logo

Sezgi va idrokning umumiy tushunchalari. Sezgi va idrokni o’rganishga qaratilgan yondashuvlar

Yuklangan vaqt:

27.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1075.78125 KB
SEZGI VA IDROKNING UMUMIY TUSHUNCHALARI. SEZGI VA IDROKNI O’RGANISHGA QARATILGAN YONDASHUVLAR SEZGI deb-Atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.  Sezish -Oddiy psixik jarayon bo’lib, moddiy qo’zg’atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etishi yuli bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning aloxida xususiyatlarini va shuning bilan birga organizm ichki xolatining aks ettirilishidan iboratdir.    Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin: 1) EKSTRORETSEPTORLAR — bular organizm sirtida boʻladi, ularga koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, tuyish sezgilari kiradi; 2) INTERORETSEPTORLAR — tanamiz ichidagi Sezgilar, bularga oshqozon- ichak, jigar, oʻpkadagi sezgilar kiradi; 3) PROPRIORETSEPTORLAR — muskul, pay, boylamlarda boʻladi. Sezgilarning hammasi oʻziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.   Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi.  Natijada bizda turli sezgilar hosil bo’ladi. Chunonchi, nurlarning ko’zimizga ta’sir qilishi natijasida ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining qulog’imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarning ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo’ladi.  Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni miyamizda aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. SЕZGI A'ZOLARIGA BЕVOSITA TA'SIR ETIB TURGAN NARSA VA XODISALARNING KISHI ONGIDA BUTUNLIGICHA AKS ETISHI IDROK DЕYILADI. IDROKNING SЕZGIDAN FARQI, NARSALARNI UMUMLASHGAN XOLDA, UNING HAMMA XUSUSIYATLARI BILAN BIRGALIKDA AKS ETTIRILISHIDIR. IDROKNING MUHIM XUSUSIYATLARI UNING PRЕDMЕTLILIGI, YAXLITLIGI, STRUKTURALILIGI, DOIMIYLIGI (KONSTANTLIGI) VA ANGLASHILGANLIGIDIR.  . Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.Biror narsaning o‘zini idrok qilmasdan hosil bo‘ladigan sezgilar yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo‘lsa kerak;  chaqaloq narsaning o‘zini idrok qila bilmasa ham undan hosil bo‘ladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug‘ va qorong‘ini, shirin va nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar faqat idrok jarayonida fikrni analiz va abstraktlashtirish yo‘li bilan ajratiladi.  Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik jarayonlar deb hisoblanadi, idrok esa murakkab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar g‘oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga, avvalo turli buyumlar, chunonchi, binolar, daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz musiqa, surat, rasm va boshqa san’at asarlarini idrok qilamiz. Odamning hayotida nutqni – og‘zaki va yozma nutqni idrok qilish eng katta va muhim o‘rin tutadi.  Atrofimizdagi narsa va hodisalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki hamma vaqt idrok qilinib turgan narsa boshqa narsalar bilan makon va vaqt jihatdan bir-biri bilan bog‘langan holda idrok qilinayotganini har bir kishi o‘z kundalik tajribasidan yaxshi biladi.   Masalan, stolni idrok qilayotganimizda biz uning joyini, atrofini o‘rab olgan stullarni, shu paytda radiodan eshitilayotgan musiqani ham idrok qilamiz, xona ichidagi radiopriyomnikni ham, kishilarni ham bir vaqtda ko‘ramiz. Biz narsa va hodisalarni makon va zamon sharoitida idrok qilamiz.  Makon va zamon moddiy bog‘liq shakli sifatida, barcha boshqa realliklar kabi idrok qilinadi. Buning ma’nosi shuki, biz narsalarni, ularga xos bo‘lgan fazodagi shakllari (kub, uchburchak, doira va hokazo shakllari)ga, fazodagi katta-kichikligi (katta, kichkina, mayda va hokazo)ga, fazodagi munosabatlari (bir- biriga va bizga nisbatan yaqin, uzoq, chap, o‘ng tomonda, yuqori va past turishlari)ga qarab idrok qilamiz, ular tinch yoki harakat holatlarida idrok qilinadi. Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalarni ma’lum vaqt (zamon) davomida paydo bo‘lish va o‘zgarib borishlarida idrok qilamiz.  