logo

Trаnskripsiya sikli - DNK bilаn bоglаnish, RNK zаnjirini inisiаsiyasi, RNK zаnjirining o’sishi(elоngаsiya), RNK zаnjirini tеrminаsiyasi

Загружено в:

27.08.2024

Скачано:

0

Размер:

1239.0126953125 KB
Trаnskripsiya sikli: DNK bilаn bоglаnish, RNK zаnjirini inisiаsiyasi, RNK zаnjirining o’sishi(elоngаsiya), RNK zаnjirini tеrminаsiyasi Reja 1. Transkripsiya 2. Transkripsiya mexanizmi 3. Transkripsiyadan keyingi davr 4. Xulosa Transkripsiya ■ Transkripsiya deb DNKda joylashgan genetik axborotni RNKga ko‘chirish va keyinchalik RNKdan ribosomaga o‘tkazish jarayoniga aytiladi. Transkripsiya qilinayotgan DNK bo‘lagi transkripton deb ataladi. Transkriptonlar uzunligi 300 nukleotiddan 108 nukletidgacha bo‘lishi mumkin. ■ Bir guruh qismlar axborotli, boshqalari axborot saqlamaydi.Ko‘pchilik struktur genlarda, ayniqsa eukariotlarda, genetik axborot uzlukli yozilgan. Struktur genlardagi axborot tutuvchi qismlar ekzonlar, axborot tutmaydigan qismlar intronlar deb ataladi Intronlar ekzonlarga nisbatan ko‘pincha uzunroq bo‘ladi va gen ichida intronlarga nukleotid juftliklarni ko‘p qismi to‘g‘ri keladi. Nuklein kislotalar tarkibi Transkriptonning transkripsiya boshlanadigan qismi promotor deb ataladi. Unga transkripsiyani yengillashtiruvchi oqsillar va RNKpolimeraza birikadi Akseptor yoki boshqaruvchi zona bilan transkripsiyaga ta’sir etuvchi turli boshqaruvchilar bog‘lanishi mumkin. Akseptor zonadan keyin intron va ekzonlarni ketma- ketligini saqlagan struktur sistron yoki genlar keladi. Transkripton oxirida joylashgan nukleotidlar – terminator, transkripsiyaning tamom bo‘lganligi haqida axborot beradi Transkripsiya uchun zarur: ■ 1 . Transkripsiyaga uchraydigan DNK bo‘lagi. 2. Ribonukleozidtrifosfatlar (ATF, GTF, UTF, STF). 3. DNKga bog‘liq – RNK polimeraza. ■ RNK sintezini quyidagi sxema bilan tasvirlasa bo‘ladi: kATF + lUTF + mUTF + nSTF DNK,RNK-matritsa RNK + (k+l+m+n)H4P2O7 ■ DNK ikkala zanjiridan RNK- polimeraza nusxa oladi,in vivo DNKni faqat bir zanjiri transkripsiyalanadi. RNK-polimeraza nativ DNK bir zanjiri bilan ma’lum nuqtada bog‘lanadi, natijada chegaralangan qismida bispiral struktura yechiladi va RNK sintezlanadi. DNK-polimerazaga o‘xshab, ferment praymer bo‘lishini talab etmaydi. Transkripsiya mexanizmi 3 bosqichdan iborat ■ 1. Initsiatsiya. 2. Elongatsiya. 3. Terminatsiya Initsiatsiya ■ Initsiatsiya promotorga DNK-ga bog‘liq RNK- polimeraza birikishi natijasida sodir bo‘ladi. Eukariotlarda uchta RNK-polimeraza - I, II, III bor. Bu oqsillar bir necha subbirlikdan iborat bo‘lib, bir-biridan transkripsiya spetsifikligi bilan farqlanadi. RNK-polimeraza I 5,8; 18; 28 S rRNK genlarining transkripsiyasiga RNK-polimeraza II – mRNK, RNK-polimeraza III –tRNK va 5S rRNK o‘tmishdoshlarining sinteziga javobgar ■ RNK-polimeraza doimo polinukleotid zanjirni 