logo

Markaziy nerv sistemasi Neyron turlari, Nerv markazlari haqida tushuncha

Yuklangan vaqt:

24.08.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8040.2998046875 KB
MARKAZIY NERV SISTEMASI NEYRON TURLARI, NERV MARKAZLARI HAQIDA TUSHUNCHA REJA: 1. Markaziy nerv sistemasi 2. Periferik nerv sistemasi 3. Neyron turlari. 4. Nerv markazlari haqida tushuncha Nerv tizimining faoliyatini reflekslardan iborat, degan edi Sechenov. Refleks-(lotincha refleks-qayta his etish) bu organizmning nerv tizimi yordamida tashqi yoki ichki ta’sirotlar qo’zg’alishlarga bergan javob reaksiyasidir. Nerv tolalari organizmning barcha a’zolari va to’qimalari ichiga kirib, ularda juda ko’p tarmoqlar hosil qiladi. Bu nervlar sezuvchi va harakatlantiruvchi bo’lib, markaziy nerv tizimi bilan birga organizmning bir butunligini taminlaydi. Nerv tizimining funksional birligi nerv hujayrasi neyrondir. Neyron-tana va o’simtalardan iborat. Unda 2 xil o’simta: kalta o’simta-dentrit, uzun o’simta-akson boladi. Nerv tizimida neyronlar o’zaro dentritlar orqali bog’lanadi va impulslar dentritlar orqali bir-biriga o’tadi. Aksonlar nerv markazidagi ta’sirni ishchi organga yetkazuvchi toladir. Bu ta’sirotlar refleks yoyi orqali o’tadi. Refleks yoyi 3 xil neyrontasirotni qabul qilib oluvchi retseptor-afferent neyron javob impulsini ishchi a’zoga yetkazuvchi- effektor neyron.ular orasidagi oraliq assotsiativ neyron  Neyron nerv tizimining asosiy faoliy birligidir. Odamning miyasida 25 milliardga yaqin neyronlar mavjud. Periferik nerv tizimiga kiruvchi tugunlardagi nerv hujayralar soni 25 million chamasida. Neyronlar biri- biridan о‘z shakli va katta-kichikligi bilan farq qiladi.  vegetativ yoki avtonom nerv – u ichki a’zolar, yurak qon tomir, teri bezlari, ichki sekretsiya bezlari silliq muskullar o’sish va rivojlanish jarayonini boshqaradi. somatic nerv-skelet muskullar va sezgi a’zolarni boshqaradi.Nerv tizimi shartli ravishda 2 ga bo’linadi Nerv sistemasi • Nerv sistemasining funksiyasi ikki qismga bo'lib o'rganiladi. Nerv sistemasi ning birinchi funksiyasi • odam organizmining barcha hujayra, to'qima, organlari va sistemalarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlashdan iborat. ikkinchi funksiya si • odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog'lanishini, muomalasini, tashqi muhit sharoitiga moslashllvini ta'minlaydi.Pavlov nerv sistemasining bu funksiyasini oliy nerv jaoliyati deb atagan Nerv sistemasiPeriferik nerv sistemasi Markaziy nerv sistemasi  Nerv tizimi organizmdagi hujayra, tо‘qima, a’zo va tizimlar faoliyatini uyg‘unlashtirib hamda birlashtirib, integrativ faoliyatni bajaradi Nerv tizimi organizmni tashqi muhit bilan aloqasini va muhit bilan bog‘lanishini, shuningdek muhit о‘zgarishlariga moslashishini ta’minlaydi. Nerv tizimi organizmning maqsadga erishishga qaratilgan xulq-atvorini shakllaydi. Nerv tizimi trofik faoliyatga ega. Bu faoliyat о‘sish, yetilish va modda almashinuvini boshqarishdan iborat.06 1112 1112 060708 0E 2F30 06 2112 0607 09120A Yangi eraning II-asrida rim vrachi Galen nerv tizimi tuzilishini o'rganib odam harakatlarini ixtiyoriy va ixtiyorsiz guruhlarga ajratgan. Buyuk fransuz mo’tafakkiri R.Dekart birinchi bo'lib, ixtiyorsiz harakatlarning refleks tabiatdaligini aytgan. Masalan, u barmoqqa igna sanchilganda sezgi uchlaridan