Idrokning murakkabligi  Idrok murakkab psixik jarayondir. Bu murakkablik, avvalo shundan iboratki, har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish uning shaklini (uzunchoq va hokazo), rangini (ko‘k, oq va hokazolarni) sezish – bu ko‘rish sezgilar idrok, hidinisezish (hid sezgilari), shirin, chuchukligini sezish (maza sezgilari), og‘iryengilligini, qattiq- yumshoqligini sezish (muskul sezgilari) va boshqa sezgilardan tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida ajratilgan shu ayrim sezgilar (retsepsiyalar) idrokning retseptiv tomonini tashkil qiladilar. Shu xossalarning jamini sezishdan idrok qilayotgan narsaning dastlabki evosita obrazi hosil bo‘ldi, bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Bunda shu xossalar narsaning o‘zida qanday bog‘langan bo‘lsa, ayni shu tarkibda seziladi. Shu sababli idrok qilinayotgan narsaning dastlabki obrazi ham sezgilarning mexanik jami (yig‘indisi)dan iborat bo‘lmay, balki yaxlit, bir butun bo‘ladi. Idrokning faolligi va kuzatish  Idrok jarayonlari faqat tevarak-atrofdagi narsalarning sezgi organlarimizga ta’sir qilib turishlari natijasidagina emas, balki shu bilan birga idrok qilayotgan odam o‘zining olamni bilish va amaliy faoliyatida yon atrofidagi narsalarga ta’sir ko‘rsatishi natijasida ham vujudga keladi.  Idrokning faolligiga, avvalo unga bog‘liq bo‘lgan hissiy kechinmalar sabab bo‘ladi. Bu his-tuyg‘ular, avvalo shu paytdagi idrok tarkibiga kiradigan sezgilarning emotsional (hissiy) tomonidan iborat bo‘ladi. Idrok qilinayotgan narsa va hodisalar to‘g‘risida o‘tmishda tug‘ilgan taassurot va fikrlar bilan bog‘liq hissiyot ham shu jumladandir. Ko‘pincha odamning idrokiga shu paytda kechirayotgan bironta hissiyoti – shodligi, xushchaqchaqligi, g‘amginligi, tajangligi va boshqa shu kabi tuyg‘ulari ta’sir qilib, idrok qilinayotgan narsa yoki hodisaga ma’lum bir tus beradi. Shu sababli, kishining ta’bi xiralik vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday g‘amgin, ma’yusdek ko‘rinadigan bo‘lsa, ta’bi chog‘ vaqtida gullar «kulib» turganday, hamma yoq «quvnoq» dek ko‘rinadi va hokazo . Idrokning konstantligi  Idrokning konstantligi – (konstantlik — doimiy, o‘zgarmas) idrok qilinayotgan narsaning fizik holati o‘zgarsa ham, uni ko‘z to‘r pardasidagi obrazlarning o‘zgarmasligi yoki nisbiy turg‘unligidir. Masalan, samolyotda ucha turib yerga qarasak, yerdagi uylar gugurt qutichasiga (odamlar esa umuman ko‘rinmaydi, ko‘rinsa ham juda kichkina) o‘xshab ko‘rinadi. Lekin biz ularni gugurt quticha deb emas, balki 4–5 qavatli uylar deb, odamlarni rasman kishilardek idrok qilaveramiz.  Konstantlik 1) kata kichiklik konstantligi,  2) shakl konstantligi,  3) rang konstantligi bo‘lishi mumkin. Odamning idroki tafakkur bilan, narsalarning mohiyatini tushunish bilan bog‘liqdir. Narsalarni ongli idrok qilish degan so‘z uni fikran atash degan ma’noni bildiradi. Bu esa idrok qilinayotgan narsani ma’lum guruhlarga, sinfga kiritish, ya’ni so‘z orqali umumlashtirishdir. Idrok qilinadigan narsa haqida bor ma’lumotlarni tushunib, ularni bog‘lab,farq va o‘xshashliklarini aniqlab idrok qilish jarayoni idrokning anglanganligidir ..  Appersepsiya  Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, odamning tajribasi, bilimi, xayol va tafakkurining faoliyati, hissiyot va diqqati, umuman odam psixikasining hamma mazmuni idrokida namoyon bo‘ladi. Bu psixik hayotning idrokda aks etuvchi va idrokka ta’sir ko‘rsatuvchi mazmunini APPERSEPSIYA deb ataladi. Appersepsiyalarning nerv-fiziologik mexanizmi, aftidan, o‘tmishdagi tajribadan hosil bo‘lgan bog‘lanishlar sistemasidan va ularning yangi hosil bo‘layotgan muvaqqat bog‘lanishlarga ta’sir ko‘rsatishidan iborat. Odamning aqli qanchalik yetuk, muayyan sohaga oid tasavvuri, fikri, tajribasi, bilimi qanchalik boy bo‘lsa, uning shu sohada idroki ham shunchalik murakkab, chuqur va sermazmun bo‘ladi. Bu xususiyatlar moddiy buyumlarni idrok qilishdayoq namoyon bo‘ladi. Masalan, Alifbe va boshlang‘ich o‘qish kitoblari yirik harflar bilan bosiladi, chunki endi savod chiqarayotgan kishilarda (bola va katta yoshlilarda) hali kitob o‘qish tajribasi bo‘lmaydi. Ko‘p o‘qigan, bu sohada kata tajribaga ega bo‘lgan kishilar mayda harf bilan bosilgan xatni ham (masalan, gazetani) jo‘ngina o‘qib ketaveradilar. Bizda hosil bo‘lgan tajriba va bilim tufayli, biz chala yozilgan so‘zlarni, tushib qolgan harflarni payqamasdan, xato yozilgan bo‘lsa ham, baribir, to‘g‘ri o‘qiyveramiz.