logo

Tafakkur inson intelektual taraqqiyotidagi o`rni. Tafakkurning rivojlanish xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

30.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

157.9072265625 KB
TAFAKKUR INSON INTELEKTUAL TARAQQIYOTIDAGI O`RNI. TAFAKKURNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI REJA:  Tafakkur haqida tushuncha  Tafakkur turlari  Tafakkurning rivojlanish xususiyatlari TAFAKKUR HAQIDA TUSHUNCHA Tafakkur - narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi.  Analiz – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish.  Sintez –narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish.  Abstraksiya – moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish.  Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir . Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas.Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin . Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirish dan iboratligi kelib chiqadi . Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir . TAFAKKUR  Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi .  Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirish dir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.  Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.  Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy- oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.  Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi . Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir . Bundan tashqari , bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega. TAFAKKUR TURLARI  Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi . Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa – ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.  Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur . U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz .  Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi . Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi. TAFAKKUR TURLARI  Ko‘rgazmali -obraz li tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi.  Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan foydalanadi. Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi. Tafakkur quyidagi asosiy qonuniyatlar ga bo‘linadi : 1. Tafakkur muammo ni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi; muammoli vaziyat yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich ma’lumotning taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur bo‘lgan ma’lum bilish to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi . 2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati sintez orqali tahlil qilish: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi xossalarni ajratish hisoblanadi ; shunday qilib, «ob’ekt d a n, yangi mazmun yig‘ib olinadi, u har safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek bo‘ladi, unda yanada yangi xossalar namoyon bo‘ladi » (s.l. rubinshteyn) . 3. Tafakkurning asoslanganligi : har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va hodisalar asosida tayyorlanadi . Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir bo‘lmaydi . Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro bog‘langan bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi. Har bir xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak. 4. Selektiv lik (lot. – tanlash, tanlanish ) – ma’lum vaziyat uchun zarur bo‘lgan bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda ularni muammoni hal etishga safarbar qilish. 5. Antitsipatsiya (lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, oldindan sezishni bildiradi . Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini tasavvur qilish qobiliyatiga ega. 6. Tafakkur r efleksiv ligi . Fikrlovchi sub’ekt doimiy refleksiya holatida bo‘ladi, o‘z mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‘zini baholash mezonlarini ishlab chiqadi . R efleksi ya deb sub’ektning o‘zini aks ettirishi bilan birga muloqotda bo‘ladigan sheriklarini ham o‘zaro aks ettirishiga aytiladi. TAFAKKURNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. bu hodisa yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola echishi zarur bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. tushunchalar hosil bo‘lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani rivojlantiradi. maktabni tugatganida odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. lekin bunday rivojlanish dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi.  Hozirgi kunda fan tafakkurni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. amaliyotda tafakkurni rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va tajribaviy yo‘nalishlari mavjud. Filogenetik yo‘nalish insoniyat tarixiy rivojlanish jarayonida inson tafakkuri rivojlanishi va takomillashishini o‘rganishni taqazo etadi. ontogenetik yo‘nalish bir odamning hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida, tajriba yo‘nalishi tafakkurni tajribada tadqiq etish muammolari va aqlning alohida, sun’iy tashkil etilgan sharoitlarda rivojlanish imkoniyati bilan bog‘liq. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Tayorladi: 209-guruh talabasi Toxirova Muxayyo