logo

Bolalar nafas tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari. Yuqori nafas yo’llari

Yuklangan vaqt:

10.09.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8752.1298828125 KB
Bolalar nafas tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari. Yuqori nafas yo’llari  MAVZUNI DOLZARBLIGI Bolalarda nafas a’zolarining anatomo fiziologik hususiyatlarini o’ziga hosligi(kaltaligi,torligi,yallig’lanishga moyilligi) Bolalar o’rtasida uchraydigan kasalliklarning eng ko’p foizi nafas yo’llari hastaliklariga to’g’ri kelishi. 5 yoshgacha bo’lgan bolalarning o’limining 19% aynan nafas a’zolari kasalliklari hisobiga to’g’ri kelishi. Talabalar va oila shifokorlari o’rtasida nafas a’zolari kasalliklarini differensial diagnostikasida qiyinchilik mavjudligi. NAFAS SISTEMASINING EMBRIOGENEZI • Nafas tizimi homilaning 3-chi xafta oxirida 4 –chi hafta boshlarida shakllanadi. Nafas a’zolarini embriogenizi 3 bosqichdan iborat I-bosqich -Bezli bosqich (5haftadan-4 oygacha) Nafas yo’llari va bronx daraxti hosil bo’ladi II-bosqich kanalikulyar bosqich(4-6oyda) Bronx daraxti hosil bo’lishi tugab respirator bronxiola lar hosil bo’ladi III-bosqich alveolyar bosqich (6 oylikdan boshlab bola to’g’ilguncha) Alveola qopchalar shakllanadi,qon tomir to’ri hosil bo’ladi,mayda silliq mushak va tog’aylar shakllanadi. NAFAS NIMA? BOLALARDA BIRINCHI NAFAS MEXANIZMI Birinchi nafas mexanizmi. homiladorlikni 13 haftasida homilada nafas harakati boshlanadi, bu ovoz tirqishi yopiq holatida kuzatiladi. Birinchi tovushda bola qiyqiradi va shu bilan birinchi bor chuqur nafas oladi, o’pka esa risoladagidek yoziladi. Sog’lom chaqaloqla RO 2 80 dan 15 mm simob ustuniga kamayib, RS0 2 40 dan 70 mm. simob ustuniga ko’tariladi. RN 7,35 dan pasaygan bo’ladi. Diafragmani qisqarishi ko’krak qafasi ichida manfiy bosim yaratib, nafas io’llaridan havo kirishini yengillashtiradi. O’pka kengayganda undagi suyuqliklar limfa tomiri va qon tomir kappillyarlari orqali so’rilib ketadi. NAFAS A’ZOLARINING VAZIFALARI Umumiy - Himoya (Tozalash). - Havoni namlash. - Isitish - Havo o’tkazish Maxsus - Hid bilish - Immun himoya - Tovush hosil bo’lishi - Tanani ventilyatsiya qilish BOLALARDA NAFAS A’ZOLARINI HUSUSIYATLARI. Nafas yo’llarini ingichkaligi. Bronxlarda elastiklikni sustligi Intersitsial qismni taraqqiy qilmay qolishi. Kollateral ventilyatsiyaning yetishmovchiligi. Shilliqni giperproduksiyasi. IgA faolligini sustligi. Asinus bu  SURFANKTANT S urfanktant bu-alveolalar yuzasini tarangligini oshiruvchi aktiv modda bo’lib II- tip alveolasit hujayralardan sintezlanadi. U quyidagi vazifalarni bajaradi/ -alveolalar devorini tarangligini oshiradi -bakterisid ta’sir etadi -immunomodulyatorlik -alveolyar makrofaglarni faollashtiradi -alveolalar intersitsiasidagi shishlarni oldini olish  Mukosiliar klirens Mukosiliar klirens bu –nospesifik mexanizm bo’lib.Nafas a’zolarining mahalliy himoya qiluvchi qismi hisoblanib infeksiyalarni ta’sirini susaytiradi. • Yuqori nafas yo’llari: (Burun bo’shlig’i) yangi tug’ilgan chaqaloqlarda