logo

I.A. Karimovning “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganishdagi ahamiyati

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

468.517578125 KB
I.A. Karimovning “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganishdagi ahamiyati mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI uchun tayyorlagan taqdimoti Mavzu: I.A.Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida “ asari - O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganishdagi ahamiyati. Kirish I. Bob I.A. Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida “ asar O’zbekiston tarixini 80-yillardagi davrini o’rganishda muhim manba. 1 Mustaqillikni qo’lga kiritish arafasidagi chuqur inqirozli holatlarning asarda tahlil qilinishi va shu davr tarixini o’rganishdagi ahamiyati. 2. I.A. Karimovning O’zbekistonning yangi rahbari sifatida jamiyat ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy , madaniy hayotini sog’lomlashtirishdagi faoliyati. II. Bob O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’lidagi keying qadamlari. 1. 80-yillar ohiri 90-yillar boshidagi siyosiy, iqtisodiy,madaniy hayotdagi o’zgarishlarning “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yoritilishi. 2. O’zbekistonning huquqiy mustaqillikni kiritishdagi tarixini asarda yoritilishi. Xulosa. Kitob “So’z boshi o’rnida” deb nomlangan kirish so’zi bilan boshlanadi. Ushbu kirish so’zida kitobning asosiy ma’no –mazmuni, undan o’rin olgan materiallarning o’ziga hos xususiyatlari, yurtimizda istiqlol arafasida hokum surgan chuqur inqiroz holatining haqqoniy tasviri va tahlili, o’sha davrning siyosiy o’rni siyosiy- ijtimoiy manzarasi, ushbu asarning yangi tariximizni yaratishdagi beqiyos o’rni va ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritilgan. Kitobning asosiy qismidan Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning 1989-yilning 24- iyunidan 4-yanvariga qadar , ya’ni uning respublikamiz rahbari sifatidagi faoliyatining birinchi kunidan to mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so’ng umuxalq saylovi asosida mustaqil O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi va o’z vazifasini bajarishga kirishgan kungacha bo’lgan davrda so’zlagan nutqlari, ma’ruzalari, maqola va intervyulari, Yurtboshimiz tomonidan imzolangan farmon va qonunlar o’rin olgan. Kitobdan joy olgan barcha chiqishlar chuqur amaliy va paragmatik ruhi, o’sha davrga hos bo’lgan komunistik ritorika, balandparvozlik va safsatavozlikdan mutlaqo holi ekani bilan alohida e’tiborni tortadi. Muallif o’zining har bir fikr va so’zini aniq dalil va raqamlar, mantiqiy xulosalar bilan asoslab beradi. Hayotiy fikrlar, uning o’tkir mulohazalari, ehtirosli kechinmalari, teran mushohadalari, eng muhimi ma’naviy jasorati bilan mushtarak bo’lib, o’sha paytdagi so’z bilan ifoda etib bo’lmaydigan o’ta qaltis va murakkab siyosiy-ijtimoiy holatlarni kitobxon tasavvurida butun ziddiyat va qarama –qarshiligi bilan yaqqol namoyon etadi. Buni quyidagi misolda yaqqol ko’rish mumkin. “ Biz Respublikamizda 1500 ta yirik ishlab chiqarish birlashmasi va korhonasi ishlab turgani haqida, revolyutsiyadan avval bir yil davomida hosil qilingan miqdordagi elektr energiya hozir to’rt kunda ishlab chiqarilayorgani haqida faxrlanib gapirar edik. Har bir kishi o’z joyida o’ziga topshirilgan ishni vijdonan va halol bajarib, tashabbus ko’rsatishi bilan bugungi kunda g’oyat muhimdir. Olg’a tomon borishimizning asosiy sharti mana shundadur. O’zbekistob Respublikasi prezidenti I.A.Karimov Bu asardan mustaqillik ne’matidan bahramand