logo

Chorva mollari organizmining rivojlanish qonuniyatlarini, o`sishini o`rganish usullari, hayvonlar rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar

Загружено в:

20.09.2019

Скачано:

0

Размер:

47 KB
www.arxiv.uz Chorva mollari organizmining rivojlanish qonuniyatlarini, o`sishini o`rganish usullari, hayvonlar rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar Reja : 1. Mavzuning ahamiyati. 2. O`sish va rivojlanish qonuniyatlari. 3. O`sish tezligini aniqlash usullari. 4. Yosh mollar rivojlanmasligining shakllari. 5. O`sish va rivojlanishga ta`sir etuvchi omillar. www.arxiv.uz Hayvonlarning individual rivojlanishini ontogenez deyiladi. Oxirgi 15-20 yil mobaynida genetika va malekulyar biologiya fanlarining ravnaqi tufayli ontogenez ta`limoti yanada boyitildi. O`sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish asosida maqsadga muvofiq tipdagi hayvonlarni yaratish mumkin. Chunki har bir turdagi, zotdagi hayvonlarning o`ziga xos o`sishi va rivojlanish xususiyatlari mavjud. Ana shu xususiyatlarni bilib, o`sish va rivojlanishni boshqarish esa zootexnikaning vazifasiga kiradi. Ontogenez asosan ikkita jarayon o`sish va rivojlanish orqali amalga oshadi. O`sish deganimizda hujayralar bo`linishi, ko`payishi hisobiga organizm massasining, o`lchamlarining oshishiga tushuniladi. O`sish negizida asosan uchta jarayon yotadi. (Hujayralarning bo`linishi, massa yoki o`lchamlarning oshishi, hujayralararo o`simtalarning paydo bo`lishi). O`sishni turli olimlar turlicha talqin qiladilar. O`sish va rivojlanish xaqida olimlar o`rtasida shu kungacha xam bir xil fikr yo`q. Masalan, mashhur ingliz biologi D.Xemmend rivojlanishni o`sishning bir turi deb hisoblaydi. Boshqa bir guruh olimlar esa rivojlanish deganda organizm tarkibining murakkablashuvini, organlarning, to`qimalarning tabaqalashuvini tushunadilar. N.N.Кolesnikning fikricha, o`sish hayvon organizmi rivojlanishining bir ko`rsatkichidir. Shunday qilib, rivojlanish deganda organizmning hujayralarining takomillashuvini, ixtisoslashuvini tabaqalashuvini yoki sifat o`zgarishini tushunamiz. Hayvon organizmi rivojlanishining quyidagi xususiyatlari mavjud: 1. Organizmida a`zo, to`qima va hujayralarning ixtisoslashuvi, ma`lum vazifani bajara olish qobiliyati; 2. A`zolarning takomillashuvi; 3. To`qima va a`zolar rivojlanishining o`zaro muvofiqlashuvi; 4. Organizmning muayyan sharoitga moslashuvi; www.arxiv.uz Ontogenez jarayonida ayrim hollarda a`zo va to`qimalarning keskin tabaqalashuvi bilan birga o`sish tezligining kamayishi, boshqa hollarda esa jadal o`sish bilan birga rivojlanishning to`xtab turish holatlari kuzatiladi. Organizmning rivojlanishi tuxum hujayralarning otalanib zigota (murtak) xosil bo`lishidan boshlanadi. Zigotaning eng muhim biologik xususiyatlaridan biri uning rivojlanish jarayonida o`z filogenezini (tarixiy taraqqiyoti) takrorlanishidir. Shuning uchun xam 1866 yilda E.Rekkelning ontogenez – bu filogenezning qisqa takrorlanishidir degan qonuni vujudga keldi. Hayvon evolyusiyasi davrida avlod va ajdodlar o`rtasidagi birlamchi jinsiy hujayralar orqali keyingilari esa tuxum hujayrani ta`minlagan oziqa materiallari; homila davridagi shart-sharoit, onaning