logo

Tarixiy antropologiyada muammolarini tanlash va о‘rganish metodologiyasi

Загружено в:

20.09.2019

Скачано:

47

Размер:

251.9 KB
Tarixiy antropologiyada muammolarini tanlash va о‘rganish metodologiyasi Reja: 1. Antropologik jarayonda qadimgi odamlarning jismoniy xususiyatlarining о‘zgarib borishi. 2. Tarixiy antropologiyada mavjud muammolarni о‘rganishning metodlari. 3. T a r i x i y a n t r o p o l o g i y a g a o i d t u s h u n c h a l a r 1.Antropologik jarayonda qadimgi odamlarning jismoniy xususiyatlarining о‘zgarib borishi. Tarixiy antropologiyaning metodlari qanaqa? Ular boshqa ijtimoiy fanlardlagi ilmiy metodlardan nimasi bilan farq qiladi? An’anaga kо‘ra, antropologiyada ishlash boshqa jamiyatning zaminida ishlashni talab qiladi. Mahalliy- madaniy muhit о‘rab turgan sharoitda insonlar hayotini о‘rganishda etpnografiya qо‘llaniladi. Etnograflar turli jamoalarni tadqiq qilishadi. Ular insoniy qarindoshliklarni mahalliy xalqning yashash sharoitini о‘rgangan holda a n i q l a s h a d i . I n t e r v y u j a d v a l l a r i e t n o g r a f l a r n i n g h a r x i l odamlardan keraklm ma’lumotlarni yig‘ib yurgan odam tomonidan tuziladi. E t n o g r a f l a r m a h a l l i y j a m o a h a y o t i b i l a n b o g ‘ l i q a l o h i d a muhitda maslahatchilar bilan birgalikda ishlab kelmoqda. Hayot, tarix hujjatlari, insoniy tajribalar, madaniy va ma’naviy о‘zgarishlar j a r a y o n i d a о ‘ r g a g a n i l a d i . G e n e a l o g i k m a ’ l u m o t l a r q a r d o s h l i k t a m o y i l l a r i v a i j t i m o i y h a y o t n i о ‘ r g a n i s h d a a l o h i d a m u h i m hisoblanadi 1 .. Arxeologik antropologlar guruhlari vaqt va fazo orqali ham ishlashadi. Oddiy qilib aytganda, arxeologlar har ikkala mahalliy ( q a z i b o l i s h ) v a m a h a l l i y ( t i z i m l i k u z a t u v ) i s t i q b o l l a r i n i birlashtiradi. Zamonaviy etnograflarga о‘xshab, ular joylarning alohida va bо‘lingan holdaligini emas, balki butun bir katta ijtimoiy tizimlarni о‘rganishadi. A n t r o p o l o g l a r e t n i k m a j b u r i y a t l a r n i о ‘ z l a r i n i n g о ‘ q i s h sohalarida, jamiyat va madaniyatda, inson kо‘rinishlarida, boshqa kо‘rinishlar va atrof- muhitga nisbatan anglashadi. 1 Conrad Phillip Kottak Cultural Anthropology . A.Begmatov tarjimasi . Toshkent 2004 y 106 b. An’anaga kо‘ra, antropologlar kichik jamiyatlarda, sotsialashgan zamonaviy millatlarda ishlashadi. Turli о‘rganish texnikalari bunday jamiyatlarda rivojlanadi. Sotsiolog olimlar kuzatuv ishlari oddiy usullarda kompleks jamiyatlarda ishlashadi. Kuzatuv ishlari etnografiyadan nimasi bilan farq qiladi? Kо‘plab a’lo darajadagi javoblarga qaraganda kuzatuv ishlarini olib boruvchi, bajargan ishlarini savollar ishlatib qо‘llashgan. Sotsiolog bо‘laklarni keng aholi haqida xulosa chiqargan holda о‘rganadi. Antropologiya insonni о‘rganuvchi boshqa fanlardan о‘zinii qiyosiyligi va kengqamrovliligi bilan ajralib turadi. Antropologl^ biologiya, til, madaniyat, о‘tmish va hozir mavjud bо‘lgan ibtidoiy zamonaviy jamiyatlarni tadqiq qiladi. Ushbu bobda antropologiyansh asosan madaniy antropologiyaning dala ishlarini olib borish usullash i j ti m oi y f anl ar dagi boshqa usul l ar bi l an qi yosl anadi . Bunda antropologiyaning