bo’lgan, ozod va erkin hayot qadrini biladigan har bir avlod o’zi uchun kerakli saboq va hulosalarni chiqarib oladi. Bir so’z bilan aytganda, bu kitob o’zining mana shu O’zbekiston zaminining farzandi deb biladigan bironta insonni beparvo qoldirolmaydi. Bu haqida so’z borganda “2011-yil 28- avgustdagi Xalq so’zi gazetasida chop etilgan “Istiqlolimiz tarixining erkin ko’zgusi” maqolasida, shu yilning 4- oktabrida O’zbekiston Fanlar Akademiyasida Prezident Islom Abdug’aniyevich Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi va “Mamlaktimiz yangi tarixini yaratishning dolzarb vazifalari” mavzusida o’tkazilgan ilmiy amaliy konferensiya materiallari , ommaviy axborot vositalarida, bilim maskanlari, ilmiy va ijodiy muassasalarda bo’lib o’tayotgan qizg’in fikr almashuv va muhokamalar davomida bildirilgan fikr- mulohazalrni esga olish o’rinli bo’ladi. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda ziyolilarimizning o’rni alohida ekanligini e’tiborga olish kerak. Qaysi rahbar, qaysi amaldor o’z obro’sini to’kmoqchi bo’lsa, u ziyolilar bilan orasini buzadi. Tarixda ham, hozirgi kunlarda ham bunga misol ko’p. Katta –kichik barcha amaldorlar ko’zlarini kattaroq ochib, ziyoli zotiga e’tabor bilan qarashni sharaf deb bilmog’I kerak. Hammaga ayon: bazan bir og’iz shirin so’z, qo’llab quvvatlash ijodkorni juda kata ishlarga ilhomlantirishi mumkin. Yoshlarni zamonaviy fan –tehnikaning , umuman ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakli ixtisos egalari bo’lib yetishishiga sharoit tug’dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo’jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarini tubdan o’zgartira olmaymiz. Buni ham doim yodda tutish kerak. Chunki ishsizlik, maosh kamligi, mutaxasisslar yetishmasligi va boshqa ko’p yetishmovchiliklar ana shundan, deb o’ylayman. Bu ketishda biz uchun yurtimizni sotsial –iqtisodiy va milliy rivojlantiriahdek muhim vazifani tezroq amalga oshirish juda qiyin bo’ladi. Demak, xalq saylab qo’ygan deputatlarning birinchi galdagi vazifalaridan biri –yoshlarimiz tarbiyasi milliy siyosatini, harakat dasturini ishlab chiqish masalasidir. Bunga xalq maorifi sistemasini tubdan o’zgartirish, bolalar bog’chalari , maktablar, kasb-hunar – tehnika bilim yurtlariga tehnikumlar, oliy o’quv maskanlarining moddiy tehnik bazasini mustahkamlash, maxsus maktab internatlarini ko’paytirish kabi ko’pgina murakkab vazifalar kiradi. Davr bugungi kuning muammolarini hal etishga intilish barobarida ona tarixning ilg’or an’analaridan saboq olishni ham taqozo etadi. Qadimiy Movarounnahr va Xuroson farzandlarining jahon ilmu ziyosi tarixga zarvaraqlar ila bitilgan asarlar oz emas. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Rudakiy, Ulug’bek, Jomiy , Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa yuzlab zotlarni jahon yaxshi biladi. Bu zakiylar silsilasida Imom at-Termiziy ma’naviy me’roslari hafaqat ahli din orasida, balki dunyoviy ilm sohiblari, keng miqyosdagi ahli jamoa orasida ham o’z qadirini topayotur. U kishining shox asarlaridan “Kitob al-jome as-Sahih” hozirga qadar hadis ilmining asosiy manbaalridan biri hisoblanadi. Allomaning asrlar davomida fozilu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan aqlu odob, insofu diyonat, adolatu insonparvarlikni targ’ib etguvchi g’oyalari serdolg’a davrimizning murakab va ziddiyatli axloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda zamonaviy ahamiyat kasb etadi.  