suti; tarbiyalash muhiti orqali amalga oshiriladi. Hayvon fenotipida uning genotipidagi barcha xususiyatlar turli namoyon bo`lavermaydi. Masalan, yuqori darajada rivojlangan hayvon genomida 300 mingga yaqin gen saqlanadi. Lekin ontogenezning har bir davrida mavjud genlarning 5 % gina shu alomatlarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Barcha turdagi qishloq xo`jalik hayvonlari ontogenezi uchun o`ziga xos umumiy genetik, bioximik, morfologik, fiziologik qonuniyatlari bor. Genetik qonuniyatlarga quyidagilar kiradi: 1. Ontogenezning genetik tobeligi, hayvon organizmi xususiyatlarining, belgilarining doimiyligi; 2. Hayvon fenotipi shakllanishining genotip bilan bog`liqligi; 3. O`sish tezligi va doimiyligining irsiyat bilan bog`liqligi, mo``tadil (optimal) sharoitda hayvon organizmining ma`lum o`lchamlarga ega bo`lishi; 4. Organizmning irsiy asoslari mutasiya hisobiga o`zgarishi mumkin. 5. Ontogenezning bioximik qonuniyatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi: 1). A`zolarda, to`qimalarda, hujayralarda ko`chadigan o`zaro bioximik jarayonlarni amalga oshirishga qaratilganligi; www.arxiv.uz 2). Organizm qariy boshlgandan keyin assimilyasiya jrayonlarining susaya boshlashi, a`zo, to`qimalarda suv miqdori kamayib, mineral tuzlarning ko`paya boshlashi; 3). Ontogenez o`tishi bilan organizmda azotli moddalarning to`planishining kamaya borishi, natijada oqsillarining fizika-ximiyaviy faolligining sustlashuvi, holestirin to`planishining oshishi. Morfologik qonuniyatlarga quyidagilar kiradi: 1. Yosh o`ta boshlashi bilan o`sish jadalligining pasayishi; 2. Organizm o`sish sur`atining oziqlantirish, asrash sharoiti bilan bog`liqligi; 3. Fiziologik qonuniyatlar o`z ichiga quyidagilarni oladi: 1. O`sish va rivojlanishning bosqichma-bosqich amalga oshishi; 2. Ontogenezning har bir bosqichida shu turdagi hayvonga xos harakatchan muvozanatlar sistemasining saqlanib turishi; 3. Hayvon organizmi qarishi bilan, uning xulq-atvorining o`zgarishi, hayotchanligining, chidamliligining pasayishi. Tuxum hujayra otalangandan tortib to etuk yoshga etib ko`payish, mahsulot berish qobiliyatiga ega bo`lguncha davrda hayvon organizmi embrional va postembrional davrlarni boshidan kechiradi. Embrional fazasi zigotaning xosil bo`lishi va bachadon devoriga birikishi, uning bo`linib ko`payishi, ektoderma, endoderma, mezodermaning xosil bo`lishi, organlarning shakllanishi, hujayra va to`qimalarning farqlanishi va ixtisoslashishi bilan harakterlanadi. Bu vaqtda embrion juda sekin o`sadi. Homila oldi fazasida kuchli anatomik farqlanishi o`zgarib, muskulatura va skelet sistemasi shakllanadi. Qon sistemasi rivojlanadi. Homila fazasi juda uzoq davom etib, hamma organ va sistemalar rivojlanishi, bolaning kattalashishi, jun qoplamining paydo bo`lishi bilan harakterlanadi. P.D.Pshenichniy bo`yicha postembrional taraqqiyotida quyidagi beshta faza mavjud: 1. Yangi tug`ilganlik fazasida yosh hayvon mustaqil yashashga o`rgana boshlaydi. Bu faza o`rtacha 2-3 xafta davom etadi. www.arxiv.uz 2. Sut emish fazasi yosh hayvonlarni ona sutidan ajratguncha yoki sut berish tamom bo`lguncha davom etadi. Bu fazaning dastlabki davrida asosiy oziq sut va obrat (zardob) hisoblanadi. 