qo‘zg‘alish nervlar orqali miyaga borib, u yerdan nervlar orqali muskullarga kelishini tushuntirib bergan. Dekart odamni ruhiy hayoti moddiy qonunlarga bo‘ysunmaydi uni qandaydir boshqa kuch boshqaradi deb izohlagan. Bu Dekartning dualizmi edi. XIII-asrda chex olimi I.Proxaska fiziologiyaga «refleks» atamasini kiritdi. Keyinchalik refleks ta’limoti rus olimi I.M.Sechenov tomonidan rivojlantirildi. U o‘zining «Bosh miya reflekslari» asarida organizmdagi barcha harakatlar reflekslar asosida amalga oshadi, shujumladan ruhiy jarayonlarning asosida ham reflekslar turadi deb aytgan. Keyinchalik l.P.Pavlov shartli reflekslarni hosil qilish yo‘li bilan hayvonlaming xulq- atvori ham reflekslar bilan bog‘liqligini tajaribada isbotlagan. Reflekslar doimo refleks yoyida amalga oshadi. Refleks yoyi beshta elementlardan iborat bo‘ladi. Sezuvchi qism yoki reseptorlar maydoni qo‘zg‘alganda qo‘zg‘alish sezuvchi nervlar orqali markazga borib, u yerda tahlil qilinib tegishli javob reaksiyasi harakatlantiruvchi nerv tolalari orqali ishchi a‘zoni funksional holatini o‘zgartiradi. Demak, refleksni yuzaga keltiruvchi qo‘zg‘alishni bosib o'tgan yoiga refleks yoyi deb ataladi. Biologik ahamiyatiga ko'ra barcha reflekslarovqatlanish himoyalan ish tusmollash- o'rganishjinsiy va boshqa reflekslar27 12 16 08 01 0A 08 05 01 12 09 19 08 Individni ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan barcha harakatlarni ovqatlanish reflekslariga kiritiladi. O ‘zini va o'ziga yaqinlami jabrlanib qolishdan saqlovchi harakatlar - himoya refleks laridir . O‘rganish-reflekslari yordamida yangi narsa o'rganiladi. Jinsiy reflekslar o‘ziga o‘xshaganni yaratish va voyaga yetkazishga qaratiladi. Neyronlar quyidagi retseptor sohalardan ta’sirotlarni qabul qiladiekstroretseptor-teri yuzasidan olinadigan ta’sirlar introreseptor- ichki a’zolardan qabul qilingan ta’sirotlarprorioretseptor- muskullar, suyaklar, paylar, bo’g’imlardan qabul qilinadigan ta’sirotlar Reflekslarning javob reaksiyalariga ko‘ra reflekslarni harakatlantiruvchi va sekretor, ya’ni shira ishlab chiqaruvchi reflekslarga bo`linadi. Harakatlanuvchi reflekslarda javob reaksiyasi muskul qisqarishi orqali amalga oshadi, sekretor - shira chiqaruvchi reflekslarda javob reaksiyasi bez to‘qimalaridan suyuqlik chiqishi bilan ko'rinadi. Refleksni amalga oshiruvchi nerv markazini markaziy nerv tizimining qaysi bo'limida joylashganligiga ko‘ra reflekslarni orqa miva, uzunchoq miya, о ‘rta miya, miyacha, oraliq miya va po‘stloq reflekslariga bo'linadi. Hosil bo`lishiga ko‘ra reflekslarni shartsiz vashartli reflekslarga bo`linadi. Bu reflekslarning xususiyatlari keyinroq to‘la bayon qilinadi. MIYA PARDALARI Bosh miyaning rivojlanishi. Uch va besh miya pufaklarining rivojlanishi Miya pufaklarining qismlari   Bosh miya katta yarim sharlar ikkita yarim shardan iborat bo`lib, bosh miyaning eng rivojlaigan qismidir. Ikkita yarim shar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharning miya qopqog`i (plashi), xid bilish miyasi, asosiy markaziy bo`laklari va ikkita yon qorinchasi bo`ladi. Ikkita yarim shar bir-biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajraladi. yarim sharning ustki qismida juda ko`p pushta va egatchalar bor, Har bir yarim sharning tashqi, ichki va pastki yuzasi bor. Miya yarim sharlarning katta egatchalari