logo

Oilaviy munosabatlarda o’smirlar emotsional zo’riqishlarini bartaraf etishning psixologik xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

25.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

9003.2578125 KB
 TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAGISTRATURA BOʻLIMI “ PSIXOLOGIYA” kafedrasi “ OILAVIY MUNOSABATLARDA O‘SMIRLAR EMOTSIONAL ZO‘RIQISHLARINI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI” mavzusiga oid magistrlik dissertatsiyasi I BOB • Oilaviy munosabatlarda emotsional zo‘riqish xususiyatlarini o‘rganishning nazariy tahlili II BOB • Oilaviy munosabatlarda emosional zo‘riqishlarni o‘rganishning amaliy natijalari III BOB • O‘smirlarda emotsional zo‘riqishlarni bartaraf etishning empirik asoslari MUNDARIJA: Hozirgi kunda inson hayotida yuzaga keladigan emotsional zo‘riqishlarni psixologik jihatdan tahlil qilish, zarur psixologik chora-tadbirlarni belgilash, oqilona yechim topish, natijalarni to‘g‘ri baholash va ilmiy tadqiqotlar asosida qarorlar qabul qilish muammolarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida ahamiyat berilmoqda “ Bolalar huquqi to‘g‘risidagi Deklaratsiya”da o‘smirlarni emotsional jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi, ularni ijtimoiy munosabatlarda faol qatnashishi, o‘smirlarni ta’lim olishida bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy emotsional holatlarini bartaraf etilishi dolzarb muammolardan bo‘lib qolmoqda. O‘smir ijtimoiy jarayonlarning faol a’zosi sifatida kamol topar ekan, uning ijtimoiy-psixologik tasavvurlari va idrokini shakllantirish, baholashda, ta’lim tarbiya muhim omil sifatida xizmat qilishi, o‘smirlarning shaxslararo munosabatga, hayotiy vazifalarini belgilashda ijtimoiy rolini aniqlash zarurati kuzatilmoqda.MAVZUNING DOLZARBLIGI VA ZARURATI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 472-sonli “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi”gi Qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi” dasturlariTadqiqotga oid qonun, qaror va farmonlar Oilaviy munosabatlarda emotsional zo‘riqishlarni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Jarqo’rg’on tumani, Termiz shaharlarining umumta’lim maktablarida taxsil olayotgan 5-9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari, jami 134 nafar respondent jalb qilinadi. Jumladan, 5-sinf o‘quvchilari orasidan 55 nafar, 9- sinf o‘quvchilari 65 nafar va ularning 14 nafar ota-onalari tanlab olinadi. oilaviy munosabatlarda emotsional zo‘riqishlarni bartaraf etishning psixologik xususiyatlarini aniqlashni tashkil etadiTADQIQOT NING MAQSADI TADQIQOT NING OBYEKTI TADQIQOT NING PREDMETI  Tadqiqot jarayonida suhbat,kuzatish,anketa metodi, Ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma (IPS), “Ijtimoiy vaziyatga bog‘liq bezovtalik darajalarini aniqlash” testi , “Ziddiyatni yengishga bo‘lgan o‘smir xulq-atvor motivatsiyasini o‘rganish uslubi”, hamda matematik-statistik metodlar bo‘yicha amalga oshiriladi.Tadqiqotni ng vazifalari Tadqiqotni ng usullari Oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlash motivatsiyalarining shakllanishi ustuvor harakterga ega ekanligi aniqlash O‘smirlarda ijtimoiy vaziyatga shaxsiy bezovtalik darajasini psixologik asoslash; TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGIOilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarning barqarorligini ta’minlashda