logo

Umumiy qon tahlili. Olingan natijalar interpretatsiyasi

Yuklangan vaqt:

24.08.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5174.86328125 KB
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Klinik laborator diagnostikasi va DKTF klinik laborator diagnostikasi kursi bilan kafedrasi Umumiy qon tahlili. Olingan natijalar interpretatsiyasi Reja:  1. Qon yaratilishi (Gemopoez tushunchasi)  2.Bemorni tahlilga tayyorlash.  3. Qon namunalarini olish texnikasi  4. Umumiy qon tahlili ko’rsatkichlari.  5. Tahlilni o’tkazish texnikasi.  6. Olingan natijalar interpretatsiyasi.    Umumiy qon tahlili- qon hujayralarini miqdoriy va sifatiy tekshirish usuli. Bemordan umumiy qon tahlili uchun qon olish qoidalari  Bemor stress holatida bo’lmasligi kerak.  Bemorda yallig’lanish jarayoniga shubha qilinganda bemorga nahorga qon topshirish tavsiya etiladi. Chunki ovqatlanish “oziq-ovqat leylotsitozi”ga sabab bo’lishi mumkin.  Spirtli ichimliklar ichish mumkin emas.  Tamaki mahsulotlarini chekish mumkin emas.  Jismoniy faollik, rentgen tekshiruvi yoki fizioterapevtik muolajalardan so'ng darhol qon olinmaydi.  Emotsional zo’riqish mumkin emas. Qon namunalarini olish texnikasi  Tekshiruv uchun kapillyar va venoz qon olinadi.  Katta yoshli odamlarda nomsiz barmoqdan, venadan qon olish mumkin.  Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda oyog’ining bosh barmoq va tovon qismidan qon olinadi.  Qon tahlil uchun chap qo`lning 4- barmog`ining tashqi lateral burchagidan olinadi. Barmoq spirt bilan ishlov berilgandan so`ng bir martalik skarifikatordan foydalanib - 3 mm chuqurlikda teshib olamiz. Bemorning barmog`ini ko`rsatkich va bosh barmoq bilan sekin siqamiz. Chiqqan suyuqlikni quruq paxta bilan artib tashlaymiz, keyin tahlil uchun olamiz. Umumiy qon tahlili ko’rsatkichlari. Gemoglobin - erkaklarda - 130-160 g/l, ayollarda - 120-140 g/l. Eritrositlar soni - erkaklarda - 4,0-5,5x10^12/l, ayollarda - 3,7-4,7x10^12/l Leykotsitlar soni - 4-9 × 109 / l. Trombotsitlar soni - 180-320 × 109 / l. Leykotsitar formula . Gematokrit - erkaklarda - 40-48%, ayollarda - 36-42% Rang ko’rsatkichi- 0,85-1,05. ECHT - 2-10 mm/s, ayollarda- 2-15 mm/s. Qon ivish vaqti- 3-5 daqiqa. Gemoglobinni aniqlash metodlari  Gemotologik analizatorda (gemoglobisianid usuli). Probirkaga 5 ml maxsus eritma solinadi va bemordan 20 mkl qon olinib eritma bilan aralshtiramiz. Gematologik analizatorda o’lchaymiz. Gemoglobinning me’yoriy ko’rsatkichlari: Ayollarda- 120- 140 g/l Erkaklarda- 130- 160 g/l  Eritrositlarni aniqlash metodlari .  1 Goryayev kamerasida sanash.  2 Gematologik avtomatik analizatorda aniqlash (RBC-red blood cells). Eritrositlarning me’yoriy ko’rsatkichlari:  Ayollarda- 3,7-4,7x10^12/l  Erkaklarda- 4,0-5,5x10^12/l  Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda- 6-7x10^12/L  GORYAYEV KAMERASIDA ERITROSITLARNI SANASH  Probirkaga 4 ml 0,9% NaCl eritmasi solinadi va bemordan 20 mkl qon olinib eritma bilan aralshtiramiz.  Tayyorlangan eritmadan 1 mkl olib Goryayev kamerasiga solinadi va mikroskopda sanaladi.  