logo

Ovqat hazm qilish sistemasida uchraydigan kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan preparatlar

Yuklangan vaqt:

20.08.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

505.4736328125 KB
OVQAT HAZM QILISH SISTEMASIDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR VA ULARNI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN PREPARATLAR Ko’ngil aynishi — sabablari, nimadan dalolat berishi, bartaraf qilish Ko’ngil aynishi — sabablari, nimadan dalolat berishi, bartaraf qilish ■ Ko’ngil aynishi  — bu butunlay boshqa-boshqa sabablarga ko’ra yuzaga kelgan ko’plab kasalliklarning belgisi. U epigastriya — qorinning yuqori qismidagi yoqimsiz tuyg’u bo’lib, shuningdek qizilo’ngach va og’iz bo’shlig’iga tarqalishi mumkin. Ushbu holatning tabiati ko’p omilli. Ko’ngil aynishi miya qayt qilish markazini nervlar (qorin va adashgan) orqali kelfgan signallar qo’zg’atishi natijasida yuz beradi. Ko’pincha ko’ngil aynishi bilan birga bemorlar gipersalivatsiya — ya’ni ko’p so’lak ajralishi,  taxikardiya , tananing zaifligi, teri oqarishi, gipotoniya, oyoqlarning yaxlashidan shikoyat qilishadi. ■ Ko’p holatlarda ko’ngil aynishi bezovta qilaversa, qorinda og’riq kuzatilsa, demak oshqozon ovqatni hazm qila olmayotgan bo’ladi. Eng to’g’ri qaror bu shunchaki qayt qilib tashlashdir. Shunda yengillik birdan keladi. Turli dorilar ichish, uxlab qolsam o’tib ketadi deyish bu noto’g’ri qaror. Ko’ngil aynishi: asosiy sabablar ■ Ko’ngil aynishning sabablariga: ■ Xolesistit . O’t pufagida yallig’lanish jarayoni yoki bu a’zoda hosil bo’lgan toshlar odatda ovqat yeyish paytidayoq boshlanadigan ko’ngil aynishiga sabab bo’ladi. Qorinning kengayib og’rishi bilan birga og’izdan achchiqlik yoki metallning ta’mi kelishi,  meteorizm , o’ng qovurg’a ostida og’riq sezilishi bilan birga kechadi. ■ Ba’zi dorilar.  Ko’p dori vositalarining nojo’ya ta’siri orasida ko’ngil aynishi ham mavjud. Odatda bularga temir preparatlari, antivirus, antigelmintlar, antibiotiklar, yallig’lanishga qarshi dorilar kiradi. ■ Zaharlanish . Bu eng oddiy, lekin eng keng tarqalgan sabab. Ko’ngil aynishining etiologik omillaridan biri — noto’g’ri saqlangan, saqlanish muddati tugagan, eski mahsulotlarni iste’mol qilishdir. ■ Gastrit . Oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi ko’ngil aynishiga, ayniqsa ovqatdan so’ng kuzatilishiga sabab bo’ladi. Bu epigastriyadagi og’riq, kengayish hissi bilan birga keladi. Uni bartaraf etish uchun to’g’ri ratsionga rioya qilish va gastritni davolash tavsiya etiladi. ■ Migren . Surunkali  bosh og’rig’i  ko’ngil aynishi va bosh aylanishi bilan birga kechishi mumkin. ■ Pielonefrit . Buyraklarning yallig’lanishi ko’ngil aynishini keltirib chiqaradi, bu qayt qilishgacha olib boradi. Muhim farqlovchi alomatlarga bel og’rig’i, siydik chiqarish vaqtidagi og’riqdir. ■ Gipertoniya . Qon bosimining doimiy yuqori bo’lishi ko’pincha ertalab ko’ngil aynishi, shuningdek, bosh aylanishi, tanadagi shishishlar, yuzning qizarishi bilan kechadi. ■ Miya jarohati .  Miya chayqalishi , miya jarohatlari nevrologik sababli ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin. ■ Oftob urishi.  Quyosh ositda ko’p vaqt qolib ketish, ayniqsa yozning kunlari oftob urishiga olib keladi. Issiq va nam sharoitlarda ko’p jismoniy zo’riqish, suvsizlanish kabi omillar ham issiq urishiga va ko’ngil aynishiga olib keladi. ■ Appenditsit . Ushbu holatda ko’ngil aynishi qusishgacha olib boradi, qorin og’rig’i kuzatiladi, dastlab qorinning yuqori qismida, keyin — pastki o’ng sohaga tushadi. ■ Yurak xuruji, yurak muammolari . Bu holatda ham ko’ngil aynishi qusishgacha boradi va yengillik bermaydi, qorin og’rig’i, hiqichoq tutishi, terining oqarib ketishi va bo’g’ilish hissi kuzatiladi. ■ Transportda chayqalish.  