logo

Buyuk muhaddislar asarlari tasavvuf manbalari sifatida. Imom Buxoriy, At - Termiziy ijodi

Yuklangan vaqt:

14.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

813.1806640625 KB
BUYUK MUHADDISLAR ASARLARI TASAVVUF MAN - BALARI SIFATIDA. IMOM BUXORIY, AT - TERMIZIY IJODI 1. Im om B ux o ri y ,,A l jo m e a s -S a hi h" a s ar i. 2. A t- Te r m iz iy « N a vo d ir a l- us u l f iy m a 'r if at i ah a d is ar -r o su l» a s ar id a g i t as a vv u fi y qa r as h la ri 3. X u lo sa . Reja: Imom al-Buxoriy Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur bo‘lgani “Al-jome’ as-Sahih”dir. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak bo‘lgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sag‘ir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al- kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» . Imom Buxoriyning hayot yo'li. Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhad - dislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ish - lari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga ot - lanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoy - ixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj iboda - tini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yil Madinaga boradi. Imom Buxoriyning ijodi hamda hayot yo'lining tasavvufiy qarashlari Hazrati Rasululloh (s.a.v)ning ozlari u kishining sahobalari va ahli ayollarining guvohlik berishicha, xulqda eng yaxshi inson bolganlar. Imom al-Buxoriyning SHamoyili Nabaviya (Paygambar (s.a.v)ning shakl va sifatlari) asarlarida bu haqda juda ko'p sahih (ishonchli) malumotlar berilgan. Rost - goy, ishonchli, vadasiga vafoli bolganliklari sabablari Paygambar alayissalomning nomlaridan biri Amin (ishonchli) bolgan. Ulug‘ diniy rahnamomiz - buyuk muhaddis olim Imom al-Buxoriy hazrat - lari (q.s.) Makkai mukarrama safariga yolg‘iz ketayotganlari holda, begona va sinalmagan hamrohlarining “yoningda nimang bor”, de - gan savoliga yolg‘ondan hazar qilganlari sababli “ming dinor tangam bor”, deb haqiqatni aytadilar va tuhmat balosiga giriftor bo‘ladilar. Ul zoti sharifni bu balodan Haq toalo o‘z inoyati ila xalos etadi. Al-Hakim at-Termiziy Al-Hakim at-Termiziy yurtimizda tasavvuf va tafsir ilmining dastlabki rivojlanish bosqichlarini boshlab bergan buyuk qomusiy olim hisoblanadi.taniqli olim Hoji Xalifa o‘zining «Kashf uz-zunun» nomli mashhur asarining bir necha o‘rinlarida al-Hakim at-Termiziy vafotini hijriy 255 (melodiy 869) yil deb ko‘rsatgan. Shun - ingdek, allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o‘rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda vafot etgan sanasi hijriy 255 (melodiy 869) deb yozilgan. Al-Hakim at-Termiziyning uzoq - 116 yoinki 120 yil umr ko‘rganligini e'tiborga olsak, alloma sakkizinchi asrning o‘rtalarida (taxminan 750-760 yillar oralig‘ida) tavallud topganligi ayon bo‘ladi. Al-Hakim at-Termiziyning hay - oti va uning ta'limotini chuqur o‘rgangan misrlik taniqli olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka al-Hakim at-Ter - miziyni hijriy 205 (melodiy 820) yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib, hijriy 320 (melodiy 932) yilda 112 yoshida vafot etganligi haqida yozadi. At-Termiziy ning tasavvufiy qarash - lari Termiziyning Sahihi Termiziy kitobida keltirilishicha, Rasululloh salollohu alayhi vasallam ummatlariga nasihat qilib shunday degan ekanlar: Rostgoylikni mahkam ushlang, chunki rostgoylik ezgulikka olib bo - radi, ezgulik esa jannatga olib boradi. Kishi rost sozlab va rostni qidirib yursa, Alloh huzurida siddiqlardan deb yoziladi. YAna bir hadisda :Agar banda yolgon so - zlasa, uning badboy hididan farishtalar bir mil ma - sofaga qochadi, deyilgan.  Al-Hakim at-Termiziyning hadislarni tasavvufiy sharhlashga oid «Navodir al-usul fiy ma'rifati ahadis ar-rosul» asari odob-axloq, imon masalalariga bag'ishlanadi. U 291 bobdan iborat bo'lib, turli mavzu - larga bo'lingan. Al-Hakim at-Termiziy o'z asarlarida hadis va oyatlarni chuqur tahlil qilib, uning asl mag'ziga yetishga, uning botiniy mazmunini an - glashga va uni inson hayotiga tatbiq qilishga harakat qiladi. Shu jihati bilan u boshqa muhaddislardan farqlanib turadi. Al-Hakim at-Ter - miziy odatda hadislarni tahlil etishda hikmat nuqtai-nazaridan yon - dashadi. U al-Hakim laqabiga aynan “ilm al-Hikma” ni egallagani sababidan erishgan. Shu bilan birga Al-Hakim at-Termiziy ushbu asardagi hadislarni sharhlashda o'ziga xos usulda yondashadi. Bunda u hadisni quyidagi unsurlar: qalb, sadr, aql, nafs, ruh orqali sharhlab, botiniy ma'nolar - ini ochib beradi. : “Vasvasaning imonni to'sishi” haqidagi bobda shun - day sharh beriladi: “ U (Alloh) sizlarga imonni suyukli qildi va uni qal - blaringizda ziynatladi”oyatidagi qalbni “Qalb bu bir parcha botiniy va bir parcha zohiriy narsadir. Uni “fuad” ham deyiladi. Unda ikki ko'z va quloq bor. Qalbni Alloh o'zi buruvchidir”. Yani qalbdagi imon aql bilan bezatilgandir. Kofirga esa bu narsa ato etilmagan. Uning qalbidagi imon muhabbatsiz va bezaklarsiz qolib ketgan. Dushman o'ziga berilgan ziynat ila vasvasa qilib, uni hatto Allohga shirk keltirishgacha, Undan boshqasiga ibodat qilishgacha olib boradi. Al-Hakim at-Termiziy o'zi yashagan tasavvufiy muhitda katta obro'-e'tibor va ta'sirga ega shaxslardan biri bo'lgan. Uning 200 ga yaqin risolalari aksar hollarda undan so'ralgan savollarga berilgan javob tariqasida bayon etilgan. Bu risolalar esa asosan ruhiy ta'limot - larni o'z ichiga oladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Al-Hakim at-Termiziy qomusiy olim sifatida tafsir, fiqh, hadis ilohiyot, til va tasavvuf ilmlarida samarali ijod qilgan.