uni beshta: peshona, tepa, ensa, chekka va orolcha bo`laklariga ajratadi. Silviev egatchasi miya yarim sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va bir oz yuqoriga ko`tariladi, miya katta yarim sharlarining chekka bo`lagani boshqalardan ajratadi. Roland yoki markaziy egatcha miya yarim sharlarning yuqoriga chetidan o`rtada Silviev egati tomon pastga yunalgan bo`lib, katta yarim sharlarning peshona bo`lagini tepa bo`lagidan ajratadi. Ensa-tepa egatchasi katta miya sharlarining orqa tomonidan kundalang yo`nalgan bo`lib, ensa bo`lagini tepa bo`lagidan ajratadi. Har qaysi bo`lakda mayda egatchalar bo`lib, ular pushtalar yordamida bir- biridan ajraladi. Katta yaram sharlarning orolcha bo`lagi Silviev yorigining chuqurligida yotadi, peshona, tepa chekka bo`lakchalari bilan o`ralgan bo`ladi.     5-rasm. Odam tanasi turli sohalari- ning orqa miya nervlari bilan ta`minla- nishi.    eng ustki birinchi qavat molekulyar qavat deyilib, u mayda neyrogliya hujayralari usigidan iborat Ikkinchi qavat tashqi donachali qavat deyilib, u zich joylashgan yumaloq va ko`p burchaqli mayda nerv hujayralarndan tuzilgan . Uchinchi piramidasimon hujayralardan tashqil topgan To`rtinchi qavati donodor ichki qavat bo`lib , mayda hujayralardan tashqil topgan Beshinchi tugunli qavat bo`lib, unda yirik piramidasimon hujayralar joylashgan.Chekka qismida Kortiev oltinchi qavati duksimon va piramidasimon hujayralardan iborat. Piramidasimon hujayralar harakat hujayralari bo`lib, uzun o`siqlari-aksonlari muskullarga impuls o`tkazadi. yulduzsimon hujayralar esda saqlash nerv protsesslarining almashinishida ishtirok etadi. Duksimon hujayralar po`stloq osti qismlarni markazdan qochuvchi sistemalar bilan bog`laydi. Katta o`siqli hujayralar miya po`stlog`idagi markazlarni bir-biri bilan bog`laydi Bosh miya katta yarim sharlari po`stlog`i Bosh miya yarim sharlarning kulrang moddasi miyaning yuza qismida joylashgan bo`lib, u miya po`stlog`i deb nomlanadi. Miya po`stlog`i nerv hujayralari tanasining to`plamidan tuzilgan, 2-4 mm qalinlikda bo`ladi. Miya po`stlog`i bosh miya katta yarim sharlari egatchalari ichiga ham o`tib, 2200 sm 2 yuzani hosil qiladi. Bu yuzaning 2 / 3 kismi egatchalar hisobiga hosil bo`ladi. 1 / 3 qismi erkin yuza hisoblanadi. Bosh miyaning katta yarim sharlar po`stlog`i filogenetik jihatdan uning eng so`nggi qismi hisoblanadi. Miya po`stlog`idagi hujayralar joylashishi va shakliga qarab, 6 qavat ba`zi qismda ensada 9 qavatdan iborat bo`ladi. Shunday qilib, odam bosh miya po`stlog`i tuzilishining hayvonlar bosh miya po`stlog`iga nisbatan takomillashganligi, murakkabligi mayda o`siqli hujayralarning ko`pligiga, miya po`stlog`i xajmining kattaligiga, turli markazlarini bog`lovchn assotsiativ nerv hujayralarining rivojlanishiga bog`liq. Miya po'stlog'ining turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining po'stloq sathi funksiyasiga ko'ra uchta zonaga bo'linadiMiya po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to'plami muskullar, paylar, bo'g'imlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi. Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining to'qima va a'zolari bilan nerv yo'liari orqali bog'lanmagan, ular miya po'stlog'ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv markazlarini)bir-biri bilan bog'laydi. Bu zonalar sezgi va harakatlanish a'zolaridan kelgan ta'sirni analiz va sintez qiIadi. Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to'plami odam tanasining barcha sezgi a'zolarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar teri, ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish kabi sezgi a'zolari retseptorlaridan impuls qabul qiladi  Miya po`stlog`idagi markazlar Miya po`stlog`ida nerv markazlari juda ko`p bo`lib, ular morfologik, fiziologik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Uning ensa qismida ko`rish ta`sirlarshsh qabul qiluvchi ko`rish markazi (9) joylashgan, organdan kelayotgan ta`sirni qabul qiluvchi eshitish markazi (41,42) oldingi markaziy pushtada harakat nerv markazlari (6), keyingi markaziy pushtada sezishning oliy markazi joylashgan. Bulardan tashqari, miya yarim sharlarining 44, 45,6.39,41,43 qismlari bilan bog`langan nutq ko`rish, nutq eshitish, nutq-harakat va boshqa analizatorlarning og`zaki va yozma nutq bilan bog`liq bo`lgan nerv markazlari joylashgan. Miya po`stlog`ida 200 dan ortiq nerv markazlari borligi aniqlangan. Bosh miya katta yarim sharlarking oq moddasi Miya yarim sharlarning oq moddasi asosan juda ko`p nerv tolalaridan tuzilgan. Nerv tolalari yo`nalishi va funktsional xususiyatlarigya ko`ra proektsion , assotsiatsion va komissural tolalarga bo`linadi. Proektsion tolalar bosh miya po`stlog`ining markazlarini miya sopidagi va orqa miyadagi markazlar bilan bog`laydi. Bu tolalar sezuvchi-efferent tolalardan iborat. Proektsion tolalar har bir yarim sharda radial yunalishda joylashadi. Assotsiatsion tolalar bitta yarim sharlar miya po`stlog`idagi turli markazlarni bir-biri bilan bog`laydi. Kalta tolalar egatchalar tagidan o`tib, qo`shni pushtalardagi markazlarni birlashtiradi. Uzun tolalar turli qismlardagi pushtalarni bir-biriga bog`laydi. Kommissural tolalar ikkinchi yarim shardagi simmetrii markazlarni bir-biriga bog`laydi va qadaqsimon tana hosil qiladi. Oliy nerv faoliyatinig printsiplari Oliy nerv faoliyatining fiziologiyasi odam va hayvonlar bosh miyaning oliy bo`limining faoliyatini qonuniyatlarini o`rganadi. Oliy nerv faoliyati tashqi muhitga moslanishning oliy shakllarini amalga oshirishda asosiy o`rinni egallaydi va odam organizmida ketayotgan psixologik jarayonlarning asosi hisoblanadi. I.P.Pavlovning hayvonlar oliy nerv faoliyatini eksperimentlar asosida o`rganishda I.M.Sechenovning «Bosh miya reflekslari» nomli asari muhim rol o`ynadi. I.P.Pavlov 35 yil mobaynida oliy nerv faoliyatini shartli reflekslar faoliyati qonuyaiyatlarini o`rganib oliy nerv faoliyati fiziologiyasi bo`limini ochilishiga sabab bo`ladi. Odam organizmini o`rab olgan muhit benihiyat chegarasiz bo`lib, bu muhitga juda qiyinchilik bilan organizmdagi bir necha funktsiyalarni qayta ko`rilishi bilan erishiladi, bunda oliy nerv faoliyati asosiy o`rinni egallaydi. Bosh miya katta yarim sharlar faoliyatini o`rganish usullari Bosh katta yarim sharlar faoliyatini o`rganishda quyidagi usullardan foydalaniladi: • Bosh miya yarim sharlar po`stlog`ini qisman yoki butunlay olib tashlash • Bosh miya katta yarim sharlarning ba`zi qismlariga oltin yoki platikadan tayyorlangan elektrodlar o`rnatib shu sohasidagi biotoklarni yozib olish • elektroentsefalografiya • yuzaga chiqarilgan potentsiallar • Odam yoki hayvonda shartli refleks hosil