Zaif vestibulyar apparat ko’pincha transportga minib ketayotganda chayqalish tufayli ko’ngil aynishini chaqirishi mumkin. ■ Ichak infektsiyasi . Qayt qilish bilan kechadigan ko’ngil aynishi yuz beradi, qorin bo’shlig’ida og’riq kuzatiladi, harorat ortib, kishi kuchsizlanib boraveradi. Bunday hollarda davolashni kechga qoldirmasdan, darhol boshlash kerak, chunki ichak infektsiyalari odatda ich ketishiga olib keladi, u esa o’z navbatida hayot uchun xavfli bo’lgan suvsizlanishga. ■ Stress . Kuchli hayajon va hissiy zo’riqish ko’pincha ko’ngil aynishiga olib keladi, bu qonda adrenalin darajasining oshishi bilan bog’liq. ■ Pankreatit . Me’da osti bezi yomon oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, yog’li ovqatlarga juda sezgir. Uning yallig’lanishi ham ko’ngilni aynitadi, chap tomondagi og’riq, qorinning damlanishi bilan birga kechadi. ■ Gipotireoz . Qalqonsimon bez gormonlari yetishmasligi biroz ko’ngil aynishi bilan kechishi mumkin, shuningdek ishtaha yo’qolishi, seruyqulik. ■ Ovqat hazm qilish traktidagi o’simta . Ular yaxshi va yomon tabiatli o’smalar bo’lishi mumkin. ■ Homiladorlik . Birinchi trimester — 12 haftaga qadar, toksikozning asosiy belgilari — ko’ngil aynish — uyg’onishdan so’ng darhol namoyon bo’ldi. Agar biron narsa yeganligingiz tufayli ko’ngil aynishi kuzatilsa, kun davomida nimalar iste’mol qilganingizni eslang. Albatta, ko’ngil ayniyotgan cho’g’i sababchi mahsulotni eslaganingizda u sizda ko’ngil aynishini yanada kuchaytiradi. Agar shunday bo’lsa, qayt qilib tashlash lozim. Muhim: Ko’ngil aynish va bosh aylanishining haqiqiy ildizini aniqlash uchun siz keng qamrovli tekshiruvlardan o’tishingiz kerak. Eslatma: Agar bosh aylanishi ko’ngil aynishi bilan kechadigan bo’lsa, uzoq yoki og’riqli xususiyatlarga ega bo’lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing. E’tibor bering: «Psixogen ko’ngil aynish» kabi narsa bor — bu yoqimsiz narsalarni ko’rish yoki hidlash natijasida refleksli ko’ngil aynishidir.  Nevrozli  odamlarga xosdir. Bosh aylanishi va ko’ngil aynishini davolash quyidagilarni nazarda tutadi: ■ Gorizontal (yotgan) holatni qabul qilish; ■ Toza havo kelishini ta’minlash; ■ Hushdan ketgan bo’lsa buruniga ammiak bilan namlangan paxtani olib kelish; ■ Past qon bosimi sabab bo’lsa, qahva yoki shirin choy ichish; ■ Tinchlantiruvchi dorilar — ular asabiy zo’riqishlarda belgilanadi; ■ Vestibulolitik moddalar — ko’ngil aynishi xurujlarini yengillashtiradi (lorazepam, diazepam, prometazin); ■ Metoklopramid — uzoq va og’riqli hollarda ko’rsatiladi. Qustiruvchi va qusishga qarshi vositalar ■ Ma'lumki, qusish ancha murakkab fiziologik va patologik jarayondir. Bu hol so`lak bеzlari, mе'da va bronx sеkrеtsiyasining kuchayishi, gipotеnziya, umumiy bo`shashish, tеrining oqarishi bilan boshlanib, ko`ngil aynaydi va mе'da tеskari tomonga qisqarib, ovqat massasini tashqariga chiqarib tashlaydi. Bu jarayon uzunchoq miyadagi qusish markazi va u bilan bog`liq IV qorincha tubida joylashgan «triggеr sohasi» tomonidan boshqariladi. Ushbu markazga qonda bo`ladigan ayrim endogеn va ekzogеn moddalar ta'sir etib, qusish rеflеksini kеltirib chiqarishi mumkin. ■ Endogеn moddalar jumlasiga yuqumli kasalliklarda, nur kasalligida, homiladorlikda va intoksikatsiya hollarida hosil bo`ladigan zaharli moddalar, ekzogеnga-tashqaridan kiritilgan qustiruvchi dori moddalari kiradi. ■ Qustiruvchi dori prеparatlari ta'sir mеxanizmi bo`yicha ikki guruhga bo`linadi:  markaziy va rеflеktor   ta'sirga  ega vositalar. Birinchi guruhga  apomorfin gidroxlorid kiradi. Prеparat qusish markazini qo`zg`aydi, bu dofaminorеtsеptorlar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari prеparat MNTning bir qancha markazlarini susaytiradi. Ta'siri 2-15 daqiqada boshlanadi. Nojo`ya ta'siri: nafas sustlashishi, artеrial gipotoniyalar, uyquchanlik, nеvrologik buzilishlar, allеrgik rеaktsiyalar bo`lishi mumkin. ■ Ikkinchi guruhga mis  sulfat va rux sulfat  prеparatlari kiradi. Ular ma'lum dozada (osh qoshiqda) ichilsa, mе'da shilliq pardasini qitiqlaydi va hosil bo`lgan impulslar qusish markazini rеflеktor yo`l bilan qo`zg`aydi. ■ Bulardan tashqari ipеkakuana ildizidan tayyorlangan qaynatma, tеrmopsis o`tidan tayyorlangan damlama va osh tuzining kontsеntrlangan eritmasi ham shu usulda ta'sir ko`rsatadi. Ushbu o`simlik prеparatlari kichik dozada balg`am ko`chiruvchi dori vositalari sifatida ham ishlatilishi mumkin. ■ Qustiruvchi moddalar tibbiyot amaliyotida kam ishlatiladi. Faqat tеz yordam maqsadida zaharlanish hollarida mе'dadan zaharli moddani chiqarib yuborish maqsadida bеrilishi mumkin. Rеflеks yo`li bilan qustiruvchi moddalarni qayta-qayta qo`llash, mе'da shilliq pardasining shikastlanishiga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun ularni uch qoshiqdan ortiq bеrish mumkin emas! ■ Ovqat, dorilar, kimyoviy moddalar bilan zaharlanishda, mе'da osti bеzi va buyrak kasalligida, homiladorlikda, kuchli radiatsiya ta'sirida, tеbranish va chayqalish natijasida qusish yuz bеradi. U uzoq vaqt davom etsa, tana suv yo`qotib, alkoloz, gipokaliеmiya holatlari kuzatiladi. Ushbu holatlarda qusishga qarshi prеparatlarni ishlatish maqsadga muvofiq. ■ Qusishga qarshi vositalar turli farmakologik guruhlarga mansub. Vеstibulyar apparati qo`zg`aluvchanligi yuqori bo`lgan odamlarga  skopolamin saqlovchi vositalarni ichish tavsiya etiladi. “Aeron” tablеtkalari shunday vositalardan hisoblanib, samolyot va paroxodga chiqishdan 30-60 daqiqa avval bеriladi. Ta'siri 6 soatgacha davom etadi. ■ Gistaminga qarshi  vositalar–diprazin va dimеdrol dеngiz kasalligida samaralidir. Nеyrolеptiklar-fеnotiazin unumlari bo`lgan-etapеrazin, triftazin, butirofеnon unumlaridan galopеridol triggеr zona dofaminorеtsеptorlarini bloklab qusishni to`xtatadi. Bular triggеr zonaga ta'sir etuvchi vositalar chaqirgan qusish, homiladorlik toksikozida, nur kasalligida, jarrohlik amaliyotidan kеyingi davrdagi qusishda samara bеradi. ■ Mеtoklopramid  (tsеrukal)-dofaminolitik ta'sirga ega., uzunchoq miyadagi qusish markazini susaytiradi. Yuqori faollikka ega prеparat. Prеparat tеz so`riladi, 40-120 daqiqada qonda maksimal kontsеntratsiya hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri 2-4 soat. ■ Nojo`ya ta'siri: ekstrapiramid buzilishlar, uyquchanlik, quloq shang`illashi, og`iz qurishi bo`lishi mumkin. ■ Xlorpromazin -dofaminolitik, adrеnolitik ta'sirga ega. Prеparat qusishga qarshi, antipsixotik va sеdativ ta'sir etadi. ■ Tietilpеrazin -qusishga qarshi ta'siri kuchli, sеdativ ta'siri kam, ekstrapiramid buzilishlarni kamroq chaqiradi. Ko’ngil aynishini davolash ■ Bu alomat turli xil sabablarga ko’ra yuzaga kelishi bois ko’ngil aynishini davolash — sababchi bo’lgan birlamchi kasallikni davolash deganidir. Mustaqil ravishda dori-darmonlarni qabul qilish bu holda og’ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Turli hollarda ko’ngil aynishini bartaraf etish uchun: ■ Ko’p yeb yuborganda ovqat miqdorini kamaytirish kerak, yog’li va achchiq ovqatlardan tiyilish kerak. ■ Ko’ngil aynishiga qarshi tabletkalari transportdagi chayqalish holatlarida yordam beradi. Dengiz kasalligida skopolamin saqlagan plastir ishlatiladi va u sayohatdan 6 soat oldin yopishtiriladi. ■ Psixoterapiya kursi stress yoki ruhiy kasalliklar tufayli yuzaga kelgan ko’ngil aynishi qoldirishda foydali bo’ladi. ■ Homiladorlik davrida ko’ngil aynishi yalpizli konfetalar yoki uyg’onishdan oldin biror narsa yeb olish orqali bartaraf etiladi.  Jig’ildon qaynashi — sabablari, qo’zg’atuvchi mahsulotlar, bartaraf etish choralari, maslahatlar Jig’ildon qaynashi sabablari ■ Jig’ildon qaynashining sabablari — oshqozon kislotaligining oshib ketishi, kam hollarda qizilo’ngach va oshqozon shilliq qavatining sezuvchanligining oshishi. Jig’ildon qaynashi ko’pincha oshqozon kasalliklari bilan birga keladi, lekin u ovqatdan keyin ham asab-psixik kasalliklar tufayli paydo bo’lishi mumkin. ■ Noto’g’ri parhez  va  nosog’lom turmush tarzi  jig’ildon qaynashini kuchaytiradi va eng ko’p uchraydigan sababchilardan biridir. Boshqa tarqalgan sabablariga: ■ Chekish, spirtli