GORYAYEV KAMERASINING KO’RINISHI .  Eritrositlarni hisoblash kamera to`ldirilgandan 2-3 daqiqa o`tgach mikroskop ostida diagonal bo’ylab joylashgan 5 kichik kataklarda sanaladi  (1 ta katak 16 ta kichik katakchalardan iborat).  Eritrositlar miqdorini aniqlash formulasi .  X=(a*4000 *200)/80  a- Goryayev kamerasida sanalgan eritrositlar miqdori.  4000- 1 kichik kvadrat hajmi.  200- qonning suyultirish darajasi.  80- kichik kvadratlar soni.  Eritrositlarning rang ko’rsatkichi Rang ko’satgichi RK=(HB*3)/RBC  RK- 0,85-1,05  gipoxrom anemiya- 0,85 kichik (temir tanqisligi, talassemiya, ba’zi gemolitik kasalliklarda).  normoxrom anemiya- 0,85-1,05 (o’tkir postgemorragik anemiya, aplastik anemiya va ba’zi gemolitik anemiyalarda).  giperxrom anemiya- 1,05 kata (B12 tanqislik anemiyasida, Folat kislota yetishmovchiligi anemiyasida.  Bitta eritrositda gemoglobinning o’rtacha miqdori:  MCH =HB/RBC (26-33 pg)  GORYAYEV KAMERASIDA LEYKOSITLARNI SANASH Leykositlarning me’yoriy ko’rsatkichlari: 4,0-9x10^9/l WBC- oq qon hujayralari . Leykositlarning 2 turi farqlanadi. 1. Granulositlar (neytrofillar, eozinofillar,bazofillar). 2. Agranulositlar (limfositlar, monositlar).   Probirkaga 0,4 ml 3-5% sirka kislota eritmasi solinadi va bemordan 20 mkl qon olinib eritma bilan aralshtiramiz.  Tayyorlangan eritmadan 1 mkl olib Goryayev kamerasiga solinadi va mikroskopda sanaladi. GORYAYEV KAMERASIDA LEYKOSITLARNI SANASH Leykositlarni hisoblash kamera to`ldirilgandan 5 daqiqa o`tgach mikroskop ostida kameradagi barcha 4 ga bo’lingan katta kataklarda sanaladi  (umumiy 100 ta kichik katakda). X = (a*4000 *20)/1600 X- 1 mkl qondagi leykositlarning umumiy soni a- barcha kataklarda sanalgan leykositlar miqdori 4000 – 1ta kichik kvadrat hajmi 20- qonning suyultirilganlik darajasi 1600 – kvadratlar soni GORYAYEV KAMERASIDA TROMBOSITLARNI SANASH  Trombositlarning me’yoriy ko’rsatkichlari: 180-320x10^9/l  4 ml -1% oksalat ammoniy yoki 4 ml 0,9% NaCL eritmasi.  20 mkl qon.  Goryayev kamerasida 25 katta kattaklarda sanaladi va quyidagi formulada hisoblanadi:  X=a*4000x 200/400 X- 1 mkl qondagi trombositlarning umumiy soni a- barcha kataklarda sanalgan trombositlar miqdori 200 - qonning suyultirilganlik darajasi 400 – kataklar hajmi Gematokrit Gematokrit bu- qon shaklli elementlarining plazmaga % dagi nisbati. Gematokrit - erkaklarda - 40-48%, ayollarda - 36-42% Eritrotsitlar cho’kish tezligi (ECHT)  Eritrotsitlarning cho’kish xususiyatiga ega ekanligini birinchi bo’lib Polshalik olim Biyernacki 1897 yili aniqlagan va hozirgi kunda ECHT Polshada Bernatskiy reaktsiyasi deb ataladi.  ECHtni klinik amaliyotga birinchi bo’lib 1921 yili shved vrachi R. Fahraeus tomonidan tadbiq etilgan.  1924 yili Panchenkov o’zining usulini tavsiya etadi va hozirgi kungacha shu usuldan foydalanib kelinmoqda  1926 yili esa A. Westergren ECHT ni aniqlashni o’zining usulini tavsiya etadi. ECHTni aniqlashda 3 ta faza ajratiladi Eritrotsitlar cho’kish tezligi (ECHT) Ayollarda- 2-15 mm/s Erkaklarda- 2-10 mm/s  Kerakli jihozlar: 1. Panchenkov shtativi. 