qilish usuli • Neyron faolligini yezib olish • Topografik karta tuzish • Kompyuter tomografiya Yuzaga chiqarilgan potentsiallar yarim sharlar po`stlog`i faoliyatini o`rganishda yuzaga chiqarilgan potentsillarni qayd etish ham natija beradi. Retseptorlar periferiya nervlar va sensor signallarni o`tkazuvchi boshqa tuzilmalarni ta`sirlangandan so`ng po`stloq yuzasidan qayd qilinadigan elektr reaktsiyasi yuzaga chiqarilgan potentsial deb ataladi. Bu usul yordamida miyaning turli tuzilmalarga axborot o`tkazuvchi yo`llarini po`stloqdagi manzilini aniq tek shirish mumkin. Ma`lumki retseptiv sohadagi yoki afferekt yo`ldan kelgan impulslarni bevosita tahlil qiladigan po`stloq sohasida yuzaga chaqadigan potentsial amplitudasi eng yuqori bo`ladi. Bu sohadan qancha uzoqlashsa, potentsillarning kuchi shunchalik kamayadi. Latent davri ortadi. Afferent impulslarni bevosita tahlil qiluvchi sohalarda yakka rag`bat yuzaga chiqargan potentsial birlamchi javob deb ataladi. Chin birlamchi javob amplitudasi 400-600 mkv bo`lib, ikkita bosqichga bo`linadi. Avval 10-12 ms davom etgan musbat tebranish qayd qilinadi, keyin 10-12 ms davomida manfiy tebranish ruy beradi. Alohida neyronlar faolligini o`rganish fukntsiyalanishning asosiy qonuniyatlarini o`rganish imkonini beradi. Alohida neyronlardan potentsiallarni yozib olish hayvonlarda eksperiment assosida o`rganiladi. Juda nozik apparatlar yordamida hujayra ichidagi qo`zg`olishlarni yozib olish mumkin. Bir guruh neyronlardan ham potentsiallarni yozib olish mumkin. Neyron aktivligini klinikada ham yozib olish mumkin. Bu turli kasalliklarni aniqlash imkonini beradi. Topografik kartalash Ko`p kanalli eeG registratsiya qilish va uni kompyuterda qayta ishlash miya po`stlog`ida turli ritmlarni tarqalishi va ularni turli amplituda bo`lishi hakidagi ma`lumotlardan xabordor qiladi. Bunday kartalarni ketma-ket quyish dinamik jarayonlar haqida ma`lumot beradi. Bunday kartalashtirish miyaning funktsional turli xolatlardaga faoliyatida tavsiv qilish imkonini beradi. Kompyuter tomografiya Kompyuter tomografiya eng yangi texnik metodlar va hisoblash texnikasi qo`llash asosida ko`p ko`rinishlarni olish imkonini beradi. Bu metod miya turli tuzilmalardagi o`zgarishlarni metobolitik o`zgarishlar asosida tavsiflash imkonini beradi. Nerv hujayralarida moddalar almashinivi radioizotoplar bilan belgilab ma`lum ximiyaviy elementlar qo`llash mumkin. Avtiklikni kuchayipsh modda almashinuvini kuchayishi bilan boradi, u yoki bu psixik jarayonlar vaqtida faollik xududlarda izotoplar to`planadi. Vegetativ ko`rsatkichlar yozib olish usuli Turli psixik psixofiziologik jarayonlar miya po`stlog`ini funktsional xolati yozib olinadi. Bunday vegetativ ko`rsatkichlarga teri elektr potentsial va yurak-tomir faoliyati parametrlari kiradi. Masalan, plastizmagrafiya. Bu usulda periferik qon tomirlarda qonni oqimi o`rganiladi. Bunda turli organlarda qon hajmi o`zgaradi. Bu o`zgarishni yozib olish mumkin. VEGETATIV NERV SISTEMASI  Vegetativ nerv sistemasi haqida umumiy tushuncha. XIX asrning boshida fransiyalik fiziolog F. K. Bishning taklifiga muvofiq, bajaradigan funksiyasiga ko'ra nerv sistemasi ikki qismga: somatik va vegetativ nerv sistemasiga bo'linadi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining skelet muskullari, sezgi