3. Voyaga etish fazasi bunda hayvon tanasi o`zgaradi, jinsiy organlar va ikkinchi jinsiy belgilar taraqqiy qiladi. Bu fazada hayvonning o`sishi sekinlashadi. 4. To`la etuklik va funksional qobiliyatining gullab yashnagan fazasi. Bu davrda hayvonlar yaxshi, chog`lom bola beradi, maksimal mahsuldolik va hayotchanlikka ega bo`ladi. 5. Qarilik fazasida moddalar almashinuvining pasayishi, jinsiy faoliyatining susayishi, mahsuldorlikning kamayishi bilan harakterlanadi. Shaxsiy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlariga rivojlanishning notekis, davriy, ritmik, korrelyativ va adaptasion turlari kiradi. Embrional taraqqiyotida o`sish quvvati juda yuqori bo`ladi. Embrional va postembrional davrlarda naysimon va pereferik suyaklarning o`sish tezligi kuchaya boradi. Hayvonlar yoshining ortishi bilan muskulaturada suv va oqsil miqdori kamayib boradi, yog` miqdori esa oshib boradi. Organizmning shaxsiy taraqqiyoti adaptasiya qonuniga ham bo`ysunadi. Organizmlarning tashqi muhit sharoitlariga moslashishdagi adaptasiya deyiladi. Ma`lumki hayvonlarda o`sish tezligi davrlarda turlicha bo`ladi. O`sishni hayvonning tirik vazni va tana qismlari o`lchamlariga qarab bilsa bo`ladi. Chorva mollarining o`sish va rivojlanishini nazorat qilish uchun ular ma`lum bir vaqtlarda tortilib, o`lchanib turiladi. Ularni vaqti-vaqti bilan tortib turish, muayyan vaqt ichida vaznining qancha oshganligini aniqlashga imkon beradi. Chorva mollarining o`sishini nazorat qilib borish uchun ularning vazni tug`ilganidan 1, 2, 3, 4, 5, 6, 9, 12, 15, 18, 24 oyligigacha tortib boriladi. Ikki yoshdan oshgandan so`ng yiliga ikki marta tortiladi. Shunda mutloq va nisbiy o`sish aniqlanadi. Mutloq o`sish deganda hayvon tirik vazni yoki o`lchamining ma`lum davrida ko`payishi tushuniladi. Mutloq o`sish kilogrammlarda ifodalanadi. Uni, kunlik, dekada, oylar hisobiga aniqlash mumkin. Mutloq o`sish quyidagi formula bilan aniqlanadi. www.arxiv.uz Masalan, agar buzoq oyning boshida 45 kg tirik vaznga ega bo`lgan bo`lsa, oyning oxirida esa 66 kg bo`ldi. Bir oyda buzoq 21 kg o`sgan yoki sutkasiga 700 gramm semirgan. Mutloq o`sish, o`sishni mutloq o`lchovlarida ko`rsatadi. Nisbiy o`sish o`sishning quvvati yoki tezligini ko`rsatadi. Nisbiy o`sishni quyidagi formula bilan aniqlanadi: Hayvonlarning shaxsiy taraqqiyotiga genetik va tashqi muhit faktorlari ta`sir qiladi. Shaxsiy taraqqiyotning shakllanishini quyidagi sxemada ko`rsatish mumkin. P.S.Sobirov O`zbekiston mahalliy zebusimon qoramollari bilan shvis zotidan tug`ilgan buzoqlar ustida tajriba olib borib, o`sish va rivojlanishga irsiyatning ta`sirini yaqqol ko`rsatib berdi. Ma`lumki, O`zbekiston mahalliy zebusimon sigirlari o`rtacha 250-280 kg tirik vazniga ega, shvis zot sigirlar esa 500-550 kg, mahalliy zebusimon sigirlar (sof urchitilganda) tug`ilgan buzoqlarning tirik vazni 12-15 kg ni tashkil etdi, shvis zot sigirlar (sof urchitilganda) tug`ilgan buzoqlar esa 28-32 kgni tashkil etdi. Mahalliy zebusimon sigirlardan tug`ilgan buzoqlarning tirik vazniga nisbatan shvis zoti sigirlardan tug`ilgan buzoqlarning tirik vazni qariyib 2-2,5 barobar ortiq. Bularning o`sishi va rivojlanishi 18 oygacha kuzatilganda, mahalliy zebusimon