logo

Dorivor o’simliklar xomashyosining mikroflorasi o’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari

Загружено в:

23.09.2019

Скачано:

0

Размер:

1196.2314453125 KB
Dorivor o’simliklar xomashyosining mikroflorasi o’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari Reja: 1. O’simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to’g’risida ma’lumot. 2. O’simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari. 3. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari, oldini olish choralari. O’simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari Dorilarni tayyorlashda har xil o’simliklardan foydalaniladi yoki ko‘pgina o‘simliklardan qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo’lishi mumkin. Dorivor o’simliklar Dorivor o’simliklar O‘simliklarning kasalligini o‘rganuvchi fan – fitopatologiya fanidir. O’simliklarning kasalliklari chaqiruvchi mikroorganizmlarga katta ziyon keltiradi, chunki ularning ta’sirida hosildorchilik pasayadi, ildiz, barg va o’simlik tanasini zararlab, noyob o’simliklarning yo’q bo’lib ketishiga olib boradi. Dorivor o’simliklarning bu holda uchrashi, bu o’simlikning dori tayyorlash uchun ishlatib bo’lmaslikka olib boradi. O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi sistemasida har xil bo’ladi. Jonli (tirik) o’simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan mikroblar, “epifit mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan yaproq yuza qismida ko’pincha 2 xil bakteriya aniqlandi: 1)Bact herbicola aureum va 2)Psevdomonas fluorescens Fitopatogen bakteriyalarni bir necha avlodga taaluqli hisoblab, ularga qo’yidagi turlar kiradi: 3.Corinobacteria-korinobakteriya 2. Psevdomanus-psevdomanus 4.Cvobacteria-akvobakteriya 1. Ervini-ervini Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining oldini olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun qo’yidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak: 1.Mikroorganizmlarga shikast etkazmagan holda ashyodan foydalanish; dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya qilgan holda to’g‘ri saqlash; 2.Tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash shart-sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfeksiya qilish, sterillangan idishlardan foydalanish va h. k.); 4.Xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to’la-to’kis tozaligiga, shuningdek, shaxsiy gigienaga rioya qilish; 5.Dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda ham zararlanmaydigan qilib, yaxshilab o‘ralgan bo‘lishi kerak; 6.Agar bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan dori mahsulotlari tarkibida bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud bo‘lsa (qand, oqsil moddalar va h.k.), u holda bunday dorilarga konservant qo‘shilishi lozim. O’simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu mahsulotlarni yig’ishtirib olish va tayyorlashning turli bosqichlarida — o’simliklarni yig’ish, dastlabki ishlov berish, quritish, yanchish-maydalash, maxsus idishlarga joylashtirish, shuningdek, standart holatda saqlanish chog’ida xom ashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va tabletka holiga keltirish jarayonida ham urug’lanishi mumkin. O’simliklardan olingan dorivor xomashyolar avvalo saqlanish joyida namlikning belgilangan normadan oshib ketishi natijasida buziladi: namlik oshib ketsa, xomashyo tarkibida har xil zamburug’lar, chirituvchi, sellyuzalarni parchalovchi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar paydo bo’ladi. Mikroblar degradatsiyasi o’simlik farmakologik xususiyatlarining o’zgarishiga olib keladi va zaharli moddalarning hosil bo'lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Adabiyotlar: 1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979. 2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980. 4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981. 5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.