a'zolari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki a'zolar (nafas olish, qon ayla¬nish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Skelet muskullaridagi moddalar almashinuvi jarayoni ham vegetativ nerv sistemasi tomonidan, boshqariladi, bu muskullarning sezish va harakatlanish funksiyalari esa somatik nerv sistemasi orqali boshqariladi.Somatik va vegetativ nerv markazlarining joylashishi ham bir- biridan farq qiladi. Chunonchi, somatik nerv sistemasining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida bir tekisjoylashgan. Vegetativ nerv sistemasining markazlari esa orqa va bosh miyaning ma'lum qismlaridagina joylashgan. 11-rasm. Vegetativ Den sistemasi. 1- orqa miya; 2- umurtqa pog'onasi atrofidajoylashgan nerv tugunlari (orqa miyadan chiqqan simpatik nerv tolalarining birinchi qismi shu nerv tugunlarida tugaydi, ikkinchi qismi shu tugunlardan boshlanib, to'qimava a'wlarga boradi); 3- simpatik nerv tolalarining a'zolar bilan tutashgan uchlari; 4- parasim¬patik (adashgan) nerv tolasi; 5,6- adashgan nerv tolasining yurak, me'da, ichak atrofidagi tugunlari; 7- simpatik nerv tolasining yurakka tutashgan uchi.  Simpatik nerv sistemasi . Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmen¬tigacha bo'lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida ko'rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog'onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to'qima va a'zolarga 'boradi, Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchay¬tiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, me'da va ichaklaming harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo'shashtirib, siydik yig'ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo'llarini (bronxlami) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko'z qorachig'ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.  Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miyaning pastki qismida (o'rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dumg'aza segmentida joylashgan. O'rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi a'zolarga boradi. Shuningdek parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki a'zolarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg'aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo'shlig'ining pastki qismida va chanoq bo'shlig'ida joylashgan a'zolarga boradi. Parasimpatik nerv sistemasi yurak ishini sekinlashtiradi va kuchsizlantiradi, arteriya qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimni pasaytiradi, me'da va ichak harakatini kuchaytiradi, siydik qopi muskulini qisqartirib, siydik ajralishini ta'minlaydi, bronx hamda ko'z qorachig'ini toraytiradi, ter ajralishini kamaytiradi. Shunday qilib, yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik qismlari barcha ichki a'zolar, qon tomirlari hamda bezlar ishini boshqaradi. Binobarin, simpatik nervlar ba'zi a'zolaming ishini kuchaytirib, ba'zilarining ishini susaytiradi. Parasimpatik nervlar esa simpatik nervlarga nisbatan teskari ta'sir ko'rsatadi. Bu degan so'z, simpatik va parasimpatik nerv sistemasining ishi bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular to'qima va a'zolar funksiyasini zaruriyatga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizm ning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim ahamiyatga ega .