51→31 yo‘nalishida uzaytiradi, shuning uchun 51 – oxir har doim trifosfat (f-f-f), 31 oxir erkin -OH saqlaydi. Barcha RNK zanjirlari sintezi yoki fffAdan, yoki fffGdan boshlanadi . Prokariotlarning ilonagasiyasi ■ . Prokariotlarning RNK-polimerazasi 5 turdagi subbirliklardan iborat. Ulardan 4 tasi kor-ferment (lat. cor – yurak) deb ataluvchi agregat hosil qiladi va ular RNK dagi nukleotidlar orasida fosfodiefir bog`larini hosil qiladilar.5- subbirlik σ- faktor (sigma faktor) yoki σ- subbirlik deb atalib, korfermentdan osonlik bilan ajraladi. Bu σ- subbirlik promotor bilan bo`g`lanib, transkriptsiyaning start nuqtasini tanlaydi Elongatsiya RNK polimerazaning qolip DNK yuzasida siljishi natijasida vujudga keladi. Har bir keyingi nukleotid DNK qolipdagi komplementar asos bilan bog‘lanadi. RNK-polimeraza uni uzayotgan RNK zanjiri bilan fosfodiefir bog‘i yordamida bog‘laydi. Elongatsiya tezligi 1 sekundda 40-50 nukleotidni tashkil etadi. • Terminatsiya RNK polimeraza DNKdagi stop-signallar hisoblangan nukleotid ketma-ketliklariga yetgandan keyin sodir bo‘ladi.Transkriptonda shunday stop-signallar bo‘lib poli(A) ketma-ketliklar hisoblanadi. Maxsus terminatsiya faktori – Q faktor topilgan, u oqsil bo‘lib transkripsiyani uzadi.Sintezlangan RNK DNKdan ajraladi va u DNK transkriptonining to‘liq nusxasidir. Demak, yangi sintezlangan RNKda axborot saqlovchi va axborot saqlamaydigan qismlar mavjud. Shuning uchun birlamchi transkript RNKning o‘tmishdoshi deb ataladi. Transkripsiyadan keyingi davr RNK yetiladi. RNKning 3 xil o‘tmishdoshlari tafovut etiladi: 1. mRNK o‘tmishdoshi yoki geterogen yadro RNKsi (gyaRNK). 2.rRNK o‘tmishdoshi. 3. tRNK o‘tmishdoshi. 4.Qalpoqchani hosil qilish (kepirlash). Yadroda RNKning barcha o‘tmishdoshlari transkripsiyadan keyingi yetilish yoki protsessing bosqichini o‘taydilar. protsessing bosqichi 1. Pre-RNKdan axborotsiz qismlarni uzib tashlash. 2. Uzilgan axborotli qismlarni biriktirish – splaysing. 3. RNK 51 va 31 oxirlarini modifikatsiya qilish. Kichik yadro RNKsining (kyaRNK) intronlarni uzish va ekzonlarni biriktirishdagi roli: intron oxiridagi asoslar kyaRNK asoslari bilan komplementar bog‘lanadilar. Ekzonlarning birikishi bilan boradigan jarayon intronning uzilishiga olib keladi. kyaRNK 100 nukleotiddan iborat. ■ Splaysing – ekzonlarning fermentativ birikishi. m- RNKmolekulasida nukleotidlar ketma-ketligi GU juftligidan (51-oxir) boshlanadi va AG juftlik (31-oxir) bilan tugaydi. Bu ketma-ketliklarsplaysing fermentlari uchun tanib olish saytlari (joylari) bo‘lib hisoblanadi. (51) GU, AG(31) ketma-ketliklar tRNK o‘tmishdoshlarida ochilmaganligi sababli 2 tur splaysing fermentlari–mRNK va tRNK uchun mavjudligi taxmin qilinmoqda. Yetilgan tRNK shakllarining paydo bo‘lishi nukleazalar yordamida uzib tashlashdan tashqari purin va pirimidin asoslarini modifikatsiyaga uchrashini talab etadi. Bunday modifikatsiya o‘z ichiga 60 va undan ortiq reaksiyalarni oladi.   