logo

7-§. Oddiy va mahalliy qirqimlar. ularning chizmalarda belgilanishi. 8-§. Nazorat ishi. 9-§. Ko'rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirish 9-sinf

Yuklangan vaqt:

02.08.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1983.5 KB
9-sinf tasviriy san’at darsligi asosida 7-8-9-mavzu: 8-§. NAZORAT ISHI 9-§. KO‘RINISHNING YARMI BILAN QIRQIMNING YARMINI BIRLASHTIRISH Detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bitta kesuvchi tekislik qo‘llanilsa, hosil bo‘lgan qirqim oddiy qirqim deyiladi. Kesuvchi tekislik proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib o‘tkazilsa, qirqim o‘sha proyeksiyalar tekisligida tasvirlanadi va o‘sha tekislik nomi bilan ataladi. Masalan, 5.3-chizmada kesuvchi A tekislik V ga parallel, ya’ni kesuvchi tekislik frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgani uchun frontal qirqim deb ataladi. Kesuvchi tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, bunday qirqim gorizontal qirqim deb ataladi (6.1-chizmaga qarang). Agar kesuvchi tekislik profil proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, bu holatda profil qirqim hosil bo‘ladi (6.2- chizma). Bunday qirqimlar oddiy yoki to‘liq qirqimlar deb ham ataladi.  7.1-, 7.2- va 7.3-chizmalardan bittasining ko‘rinishlarini ish daftaringizga ko‘chirib chizing va qirqimini bajaring. Mahalliy qirqim. Detallarning ba’zi bir joylarida teshik, chuqurcha va o‘yiqlar uchraydi. Ularning shaklini ko‘rsatishda mahalliy qirqimlardan foydalaniladi. 7.4-chizmada gayka kalitining oltiyoqli prizmatik teshigini ochib ko‘rsatish uchun mahalliy qirqim qo‘llanilgan. Mahalliy qirqim hosil qilish uchun teshikning simmetriya o‘qi bo‘yicha kesuvchi tekislik o‘tkaziladi. Teshikdan biroz o‘tgandan keyin detalning qirqilgan qismi fikran sindirib olinadi. Detal ko‘rinishida bu kesuvchi tekislik fikran o‘tkaziladi va u chizmada ko‘rsatilmaydi. Mahalliy qirqim chegarasi ingichka to‘lqinsimon chiziqda ko‘rsatiladi. 7.5-chizma, a da o‘qning bitta ko‘rinishi tasvirlangan bo‘lib, uning uchlaridagi teshik va chuqurchalarni ochib ko‘rsatishda mahalliy qirqim tatbiq etilgan. Mahalliy qirqim chegarasi detalning kontur chizig‘i bilan qo‘shilib qolmasligi kerak. 7.5- chizma, b da to‘g‘ri va noto‘g‘ri bajarilgan mahalliy qirqim ko‘rsatilgan. Detaldagi teshik yoki chuqurchaning shakli mahalliy qirqimda aniqlanmaydigan bo‘lsa, kesimni qo‘llash mumkin. Kesim va mahalliy qirqimlarni o‘z o‘rnida tatbiq qilish orqali detalning ko‘rinishlari sonini kamaytirish imkoni tug‘iladi. 7.6-chizmadagi detallarning ko‘rinishidan bittasini M 2:1 da ko‘chirib chizing. Unda mahalliy qirqimni bajaring va o‘lchamlarini qo‘ying. 7.6-chizma, A da detalning ko‘rinishlari berilgan. Mantiqiy fikr yuritib, undagi mahalliy qirqimlarni kompyuterda bajarilsin. 9-§. KO‘RINISHNING YARMI BILAN QIRQIMNING YARMINI BIRLASHTIRISH Ko‘pincha, detalning shaklini faqat ko‘rinish yoki qirqim yordamida aniqlash mumkin. Shu sababli ham ko‘rinish bilan qirqimni alohida-alohida chizish shart emas. Buning uchun bitta tasvirda ham ko‘rinish, ham qirqimni birlashtirib tasvirlash orqali maqsadga erishish mumkin. 9.1-chizmadagi detal ustdan ko‘rinishda ikkita markaziy simmetrik o‘qiga ega. Bunday chizmada standartga muvofiq qirqimning yarmini ko‘rinishning yarmi bilan birlashtirib tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi. Shunday qilinganda detalning tashqi shakli bilan uning ichki tuzilishini bir vaqtning o‘zida ko‘rsatish mumkin bo‘ladi (9.1-chizma). Shunda sirtdagi teshiklardan orqadagisi to‘g‘ri to‘rtburchak, oldindagisi silindrik ekanligi ham ravshanlashadi. Ko‘rinishning yarmini qirqimning yarmi bilan birlashtirib tasvirlash . 9.2-chizma, a da detalning ko‘rinishlarida qirqim tatbiq etilmagan. Shu detalning frontal qirqimi 9.2-chizma, b da ko‘rsatilgan. Endi shu ikkala chizmadan bitta chizma hosil qilish uchun ko‘rinishning yarmi – c va d, qirqimning yarmi – m va n tomonlar qo‘shib chiziladi (9.2-chizma, d). Ustdan ko‘rinishi o‘zgartiril maydi. Ko‘rinishning yarmi bilan qir qimning yarmini birlashtirib tasvirlangan chiz masi hosil bo‘l adi. Bunday chizmalar chorak qirqim tatbiq qilingan chizmalar ham deyiladi. Bunday qirqimlarda: 1. Ko‘rinish va qirqim birlasht irilgan joy chegar alari detalning simmetriya o‘qi, ya’ni shtrix-punktir chiziq orqali ko‘r satiladi. 2. Detalning ko‘rinish (chap) tomo ni dagi ichki tuzilishini ko‘rsatuvchi shtrix chiziqlar o‘chirib tashlanadi. 3. Frontal va profil ko‘rinishda qirqim doimo simmetriya o‘qining o‘ng tomonida yoki gorizontal qirq imd a gorizontal simmetriya o‘qining ostida tasvirla nadi. Yarim ko‘rinishni yarim qirqim bilan qo‘shib tasvirlashda, ba’zi o‘lchamlarning strelkalari bir tomonlama qo‘yiladi. Lekin o‘lcham qiymati to‘liq yoziladi. Masalan, 9.3-chizmadagi 12 va 30 ∅ ∅ o‘lchamlar. Strelka qo‘yilmagan tomoni simmetriya o‘qidan biroz o‘tgan bo‘ladi.