logo

Boshlang’ich ta’limda tabiiy fanlarni o’qitishda nazorat va o’z o’zini nazorat labaratoriya va amaliy ish o’zaro nazorat varag’i yordamida EXM ning nazorat dasturlari vositalarida) metodlar guruhi

Загружено в:

25.01.2024

Скачано:

0

Размер:

417.291015625 KB
MAVZU:Boshlang’ich ta’limda tabiiy fanlarni o’qitishda nazorat va o’z o’zini nazorat labaratoriya va amaliy ish o’zaro nazorat varag’i yordamida EXM ning nazorat dasturlari vositalarida) metodlar guruhi R E J A : 1. Boshlang‘ich taʼlim tabiiy fanlarining predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Tabiiy fanlar shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shgan mutafakkur olimlar va jahon metodistlari. 3. Boshlang‘ich taʼlimda tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarni ma’naviy, axloqiy va aqliy tarbiyalash . Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar - tabiiy fanlarni o‘qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z fanini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. Maqsadi -boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi kun talablari asosida zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qo‘llab, yosh avlodga tabiiy fanlarni o‘qitishdan iborat. Vazifasi - o‘quv fani sifatida tabiiy fanlar mazmunini aniqlash, o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o‘quv jihozlarini tatbiq etishdan iborat. Ta’lim muassasalarida tabiiy fanlar o‘qitishning moddiy - texnik bazasi kuchli tashkil etilgan taqdirdagina yuqori malakali kadrlarni tayyorlash imkoniyati tug‘iladi. Shuning uchun ta`lim muassasalarida laboratoriya maydonlari ham yaratiladi. Laboratoriya mashg`ulotlari ikki shaklda o`tkazilishi mumkin: frontal (o`qituvchining ko`rsatmasi bilan) va oldindan tayinlangan topshiriq bo`yicha va oldindan tayinlangan topshiriq bo`yicha. Frontal laboratoriya mashg`ulotlarida ish qismlarga bo`linadi, har bir qism uchun o`qituvchi o`quvchilarga bir vaqtning o`zida bajaradigan alohida ko`rsatmalarni beradi. Ish bir vaqtning o`zida, o`z vaqtida yakunlanadi. Barcha fanlar inson uchun ,hayot uchun xizmat qilish uchun yaratilgan.Shu qatori Tabiiy fanlar - insonni, uning salomatligini, ona tabiatimizni: tuproqni, atmosferani, umuman yerni, kosmosni , barcha jonli va jonsiz jismlarni tashkil etuvchi moddalar va ularning o'zgarishini, ahamiyatini va xususiyatlarini o'rganadigan fanlar yig`indisidir. Tabiiy fanlar qatoriga astronomiya,biologiya, geografiya,fizika,kimyo kabi fanlar kiradi. Tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar, tirik organizmlarning rivojlanish bosqichlari, tabiat va jamiyat qonunlariga bashariyatning ko‘rsatadigan ta’sirlari haqida ilmiy –nazariy va amaliy bilimlar majmuasini yoritish tabiiy va iqtisodiy fanlar blok-modulining asosiy vazifasini belgilab beradi. Laboratoriya (lot. laboratorium — „ishxona“) ilmiy tadqiqot, tajriba va oʻlchov oʻtkazish uchun moʻljallangan joy, obyektdir. Bu atama bilan shuningdek jarayon yoki uskunalari ilmiy laboratoriyaga oʻxshash boshqa ishxonalar ham nomlanadi (masalan, fotolaboratoriya, komputer laboratoriyasi). Laboratoriya nazorat laboratoriyalari davlat va jamoat tashkilotlari tarkibida tuzilib, ishlab chiqarishga oid masalalarni tekshiradi. Boshlang‘ich taʼlimda tabiiy fanlarning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi . Boshlang‘ich taʼlim tabiiy fanlari asosan, botanika, zoologiya, biologiya, geografiya, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, psixologiya, pedagogika, agrotexnika, meteorologiya, mantiq kabi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Shu fanlar bilan bo‘ladigan aloqa o‘qituvchining o‘sha fan asoslarini egallagan bo‘lishida, ularning eng muhimlarini ajrata olish, materiallarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo‘ladi. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlarni o‘z ichiga olgan faoliyat jarayonida kechadi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqot dalillari alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiiy qismi bo‘lishi kerak. Uni o‘qituvchi hisobga olmasa, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni tushuntirish imkoniyatini pasaytirib yuboradi