logo

Birinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va faoliyati

Yuklangan vaqt:

14.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2846.5322265625 KB
Birinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va faoliyati REJA: Ahmad al-Farg’oniyning hayoti1 Ahmad al-Farg’oniyning astronomiya sohasidagi ishlari2 Al-Farg’oniyning  umummuhandislik fani  taraqqiyotida  tutgan  o’rni3 “ Lison ut-tayr” asaridagi so‘zlarning mavzuiy guruhlari Asarlari Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi Falakiyot ilmining usullari haqida kitob Yetti iqlim hisobi Kitob amal il- ruhamatAstronomiya asoslari haqidagi kitobYulduzlar ilmi usuli kitobi Usturlob yasash haqida kitob Ilmiy tadqiqot olib borgan fanlari astronomiya matematika geografiya mantiq Ahmad Farg’oniy 797-865- yillarda yashab ijod etgan va uning shajarasi zardushtiylarga borib taqalar edi. Ahmad Farg’oniyning yoshlik davri o’z yurtida o’tadi. U Farg’onadan Xo’jand orqali Samarqandga so’ng, Buxoro orqali Marvga al- Ma’mun ibn Horun ar-Rashid huzuriga boradi. Bog’dodda 829-yili  va Damashqdagi Sinjor sahrosida 832-yili olib   borilgan  astronomik kuzatishlar shular natijasidir. Ularning majmuasi «az-Zinjal-Ma’mun al-mumtaxona nomi bilan mashhur «Az-Zij al-Ma’mun al-Mumtaxona» haqidagi asosiy ma’lumotlar al-Farg’oniy «Kitob al- Harakat as-samoviya va javomeh ilm an-nujum» asarida o’z ifodasini topgan. Bu kitob astronomiyaga oid ilk arabcha asarlardan bo’lib, o’rta asr Ovropasiga keng tarqalgan va mashhur bo’lgan. Bu asar turli xil tillarga tarjima qilindi. Natijada al-Farg’oniy butun Ovropaga tanildi. Al- Farg’oniydan bir asr keyin yashagan, jahon astronomiya faniga katta hissa qo’shgan bog’dodlik Abu Abdulloh Muhammad al-Battoniy «As-zij as-Sobih» nomli astronomik jadvallari   bizgacha  yetib kelgan. Eng yirik ishlari 832-833-yillarda Sinjor dashtida yer meridianining bir darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etgan 861-yil Miqyos an-Nil inshootini qurib bergan Astronomiyaga doir asari Yevropada bir necha asr asosiy darslik sifatida o‘qitilgan Allomaning bugungi kundagi o’rni Fargʻoniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va Gʻarbda mashhurdir. Oʻrta asrda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olim sifatida manbalarda, soʻnggi Gʻarb va Sharq mualliflari asarlarida, oʻz yurti Oʻzbekistonda, ayniqsa, zoʻr gʻurur va iftixor bilan tilga olinadi, oʻrganiladi, hozirgi kunda koʻchalar, oʻquv yurtlariga uning nomi berilgan. 1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan allomaning 1200 yillik tavallud sanasi katta tantanalar bilan nishonlandi. XVI asrdayoq Oydagi kraterlarning biriga uning nomi berildi. Farg’ona, Qohira shaharlarida allomaning muhtasham haykali qad rostlab turibdi. Geografiya fanida qilgan yangiligi Al-Fargʻoniy katta kenglikdagi oʻlkalarni tavsiflagan boʻlsa ham, oʻzining asl Vatani Movarounnahrni mufassalroq tavsiflagan. Undan tashqari shuni ham taʼkidlash kerakki, al- Fargʻoniyning rubʼi maʼmur haqidagi tasavvuri ancha aniq boʻlib, har xil afsonaviyliqdan xolidir. Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy yerni emas, balki hozirgi Moʻgʻulistonning sharqi va Xitoyning shimoli- sharqiga mos keladigan aniq geografik hududni aytgan. “ Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” (“Kitob al-harakat as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum”) XII asrda Ovroʻpoda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovroʻpo tillariga ham tarjima qilinganidan soʻng, uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida Gʻarbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovroʻpo universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini oʻtadi. Al-Fargʻoniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan boʻlib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Fargʻoniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan soʻng, asarining Ovroʻpodagi shuhrati yanada ortdi. Ovroʻpo Uygʻonish davrining buyuk namoyandalaridan biri boʻlgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyadan maʼruzalarni al-Fargʻoniy kitoblaridan oʻqigan. Al-Fargʻoniy nomini Dante (XV asr) va Shiller (XVIII asr) eslagan. Al-Farg’oniy ilmiy merosi bo’yicha tadqiqot olib borgan olimlar Sharqda: Hayitmat Rasulning „Piri koinot“, Yo‘ldosh Sulaymonning „Farg‘ona farzandi“, Nurulloxon hoji Abdulloh o‘g‘li „Bashar allomasi“ G’arbda: Dalambr, Brokelman, X. Zuter, I.Yu.Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va B.A.Rozenfeld Al-Farg’oniy yashagan shaharlari va hukmronlik qilgan arab xalifalari Abbosiy arab xalifalari: Xorun ar -Rashid  ( 786 – 809 )  al- Maʼmun  ( 813 – 833 ) Muʼtasim (833– 842 ) Mutavakkil ( 846 – 861 ) Shaharlar : Marv Bag‘dod Damashq   Qohira Adabiyotlar 1. Abdulahad Muhammadjonov,  OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil 2. Kari-Niyazov T. N, Astronomicheskaya shkola Ulugbeka, M.-L., 1950 3. Nosirov A., Hikmatullayev X., Ahmad Farg‘oniy, T., 1966 4. Buyuk siymolar, allomalar (O‘rta Osiyolik mashhur mutafakkir va donishmandlar), 1-kitob, T., 1995 5. Axmedov A., Ahmad al-Farg‘oniy, T., 1998 E’tiboringiz uchun tashakkur!!!