Har bir inson- hoh u oddiy fuqaro, hoh u kata kon rahbar bo’lsin- bundan qati’y nazar . O’z xalqining, shu tuproqda istiqomat qilayotgan elu elatlarning manfaatini ko’zlab, himoya qilib yashashi va ishlashi zarur. Umuman, kata tarixni olib ko’rsak, xalq qanchalik uyushgan bo’lsa, rahbariyat bilan bir jonu bir tandek harakat qilsa ,ya’ni hamjihatlik, ahillik qaror topsa, kamolot yuz beradi, davlat kuchli yurt farovon bo’ladi. Tariximizda shunday hunuk vaqtlar bo’lganki, ba’zi rahbarlar o’z xalqini badnom qilib ko’rsatadi. “Paxta ishi” deya butundunyoga jar solib, buning ustiga, ana shu ishni baholashga chetdan “qozi” larni olib kelib, o’z xalqiga azob berib, o’zi esa tomoshabin bo’lib turishni insonga, rahbarga yarashmaydigan qiliq deb bilaman. Bu sharmandali ishlardan ham tegishli saboq chiqarishimiz zarur.Darhaqiqat, o’tmish sarqitlari, eski tuzumning, voqelikning uzoq, soxta darcha qadriyatlarning qanchalik zararligini Prezidentimiz tomonidan ko’p bora ta’kidlandi. Bularni ayniqsa yoshlarimiz aniq anglab yetishlari kerak, chunki mafkuraviy kurashning ko’p tomonlama qiyofasi, hilma-hil dushman, siyosiy kuchlarning, shu jumladan, komunistparast yosh avlodning hali pishib yetilmagan ongiga ta’sir etishga urinishlari jahon amydonida yetakchi o’rin egallab kelmoqda. Бухоро, Наманган, Самарқанд, Сирдарё, Тошкент ва Хоразм вилоятлари қишлоқларида газлаштирилган хонадонлар анча кўпайди. Лекин ҳали қиладиган ишларимиз жуда кўп. 1991 йилда қишлоқларимизда 4 минг километрдан кўпроқ газ тармоқлари-ни қуриш керак. Яна 200 минг хонадон газ билан таъминланади. 5,5 минг километрлик ичимлик суви қувурлари ишга тушади. Хуллас, қишлоқ жойларда мана шу ва пгунга ўхшаш объектлар қурилиши учун 1 миллиард сўмдан зиёд капитал маблағ сарфланади. Бу соҳадаги ишларнинг муҳим ва долзарблиги ҳисобга олиниб, Вазирлар Маҳкамасида махсус ко-миссия тузилди. Республикамиз мустақиллик сари одим ташлаган экан, мустақиллик, энг аввало, халқ бирлиги, ҳам-жиҳатлиги эканини унутмаслигимиз керак. Респуб- ликамизда барча миллат вакиллари билан аҳил-иноқ, дўст-биродар бўлиб, бир-биримизнинг қадриятимиз-ни ҳурмат қилган тарзда яшашимиз — эл- юртимиз-га тинчлик, осойишталик бахш этади. Yangisini yaratmay turib avvalgisini barbod etib tashlash qaysi aqlga sig’adi. Yangi uyni –imoratni qurmasdan, eski uyni o’zimiz istiqomat qilayotgan uyni yiqitish, vayron qilish – bu aqldan emas. I. A. Karimov Jamiyat ijtimoiy –siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida , bir tomondan, ma’muriy –siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a’zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti kata hom ashyo, iqtisodiy zaxiralariga ega bo’lishiga qaramasdan G’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish samaradorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, ya’ni tehnik hamda tehnologiyalarni o’zlashtiri juda sust olib borildi. Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar xalq turmush sharoitidagi ya’ni imkoniyatlar, eski tuzumdan nafratlanish, jiddiy tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi. 1985-1990-yillar O’zbek xalqining milliy o’zligini aglashi, milliy ongining o’sishida juda muhim ahamiyatga ega. Qayta qurish siyosati jamiyat ijtimoi-siyosiy, iqtisodiy hayotida jiddiy sifat o’zgarishlarini amalga oshirmagan, jamiyatning yangi mazmun jihatdan yangilanishini ta’minlamagan bo’lsada, biroq uning natijasida o’ziga hos milliy uyg’onish ro’y berdi. Qayta qurish O’zbekistondagi ijyimoiy-siyosiy voqea –hodisalarga jon kiritdi, jamiyat uyg’ondi. Miliy o’zlik ustiga tashlangan pardalar olib tashlandi. 1985-yildan boshlangan jarayonlar eng avvalo mustaqillik to’g’risidagi g’oyalarining yana tiklanishi, shakllanishi uchun zamin yaratdi. 