o’zining kichikligi, burun yo’llarining torligi, pastki burun yo’lini yo’qligi (4 yoshdan rivojlanadi) bilan kattalarnikidan farq qiladi. • YAngi tug’ilgan chaqaloqlarda burun bo’shlig’i qon va limfa tomirlariga boy. Ko’z yosh burun kanali kalta va nisbatan keng, uning klapan apparati yaxshi rivojlanmaganligi sabablik burun shilliq qavatidan ko’zga o’tishiga qulay sharoit mavjud bo’ladi. • G’ovaksimon to’qima yangi tug’ilgan chaqaloqlarda yaxshi shakllanmagan, shu jumladan burun bo’shlig’idagi arterial turi ham rivojlanmagan, bu o’z navbatida ilk yoshdagi bolalarda burundan qon ketishi kam uchraydi. G’ovaksimon to’qima 8-9 yoshdan rivojlanadi. • Bolalarda qo’shimcha bo’shliqlari - homiladorlik davrida rivojlanganligi bilan uning o’lchamlari kichikligi sabablik, ularning yalliqlanishi(gaymaroit, etmoidit, frontit, sinusit) kam uchraydi. • Frontal bo’shliq-20yoshda shakllanishi tugaydi • Gaymor bo’shlig’i shakllanishi 3oylikda boshlanib 7 yoshda tugaydi. • Etmoidal bo’shliq shakllanishi 3oylikda boshlanib 12 yoshda tugaydi. • Sfenoidal bo’shliq shakllanishi 6 yoshda boshlanib 15 yoshda tugaydi • XALQUM chaqaloq bolalarda kichik va ingichka bo’lib, limfa bezlari hali yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Har ikki tanglay bodomcha bezlari yumshoq tanglay yoysimon rovog’idan o’sib, og’iz bo’shlig’iga chiqmagan bo’ladi. . 4- 5 yoshlarda bodomcha bezlari yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, ba’zan ular gipertrofiyasini ham kuzatish mumkin. Bodomcha bezlar mikroblar uchun filtr vazifasini o’taydi, tez- tez takrorlanuvchi yallig’lanish jarayonida kattalashib, doimiy infeksiya o’chog’iga aylanib, surunkali tonzillit kasalligi kelib chiqadi. • Burun - halqum bodomcha bezlari kattalashishiga- adenoidlar deyilib, bunda burun orqali nafas olish qiyinlashadi, bolada intoksikatsiya belgilari, allergik jarayonga beriluvchanlik kuzatiladi. Yuqori nafas yo’llari kasalliklaridan bolalarda ko’pincha rinit,faringit,laringit,tonzilit ko’p uchraydi. • Hiqildoq – erta yoshdagi bolarda voronkasimon to’zilishda, kattalarda silindrsimon bo’lib, kattalarga nisbatan yuqorida joylashgan bo’ladi. Bolalarda ovoz tirqishi IV bo’yin umurtqasiga, kattalarda VII- bo’yin umurtqasiga to’g’ri keladi. • Tog’aylari nozik, egiluvchan, ovoz yorig’i tor, shilliq qavati qon-tomir va limfa tomirlarga boy, limfa bezlari yaxshi rivojlanmagan.Ovoz yorig’i 6-7 yoshgacha tor bo’ladi.Chin ovoz boylami kattalarga nisbatan kalta bo’lganligi sababli yosh bolalarning ovoz tembri yuqori bo’ladi • 3 yoshgacha hiqildoq shakli o’g’il va qiz bolalarda bir xil bo’ladi. 3 yoshdan keyin o’g’il bolalarda qalqonsimon bez plastinkasi qo’shilish burchagi o’tkir burchak hosil qiladi, bu ayniqsa 7 yoshlarda sezilarli darajada kuzatiladi. 