logo

Rangni ko'rish darajasini aniqlash, tam bilish va hid bilish anazilatorining o'zaro hamkorligi

Yuklangan vaqt:

18.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

391.1044921875 KB
Fan:Yosh fiziologiya Mavzu:Rangni ko’rish darajasini aniqlash, tam bilish va hid bilish anazilatorining o’zaro hamkorligi Hid bilish • Hid bilish  —  odam  va  hayvonlar  burun boʻshligʻining  yuqori  qismida   joylashgan  maxsus  sezgi  aʼzolari  (hid  bilish  retseptorlari)  orqali  hidlarni   sezish.  Hayvonlarda  Hid  bilish  ovqat  qidirish,  yoʻl  topish,  aniq  joyni  belgilash,   qarama-qarshi  jinsni  izlash,  shuningdek,  bilish  vositalaridan  biri  hisoblanadi   va  boshqalar.  Odamlarda  Hid  bilishning  ahamiyati  hayvonlardagiga  qaraganda   kamroq,  biroq  Hid  bilishning  yoʻqolishi  odam  uchun  azob  hisoblanadi  (qattiq   tumov  boʻlganda  ovqatning  qanchalik  bemaza  tuyilishini  eslab  koʻraylik).  Hid   bilmaydigan  odamlar  koʻpincha  ovqatdan  zaharlanishi  mumkin,  chunki  biror   ovqatning  sifatliligini  hididan  bila  olmaydi.  Har  bir  odamda  koʻpgina   hissiyotlar  hidni  sezishga  bogʻliq  boʻladi.  Yomon  hid  kayfiyatni  buzishi,   yaxshisi  koʻtarishi  mumkin. Analizatorlar • Koʻrish  —  organizmlarning   koʻrish   organlari  yordamida tashqi  dunyo   toʻgʻrisida  axborot  olishdan  iborat  murakkab  fiziologik  jarayon.  Koʻrish   jarayonida  tashqi  dunyodagi  obyektlardan  qaytadigan  yoki  ular   tarqatadigan  300—800  nm  diapazondagi  elektromagnit  toʻlqinlari,  yaʼni   yorugʻlik  nuri  Koʻrish  organlari  uchun  taʼsirlovchi  boʻladi. • Odam va  koʻpchilik  umurtqalilar,  bir  qancha  umurtqasiz  hayvonlar  rangli   koʻrish  qobiliyatiga  ega.  Koʻrish  odam  va  yuksak  umurtqalilarda  juda   mukammal  rivojlangan  boʻlib,  koʻrish  analizatori  orqali  amalga  oshadi.  Bu   analizator  periferik  ( koʻz ),  oʻtkazuvchi  (koʻrish  yoʻli,  poʻstloq  osti  nervlari )  va   markaziy  ( bosh   miya  katta  yarimsharlar  poʻstlogʻi  sohalari)  boʻlimlardan   iborat.  Yorugʻlik  nuri  qorachiqdan  oʻtib  toʻr  pardaning  koʻrish  pigmentlariga   tushadi.  Yorugʻlik  taʼsirida  toʻr  pardada  bioelektr  potensiallar  paydo  boʻladi.   Ular  analizatorning  oʻtkazuvchi  boʻlimi  orqali  koʻrish  markaziga  oʻtkaziladi.   Bu  joyda  har  xil  analizatorlardan  kelayotgan  nerv  impulyelari  tahlil  qilinib,   odam  ongida  saqlanib  qoladigan  muayyan  obrazlar  shakllanadi. • Koʻrish organlarining  hosil  boʻlishi  hayvonlar  evolyutsiyasida  yoruglikni   qorongʻilikdan  farq  qiladigan  (yomgʻir  chuvalchanglari)  yoki  yoʻn   altirilgan  yorugʻlik  nurlarini  sezadigan  (ko'poyoqli  mollyuskalar)   darajadan  tasvirni  mukammal  tahlil  qilib  bera  oladigan  darajagacha   boʻlgan  murakkab  rivojlanish  yoʻlini  bosib    oʻtgan.  Qisqichbaqasimonlar   va  hasharotlar  predmetlar  shaklida  farq  qiladi,  lekin  yaqin  masofadan   ularni  aniq  koʻra  oladi.  Baliqlar  ham  narsalarni  yaqin  masofadan  koʻradi.   