80-yillarning 2-yarmida O’zbekistondagi ijtimoiy –siyosiy voqelik xalq milliy ongining keskin ravishda o’sishi jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolligini oshirib yubordi. Mazkur davr ayni paytda jamiyat a’zolarining ruhiy biqiqlikdan milliy –an’anaviy asoslarga qaytish davri sifatida ham izohlanadi. Miliy o’zlik, miliy ongning o’sishi dastavval milliy tarix ma’naviyatining o’rganishga bo’lgan qiziqishning kuchayishida ko’rinadi. Har bir suveren davlatning huquqiy aoslaridan biri unign asosiy qonuni Konstitutsiyasi hisoblanadi. O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratosh g’oyasi 1990-yil 20-iyunda Mustaqillikk Deklaratsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan bevosita ilgari surilgan edi. Oliy kengashning ikkkinchi sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasining muhim tamoillari aosida dav;latning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqish lozim degan hulosa qilindi. Sessiya prezidenti I.A.Karimov raisligida 64-kishidan iborat Konstitusiya loyihasini tayyyorlash bo’yisha komissiya tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Konstitutsiyaning g’oyaviy mag’zi, ya’ni konsepsiyasining ustida ishlab boshlab yubordi. Konstitutsiyaviy komisiya va uning raisi tomonidan ma’qullangan president devoni, yuridik bo’limi tayorlgan Konsepsiya asosida bo’lajak Konstitutsiya layihasini yaratishga kirishildi va 1992-yil 8- dekbrda Mustaqil O’ZBEKISTON Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilindi. Xulosa O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida “ kitobi istiqlol tariximizning eng ishonchli manbaasidir. Chunki undagi barcha hujjatlari birlamchi asl hujjatlardir. Bu hujatlar quyidagi jihatlari bilan o’ta noyob hisoblanadi: 1. Bu hujjatlar 1989-1991-yillar davomida yurtimizda kechgan ijtimoiy –siyosiy jarayonlarga bevosita guvoh bo’lgan. Ularning markazida turgan inson – president Islom Abdug’aniyevish Karimov tomonidan bayon qilingan. 2. Bu hujjatlar xalqimizning mustaqillikka erishish jarayonida buyuk tarixiy missiyani ado etgan, ya’ni iatiqlol hodisasining siyosiy-huquqiy, ma’naviy-mafkuraviy asoslari bo’lib hizmat qilgan. 3. Bu hujatlar o’zida juda katta faktik va analitik materiallar, tarixiy jarayonlar tafsilotini mujassam etgan. 4. Bu hujjatlar murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qanday yondashish, ularni qanday analiz va sintez qilish mantiqiy hulosalar chiqarish borasida tarix, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlar , ularning tadqiqotchilari uchun nazariy metodolik jihatdan kata bilim manbai bo’lib hizmat qiladi. 5. Bu hujatlar tarixning burilish davrlaridan tarixiy shaxs va xalq ommasining naqadar hal qiluvchi rol o’ynashi, ana shu 2 kuch , birlashgan , bir maqsad sari intilgan taqdirda har qanday ezgu maqsadga erishish mumkin ekanliogini yana bir bor tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1) Karimov.I.A –”O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” NMIU 2011-yil 2) I. Karimov ning “Yuksak ma’naviyat –Yengilmas kuch” Toshkent Ozbekiston 2008 yil 3) “ Xalq so’zi” gazetasi 2011-yil 28-avgust 4) N. Jo’rayev, SH. Karimov “ Ozbekiston tarixi” 2-kitob, Toshkent 2011 yil 5) Q.Usmonov, N.Sodiqov “ O’zbekiston tarixi” Toshkent sharq nashriyoti 2003-yil 6) “ O’zbekiston Sovet mustaqilligi davri” Toshkent, Sharq 2000yil 7) X. Ziyuyev “Tarix- o’tmish va kelajak ko’zgusi” Toshkent G’afur G’ulom 1998 yil. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.