2. Panchenkov kapillyari . 3. 3,5% sitrat natriy eritmasi. Bemordan 100 mkl qon olinadi, va 25 mkl natriy sitrat eritmasi probirkaga solinib aralashtiradi va 100 mkl Panchenkovi kapillyarga olinib 1 soat davomida shtativga qo’yiladi . ECHT ni aniqlash Yallig’lanish jarayonlarida ECHTning oshish sabablari:  Yallig’lanish mediatorlari (serotonin, interleykinlar) eritrotsitlarning manfiy zaryadini musbat tomonga o’zgartiradi.  Spetsifik o’tkir faza oqsillari (CRO, α-globulinlar) sintezi eritrotsitlar cho’kish tezligini oshiradi. Bundan tashqari boshqa omillar xam (qonning PH,plazmaning ion tarkibi) eritrotsitlar cho’kish tezligiga ta’sir qiladi. LEYKOTSITAR FORMULANI HISOBLASH Leykositar formula- bu leykosit turlarining foizdagi nisbati.  Leykositar formulani qon surtmasida yoki gematologik avtomat analizatorda sanaladi. Granulositlar Agranulositlar neytrofillar yosh tayoqcha yadroli segment yadroli bazofil eozinofil limfotsit monosit Nisbiy 1-6% 47- 72% 0-1% 1-5% 19- 37% 3- 11% Absolyut 80-320 2200-4800 0-40 40-320 1040- 3200 80-480 Qon surtmasini tayyorlash Qon surtmasini tayyorlash yog'siz shishali buyum oynachasida amalga oshiriladi. - barmoqning teshiladigan yostiqchasi quruq paxta bilan artilib, buyum oynachasining chetidan 1,5-2 sm masofada joylashgan qismiga bir tomchi qon tomiziladi; - qirralari sayqallangan buyum oynachasi yordamida bir tomchi qon oldiga 45 ° burchak ostida qo'yiladi va tomchi tomon ozgina siljitiladi, shunda qon oynaning chetiga teng ravishda tarqaladi; - keyin bosimsiz buyum oynachasida qirralari sayqallangan buyum oynachasi yordamida qon bir tekis taqsimlanadi; surtma nozik va tekis bo'lishi kerak; - Surtma havoda quritiladi va 3-5 daqiqa davomida metil spirti bilan fiksatsiya qilinadi va Romanovskiy- Gimza bo’yog’i bilan bo;’yaladi; - ortiqcha bo'yoq suv bilan yuviladi va quritiladi. - Surtmaga 1 tomchi immersion yog’ tomiziladi va 100 ta leykosit turi sanaladi. Leykoformulani hisoblash texnikasi Leykoformulaning o’ngga va chapga siljishi 1. Leykoformulaning o’ngga siljishi(periferik qonda qari neytrofillarning ko’payishi. Segment yadroli neytrofillarning yadrosining gipersegmentasiyasi kuzatiladi. Sitoplazmasida bazofilli donadorlik aniqlanadi. 2. Leykoformulaning chapga siljishi ( qonda yosh neytrofillarning ko’payishi). Granulotsitlar Neytrofill ar O’tkir va surunkali bakterial infektsiyalard a oshadi BazofillarO’sma kasalliklarinin g birinchi indikatori, qalqonsimon bezning gipofunktsiya si Eozinofill ar Allergik kasalliklar va parazitar kasalliklarda Agranulotsitlar Monotsit lar Limfotsit lar O’tir va surunkali virusli infektsiyalarda va ba’zi bakterial infektsiyalarda Qon ivish vaqti  Bajarish texnikasi  Buyum oynachasiga bir tomchi qon quyiladi, qon barmoqdan yoki quloq yumshog`idan olinadi. Har 20-30 daqiqada skarifikator yordamida tomchining ichidan yurgizib ko`ramiz. Agar ma’lum vaqtdan keyin skarifikatorga fibrin tolasi ilinishi kuzatilsa qon ivish vaqti boshlanganligidan darak beradi. Normada qon ivish vaqti 3-5 daqiqa hisoblanadi.  E’ tiboringiz uchun rahmat