etnik jihatlari ham inobatga olinadi. Taxminan asrning oxirlariga kelib antropologiya sotsiologiya fanidan ajral chiqa boshladi. Jamiyatni о‘rganishni boshlab berganlar orasida fransiyalik olimi Emil Durkxeym sotsiologiya va antropologiya fani asoschilarida hisoblanadi. Oddiy va murakkab tuzilgan jamiyatlar haqida mushohada yuritar ekan mahalliy Avstraliya xalqlarining yozma yodgorliklariga (Durkxeym 1912/1961) va zamonaviy xalqlarda namoyen bо‘luvchi ommaviy fenomen (о‘z joniga qasd qilish kо‘rsatkichlari kabi)larni nazardan q o c h i r m a y d i . S h u n d a y q i l i b a n t r o p o l o g i y a q a d i m i y j a m i y a t l a r , sotsiologiya esa zamonaviy jamiyatlarga ixtisoslashadi. Tarixiy antropologiyada etnografiyaga xos dala ishlarini olib borish usullarga quyidagilar kiradi: Kundalik faoliyatlarni bevosita kuzatish.  Turli xil darajadagi suhbatlar ;  Genealogik usul Jamoaning о‘ziga xos hayot tarzi haqida muhim maslahatchi bilan olib boriladigan faoliyat 2 . 5. Batafsil muloqot olib borish, odatda ayrim odamlarn; (hikoyachining) hayoti haqidagi ma’lumotlarni beradi. Etnografning shaxsiy kuzatishlari va xulosalari bilan qiyoslanishi mumkin bо‘lgan mahalliy e’tiqodlar va qarashlarni aniqlash Turli xil muammolarga yechim topish uchun yо‘naltirilgan tadqiqotlar; Uzoq muddatli tadqiqot - ma’lum bir hudud yoki makonni doimiy tadqiq etish Guruh bо‘lib tadqiqot olib borish - kо‘pchilikni tashkil qilgan etnograflar tomonidan boshqariladigan tadqiqot k uzatuv va amaliy kuzatuv usuli Etnograflarning kundalik hayotning turli taraflariga, fasliy jarayonlarga va g‘ayrioddiy hodisalarga diqqat bilan yondashishi taqozo etiladi. О‘zlari kо‘rib turgan voqea-hodisalarni qog‘ozga tushirib borishlari lozim. Etnograf dala ishini olib bor e k a n d a s t l a b k i k u n y o k i h a f t a d a b о ‘ l g a n i d e k e n d i u a t r o f d e jarayonlarga ajablanarli nigoh bilan qaramaydi 3 . Kо‘pchilik etnograflar о‘z taassurotlarini shaxsiy kundalik xotira daftarlariga yozib boradilar va bu kundalik zsa rasmiyroq kо‘rinishdagi dala taassurotlari daftaridan farq qiladi. Bu kabi xotira daftarlarida aks etadigan dastlabki taassurotlar keyinchalik madaniy tafovutlarning asosiy jihatlarini qayta kо‘rsatib beradi. Bunday jihatlarga farqli hidlar, odamlarning shovqin-suronlari, ularning ovqat yeyishida og‘izlarining holati va bir-birlariga qanday nigoh bilan qarashlari kirishi mumkin. Arzimas tuyuluvchi bu kо‘rinishlar g‘oyatda muhim ahamiyatga ega bо‘lib, ular Bronislav Malinovski iborasi bilan aytganda «mahalliy hayotning va alohida kishi faoliyatining tassavvur qilib bо‘lmas xususiyatlari dan iboratdir. Bu kabi fundamental jihatlarni 2 3 mahalliy odamlar tabiiy kо‘rinishlar sifatida qabul qiladilar. Bu kabi jihatlar ular uchun aslida gapirishga ham arzimaydigandek tuyulsa-da, lekin antropologning о‘rganmagan kо‘zi bunday g‘ayrioddiy kо‘rinishlarni tezda ilg‘ab oladi va bu holatlar bilan yaqindan tanishish natijasida ularni yaxshiroq tushunish imkoniga ega bо‘ladi. Dastlabki taassurotlar g‘oyatda qimmatli bо‘lib, bu imkoniyatni qо‘ldan boy bermaslik uchun kuzatuvchilardan birinchi navbatda diqqat bilan kuzatishlari va о‘z taassurotlarini tartib bilan qog‘ozga tushirib borishlari talab etiladi. Etnograflar