logo

Xorazmshohlar davlati bilan mo‘g‘ullar davlati o‘rtasidagi munosabatlar

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1453.15625 KB
3. Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi 2. Ikki davlat o’rtasidagi elchilik aloqalari.1. Mo‘g‘ullar davlati, qo‘shni davlatlarning bosib olinishi REJA: Xorazmshohlar davlati bilan mo‘g‘ullar davlati o‘rtasidagi munosabatlar  Mo‘g‘ullar davlati. XI asrda mo‘g‘ul qabilalari hayotida hali urug‘- aymoqchilik munosabatlari nihoyatda kuchli edi. Ular asosan ko‘chmanchi chorvachilik, ovchilik va o‘zaro mahsulot ayirbosh qilish bilan shug‘ullanar edi. Bu davrda urug‘ va qabilalari o‘rtasida o‘zaro kurash avj olib bormoqda edi. Mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda Temuchin (1155–1227) g‘olib chiqadi. 1206-yil da Onon daryosi Chingizxon Mo‘g‘ullar davlati bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga «Chingiz» laqabi beriladi va Mo‘g‘ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon ko‘p sonli qo‘shin hamda 10 ming nafar turk azamatlaridan iborat kezik (keshik)–xos soqchilar qismini tuzib, istilochilik urushlari olib borishga kirishadi. 1206-yil da dastlab naymanlar bo‘ysundirildi. 1207–1208-yillar da Enasoy havzasi,so‘ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismi zabt etildi va uyg‘urlar taslim bo‘ldi. 1211–1215-yillar da Chingizxon bir necha bor Xitoyga hujum qilib, Shimoliy Xitoyning markazi – Szindi (Pekin) shahrini ishg‘ol qilib, Szin sulolasini taxtdan qulatdi. Shimoliy Xitoy yerlari Mo‘g‘uliston davlatiga qo‘shib olindi. Chingizxon Xitoydan ko‘p o‘ljalar, cho‘rilar bilan harbiy qurol yasaydigan va ularni ishlata biladigan mohir hunarmandlarni ham Mo‘g‘ulistonga olib ketadi. Shu yo‘l bilan u o‘z qo‘shinini zamonasining eng yaxshi harbiy qurol-aslahalari bilan ta’minlaydi. Chingizxon 1218–1219-yillar da Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talafotsiz qo‘lga kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tizmasining g‘arbiy etaklarigacha bo‘lgan viloyatlar Mo‘g‘ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Shu tariqa Mo‘g‘ullar davlatining g‘arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketdi.   Mog’ul jangchilarni yurish chodiri. Dastavval, 1216-yil da Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto, elchilardan u Sulton Muhammadni G‘arbning sohibqironi (G‘arb mamlakatlari yerlarining sultoni), o‘zini esa Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so‘raydi. Chingizxon qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z elchilarini Xorazmga yuboradi. Elchilarga xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi. Chingizxon elchilarini Sulton Muhammad 1218-yilning bahori da Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar Chingizxon Sulton Muhammadni qudratli podshoh sifatida bilib, uni o‘zining eng ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rishi hamda u bilan do‘stona shartnoma tuzishga roziligini aytadi. Bunday «iltifoti», shubhasiz, Sharq ustomonligida «Chingizxonning Xorazmshohni o‘ziga qaram qilib olish niyati bor» degan ma’noni anglatardi. O‘zini Iskandari soniy (Ikkinchi Iskandar) deb hisoblab yurgan podshoga bunday «istiqbol» sira yoqmas edi. Xorazmshoh Mahmud Yalavochni tunda xufiyona o‘z huzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga xorazmlik bo‘lgani uchun Chingizxonga emas, balki Xorazm shohiga xizmat qilishini, Chingizxon to‘g‘risidagi bor haqiqatni aytishini, keyinchalik xon qarorgohida Xorazmshohning josusi bo‘lib qolishini talab qiladi. Chingizxon o‘z elchilarining ish natijalaridan mamnun bo‘ladi. Chunki Mahmud Yalavoch Xorazm davlati va uning podshosi to‘g‘risida Chingizxonga, mo‘g‘ullar to‘g‘risida Xorazmshohga aytgan ma’lumotlariga qaraganda ham ko‘proq axborot to‘plab qaytgan edi. Ikki davlat o’rtasidagi elchilik aloqalari. Chingizxon ikki buyuk qo‘shni davlatlar o‘rtasida shartnoma tuzish uchun 