Pre-mRNK ning protsessingi. Pre-mRNK dagi axborot saqlamaydigan qismlar ekzo- va endonukleaza deb ataluvchi ribonukleazalar yordamida amalga oshadi. Ular 5¹ -oxiridan boshlab fosfodiefir bog`larini gidrolizlaydilar va pre mRNK dan tayyor mRNK ning zarur qismini qoldiradi. Agar pre-mRNK tarkibida transkriptondan olingan, uzilgan genlar bo`lsa, unda pre-mRNK ning ichki qismida joylashgan intron (axborot saqlamaydigan qism) kesib tashlanadi. Qolgan ekzonlar esa maxsus RNK-ligazalar yordamida bitta zanjirga tikiladi. Natijada transkriptsiyadan keyingi polipeptid zanjirni kodlovchi uzluksiz genlar qayta tiklanadi. Keyin shu yerda, ya’ni yadroning o`zida hosil bo`lgan mRNK ning 5¹-va 3¹- oxirlarining modifikatsiyasi amalga oshadi. ■ mRNK ning 5¹ - oxiriga qalpoq‖ yoki ―KEP‖ deb nomlanadigan oligonukleotid ulanadi ■ Bu ―qalpoq 2yoki 3 ta metillangan nukleotiddan iborat. Bunday metillangan ―qalpoq‖ mRNK ni 5¹-ekzonukleza ta’siridan himoya qiladi. ■ Eukariotlarda mRNKning 3¹- oxiriga taxminan 200 nukleotiddan iborat poliadenilli fragment – poli (A) birikadi. Birikish poli (A)-polimeraza yordamida amalga oshadi. Bu poli (A) – fragment mRNK ning yadrodan sitoplazmaga o`tkazilishi uchun zarur Pre-rRNK ning protsessingi  . Pre-rRNK rRNK ning transkriptoni joylashgan yadrochada hosil bo`ladi. Protsessing natijasida pre-rRNKning yarmidan sal ko`prog`i qoladi. rRNK bir qism nukleotid asoslari metillanishi natijasida modifikatsiyaga uchraydi. Yetilgan rRNK sitoplazmadan kelgan ribosoma oqsillari bilan yadroda ribosomaning kichik va katta subbirliklarini hosil qiladi. Pre-tRNK ning protsessingi  . Pre-tRNK xromosoma DNK sining turli joylarida hosil bo`ladi va yetilgan tRNK ga nisbatan taxminan 40 tacha ko`p nukleotid tutadi. Protsessingda ribonukleazalar yordamida tRNK dan ortiqcha nukleotidlar olib tashlanadi so`ngra tRNK asoslarining metillanishi amalga oshadi. Metillanish tRNK ning nukleazalar ishtirokida parchalanishdan saqlaydi. Oxirgi yetilgan tRNK maxsus uchta nukleotid (aktseptor zona) – SSA bilan maxsus RNKpolimeraza ishtirokida birikadi Yetilgan RNK larning yadrodan sitoplazmaga o`tishi  . Prokariotlardan farqli o`laroq eukariotlarda yadro membranasi mavjud bo`lib, oqsil sintezi bo`ladigan joy – sitoplazma qismlariga tayyor RNKlar yetkaziladi. yetilgan RNK lar yadrodan sitoplazmaga oqsillar bilan kompleks holatida o`tkaziladi va bu oqsillar RNK ni zararlanishdan himoya qiladi hamda tashilib o`tishini amalga oshiradi. mRNK o`ziga xos ―axborot tashuvchi‖ ma’nosini beradigan informofer oqsili bilan bog`lanadi. Bu oqsil bilan birga RNK aminokislotalardan oqsil sintezlanadigan yoki translyatsiya boradigan sitoplazma ribosomalariga yetkazilib beriladi