laboratoriya kataklaridagi hayvonlarni о‘rganmaydilar. Psixologlarning kaptarlar, jо‘jalar, dengiz chо‘chqasi va kalamushlar ustidan olib boradigan tadqiqotlari etnografik tadqiqotdan tubdan farq qiladi. Antropologlar tadqiqot qilinayotganlarni boshqarmaydilar yoki ularning ma’lum bir sharoitga qanday javob berishlarini о‘rganmaydilar. Biz tilsiz buyum yoki jonzotlarni о‘rganmaymiz, bizning tadqiqotimiz markazida inson zoti turadi. Etnograflar о‘rganish jarayonida ulardan о‘z bilganlaricha foydalanmaydilar, inson muhitini boshqarmaydilar yoki sinov tariqasida ma’lum faoliyatlarni keltirib chiqarmaydilar. Ular mezbonlar (о‘zga madaniyat vakillari) bilan ishchanlik ruhidagi dо‘stona aloqa о‘rnatishga harakat qiladilar. Etnografiya olib boradigan odatiy tadqiqot usullaridan biri bevosita qatnashuv deb nomlanadi. Bu biz о‘rganayotgan jamoa bilan birgalikda yashash va uning bir qisman aylanish degan ma’noni anglatadi. Inson zoti boshqalar bilan birga yashar ekan biz butunlay befarq kuzatuvchi bо‘la olmaymiz. 2.Tarixiy antropologiyada mavjud muammolarni о‘rganishning metodlari Antropologlarning keng kо‘lamli jamiyatlarda tobora kо‘proq olib borishlari natijasida etnografiya va kuzatuv tadqiqotlar birgalikda olib borishning yangi usullari paydo bо‘ldi (Frik 1994). Kuzatuv tadqiqotida odatda katta aholi orasidan tadqiqot ostidagi aholi guruhi tanlab olinadi. Tо‘g‘ri tanlangan turli xil qatlamlarni о‘z ichiga olgan guruhni о‘rganish natijaa yirik aholi bо‘yicha aniq tasavvurga ega bо‘lish mumkin. Kichikroq jamiyatlarda etnograflar mahalliy xalqni yaxshir biladilar, lekin jamiyatning yirikligi va murakkab tuzilgashi sharoitidagi kuzatuvning egasiz bо‘lishdan boshqa afzalligi mav) emas. Kuzatuv tadqiqotini olib boruvchilar tadqiqot doirasida odamlarni respondentlar deb ataydilar. YA’ni, ular tadqiqot davomr savollarga javob beruvchilardir. Ba’zida ular tadqiqotchi tomonida alohida intervyu vositasida о‘rganiladi. Ba’zida esa dastlaby uchrashuvdan sо‘ng respondentlardan savolnomalarni tо‘ldirishlari talYA qilinadi. Ayrim hollarda esa savolnomalar xolis tanlangan odamlarv pochta orqali yuboriladi yoki talabalar odamlar bilan muloqot oli boradilar yoki telefon orqali bog‘lanadilar. Statistik kitoblarning aksariyatida mavjud statistik raqam jadvali orqali bu guruhlar tanlab olinishi mumkin. Antropologning bosh ahloqiy mas’uliyati u о‘rganayotgan odamlar jonzotlar yeki buyumlarga nisbatan javobgarligidadir. Har qanday mas’uliyat, javobgarlikning buzilishi tadqiqot olib borishni tо‘xtatishga olib kelishi mumkin. Bu kabi bosh ahloqiy mas’uliyatla! r quyidagilarda о‘z ifodasini topgan: Zarar yetkazmaslik va noо‘rin ish qilmaslik. Insonlar va primatlarning mavjud holatlarini hurmat qilish. Arxeologik qoldiq yoki tarixiy hujjatlarni saqlab qolish, tadqiqotda qatnashuvchilar bilan har tomonlama manfaatli aloqalarni о‘rnatishga harakat qilish 4 . Aloqalar о‘rnatuvchi antropologdan ochiq va samimiy bо‘lishi talab etiladi. Shu bilan birga antropologlar aloqalardagi chegaralarni о‘zaro о‘rnatib olishlari kerak. Antropologlar alohida shaxslar, guruhlar yoki madaniy hamda biologik buyumlarni suiste’mol qilmasliklari kerak. Tadqiqotchilar о‘zlari ish olib borayotgan jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatlarini anglab yetishlari kerak. Ular tadqiq etilayotgan odamlar bilan birgalikda ish olib borishga majburdirlar. 