10 yoshda hiqildoq kattalarnikiga o’xshash bo’ladi. • Shilliq qavati qon va limfa tomirlariga boy bo’lib, shish hosil bo’lishiga moyillik kuzatiladi.Shular sabab 2- 3 yoshlik bolalarda laringit ko’pincha hiqildoq yo’lini torayishi (stenozli laringit, krup) bilan kechadi. Hiqildoq ovoz mushaklari qisqa, elastik to’qimasi rivojlanmagangi sababli yosh bolalarda ko’proq nafas olishning qiyinlashuvi krup kuzatiladi. • Traxeya(kekirdak) - bola tug’ilishiga shakllangan bo’ladi. Erta yoshli bolalarda voronkasimon formada bo’lib, kattalarga nisbatan yuqorida joylashgan. Chaqaloqlarda yuqori cheti IV-bo’yin umurtqasida, kattalarda esa u VII bo’yin umurtqasi ro’parasida joylashgan. • Traxeyani uzunligi chaqaloqlarda 4 sm Elastik to’qimalari kam rivojlangan bo’ladi. Traxeya bifurkatsiyasi kattalarga nisbatan yuqorida joylashgan bo’ladi. Bu taxminan spipa scapulae dan umurtqa pog’onasiga tortilgan chiziqqa to’g’ri keladi Traxeya- t og’aylari yumshoqligi elast ik to’qimalari kam rivojlanganligi, hamda qo’zg’aluvchanligi uning yo’llarini torayishiga, xo’rrak otganga o’xshash shovqinli nafas olishning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bolalarda traxeya shikastlanishi alohida traxeit yoki laringotraxeit, traxeobronxit holida kechishi mumkin. BRONXLAR - tug’ilishda yetarlicha rivojlanmagan bo’ladi. Bolalarda bronxlar kalta, tog’aylari yumshoq, muskul va elastik tolalari kuchsiz rivojlangan, shilliq qavati qon-tomirlarga boy. O’ng bronx traxeyani davomi bo’lib, kalta va keng. Chap bronx traxeyadan o’tkir burchak hosil qilib ajraladi. Shu sababli yot jismlar va infeksiya aksariyat o’ng bronxga to’shadi va o’ng o’pka zotiljami ko’proq uchraydi. • Erta yoshli bolalarda mushak va elastik tolalar yetarlicha rivojlanmagan, bronx yo’llari ingichka bo’ladi. Shular sabab bir yoshgacha bo’lgan bolalarda obstruksiya sindromlari bilan kechuvchi bronxiolitlar ko’p uchraydi. • Bronxlar bir yoshgacha yaxshi o’sib, keyin o’sish surati sekinlashib, balog’at yoshida yana tezlashadi. 12- 13 yoshda bosh bronxlar uzunligi ikki barobar oshadi, yoshiga kattalashgan sari o’sadi va bronxlarni obstruksiya sindromlari kamayadi. NAFAS OLISHDA ISHTIRO ETUVCHI MUSHAKLAR Nafas olishda organizmda qo’shimcha mushaklar ishtirok etadi bunday mushaklarga qovurg’alar aro mushaklar diafragma,buyin bushaklari va qorin mushaklari ishtirok etadi.  Nafas olishni boshqarilishi Nafas olish markazi miya stvolining 4 qorincha tubi sohasida joylashgan bo’lib, uch qismdan -iborat bo’ladi: medulyar qismi nafas olish va chiqarish almashuvini ushlab tursa, o’rta va pastki miya ko’prigi sohasida joylashgan-apnoetik qismi davomli inspirator spazm chaqiradi. Miya ko’prigining yuqorisida joylashgan pnevmotoksik qismi apnoetik qismiga tormozlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. • Nafas markazining pnevmotoksik qismi esa bola hayotining birinchi yili davomida yetiladi. Erta yoshli bolalarda aritmik nafasni bo’lishini asosiy sabab nafas markazining pnevmotoksik qismini yetuk emasligidandir, chunki bu markaz 1 yoshning oxirida rivojlanadi. Chalalik belgisi qancha ko’p bo’lsa shunchalik uzoq apnoe kuzatiladi Bolalarda nafas soni aniqlash va normalari T|R YOSHI KO’RSATGICH 1 Yangi to’g’ilgan chaqaloq 40-60 ta 2 1 yosh 30-35 ta 3 5-6 yosh 20-25 ta 4 10 yosh 18-20 ta RAHMAT SIZGA!!! Davomi bor…………