ichimliklar ichish, gazlangan ichimliklar, kofe va achchiq ziravorlar oshqozon shilliq qavatini qo’zg’atadi, bu esa oshqozon kislotasining ko’p miqdorda ishlab chiqarilishi va oshqozon klapanining bo’shashiga sabab bo’ladi. ■ Jig’ildon qaynashini ko’p miqdorda tsitrus mevalar, pomidor, turli tuzlamalar, yangi non, bo’g’irsoq va qovurilgan ovqatlar iste’mol qilish keltirib chiqarishi mumkin. ■ Me’yoridan ortiq ovqatlanish oshqozonning kengayishiga va kislotaning ko’p miqdorda chiqarilishiga olib keladi. ■ Aspirin, ibuprofen. ortofen va boshqa shu kabi dorilarni qabul qilish oshqozonning kislota ishlab chiqarishini kuchaytiradi. ■ Tor belbog’larni kiyish, og’irliklarni ko’tarish,  homiladorlik , haddan tashqari semizlik ichki qorin ichki bosimi oshishiga olib keladi, bu esa jig’ildon qaynashiga olib keladi. ■ Ovqatdan keyin uxlash ham bunga sabab bo’lishi mumkin. ■ Stress ,  nevrozlar , tashvish ham sabablardan biridir. Jig’ildon qaynashining sababchilari ■ Yog’li ovqatlar; ■ Me’yoridan ortiq ovqatlanish, ayniqsa yog’li taomlar iste’moli; ■ Haddan tashqari semizlik; ■ Ovqatdan so’ng yotish; ■ Chekish; ■ Spirtli ichimliklar; ■ Gazlangan ichimliklar. ■ Yalpiz; ■ Shokolad; ■ Achchiq qahva va choy; ■ Qon bosimini pasaytirish va silliq mushaklar yumshatish uchun preparatlar; ■ Homiladorlikda jig’ildon qaynashi qorin ichi bosimi oshishi tufayli yuzaga keladi/ Har bir ovqatdan keyin jig’ildon qaynashini keltirib chiqaradigan ba’zi kasalliklar va shartlar ro’yxati: ■ Oshqozon yoki o’n ikki barmoqli ichakning yarasi; ■ Gipersekretsiyali surunkali gastrit; ■ Duodenit — o’n ikki barmoqli ichak yallig’lanishi; ■ O’t pufagi yallig’lanishi (xoletsistit); ■ Semizlik; ■ Gastroezofaginal reflyuks kasallik (GERK); ■ O’t pufagining olib tashlanishi oqibati; ■ Homiladorlik; Jig’ildon qaynashidan qanday qutulish mumkin? ■ Quyidagi retseptlar jig’ildon qaynashi «hujumlarini» bartaraf etish uchun yoki oshqozon-ichak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda jig’ildon qaynashini bartaraf etish va davolash sifatida ishlatilishi mumkin. Biroq, bular mutaxassis tomonidan tayinlangan asosiy davolash o’rnini bosa olmaydi. ■ Birinchidan, to’g’ri parhezni tashkil qilish va parhezni saqlab turish kerak. Ahvolni yengillashtirish uchun siz kislotalilikni kamaytiradigan va organizmning butunligini mustahkamlaydigan turli xil dorivor o’tlardan foydalanishingiz mumkin: ■ Moychechak damlamasi . 2-3 osh qoshiq moychechak to’plamini bir stakan qaynoq suvga soling va 10-20 daqiqa davomida qoldiring, doka matodan o’tkazing va mayda qultumlar bilan iching. Kuniga kamida uch stakan iste’mol qiling. Oddiy romashka choyi ham mos keladi. ■ Zig’ir urug’i. Bir choy qoshiq urug’ga yarim stakan qaynoq suv soling. Kechqurun tayyorlash qulayroqdir, shunda damlama ertalabgacha tayyor bo’ladi. Iste’moldan oldin olingan yarim stakanni to’liq hajmga keltiring va bu damlamani kamida 14 kun ichish kerak. ■ Angelika ning (дягдиль) quritilgan ildizlarini, barglarini va urug’larini kukun holatiga keltiring. Bir stakan qaynoq suv uchun bir chimdim kukun kerak. 15-20 daqiqadan so’ng damlama tayyor, uni kuniga uch marta iste’mol qilish mumkin. ■ Yangi tayyorlangan kartoshka sharbati ham yaxshi ta’sir kuchiga ega. Bu oshqozon og’rig’idan, jig’ildon qaynashidan va kekirishdan xalos bo’lishga yordam beradi. Nonushta qilishdan oldin, ertalab tayyorlang: kartoshkani qirg’ichdan o’tkazing, sharbatini siqib oling, 1/2 stakan sharbat yetarli bo’ladi. Sharbatni darhol, och qoringa iching. Keyin 30 daqiqa davomida yoting va undan keyin nonushta qilishingiz mumkin. Davolash kursi — 10 kun, tanaffus ham 10 kun, keyin kurs qayta takrorlanishi mumkin. Jiddiy jig’ildon qaynashida o’ziga xos «birinchi yordam» bo’lishi mumkin: ■ Bodom. U oshqozon kislotasini neytrallashtirishga qodir. Bodomni yaxshilab chaynash jig’ildon qaynashida yaxshi samara beradi. Biroz vaqtdan keyin bu muammo bartaraf bo’ladi. ■ Suli yoki arpa yaxshi natijalar ko’rsatadi. Ularni yaxshilab chaynab, so’lakni doimiy ravishda yutib tursa bas. ■ Muhim!  