1218-yil ning o‘zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi. Karvon ko‘p miqdorda oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz mo‘ynalari va boshqa har xil qimmatbaho mollar ortilgan 500 tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlardan tashkil topgan edi. Bu ulkan savdo karvoni mamlakat poytaxti Urganch shahri tomon borar edi. Ammo karvon yo‘lda chegara shahar O‘trorda ushlanib qoladi. Shaharning noibi G‘oirxon (Inolchiq) tomonidan karvon talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. Faqat bir tuyakashgina o‘limdan qutulib qoladi. U Chingizxonning qarorgohiga zo‘rg‘a yetib borib, karvonning dahshatli qismatidan xabar beradi. Chingizxon nihoyatda g‘azablanadi, ammo g‘azabini bosib, Ibn Kafroj Bug‘ro ni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga javoban elchini o‘ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mulozimning soqol mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar o‘rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea har ikki buyuk davlatlar o‘rtasida urush boshlanishiga bahona bo‘ldi.  Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo‘shinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyosiy, xususan, ma’muriy boshqaruv jihatidan mustahkam emas edi. Chunki, mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o‘z vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o‘zboshimchalik bilan o‘z bilganlaricha yo‘l tutar edilar. Hatto ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo‘ysunib, amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon xotun , ya’ni «turklar onasi» nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning oliy sarkardalari hisoblangan qipchoq oqsuyaklari bilan urug‘-qabila aloqalari orqali mahkam bog‘langan edi. U o‘z qabiladoshlari manfaati yo‘lida saroyda ko‘tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib qo‘ygan edi. Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi. Bunday o‘ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sulton Muhammad o‘z hukmronligining so‘ngida «Davlat kengashi» ni ta’sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi.  Xorazmliklarning mo‘g‘ullarga qarshi jangi. Qo’shimcha ma’lumot Chingizxon (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxm. 1155, Oʻnon daryosi yaqinidagi Delpun Boʻldan mavzei — 1227.25.8) — Moʻgʻullar davlati asoschisi, sarkarda. Moʻgʻul qabilalari ittifoqi — tayjiutlar sardori Yasugay bahodirning Oʻelun Fujin (xotun)dan tugʻilgan toʻngʻich farzandi. 13 yoshyda otasidan yetim qolgan Ch. 27 yil davomida bir qancha urugʻ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204 y.larda Ch. keraitlar boshligʻi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon) bilan ittifoqsa merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va h.k. qabilalarni boʻysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204 y. Oʻnxon bilan boʻlgan jangda gʻalaba qozongan Ch. xonlik taxtini egallaydi. 1206 y. moʻgʻul aslzodalari, noʻyonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "chingiz" (tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulugʻxon maʼnosida) va barcha qabila, urugʻ, elatlarning buyuk xoni deb eʼlon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Ch. tomonidan eʼlon qilingan qonunlar toʻplami — yaso (yasoq) muhim rol oʻynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shim. Xitoyni (1211 — 15), Oʻrta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221— 24) oʻz tasarrufiga kiritadi. Moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224 y. Ch. Moʻgʻullar davlatini 4 oʻgʻli — Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy va Tuli larga taqsimlab bergan. Shim. Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13-a.lar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Ch. ogʻir dard tufayli vafot etadi. Uni Moʻgʻulistondagi Burxon—Xaldun togʻ etagida dafn etishadi.