o‘smirlik davrining ilk bosqichlarida o‘zini o‘zi psixologik himoya qilishning ijobiy tasavvurlariga ko‘ra motivatsiyalarining shakllanishi ustuvor harakterga ega ekanligi o‘rganish; o‘smirlar guruhida ijtimoiy vaziyatga bog‘liq shaxsiy bezovtalik darajasi namoyon bo‘lishiga ko‘ra maktab bilan, o‘z-o‘ziga beradigan baho va shaxslararo munosabatlardagi xavotirlanishning dinamik o‘zgarganligi aniqlash; F.A.Akramova, V.M.Karimova, Z.T.Nishonova, N.A.Sog‘inov, G‘.B.Shoumarov, B.M.Umarov, E.G‘.G‘oziev, O.Eshmuradov A.V.Petrovskiy, D.I.Feldshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, G.M.Andreeva, V.S.Merlin, V.M.Rusalov, O.A.Konopkin, Z.Freyd, E.Krechmer, D.Mayers, K.Tomas, A.A.Morkosyan , J.Jadelet, R.LazarusMamlakatimiz psixologlari asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga oid muammolar o‘smirlardagi emotsional zo‘riqishlar masalasi o‘rin olgan. MDH olimlari olib borgan tadqiqotlarida oilaviy munosabatlardagi emotsional zo‘riqishlar to‘g‘risida sharhlar berilgan . Xorij psixologlaridan emotsional zo‘riqishlarni bartaraf etish borasidagi tadqiqotlarda muammo to‘g‘risida sharhlar berilgan. I BOB . Oilaviy munosabatlarda emotsional zo‘riqish xususiyatlarini o‘rganishning nazariy tahlili §1.1. Muammoning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi. §1.2. Emotsional zo‘riqish ijtimoiy- psixologik fenomen sifatida. Bob bo‘yicha xulosalar............. §1.1. Muammoning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi. Psixologiya fanida o‘smirlardagi emotsional zo‘riqishlar, ruhiy asab barqarorligi va xulq-atvor muammosiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar, jamiyat taraqqiyotida o‘smirlar muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning metodologik ildizlarini asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlar yetarlicha emasligini guvohi bo‘lamiz. Lekin buyuk bobokalonlarimiz xorij olimlari oila, oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzand, emotsional holatlar haqida o’z asarlarida sharhlar bergan. Kaykovusning «Qobusnoma» asarida inson kamolotida axloq va tarbiyaning roli beqiyosligi ko‘rsatib o‘tiladi. Kaykovus qarashlarida insonni o‘z xissiyotini nazorat qilish muammosi dolzarb muammolardan biri sifatida qaraladi. Uning odob- axloq qoidalariga qanday rioya etish haqidagi, haqiqatgo‘y, insonparvar, saxovatli, qanoatli, muruvvatli bo‘lishi haqidagi qarashlari, ahamiyatga molik hisoblanadi. O‘zbekistonda bevosita o‘zbek oilalarida ota-ona va farzand, oilada aka- uka, opa-singillarning o‘zaro munosabatlari psixologiyasiga oid dastlabki ilmiy ishlar G‘.B.Shoumarov va Ye.A.Morshininalar tomonidan ham amalga oshirilgan. Respublika psixolog olimlari orasida ilk bor o‘zbek oilasida bir necha avlodlararo va ikki avlod: ota-ona va farzandlar o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlari o‘rganilgan va ko‘p farzandli oilaning katta yoshli a’zolariga hurmat, oilada erkak mavqei kabilar va bularning bola shaxsiga ta’siri yoritib berilgan. V.G.Kamenskaya oʻsmirlarning emotsional holatlari oiladagi munosabatlarga bevosita taʼsir koʻrsatadi va ular 4 guruhga ajratiladi deb izohlagan . xatti-harakatini o‘zi anglagan, ijobiy qoidalarga tayanib ish tutadigan, so‘zi bilan ishi mos o‘smirlar; axloqiy tushunchalari xarakatlariga mos keladigan o‘smirlar; xatti-harakatlari axloqiy normalarga mos kelmaydigan o‘smirlar; o‘zlari bilgan axloqiy