logo

Mustaqillik davri O`zbekiston tasviriy san`ati oqim va yo`nalishlar

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

515.0146484375 KB
Mustaqillik davri O`zbekiston tasviriy san`ati oqim va yo`nalishlar . • Mustaqillik yillarida ijod erkinligi san’atda izlanishlar va turli uslub va yo’nalishlarning rivojlanishiga olib keldi. • Realistik san’at (hayot shakllari asosiga qurilgan san’at) va avangard - modernizm san’ati o’zaro raqobati kuchaydi. San’atning baholash mezonini ijodkorning shahsiy intim kechinmalari, o’y va kechinmalari belgilay boshladi. • Mustaqillik yillari rassomlik san’atining mavzusi kengaydi. Rassomlarning milliy tarixga murojati natijasida yangi yangi mavzular, eng avvalo milliy tarix bilan bog`liq voqealar ko’pchilik rassomlarni o’ziga jalb etdi. San’atda tarixiy portret va kompozistiyalarning paydo bo’ldi. Amir Timur, Mirzo Ulug`bek, Jaloliddin Manguberdi ikonagrafik portretlari uchun tanlovlar o’tqazilishi ham shu jarayonda muhim o’rinni egalladi. • Tasviriy san’atda rangtasvir avvalgi yillardagidek etakchi o’rinni egallab izlanishlar ayni shu san’atda olib borildi.Tarixiy mavzudagi asarlar asosan realistik talqin etilishi bilan xarakterlanadi. A.Ablullaev(Navoiy), Ch.Axmarov(Nodira), M.Nabiev ijodida tarixiy portret va kompozistiyalar( A.Temur, Bobur portreti, va b ), A.Ikromjonov (Ulug`bek, K.Behzod portreti), S.Raxmetov(Axmad Mirzo), O.Muinov(Tumaris, Bibixonim) portretlari realistik san’at an’analarida ishlangan. Tarixiy mavzudagi asarlarning realistik talqini • Mustaqillik yillarida milliy mavzu va tarixga e’tiborning ortishi tarixiy janr rivoji katta turtki berdi. Temur va temuriylar davriga atab shu yillarda ayniqsa ko’p asarlar yaratildi. M.Nabiev, Ch.Axmarov, N.Qo’ziboev, Q.Basharov, B.Jalolov, J.Umarbekov, S.Abdullaev, E.Masharipov , A.Aliqulov va boshqalar shu mavzuda yirik asarlar yaratishdi. • Harbir zamon o’z zamondoshlarining qiyofasini ko’rishni istaydi. Bu tabiiy. Chunki davr kishilarining ruxiy olami, ularning borliqqa, tabiatga bo’lgan qiziqishlari shu san’atda o’z ifodasini topadi. Shu san’atda ijod qilgan A.Ikromjonov, S.Raxmetov kabi rassomlar shu ijodida shu san’atning yangi qirralarini ko’rish mumkin. • Manzarachilik san’ati ham o’zining yangi qirralarini namoyon eta boshladi. Rahim Axmedov, Ne’mat Qo’ziboev, Anvar Mirsoatov manzaralari o’zining xis tuyg`ularga boy xislatlari bilan yangi davr ruxini ifodalaydi. Mustaqillik yillari miniatyura san’atining haqiqiy rivojlanish davri bo’ldi. Ayniqsa. lokli miniatyura san’atining o’zining kamolatiga erishdi. Sh.Muhamadjonov, G.Kamolov, T.Boltaboev, X.Nazirov, A.Yo’ldoshev. B.Yo’ldoshev, U.Qosimov, F.Raxmatullaev, Sh.Shoaxmedov, A.Tursunov kabi miniatyurachilar ijodida shu san’atning ajoyib namunalari yaratildi. Bu san’atda NiyozaliXolmatovga akademik unvoni berildi. • O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida ko’plab fukarolik va sanoat binolari, arxiteketura majmualari yaratildi. Bular jumlasiga ko’plab komplekslarni keltirish mumkinki, ularning barchasini barpo etishni loyihasiz tasavvur etib bo’lmaydi.