Iste’mol sodasi yoki sut bilan jig’ldon qaynashini «so’ndirmang». Soda ishlatilgandan so’ng, kislota ta’siri albatta, keskin kamayadi. Ammo javob sifatida, oshqozon xlorid kislotani ikkilangan shiddat bilan ishlab chiqarishni boshlaydi va jig’ildon qaynashi kuchayadi. Soda uzoq muddat iste’mol qilinsa  alkalozga  (qonning ishqorlanishiga) va peptik yaraga olib kelishi mumkin. Sutda oshqozonda kislota sekretsiyasining stimulyatori sifatida ishlaydigan proteinlar va kaltsiy mavjud. Kuchli jig’ildon qaynashlarida xalq tabobati kutilgan natija bermasa, antasidlarga murojaat qilishingiz mumkin. Dorixonalarda ularni bir nechta xillari mavjuid. Eng mashhurlari: ■ Renni; ■ Fosfalyugel; ■ Almagel; ■ Geviskon; ■ Maaloks va boshqa preparatlar. Gastrit — sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, dorilar, asoratlari, oldini olish Gastrit nima? Kasallik haqida ■ Gastrit — bu oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi bo’lib, kasallik ushbu a’zo vazifalarining buzilishiga olib keladi. Gastrit sodir bo’lganda oziq-ovqat yomon hazm qilinadi, bu esa kuchsizlik va energiya yetishmasligiga olib keladi. Gastrit, ko’pchilik kasalliklar kabi, o’tkir va surunkali shaklda kechadi. Bundan tashqari, gastrit me’da shirasi kislotaligining pasaygani, normal va yuqoriligi bilan farqlanadi. ■ Hozirgi kunda gastritni asr kasalligi deb atash mumkin. Undan kattalar ham, bolalar ham aziyat chekmoqda. ■ Gastrit patologiyaning rivojlanishiga sababchi bo’lgan turli xil ichki va tashqi omillar bilan tavsiflanadi. Klinik jihatdan yallig’lanish shaklida (o’tkir yoki surunkali) kechadi. O’tkir yallig’lanish qisqa muddat kechadi. Konsentratsiyalangan kislotalar, ishqorlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan oshqozon shilliq qavatining shikastlanishi xavfli oqibatlarga (o’limga) olib keladi. Uzoq (surunkali) kechadigan kasallik hayot sifatini pasaytiradi va og’riq shaklida o’zini namoyon qiladi, shuningdek:■ Qorindagi og’irlik; ■ Jig’ildon qaynashi ; ■ Kekirish; ■ Qayt qilish; ■ Ich ketishi  yoki ich qotishi; ■ Meteorizm ; ■ Og’izdan yomon hid kelishi kuzatiladi. ■ Surunkali shakl oshqozon shilliq qavatining atrofiyasi bilan xavflidir. Natijada, oshqozon bezlari normal ishlamay qoladi. Sog’lom hujayralar o’rniga atipik hujayralar paydo bo’la boshlaydi. Oshqozon shilliq qavatini o’z-o’zini tiklash muvozanating buzilishi —   oshqozon yarasi  va saratoni rivojlanishining sababchilaridan biridir. Mikrobial bo’lmagan gastrit bir necha guruhga bo’linadi: ■ Spirtli ichimliklar . Kasallik doimiy alkogolli ichimliklar iste’mol qilish natijasida rivojlanadi, etil spirti ishqoriy pH muhitiga ega va umuman oganizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi. ■ NYQP tufayli rivojlangan gastrit . NYQP — nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar bo’lib, ular ko’plab kasalliklarda isitma tushuruvchi, og’riq qoldiruvchi va antitrombotik preparatlar sifatida qo’llaniladi. Bu farmakologik guruhga kiruvchi eng taniqli dorilar — atsetilsalitsil kislota (aspirin), analgin, diklofenak, indometazinin, ketoprofen, ibuprofen, piroksikam. NYQP larning nazoratsiz qabul qilinishi gastrit rivojlanishiga, so’ngra oshqozon yarasiga aylanishiga olib keladi. ■ Postrezektsion . Bunday gastrit oshqozonning bir qismi jarrohlik bilan olib tashlangandan keyin rivojlanadi. ■ Kimyoviy gastrit . Oshqozon shilliq   qavati oqsiliga qarshi agressiv xususiyatlarga ega bo’lgan kimyoviy moddalarni tasodifiy yoki atayin yutish natijasida rivojlanadi. ■ Noma’lum kelib chiqishli gastritlar. Professional tibbiyotda gastritning boshqa tasniflari, shu jumladan patogenez turiga bog’liq turlari farqlanadi: ■ Autoimmun gastrit (A turi); ■ Helicobacter pylori tomonidan qo’zg’atilgan ekzogen gastrit (B turi); ■ Aralash gastrit (A + B turi); ■ NYQP, kimyoviy moddalar va safro tomonidan