logo

O'zbekiston san'ati rivojlanish tarixi va hozirgi zamon mavzusida taqdimot tayyorlash. Temur tuzuklarining zamonaviy boshqaruv tizimidagi ahamiyati

Yuklangan vaqt:

15.04.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

408.4208984375 KB
 O’zbekiston san’ati rivojlanish tarixi va hazirgi zamon mavzusida taqdimot tayyorlash. Temur tuzuklarining zamonaviy boshqaruv tizimidagi ahamiyati Reja: 1. O’zbekistonda san'atning rivojlanishi. 2. Temur tuzuklari. 3. Xulosa Sanʼat — ijtimoiy ong va inson faoliyatining oʻziga xos shakli. Sanʼat qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogʻliq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy sanʼatning dastlabki izlari soʻnggi paleolit davriga, taxminan mil. Av. 40—20-ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali sanʼat inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki maʼnaviyat moddiy i.ch. Bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning oʻsishi natijasida sanʼat alohida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi.  Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda.Bunday ezgu jarayonni madaniyat va sanʼat rivojiga, ijod ahliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor misolida ham koʻrish mumkin. Soʻnggi ikki yilda mazkur sohaga taalluqli 20 ga yaqin Farmon va qarorlar qabul qilindi. Ular ijrosi yuzasidan saʼy-harakatlar olib borilyapti. Prezidentimizning joriy yil 28 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ushbu jabhadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan muhim hujjat sifatida alohida ahamiyatga ega.Binobarin, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Qolaversa, taraqqiyotning chinakam samarasi boylik yoki kuch- qudrat darajasi bilan emas, milliy madaniyatning naqadar yuksaklikka koʻtarilgani bilan oʻlchanishi xususida tarixiy misollar koʻp. Binobarin, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Qolaversa, taraqqiyotning chinakam samarasi boylik yoki kuch-qudrat darajasi bilan emas, milliy madaniyatning naqadar yuksaklikka koʻtarilgani bilan oʻlchanishi xususida tarixiy misollar koʻp. Masalan, ingliz sanʼatshunos olimi F. R. Martin “Temuriylar singari sanʼati va madaniyatini qadrlaydigan hukmdorlar Markaziy Osiyoda hech vaqt boʻlmagan”, deb yozadi. Shu maʼnoda, davlatimiz rahbarining milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir tashabbusi tafakkur tarzimiz, hayotga munosabatimiz, millat va xalqning buguni, ertasini, navqiron avlod maʼnaviy kamolotini, odamlarimizning nurli kelajagini yaratishga qaratilgan ishlarimizning tub ildizlarini ham oʻz ichiga qamrab oladi, desak, yanglishmagan boʻlamiz.Konsepsiya besh bobdan iborat. Unda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tizimdagi muassasalar huquqiy maqomini belgilash, ijodkorlarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy bazasini, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish, madaniyat hamda sanʼat muassasalari moddiy-texnika imkoniyatlarini kengaytirish koʻzda tutilgan. Albatta, bularning barchasi milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish konsepsiyasi mamlakatimiz madaniy hayotida naqadar katta ahamiyat kasb etishini ifodalab turibdi. Zero, u sohada toʻplanib qolgan jiddiy muammolarni bartaraf etishda ham dasturilamal boʻladi. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan 1777 ta madaniyat uyi va klub muassasasi negizida 2013 yilda tashkil etilgan 894 ta madaniyat va aholi dam olish markazi madaniyat markazlariga aylantiriladi. Bundan tashqari, Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida Madaniyat vazirligi va “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda tayyorlagan, madaniyat markazlari mavjud boʻlmagan chekka va olis togʻli hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga madaniy xizmatlar koʻrsatishga moʻljallangan, maxsus musiqiy va texnik uskunalar bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan “Avtoklub” transport vositasi 2019 yilda Navoiy va Andijon viloyatlariga Davlat byudjeti hisobidan olib berilishi rejalashtirilgan. Kelgusida esa respublikamizning barcha hududi shunday avtoklublar bilan taʼminlanadi.  “ TEMUR TUZUKLARI” — Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. “Tuzuki Temur” va “Tuzukoti Temur” nomlari bilan atalgan. Amir Temurning “Tuzuklar” muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida “Temur tuzuklari”ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar 16—17-asrlarda Hindistonda yozilgan.Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, shu jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin O’rda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. “Temur tuzuklari” (“Tuzuki Temuriy”)ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari 1607—12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. “Tuzuki Temuriy”ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610-yil Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan.  E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.