logo

Bugungi kun tibbiyotining turli sohalarida nanotexnologiyalardan foydalanishning asosiy sabablari va natijalar

Yuklangan vaqt:

28.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

212.974609375 KB
Bugungi kun tibbiyotining turli sohalarida nanotexnologiyalardan foydalanishning asosiy sabablari va natijalar  Reja Kirish Nanotexnologiyalar rivoji Nanotexnologiyalar istiqboli Xulosa Kirish Bugungi kunda insonlarning texnologiyalarga bo‘lgan talablari ortib borishi bilan texnologiyalar juda ham jadal tarzda rivojlanib bormoqda. Foydalaniladigan qurilmalarning imkoniyatlari yanada ko‘proq bo‘lishini hamma ham xohlaydi. Shu sababdan ham mikrotexnologiyadan nanotexnologiyaga o‘tilmoqda. Nanotexnologiya sohasida yetarlicha natijalarga ham erishildi. Ushbu yo‘nalishda yaratilgan ilmiy ixtirolar iqtisodiyot, tibbiyot, biologiya, ekologiya, aviatsiya, radioelektronika kabi ko‘plab muhim sohalarda yuqori samaradorlik va tejamkorlikka erishish imkonini bermoqda.  Hayotimizga dadil kirib kelayotgan nano texnologiya tushunchasi jamiyatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, turmushi miz farovonligini oshirish, ha yotimizda o‘z yechimini kutayotgan eko logik, ijtimoiy va boshqa muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ilm-fanning bunday kashfiyotlari noyob xususiyatlarga ega yangi meta-materiallar va ekstremal sharoitlarga chidamli nanomateriallar olish va ularni tatbiq etishga xizmat qiladi. Shu bois jahonda nanotexnologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va bu boradagi innovatsion texnologiyalardan tobora keng foydalanishga e’tibor kuchayib bormoqda. Masalan, kom pyuter texnologiyalari sohasida olib borila yotgan izlanishlar natijasida kvant infor matikasi fani yuzaga keldi Nanotexnologiyaning rivojlanishi. Hozirgi davrdayoq nanotexnologiya sohasidagi izlanishlarning yuksak natijalari tibbiyotda: dermatologiya, pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida ishlatiladigan inson vujudiga beziyon shifo vositalarini yaratishda ham yaxshi samara bermoqda. Nanotexnologiyalardan tibbiyot sohasida foydalanish muhim kashfiyotlarga yo‘l ochmoqda. Shu kunlarda jahondagi yetakchi ilm-fan mar kazlarida bu yo‘nalishda yaratilgan dori kapsulalari va shpritslar sinovdan o‘tmoqda. Dori nanokapsulalarining afzalligi shundaki, ular tananing sog‘lom qismiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay, faqat kasallangan hujayraga yetib boradi.  Nanotexnologiyalarning rivojlanishi muqobil energiyadan foydalanish istiqboli uchun ham muhim asos bo‘ladi. Chunki nanomateriallar asosida yaratilgan elektr ener giyasi ishlab chiqaruvchi uskunalarning samaradorligi amaldagilaridan bir necha ba robar o‘sadi. Nanotexnologiya sohasida mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ham yuksak natijalar bermoqda. Jahon ilm-fanida bunday ixtirolarning yutuqlarini chuqur o‘rganish va uni hayotga tatbiq etishda mamlakatimiz ilm-fan markazlarida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limida o‘tgan asrning 90-yillarida nanofizi ka sohasida dastlabki ilmiy-tadqiqotlar boshlangan edi. Bu jabhada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida nanomateriallar yordamida nurlanuvchi diodlar yaratildi.  Nanotexnologiya istiqbollari Nanotexnologiya atamasi birinchi marta 1974-yilda yaponiyalik olim Norto Taniguti alohida atomlar bilan manipulyatsiya yordamida yangi obyekt va materiallarni ajratish jarayonini tavsiflash uchun taklif etilgan. Nanotexnologiya tushunchasining mukammal tarifi mavjud emas, lekin hozirgi mavjud mikrotexnologiyaga o’xshash holda nanotexnologiya bu nanometr o’lchamlari bilan ishlovchi texnologiya ekanligi kelib chiqadi. Bu shunchalik kichik qiymatki, u atomlar o’lchamlari bilan taqqoslanuvchi ko’rinuvchi nur to’lqinlari uzunligidan yuzlab marta kichik. Shuning uchun ham “mikro”dan “nano”ga o’tish bu miqdoriy emas, balki sifat o’tishi, moddalar manipulyatsiya- sidan alohida atomlar manipulyatsiyasiga keskin o’tishdir. Fizik kattaliklar nomlarining qo’shimchalari 1793- 1795 yillar davomida Fransiyada metrik o’lchovlar tizimini qonunlashtirish bilan kiritilgan. Qisqa birliklar uchun nomlar qo’shimchasiga grek tilida, mayda bo’laklar nomlari uchun lotin tilida qo’shimchalar qabul qilish kiritilgan. O’sha yillarda quyidagi qo’shimchalar qabul qilingan. “kilo”-grekchadan chilioi-ming, gekto... grekchadan hekaton- yuz va h.z. Keyingi yillarda qisqa va mayda bo’lak birliklari o’sgan, ularning nomlariga qo’shimcha belgilar boshqa tillardan o’zlashtirilgan. Agar mexanizmning harakat tartibini amalga oshiruvchi markaziy zvenosi shunday elementlardan tashkil topsa, bunday zveno mexanizmning vazifasi va ijrosi bo’yicha xilma-xil bo’lgan uglerodli nanonaychadan iborat sun'iy muskul bo’lishi mumkin. Bu g’oyani AQSH Texas universiteti qoshidagi “Nanotexnologiya” instituti direktrori Rey Bogman ishlab chiqdi. Oldin u uglerodli nanonaychaning tartibsiz bog’lamini tayyorladi. Bog’lam tuzilmasini muntazamligini oshirish ustida qattiq ishlagan olim vertikal uglerodli nanonaychaga zich joylashgan, uzunligi 100 nmga yaqin bo’lgan eshilgan ip ko’rinishidagi “muskul”sifat strukturali ingichka uzun makroip o’rimiga ega bo’ldi. Xulosa Umuman olganda, har qanday texnolo giyaning rivojlanishi insonlarning turmush tarzini yaxshilash, yashash darajasini oshi rish uchun xizmat qiladi, shu o‘rinda nanotexnologiyalar ham insonning yashash tar zida, ish faoliyatida katta yordam beradi. Bir so’z bilan aytganda nanotexnologiya bugungi kunda yangi fan sifatida namoyon bo’layotgan istiqbolli soha bo’lib, uning barcha xususiyatlari bilan yaqindan tanishish hamma uchun qiziqarli va hayotiy zarurat hamda dolzarb masaladir.