qo’zg’atilgan gastit (C turi); ■ Gastritning maxsus shakllari; ■ Xlorid kislota sekretsiyasining kamayishi va ortishi fonida yuz bergan gastrit; ■ Gastritning morfologik va funktsional ko’rinishlarining boshqa shakllari. Gastrit alomatlari va belgilari ■ Gastrit har xil alomatlar bilan tavsiflanadi, biroq aniq namoyon bo’lmasdan ham kechishi mumkin. Eng o’ziga xos belgisi — qorin chigali sohasidagi og’riq bo’ib, ayrim oziq-ovqatlar, suyuqliklar va oshqozonga salbiy ta’sir qiluvchi dorilar qabulidan keyin kuchayadi. Ba’zan og’riq ovqatlanishlar oralig’ida kuchayadi. Gastritda achchiq oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, gazlangan ichimliklar va shu kabi boshqa mahsulotlar qarshi ko’rsatilgan, ularni iste’mol qilish gastritning kuchayishiga olib keladi. ■ Muhim, biroq, doimiy bo’lmagan gastrit belgilariga jig’ildon qaynashi, qayt qilish va kekirish kiradi. Kasallik ba’zida oshqozon damlanishi va tez-tez gaz ajralishi bilan namoyon bo’ladi. Yuqorida keltirilgan belgilarning ikkitasi yoki undan ko’pi qorin og’rig’i bilan birga kuzatilsa, gastritdan shubhalanishga sabab bo’ladi. ■ Achchiq mahsulotlar, dori va agressiv suyuqliklarning qabulidan keyin qorin og’rig’i boshlanishi ham gastrit mavjudligini ko’rsatadi. Kislotalik oshganda kuzatiladigan alomatlar ■ Yuqori kislotali gastritda umumiy belgilaridan tashqari (qusish, ko’ngil aynish) qo’shimcha ravishda kuzatiladi: ■ Qorin chigali sohasidagi uzoq davom etadigan og’riq, ovqatdan so’ng yo’qoladi; ■ Tez-tez ich ketishlar. ■ Nordon ovqat iste’molidan so’ng jig’ildon qaynashi; ■ Tez-tez kekirish. Kislotalik pasayganda kuzatiladigan alomatlar ■ Kam yoki nol kislotali gastritning eng keng tarqalgan belgilari: ■ Og’izda doimiy noxush ta’m mavjudligi; ■ Ovqatdan keyin qorinda og’irlik; ■ »Achigan tuxumli» kekirish; ■ Qorin qurillashi; ■ Ertalabki vaqtlarda ko’ngil aynishi; ■ Defekatsiya muntazamligi bilan bog’liq muammolar; ■ Og’izdan noxush hid kelishi. Surunkali gastritning qaytalanishi turli alomatlar bilan tavsiflanadi, eng ko’p uchraydigan alomatlar: ■ Qorin chigalida doimiy yoki vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan og’riq, ovqatdan keyin yoki aksincha, uzoq davom etgan ochlik bilan kuchayadi; ■ Havo kekirish, qorin bo’shlig’ida yonish hissi, ovqatdan keyin jig’ildon qaynashi, og’izda metallning ta’mi; ■ Ko’ngil aynishi , ertalablari yarim hazm bo’lgan ovqat bilan qayt qilish (o’ziga xos nordon tamli), ba’zida safro qusish; ■ Faol so’lak ajralishi, tashnalik, kuchsizlik; ■ Dispepsiyaning namoyon bo’lishi (ich qotishi, diareya); ■ Bosh aylanishi , bosh og’rig’i. Gastritnin g eng muhim tashqi sabablari: Helicobacter pylori  bakteriyalarining oshqozon devoriga ta’siri, kamroq hollarda boshqa bakteriyalar va zamburug’larning. Gastrit tashxisi qo’yilgan taxminan 80% bemorlarda kislotaga chidamli bakteriyalar aniqlanadi, ular oshqozon devoriga kirib, uning shilliq qavatini ta’sirlantiruvchi moddalar ajrata boshlaydi, shuningdek pH muhitini o’zgartiradi. Nima uchun bu bakteriyalar ba’zi odamlarga katta zarar keltiradi, boshqalariga esa yo’qligi hali ham noma’lum; ■ Oziqlanishning buzilishi . Ko’pincha gastritning sababi noto’g’ri ovqatlanish ekanligi aniqlangan. Ushbu xavf ham kam ovqatlanish, ham me’yoridan ortiq yeb yuborish hollari uchun o’rinlidir. Ratsionni sabzavotli ozuqalar bilan boyitib, vitamin va o’simlik tolasiga boyitib, peristaltikni me’yorlashtirish zarur. Shu bilan birga, gastritning dastlabki bosqichlari rivojlanishi bilan qo’pol o’simlik tolasi, shuningdek, yog’li, dudlangan, konservalangan va marinadlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan tiyilish kerak; ■ Spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish  — bu oshqozonda gastrit rivojlanishining alohida sababidir. Kichik miqdorda etanol organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning muhim tarkibiy qismidir, ammo ko’p miqdordagi spirtli ichimlik organizmda ishqor-kislota