logo

O’rta Osiyolik buyuk allomalarning mustaqil O’zbekistonda ilmiiy merosini o’rganishni yo’lga qo’yilishi

Yuklangan vaqt:

15.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6877.787109375 KB
O’rta osiyolik buyuk allomalarning mustaqil o’zbekistonda ilmiiy merosini o’rganishni yo’lga qo’yilishi Reja: 1.Buyuk allomalarimiz va ularing yurtimiz tarixidagi o’rni. 2 Ularning boy ilmiy merosini o’rganishning va yo’lga qo’yilishi O’rta osiyolik allomalar SHIALAR MAXSUS YO'NALISHLAR Al-Xorazmiy (783-850) Abu Rayhon Beruniy(973- 1048) Imom Al- Buxoriy(810- 870) Al- Xorazmiy • O‘zining daho kashfiyotlari bilan dunyo ilm-faniga bebaho hissa qo‘shgan olim  - Muhammad al- Xorazmiydir. Yoshligi bilan bog‘liq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq, 800 yillarning boshlarida Xurosonning Bog‘doddagi hokimi - Ma’mun ibn Xorun ar-Rashidning saroyiga taklif qilinganligini inobatga olgan holda, u ona yurti Xorazmda ta’lim olib, yigirma yoshlaridayoq mashhur olim bo‘lib ulgurgan. 813 yilda Ma’mun xaliflik tojini egallaydi va Marvda atrofiga yig‘ilgan olimlar bilan birga Bog‘dodga ko‘chib o‘tadi. Fanning yirik ishqivozi Ma’mun ilm-fan tarixida “Bog‘dod akademiyasi” deb nomlanmish “Bayt al-hikma”ga (“Donolik uyi”) asos soladi. • Muhammad al-Хorazmiy umrining oxirigacha ushbu ilmiy markaz boshqaruvchisi bo‘lgan. Bu yerda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan arab Sharqining ko‘plab olimlari ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular uchun qadimiy qo‘lyozmalarga boy kutubxona hamda maxsus qurilgan observatoriya xizmat ko‘rsatgan. Asosiy ilmiy ishlari • Muhammad al-Xorazmiy 20 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan, ulardan 7 tasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Jumladan:“Fi xisab al-Xind” (arab tilidagi “Hindcha hisob haqida kitob”) – o’nlik pozitsion hisoblash tizimini ifodalovchi va nol belgisi bor, to‘qqizta raqamni bayon etuvchi asar. • “ Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. (Arab tilida yozilgan “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) - muallif tomonidan algebra fan sifatida ko‘rilib, “Algebra” deb nom olgan kitob. • Ziji al-Xorazmiy (arab tilida yozilgan (“Zij”) “Astronomik jadval”) - sinuslarning trigonometrik funksiyalari keltirilgan kichik nazariy bo‘lim va jadvallardan tashkil topgan asar. • “ Kitob surat al-arz” (arab tilida yozilgan “Yer surati kitobi”) - O‘rta asrlarda ilk bor odamzod yashayotgan yer sayyorasining sharqiy yarmi, undagi mamlakatlar, Tinch okeani (Baxr al-muzallam) hamda sayyoramiz xaritasi keltirilgan geografik risola muallifidir . Jahon ilmiga qo’shgan hissasi • Muhammad al-Xorazmiy matematika, astronomiya va geografiya fanlariga, ular orqali sivilizatsiya rivojiga umumiy qo‘shgan muhim hissasi: • O’nlik pozitsion hisobni ifodalovchi, nol belgisi bor to‘qqizta raqamni bayon etuvchi sanoq tizimiga asos solgan. • Fan sifatida Algebrani yaratdi va unga shu nomni berdi. • Yevropa adabiyotida “Algoritm” deya nom olgan aniq va tushunarli qoidalar orqali ilmiy va ta’limiy asarlarning yangi usulini ishlab chiqdi va ularni yo‘lga qo‘ydi. Lotin tilida “algoritm” talaffuzi uning ismi - al-Xorazmiyga tenglashadi. Mazkur - algoritm tushunchasi butun zamonaviy raqamli axborot va kompyuter texnologiyalari tushunchasi asosini tashkil qiladi. Aynan ushbu usul orqali Muhammal al-Xorazmiy asarlarining bayoni keng ommaga tarqalgan. Yuqorida keltirilgan xizmatlari bilan bir qatorda, hozirgi kunda ma’lum bo‘lishicha, u qutb nuqtalaridan foydalangan . • . Muhammad al-Xorazmiyning (“Ziji”) Astronomik kitobida Quyosh, Oy, beshta sayyora, matematik jo‘g‘rofiya masalalari, trigonometriya, Quyosh va Oyning tutilishi kabilar ko‘rib chiqilgan. 