4 Conrad Phillip Kottak Cultural Anthropology . A.Begmatov tarjimasi . Toshkent 2004 y. 109 b.  Antropologlar tadqiqot davrida ahloqiy jihatdan favqulodda noqulay sharoitga tushib qolishga tayyor turishlari kerak. Antropologlar о‘z ilmiy sohalari, ilmning ijtimoiy hayotga hamohang bо‘lishi va yaxshi qabul qilinishi uchun javobgardirlar. Ular yolg‘on da’volar yoki mubolag‘ali tushuncha hosil qiladigan gaplardan о‘zlarini tiyishlari kerak. О‘z tadqiqotlarini ilmiy jihatdan isbot qiladigan asoslar keltirishlari, uni soxtalashtirmasliklari talab qilinadi. Shu bilan birga о‘zgalarning tadqiqotlariga xayrixox bо‘lishlari, ularga tо‘sqinlik qilmasliklari talab etiladi. 3. Tarixiy antropologiyaga oid tushunchalar. J a m o a n i о ‘ r g a n i s h : M u r a k k a b j a m i y a t l a r n i о ‘ r g a n i s h n i a n t r o p o l o g i k u s u l i . K i c h i k g u r u h l a r t a r k i b i t u r l i q a t l a s h vakillaridan iboratligi bois etnografik usulda о‘rganiladi. Murakkab jamiyatlar: xalqlar; yirik va aholisi kо‘p bо‘lga ijtimoiy qatlam va markaziy hukumat boshqaruvchiga ega. Madapiy maslahatpchilar: etnografik tadqiqot mavzulari; о‘z| madaniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi soha mutaxassisi . Emik: mahalliy ta’riflar va muhimlik mezonlariga asoslanga tadqiqotning vazifasi. Etik: mahalliy odamlarning emas, balki etnograflar ta’rifi, kategoriyalari muhimlik mezonlariga urg‘u beradi. Kuzazish: arxeologik maydonni tashkil etuvchi qatlamlarni qazish. Genealogik usul: qarindoshlik aloqalari, avlod, nikoh kabilarni diagramma va ramzlar vositasida aniqlash hamda yozib borish. Suxbat jadvali: rasmiy suhbat tartibini tuzishning etnografik usulini tayyor shakl (printerdan chiqqan) sistematik qiyoslaydigan suhbat yо‘nalishini aks ettiradi, savolnomadan farqli о‘laroq mahaliy odam bilan bevosita gaplashish va javoblarni yozib borishni bildiradi. Zaruriy madaniy maslahatchi: hayotning ma’lum soha mutaxassisi. Uzoq muddatpli tahlil: bu tadqiqotchining jamoa, hudud, jamiyat madaniyat muhitiga qayta-qayta tashrif buyurishini anglatadi. Savolnoma: respondentlardan qiyosiy javob olishda sotsiologlardan foydalanishadi. Odatda pochta orqali aloqa qilinadi. Namupa: kichikroq yoki yirik jamoa vakillari. Kuzatuv usuli: antropologlardan tashqari boshqa ijtimoiy soha olimlari tadqiqotlarida qо‘llaniladigan tadqiqot amaliyoti. Namuna stati st ik tahli l va egasiz m a’l um ot yig‘ ish or qali j am iyat lar ni о‘rganadi. Tizimli kuzatuv: keng maydonda joylashuvga asoslanib axborot yig‘ish.  Adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T., 2016 2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. T., 2017 yil 19-avgust 3. Karimov. I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., 1998. 4. Karimov I A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir.T., 2015 5. Historische Antropologie. Kultur, Gesellschaft, Altltag. Gottingen, 1984—1998. 6. Schulze W.(Hg.). Socialgeschihte, Alltagsgeschihte, Mikro-Historie, eine Diskussion. G`ttingen, 1994; (нем.) 7. Кром. М.М. Историческая антропология. Пособие к лекционному курсу. 1- е изд. СП б: 2000; 2-е изд. СП б-2004; 3-е изд. СП б 2010.