talablar bilan, kundalik xulq-atvorning aloqasini tushunmaydigan o‘smirlar. O‘smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl namunasi sifatida vujudga keladigan o‘z mavqeini belgilashga ongsiz intilishi eng muhim asos hisoblanadi. Bu intilish go‘yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik paydo bo‘lishiga, atrof-muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelishi, ongsizlik ehtiyojlari va mayllari shaxsning faolligini belgilashdir . Zigmund Freyd (1856- 1939) Geliogen nazariyasi Asosiy mohiyati akselerasiya hodisasi quyosh nurining bevosita ta’siri bilan vujudga keladi, degan g‘oyadan iboratdir Geteroziya nazariyasi Asosiy mohiyati aralash nikoh biologik oʻsishda jadallashish jarayonini vujudga keltirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Nutritiv nazariya Mohiyati o‘sishdagi jadallashish odamlarning ovqatlanishi yaxshilanishi, oʻsishdagi jadallashishni vujudga keltiradi. Urbanizatsiya nazariyasi: qishloq aholisining shaharga ko‘chishi bolalarning aqliy ahloqiy jinsiy jihatdan ertaroq voyaga yetish uchun zarur sharoit yaratadi. Nurlanish nazariyasi: Yer kurrasiga tarqalgan zaryadlar bilan inson organizmining nurlanishi o‘sishni kuchaytiradi, ya’ni akselerasiya jarayoni yuzaga keladi. Ijtimoiy sharoitning yaxshilanishi nazariyasi: Turmush sharoitining yaxshilanishi tufayli nasliy belgilarning bir tekis o‘tishi kabi omillar akselerasiya jarayonini tezlashtiradi Ijtimoiy akseleratsiya nazariya: ota-onalarning umumiy saviyasi yuksalgani radio, televizor, teatr, kino, konsert zallari, ko‘lami kengayishi, internet tarmog‘i jadal o‘sishi  §1.2. Emotsional zo‘riqish ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida. Emotsiya (lotincha- larzaga keltiraman,hayajonlantiraman) degan ma’noni bildiradi. Ichki yoki tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga subyektiv javob reaksiyasi. "Emotsional zo‘riqish" atamasi 1974 yilda amerikalik psixiatr X.J.Freydenberger tomonidan kiritilgan. Emotsional zo‘riqishni o‘z resurslari va kuchlariga keskin oshirilgan talablar tufayli kelib chiqadigan charchoq deb ta’riflangan. Keyinchalik, u ushbu holat "muvaffaqiyat usti kasalligi" deb atalgan. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’rifiga ko‘ra, "Emotsional zo‘riqish sindromi" (EZS) - bu ishdagi mahsuldorlikning buzilishi, charchoq, uyqusizlik, somatik kasalliklarga duchor bo‘lishga bog‘liq jismoniy, hissiy yoki motivatsion charchoqdir. Dastlab, bu atama madorsizlik holati, o‘z foydasizligi hissi bilan charchoq deb ta’riflangan. C.Cherniss Emotsional zo‘riqish paydo bo‘lishining yangi elementini - stressni yengishning individual usulini kiritadi. Agar shaxs stressli vaziyatni yengish uchun yetarli usuldan foydalansa, "aqliy toliqish" ehtimoli kamayadi. Stressli vaziyatni yengishning adekvat usuldan foydalanish (yoki uni yengishning adekvat usuldan foydalanmaslik) "aqliy toliqish" hodisasining shakllanishiga olib keladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, oiladagi o‘smirlarning emotsional zo‘riqishlarini bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish bu eng avvalo har bir jamiyat uchun juda muhim sanaladi. Shu bilan bir qatorda o‘zbek olimlarining tadqiqotlarida ham o‘smirlarning individual-psixologik hamda emotsional sohasiini o‘rganishga doir bir qancha jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. I BOB BO’YICHA XULOSA: