logo

O`zbekiston jismoniy tarbiya tizimida gimnastika ( bolalar va o'smirlar, jismoniy shakillanishida gimnastikaning ahamiyati, Jahonning atoqli arboblari )

Загружено в:

20.09.2019

Скачано:

0

Размер:

49 KB
O`zbekiston jismoniy tarbiya tizimida gimnastika REJA: 1. Jismoniy tarbiya tizimida gimnastika. 2. Bolalar va o`smirlarni jismoniy shakllantirida gimnastikaning ahamiyati. 3. Jahonning atoqli arboblari, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, N. Mechnikov, P.F. Lesgaftlar gimnastika haqida. O`zbekistonda jismoniy tarbiya vosita va uslublarining yagona tizimi yaratilgan. Mazkur vositalarning eng ommaviylaridan biri bo`lgan gimnastika bu tizimda haqli ravishda muhim o`rin tutadi. Gimnastika mashg`ulotlari-«yosh avlodni bolalik chog`idan boshlab jismoniy jihatdan sog`lom qilib tarbiyalashni, ularda jismoniy va ma`naviy kuchlarni garmonik tarzda rivojlantirishni ta`minlash» vazifasini hal qilishga yordam beradi. «Gimnastika» yunoncha «gimnos» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, «yalang`och» degan ma`noni anglatadi. Shuningdek, yunoncha gimnostike (gummazs-mashq qildiraman so`zidan) so`zining kishi salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar, uslubiy usullarining tizimi, degan ma`nosi ham bor. Quyidagilar uning asosiy vazifalaridir: 1. Inson organizmi shakl va funktsiyalarini kishiarning jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga, salomatligini mustahkamlashga, uzoq-yilar davomida faoliyat ko`rsatib yashashlarini ta`minlashga yunaltirilgan mukammal rivojlantirish. 2. Muxim ko`nikma va malakalarini (shu jumladan, amaliy va sport kunikmalarini) shakllantirish va maxsus bilimlar bilan qurollantirish). 3. Ahloqiy, irodaviy va estetik xislatlarni tarbiyalash. Ko`p asrlik tajriba va jismoniy tarbiya sohasidagi zamonaviy fan yutuqlari asosida yaratilgan gimnastika O`zbekistonda yanada rivoj topdi va keng tadbiq etiladigan bo`ldi. 4. Ayniqsa bolalar va o`smirlarni jismoniy shakllantirishda gimnastikaning ahamiyati katta. Gimnastikaning xilma-xil vosita va uslublari yordamida boshlang`ich jismoniy tarbiya vazifalari muvafaqiyatliroq hal qilinadi, bolalar va o`smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos yaratiladi, ularning funktsional va ko`nikish imkoniyatlari ancha kengayadi. Gimnastikaning juda katta gigiena-sog`lomlashtirish ahamiyati bor. Qadimgi dunyoning atoqli mutafakkirlaridan biri Plutarx gimnastikaning sog`lomlashtirish ahamiyatiga baho berib: «Gimnastika meditsinaning shifobaxsh qismidir»-degan edi. Jahon fanining atoqli arboblari bo`lgan rus olimlari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, I.N. Mechnikov, P.F. Lesgaft, V.V. Gorinevskiylar jismoniy mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, bu mashqlarni hayotiy va faoliyat va ishchanlik qobiliyatini oshirishning, shuningdek sog`lomlashish va faol dam olishning eng yaxshi vositasi deb bilgan edilar. Gimnastika bilan hamma-bolalar-u kattalar, keksalar-u yoshlar, yaxshi tayyorgarlik ko`rganlar-u endi boshlovchilar, sog`lom kishilar-u va, hatto notob kishilar-shug`ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida, maktablarda, o`rta va oliy o`quv yurtlarida, ko`ngilli sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish janoblari va davolash pansionatlarida, dam olish oylari va sanatoriylarida, O`zbekiston Armiyasi va flotida ham shug`ullaniladi. Gimnastika bilan ko`plar o`z uylarida radiodan eshitib, televizorlardan ko`rib turib, uy boshqarmalariga qarashli turar joy va hokazolarda ham shug`ullanishganlar. Gimnastikaning bunchalik keng yoyilganligiga sabab uning vositalarining barchaga tushunarli va xilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir. Gimnastika mashg`ulotlarida hayotiy zarur malaka hamda ko`nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. Gimnastikaning ta`limiy ahamiyati ham juda katta. O`quv topshiriqlari aniq taqsimlanishining shartliligi, harakatlar analizi va sintezining keng ishlatilishi o`rganilgan harakat faoliyatlarining xilma-xil ijro variantlarida murakkablashtirilishi, harakatlarni cheksiz kombinatsiyalash, forma va koordinatsiya jihatidan xilma-xil bo`lgan juda ko`p jismoniy mashqlarni o`rganish-bularning hammasi shug`ullanuvchilarga o`zlarining harakat imkoniyatlarini baholashni va harakat faoliyati umumiy, qonuniyatlarini aniqlab olishni o`rganish imkonini beradi. Gimnastika insonni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Gimnastika mashqlarini ijro etish texnikasining gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bo`lishi uchun harakatlar ravon va ifodali bo`lishi, ijrochining harakatlari o`ziga yarashadigan, nafis bo`lishi kerak. Gimnastika bilan shug`ullanish natijasida kelishgan qaddi-qomatga ega bo`linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdaning ayrim bug`inlari taraqqiyotida ham, umuman gavda taraqqiyotida ham juda yaxshi mutanosiblikka erishiladi. Gimnastikaning pedagogik ahamiyati ham juda katta. Gimnastika bilan shug`ullanuvchilar milliy istiqlol g`oyasi va onglilik ruhida, faollik va mehnatga ijodiy munosabatda bo`lish ruhida tarbiya topadilar. Mashg`ulotlarning qat`iy bir tartibda bo`lishi, ta`lim berish jarayonini shug`ullanuvchilarning maksimal faolligida tashkil etish-bularning hammasi ularni intizomli qiladi, jismoniy tarbiya jarayoniga e`tibor bilan qarashga odatlantiradi. Nihoyat, gimnastika-aqliy ta`lim bilan jismoniy tarbiya birligining yorqin namunasidir. Gimnastikada qullaniladigan uslublar shug`ullanuvchilarning intelektual faoliyati. Faolligini rag`batlantirish imkonini beradi, markaziy nerv tizimining moyilligini, uning muskul faoliyatining turli holatlariga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. P.F. Lesgaft gimnastikaning maktabdagi ahamiyatini baholab, bunday deb yozgan edi: «Aqliy va jismoniy ta`lim o`zaro shunchalik chambarchas bog`lanib ketadiki, natijada ular maktabning ajralmas vazifasini tashkil etadi; chunki har qanday bir yoqlama rivojlanish ta`lim berishdagi bo`zadi, albatta va barkamol inson bo`lib shakllanish uchun sharoit yaratib bermaydi». O`zbekistonda jismoniy tarbiya o`zaro aloqador ikki yo`nalishda amalga oshiriladi. Bulardan biri umumtayyorlov yo`nalishi bo`lsa, ikkinchisi ixtisoslashgan-amaliy (professional-amaliy, harbiy-amaliy va sport-amaliy) yo`nalishdir. Gimnastikaning vositalari, uning mashg`ulotni tashkil etishdagi uslub va usullari har ikkala yo`nalishda ham keng qo`llaniladi. yuqorida qayd etib o`tganimizdek, gimnastikaning o`ta ta`sirchanligi boshlang`ich jismoniy tarbiya bosqichlarida, insonning jismoniy qobiliyatlarini har yoqlama va garmonik rivojlantirish poydevori yaratilayotgan vaqtda namoyon bo`ladi. gimnastikaning bu asosiy funktsiyasi, uning ko`p asrlik taraqqiyot tarixi mobaynida shakllandi va qaror topdi, bu uning jismoniy tarbiyaning ko`p yoqlama mazmunidagi aniq vazifasini tashkil etadi. gimnastika mashqlarining xilma-xilligini hisobga olgan holda ta`sir etishi qat`iy bir tartibda olib borilsa, ular kishi organizmining ayrim a`zolariga tanlab va loqal (alohida bo`g`imlariga) ta`sir ko`rsatadi, bu esa gimnastikadan jismoniy tarbiyaning amaliy-ixtisoslashgan shakllarida foydalanishni belgilab beradi. gimnastikadan ayrim sport turlarida (suzuvchi gimnastika, bokschi gimnastika, futbolchi gimnastikasi va hokazolarda foydalanish) gimnastikadan ana shunday amaliy-ixtisoslashgan degan gapda yorqin misol bo`lishi mumkin. gimnastikaning uchta mustaqil turi bor: sport, akrobatika va badiiy gimnastika. sport gimnastika-sportning olimpiada turi, olimpiya o`yinlari qayta tiklangan (1896 y) dan beri gimnastika xozirgi olimpiya uyinlari qatoridan mustahkam o`rin egallab kelmoqda. akrobatika va badiiy gimnastika musobaqalarining oliy formasi-jahon birinchiliklaridir. Adabiyotlar 1. Gimnastika. A.M. Shlemin, A.T. Brikinlar tahriri. 1982 yil, Toshkent. 2. www.ziyonet.uz 3. www.uzdji.uz (O`zbekistonDavlat Jismoniy tarbiya instituti)