sigirlardan tug`ilgan erkak buqachalarning tirik vazni 290-300 kgdan oshmaydi, lekin shvis zoti sigirlardan tug`ilgan buqachalar shu yoshda 440-450 kg bo`lgani aniqlandi. Shuningdek mahalliy zebusimon sigirlarning bolalari kunida 500 grammdan o`sgan bo`lsa, shvis zot sigirlarning bolalari kuniga 800 grammdan o`sib bordi. Demak, o`sish va rivojlanishiga irsiyatning ta`sirini mana shu tajribadan yaqqol ko`rish mumkin. Har bir organizmning shaxsiy taraqqiyoti uning genotipi yoki ota va onadan olingan irsiyati bilan cheklangandir. Masalan, bir xil sharoitda, ya`ni bir otarda o`sayotgan qorako`l qo`zilari har xil rivojlanadi. Ularning ba`zilari yirik, ba`zilari mayda bo`ladi yoki podada ayrim hayvonlar yaxshi va ayrimlari yomon sifatli bo`ladi. Har xil genotipli hayvonlar tashqi muhit ta`siriga har xil javob beradi. Ammo genotipning realizasiya bo`lish darajasi tashqi muhit ta`siriga bevosita bog`liqdir. Ayniqsa, miqdoriy belgilarning (sut, go`sht, tuxum, jun mahsulotlari, kunlik www.arxiv.uz o`sish) rivojlanishga tashqi muhit katta ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun bunday xo`jalikka yaroqli belgilarning yaxshi rivojlanishiga oziqlantirish va saqlash sharoiti bilan ko`proq ta`sir qilish mumkin. O`sish va rivojlanishga qisman nerv tipi, gumoral faktorlar ham ta`sir qiladi. Qalqonsimon bezning tiroksin va gisofizning samotropin garmonlarining ko`p ishlab chiqishi (giperfunksiya bo`lganda) tipi, rasionlar tarkibi, oziqlarning sifati va qayta ishlanganligi, oziqlantirish rejimi, suv bilan ta`minlash hayvonlarning o`sishi va rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. N.P.Chirvinskiy qo`ylar har xil darajada oziqlantirish natijasida ro`y bergan o`zgarishlarni kuzatib, oziq etishmaganda tez o`sishi kerak bo`lgan organ va to`qimalar ko`proq zarar ko`rishini aniqladi. Кeyinchalik A.A.Moliganov xam shu hodisani kuzatdi. Shunday qilib, organizm rivojlanmasligining Chirvinskiy A.A.Moliganov qonuni yaratildi. Bu qonunga ko`ra ayrim to`qimalar va organlarning rivojlanmasligining uchta asosiy shakli – embrionalizm, infontilizm va neotaniya hodisalari aniqlandi. Embrionalizm bo`g`oz hayvonlarning etarli darajada oziq bilan ta`minlanmasligi, rasionda proteinning kam bo`lishi, mineral moddalar va vitaminlarning etishmasligi natijasida yuz beradi. Embrionalizm ro`y bergan hayvonlarda embrionga o`xshashlik xususiyatlar saqlandi, ya`ni kallasi katta sustavlar yo`g`on, oyoqlari esa ingichka bo`ladi. Infantilizm – tug`ilgandan keyin organizmning normal o`smay chala rivojlanishidir. Infantilizm sut emish va sutdan keyingi rivojlanish davrida, oziqlantirishning past darajada bo`lishi natijasida ro`y beradigan hodisa. Infantal hayvonlar yosh hayvonlarning belgilarini saqlab qoladi. Olimlarning tekshirishicha yosh hayvonlarning past darajada oziqlantirganda mayda, uzun oyoqli, tor tanali, kech etiluvchan va kam mahsulot beruvchi hayvonlar shakllanishi isbot qilingan. Neotaniya – chorva mollarining yosh o`sish paytida jinsiy organlarning o`ta o`sishi. Yosh mollarning tana qismlarining o`sishi susayadi, ammo jinsiy organlari yaxshi rivojlangan bo`ladi. Bu hodisa hayvonlarning bo`g`ozlik davrida yomon oziqlantirish natijasida ro`y beradi.