muvozanati buzilishini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari muntazam ravishda katta miqdorda spirtli ichimliklar boshqa ovqat hazm qilish organlariga — jigar, me’da osti beziga sezilarli darajada zarar yetkazadi, shuningdek organizmdagi modda almashinuvi jarayonlariga zararli ta’sir ko’rsatadi; Gastritga qarshi dorilar Antatsidlar (adsorbentlar) — faollashtirilgan ko’mir, kvastslar (almazilat, alyuminiy fosfat, vismut subnitrat, vismut trikaliy disitrat), gidrotaltsit, diosmektit, sukralfat; Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar (vismut subnitrat); Antidiarreal (ich ketishiga qarshi) dorilar (diosmektit); Tetrasiklin antibiotiklari (doksisiklin); Antigistaminlar (H2 subtip) — famotidin, simetidin. Ichak disbakteri ozi — yuzaga kelishi sabablari, alomatlari , turlicha davolash Disbakterioz bosqichi Alomatlari Bartaraf qilish usullari va ehtimolli asoratlari Birinchi bosqich Alomatlar deyarli sezilmaydi. Ehtimol qorin «qurullashi» namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi bosqich disbakteriozi oziq- ovqat yoki suv turining o’zgarishi tufayli rivojlanadi. Sababchi omil mikrofloraning mustaqil tiklanishi bilan bartaraf bo’ladi. Ikkinchi bosqich Ich qotishi yoki  ich ketishi kuzatiliadi, ishtahaning pasayishi, og’izda yoqimsiz ta’m sezilishi, ehtimol,  ko’ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi. Bunday alomatlar ichak mikroflorasining sezilari o’zgarishlarida kuzatiladi, bu holat antibiotiklarni qabul qilish yoki oziq-ovqatdan zaharlanish tufayli rivojlanadi. Uchinchi bosqich Ichakda og’riqlar paydo bo’ladi, axlat bilan hazm bo’lmagan ovqat qismlari chiqishi kuzatiladi, ikkinchi bosqichda aytib o’tilgan alomatlarning kuchayishi qayd qilinadi. Ushbu bosqichdagi disbakterioz ichak devorlarining yallig’lanishi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishiga olib keladi. Jiddiy asoratlarni oldini olish uchun dori-darmonlar bilan davolanadi. To’rtinchi bosqich Oldingi bosqichlardagi alomatlar,  uyqusizlik , apatiya, tushkunlik kuzatiladi. Ichak mikroflorasining deyarli butunlay o’zgarishida  anemiya  va avitaminoz rivojlanadi. Malakali davolashsiz to’rtinchi bosqich disbakterioz jiddiy infektsion kasalliklarga olib kelishi mumkin. Axlatda mikroorganizmlarning tarkibi bo’yicha disbakteriozning tasnifi Yosh Disbakterioz darajasi Laboratoriya ko’rsatkichlari 50 yoshgacha 1 bosqich 10 5 -10 6  tagacha kamaygan yoki 10 9 -10 10  tagacha ko’paygan tipik ichak tayoqchalari,  10 5 -10 6 gacha kamaygan laktobakteriyalar ko’rsatkichi va 10 6 - 10 7  gacha kamaygan bifidobakteriyalar ko’rsatkichi. 2 bosqich Shartli-patogen mikroorganizmlar ko’rsatkichining 10 5 -10 7  gacha ko’tarilishi, bifidobakteriyalar ko’rsatkichining 10 7 va laktobakteriyalarning 10 5  gacha kamayishi. 3 bosqich Shartli-patogen mikroorganizmlarning ko’rsatkichi 10 7  dan yuqori bo’ladi, laktobakteriyalar ko’rsatkichi 10 5 gacha,  bifidobakteriyalarniki esa 10 7  gacha pasayadi. 50 yoshdan keyin 1 bosqich Tipik ichak tayoqchalarinig ko’rsatkichi 10 5 -10 10 dan yuqori, laktobakteriyalar ko’rsatkichi 10 4  -10 5 gacha, bifidobakteriyalarniki esa 10 6 -10 7  gacha pasaygan. 2 bosqich Shartli-patogen mikroorganizmlar ko’rsatkichi 10 5 -10 7 gacha ko’tarilgan, laktobakteriyalar ko’rsatkichi 10 4 gacha, bifidobakteriyalarniki 10 6  gacha pasaygan. 