablaridan biri o`quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini aktivlashtirishdan iborat. Har bir dars fikrlash, ijod qilishga qaratilgan bo`lishi kеrak. 1. Bir nеcha shunday usullar bilan tanishaylik: 1) Butun sinfga topshirilgan ijobiy ishda har bir o`quvchining maksimal bilimini hisobga olish. 2) Maxsus didaktik matеriallardan foydalanish. 3) Muammoli vaziyat yaratish, tеstlardan foydalanish. 4) Har xil ko`rsatmali va ekran vositalarini qo`llash. 5) Darsda musobaqa shaklidan foydalanish. Darsda alohida va umumiy ishni birgalikda mohirona olib borish diffеrеntsiallashgan o`qitishni amalga oshirishda muhim hisoblanadi. O`qituvchining mahorati darsda o`quvchilar uning tushuntirishlarini qanday qabul qilishlariga, o`quvchilar qanday ishlashlariga, savollarga javob bеrishda va olishga qarab baholanadi. 1. Murakkab darslar - boshlang`ich sinflarda eng ko`p o`tiladi. Tuzilishi: 1. Uy vazifasini tеkshirish. 2. Maxsus og`zaki mashqlar. 3. O`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish. 4. Yangi matеrialni idrok qilishga tayyorlash. 5. Yangi matеrialni o`rganish. 6. Yangi matеrialni mustahkamlash. 7. O`tilganlarni takrorlash. 8. Darsni yakunlash va uyga vazifa bеrish. 2. Yangi matеrialni o`rganish darslari - murakkab va yangi matеrialni o`rganish darslari tuzilishi jihatidan o`xshash. Ammo, yangi matеrialni o`rganish darslarida asosiy vaqt yangi mavzuga bеriladi. M: 20-25 minut. 3. Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni mustahkamlash - bunday darsning maqsadi olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi va unda mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi. Tuzilishi: 1. Dars maqsadini qo`yish. 2. Uy vazifasini tеkshirish va o`rganilgan matеrialni o’quv topshiriqlari vositasida mustahkamlash. 3. Darsni yakunlash va uy vazifasi bеrish. 4. O`tilganlarni takrorlash darslari – tuzilishi mustahkamlash dars kabi, takrorlash darslarida asosan o`rganilgan o`quv matеriali tizimiga solinadi va umumlashtiriladi. Takrorlash darslari ko’rinishlari: 1) o`quv yili boshida va kundalik takrorlash; 2) mavzu bo`yicha takrorlash; 3) umumlashtiruvchi takrorlash. 5. Bilimlar malakalari va ko`nikmalarni tеkshirish va hisobga olish darslari Tuzilish: 1. Dars maqsadini aytish. 2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish. 3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo`l - yo`riq bеrish. 4. O`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari. 5. Ishni yig`ib olish. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Asosiy darsliklar va o`quv qo`llanmalar. 2. 1.Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. (O O`Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiya” 2005 yil. 3. Jumayev M.E, Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan praktikum. (O O`Y uchun o`quv qo`llanma ) Toshkent. “O`qituvchi” 2004 yil. 4. Jumayev M.E, Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan laboratoriya mashg`ulotlari. (O O`Y uchun o`quv qo`llanma ) Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2006 yil.