1126 yil kitob lotin tiliga, 1914 yili nemis, 1962 yili ingliz tiliga tarjima qilingan. • . Muhammad al-Xorazmiyning jo‘g‘rofiya asarlarida yerning o‘sha vaqtlardagi ma’lum joylari bayon qilingan. Asarda joylar aniq xarita, u yerdagi daryo, dengiz va okeanlari, soni 2402 ga yetuvchi muhim aholi soni bilan keltirilgan. Bu - O‘rta asrlarda yozilgan arab tilidagi ilk jo‘g‘rofiy asar bo‘lgan. Mazkur iqlim nazariyasi aytarli darajada jo‘g‘rofiya rivojida muhim o‘rin tutgan .  Abu Rayhon Beruniy • Beruniy 973-yil tavallud topadi. U ota - onasidan juda yosh yetim qoldi va Iroqiylar xonadonida tarbiyalandi. Xorazmshohning jiyani amakisining o 'g 'li Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi bo’lgan.uning tug’lagan hududi Kat shahri edi. Ushbu davrda Xorazmda Afrig’iylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Keyinchalik esa Abu Rayhon Beruniy G’aznaga boradi va o’sha yerda ijodiy faoliyatini davom ettiradi. Ilmiy merosi va uning o’rganilishi • Beruniyni chinakam o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi” degan. • Uning to‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al- Beruniy. 973 yil 4 sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga kelgan. Beruniy hayotining erta damlari haqida ma’lumot kam, faqat chin yetim bo’lganligi ma’lum. Burni katta bo‘lganligi sababli uni “Burunli” deya atashgan. Biroq, ko‘rimsiz tashqi ko‘rinishi ostida ziyrak aql egasi yashiringan bo‘lib, vaziri va amakivachchasi Xorazmshoh Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog‘ida Beruniy shunday yozadi: “... Iroqlar oilasi menga non-choy berib, odamlar orasiga olib chiqdi...” • 1017 yildan boshlab, ya’ni Xorazm sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingach, G‘azna shahrida sulton Mahmud va uning vorislari Ma’sud hamda Ma’dudlar saroyida yashaydi, Mahmudning Hindistonga qilgan safarlarida qatnashib, bir necha yil shu yerlarda yashaydi ham. Al Beruniy ijodida “G‘azna” bosqichi eng sersamara bosqich bo‘lgan. Shu yillar Hindistonga qilingan safarlari uning tayanch asari bo‘lmish “Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi” (“Hindiston” 1030 yil tamomlangan) dan joy olgan. Sulton Mahmudning o‘limidan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma’sud egallaydi. U Beruniyga juda iltifotli bo‘lgan. Beruniy M’sud haqida shunday deydi: “U menga butunday ijod bilan shug‘ullanishim uchun sharoit yaratib berdi, meni o‘z rahnamoligiga oldi Beruniy xotirasi • 2009 yil iyun oyida Eron hukumati tomonidan Venadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo‘limiga hozirda Vena xalqaro markazi Memorial maydonidan joy olgan Fors olimlari pavilonini tortiq etadi. Fors olimlari paviloni o‘z ichiga to‘rt mashhur olimlarni olgan: Avitsenna, Beruniy, Zokiriy Roziy (Reyz hamda Umar Xayyom).    Al Beruniyning ona shahri 1957 yil uning sharafiga Beruniy nomini olgan. 1973 yil akademik I.M.Mo‘minov tomonidan O‘zbekistonda Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilgn. Toshkentdagi Sharqshunoslik ilmiy-tekshirish instituti Abu Rayhon Beruniy nomini olgan.c Taniqli muhaddislar — al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al- Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al- Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al- Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. 825 yili Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yili Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar Imom al BuxoriyOtasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammadning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al- Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. IMOM ISMOIL AL-BUXORIY (810-870) Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1.Imom Buxoriyning otasi qanday kasb bilan shug’ullangan 2.Nechanchi yilda Buxoriy haj ziyoratini ado etadi 3.Abu rayhon Beruniy hayoti va ijodiga ta’rif 4.Al- Xorazmiy va uning “Al-jabr al- muqobala’’ asari haqida Bugungi taqdimotdan ishtirokchilar o’z xulosalarini bayon etish.   1.Beruniy qimmatbaho toshlar o’rtasidagi munosabatlar. Rojaniskiy ,Rozenfeld 2 Fan va texnika tarixi uslubiy qo’llanma. Guliston-2012 Foydalanilgan adabiyotlar Etiboringiz uchun raxmat