Quruklikda  yashaydigan  umurtqalilar  uzoqni  koʻruvchilar  hisoblanadi;   ular  orasida  qushlar  eng  uzoqni  koʻruvchilardir Ko’z Ta’m bilish • Taʼm bilish  —  turli  eriydigan  moddalarning  taʼm  bilish  retseptorlariga,   asosan,  tilga  (umurtqalilarda)  taʼsir  etishi  natijasida  paydo  boʻladigan   sezgi.  Ta’m  bilish  retseptorlari  tilda,  halqumning  orqa  devorida,  yumshoq   tanglayda,  murtaklarda  joylashgan.  Til  uchi,  chetlari  va  orqa  qismida   retseptorlar  ayniqsa  koʻp;  til  oʻrtasida  va  uning  ostki  yuzasida  ta’m  bilish   retseptorlari  yoʻq. • Shirin, nordon,  achchiq,  chuchuk  va  shoʻr  sezadigan  ta’m  bilish   sezgilari  farq  qilinadi.  Bu  sezgi  maʼlum  moddalarning  oʻziga  mos   keluvchi  ta’m  bilish  retseptorlarini  qoʻzgʻatishi  natijasida  namoyon   boʻladi.  Ta’m  bilish  uchun  tilning  (issiq  yoki  sovuq  ovqat  ta’m   sezgisini  susaytiradi),  shuningdek,  hidning  ahamiyati  muhim  (kishi   tumov  boʻlib,  hidni  yaxshi  sezmaganda  ovqat  mazasini  bilmaydi) • Til va  ogʻiz  boʻshligʻi  turli  qismlarining  sezuvchanligi  bir  xil  emas,  til  uchi   shirinni,  oʻzagi  achchiqni,  chetlari  esa  nordon  va  shoʻr  mazani  sezadi.   Turli  ta’mga  ega  boʻlgan  mahsulotlar  bir  vaqtda  yoki  ketma-ket  isteʼmol   qilinganda  ta’m  bilish  kontrasta  ovqat  taʼmini  almashtirib  yuborishi   mumkin. • Eshitish  —  odam  va  hayvonlar  organizmining tovush  tebranishlarini   qabul  qilish  xususiyati;  mexanik,  retseptor  va  nerv  tuzilmalaridan  tashkil   topgan  eshitish  analizatorlari  faoliyati  tufayli  roʻy  beradi.  Tovush  taʼsirida   odamda  tovush  signallari  parametrini  aks  ettiruvchi  eshitish  . sezgisi   paydo  boʻladi;  buning  natijasida  tovush  tebranishlari  chastotasi  tovush   balandligi  tarzida  qabul  qilinadi.  • Tovushni farqlash  imkoniyati  differensial  chegara,  yaʼni  Eshitish  mumkin   boʻlgan  tovush  oʻzgarishining  minimal  chegarasi  (intensivligi  yoki   chastotasi)  bilan  belgilanadi.  Odamda  tovushni  farqlash  differensial   chegarasi  (oʻrtacha  diapazonda)  intensivlik  boʻyicha  0,3—0,7  db,   chastota  boʻyicha  2—  8  gs  ga  teng.  Tovush  signallari  kuchayishi  bilan   tovushni  farqlash  ham  kuchayadi,  uning  differensial  chegarasi  esa   kamayib  boradi.   • Boshqa begona  tovushlar  taʼsirida  tovushni  qabul  qilish  xususiyati   yomonlashuvi,  hatto  butunlay  yoʻqolishi  mumkin  (niqoblanish  hodisasi).   Kuchli  tovushlar  uzoq  vaqt  davomida  taʼsir  etganida  eshitish  sezgirligi   pasayadi  (fiziologik  adaptatsiya).  Eshitish   sistemasi  ikkala  simmetrik   joylashgan  qismlarining  oʻzaro  taʼsiri  tovush  manbaini  aniqlashga  imkon   beradi  (binaural  effekt).  Bir  qancha  hayvonlar  (koʻrshapalaklar,  delfinlar,   ayrim  qushlar)  obʼyektlarning  fazoda  joylashgan  oʻrni,  shakli,  oʻlchamini   aniqlashga  imkon  beradigan  maxsus  eshitish  sistemasi  —  exolokatsiya   xususiyatiga  ega.  Ular  oʻzlari  chiqargan  va  obʼyektdan  qaytadigan   signallarni  qabul  qilishadi.