3 bosqich Shartli patogen mikroorganizmlar ko’rsatkichi 10 6 -10 7 dan oshib ketgan, laktobakteriyalar ko’rsatkichi 10 4 , bifidobakteriyalar ko’rsatkichi 10 6  dan past. Ichak mikroflorasi buzuqligi bilan axlatni vizual tahlil qilish ■ Shuningdek, ichak disbakteriozida ichak patologiyasi tabiatiga alohida e’tibor beriladi, bu axlat rangi va turiga, shuningdek holatiga qarab osonlikcha aniqlanadi. ■ Sarg’ish tusdagi axlat ko’p miqdorda hazm bo’magan ovqat va ortiqcha kraxmaldan dalolat beradi. Bunday holatda vaziyatni rostlash uchun xom sabzavotlar, uglevodlar va sut o’rniga oqsilga boy oziq-ovqatlar tavsiya etiladi (qaynatilgan go’sht, tuxum, pishloq). ■ Juda to’q rangli va badbo’y hidli axlat ichakda ishqorli reaktsiya mavjudligini, shuningdek hazm bo’lmagan kletchatka borligini ko’rsatadi. Bu holatda, ratsiondan vaqtincha go’sht va yog’larni chiqarib tashlab, ko’proq qaynatilgan sabzavotlar va sut mahsulotlari iste’mol qilish kerak. ■ Ich ketishi bilan kechadigan ichak disbakteriozini «yumshoq» oziq-ovqat mahsulotlariga asoslangan parhez bilan tuzatish kerak. Ratsiondagi ovqat issiq yoki sovuq bo’lmasligi kerak, oziq-ovqat qaynatilgan va imkon qadar ezilgan bo’lishi kerak. ■ Agar disbakterioz qabziyat bilan namoyon bo’lsa, ratsionga ko’proq kletchatkaga boy mahsulotlarni kiritsh kerak: olma, karam, sabzi, o’rik. Ichak disbakteriozida prebiotik va probiotiklar ■ Disbakteriozni davolashda shuningdek prebiotik va probiotik preparatlar qo’llaniladi, va aytishlariga qaraganda, ular ichak mikroflorasi buzilgan hollarda samarali yordam bermoqda. Nomlanishi o’xshashligiga qaramasdan, prebiotiklar va probiotiklar tubdan farq qiluvchi preparatlar bo’lib, ularning ta’rifini batafsilroq tushunish maqsadga muvofiqdir. ■ Prebiotiklar  — bu mavjud bo’lgan foydali mikrofloraning o’sishi va faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan moddalardir. Prebiotiklar oshqozon-ichak tizimida hazm qilinmaydi, oddiy qilib aytadigan bo’lsak, prebiotiklar bu foydali mikroflora uchun oziq-ovqat hisoblanadi. Endi  probiotiklar  haqida. Ushbu preparatlar organizmga kerak bo’lgan mikroorganizmlar majmui bo’lib, ichakka yetarli miqdorda tushganda mikrofloraga ijobiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ularni qo’llash juda bahsli masala. Holbuki, probiotiklar shaklida mikroorganizmlarning bevosita kiritilishi ko’plab shartlarga ega. Ba’zi mikroorganizmlar shunchalik miqdorda kerakki, ularni tashqaridan olish oson emas, boshqalarini esa jonli shaklda kiritish juda murakkabdir. Va probiotiklarni qo’llashning haqiqiy foydalari haqida laboratoriya dalillari juda ko’p emas. Foydali ta’siri tasdiqlangan probiotiklardan dorixonada Laktobakteriyalar va Bifidobakteriyalar (Lineks, Bifiform, Bifidumbakterin, Laktobakterin), saxaromitset Bulardi, enterokokklarni topish mumkin Disbakteriozning jiddiy shakllarini davolash Shartli-patogen mikroorganizm Qo’llaniladigan antibakterial preparat Enterokokk Ersefuril, Furazolidon, Enterofuril, Levomitsitin, makrolidlar. Protey Nevigramon, Sulgin, Ersefuril, Enterofruil. Stafilokokk Piobakteriofag, stafilokokk Bakteriofag. Kandidalar va boshqa zamburug’li agentlar Flukonazol, Mikosist, Terbinafrin, Ambizom. Klostridiyalar Metronidazol, Vankomitsin. Pseudomonas aeruginosa Kanamitsin, Gentamitsin. Zamonaviy tibbiyotda disbakterioz■ Xalqaro kasalliklar tasnifida (Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining rasmiy hujjati) «disbakterioz» tashxisi mavjud emas. Bu holatga eng yaqin tashxis — bakterial o’sishning ortiqcha sindromi. Bu tashxis ingichka ichakdan olingan millilitr aspiratda 105 dan oritq mikrorganizmlar aniqlanganda qo’yiladi. ■ G’arb tibbiyoti ichak mikroflorasini o’rganish uchun axlatni tahlil qilishga juda shubhali qaraydi. «Normal ichak mikroflorasi» tushunchasi juda noaniq va har bir kishi uchun individual, bu esa shifokorlarga aniq xulosa qilishga yordam bermaydi. ■ Sobiq SSSR hududida disbakterioz tushunchasi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan juda faol ravishda tarqatilmoqda. Bu oqlangan qadammi yoki buning ortida faqat reklama orqali tijoriy foyda olish yashiringanmi, hukm qilish qiyin. ■ Ko’pgina shifokorlar ichak mikroflorasi buzilganda probiotik va bakteriofaglardan foydalanish samarasiz deya ta’kidlashmoqda. Ularning fikriga ko’ra, tashqi mikroorganizmlar ichakda yashab ketishlari uchun deyarli hech qanday imkoniyat yo’q, bakteriyofaglar esa oshqozonda parchalanib ketadi va ularning  hech qanday tegishli foydasi bo’lmaydi. E’tiboringiz uchun raxmat