logo

Nutqning temp-ritm tomoning buzilishlariga ega bolalar shaxs va shaxslararo munosabat xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

26.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8476.1923828125 KB
NUTQNING TEMP-RITM TOMONING BUZILISHLARIGA EGA BOLALAR SHAXS VA SHAXSLARARO MUNOSABAT XUSUSIYATLARI Reja: 1.Shaxs haqida tushuncha. 2.O‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarning shaxs va shaxslararo munosabat xususiyatlari. 3.Dizartriyada shaxs xususiyatlari. 4.Alaliyada shaxs xususiyatlari. 5.Nutqning temp - ritm buzilishlarida shaxs xususiyatlari. 6.Sistemali nutq buzulishlarida shaxs xususiyatlari. 01 1718 2418 30 1B 3118 3318 3418 1B 3618 Shaxs haqida tushuncha Shaxs haqida tarif berishganda, rus psixologi S.Y. Rubinshteyning fikrlariga to‘xtalmoq kerak. Olimning ta’kidlashicha, odam o‘zidagi takrorlanmas xususiyatlarga ko‘ra individualdir. Odam o‘z atrofidagilarga, borliqqa bo‘lgan ongli munosabati, uning biror bir faoliyat bilan shug‘ullanishi esa uning shaxs ekanligidan dalolat beradi. Shaxs odamning atrofiga bo‘lgan munosabatlarini va o‘z- o‘ziga bo‘lgan munosabatini belgilaydi Odamning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlari uning dunyo qarashida, ishonchlarida va boshqalarga bo‘lgan munosabatlarida eng muhimi, uning faoliyatida ifodalanadi. Demak, shaxs — bu ongga ega bo‘lgan, ma’lum ijtimoiy- iqtisodiy formatsida yashaydigan, ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanadigan odam individir. Shaxs tarkib totshsh uzoq, muddatli, murakkab va tarixiy jarayondir. Shaxs xususiyatlari ruhiy jarayonlarining kechishiga ta’sir etadi. Shaxsning yo‘nalganligi, qiziqishlari va boshqalar barcha ruhiy jarayonlariga tanlanganlik tabiatini kasb etadi. Shaxs xususiyatlari atrof-muhitni aks ettirishda ham ahamiyatga ega. Masalan, ayrim odamlar atrof-muhitni oson va tez idrok etsalar, boshqalar esa atrof-muhitni eshituv, harakat va boshka analizatorlar yordamida idrok etadilar. Ruhiy jarayonlarni kechishi va shaxsning ruhiy xislatlari va holatlariga oliy asab tizimining tipologik va temperament xususiyatlari (hol yerik, sang vinik, fiyegmatik, melanholik) ta’sir etadi, shuningdek, bu xususiyatlar insonning xulq- atvorida, odam faoliyati obrazida, xissiy-iroda jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarida aks etadi. Inson oliy asab tizimi faolyatining tipologik xususiyatlari bir butun holda nomoyon etib, insonning o‘ziga xos ichki dunyosini yoki xarakterini tashkil etadi. Shaxs o‘zini anglash xususiyatlariga ega. Katta yoshli odam atrofdagi xayotni bilish va bo‘layotgan voqea-hodisalarni baholash bilan cheklanmay u o‘zligini anglab, o‘z xulqini, rejalarini, faoliyatini baholaydi. Shaxs o‘z faolyatini boshqarish xususiyatiga ega. Agar bola bolalar jamoasida yashasa, unda o‘z nuqsonini kompensiya qilish maqsadida o‘zidan kichik yoshdagi bolalar bilan muloqat qiladi va ular ichida yetakchi rolini o‘ynaydi. Shuningdek ular o‘z nuqsonlarini o‘zlari bajara oladigan faoliyat xisobiga kompensiya qilishga harakat qiladilar. Bu guruh bolalarida xissiy-iroda sohalarida ham kamchiliklar kuzatiladi. Ayrim bemorlarda bu kamchiliklar ruhiyatini yemirishi, tormozlanganlik holati, qo‘rquv, kayfiyatining tez-tsz o‘zgarishi kabilarda namoyon bo‘lsa, ayrimlarda ko‘zg‘aluvchanlikni ortishi, asabiylashganlik, yig‘loqilik atrofdagi odamlarga va muxmtga nisbatan norozilik xislatlarida aks etsa, yana boshqalarda atrofdagi voqea — hodisalarga va odamlarga befarqlik, ( apatiya) irodasizlik kabi xislatlarda ko‘zga tashlanadi. Bu barcha kamchiliklarning asosini bosh miya ovoz a’zolarining buzilishlari tashkil etadi. • Ko‘pchilik tadqiqot ishlari o‘qish va yozuv kamchiliklarini xulq atvor me’yorlari bilan bog‘liqligini alohida qayd etadi. Bu bog‘liqlik bola maktabga borgandan so‘ng, ya’ni o‘zi bajara olmaydigan vazifalarga duch kelgandan so‘ng ko‘zga tashlanadi. • Ko‘pchilik pedagoglar bu bolaning ish qobiliyatining sustligi, diqqatining tarqoqligi, darsda o‘tira olmasligidan shikoyat qiladilar.O‘qish va yozuv kamchilikla riga ega bo‘lgan bolalarning shaxs va shaxslararo munosabat xususiyatla ri O‘qish va yozuv nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar kamchiliklarini ikki guruhga ajratish mumkin: 1) Involyusiya (o‘qishga qiziqishning yo‘kligi, qo‘rquv, sustlik, o‘z-o‘zi bilan bo‘lish, asabiylik, tarbiyasizlik, ovqatlanish buzilishi, siydik ushlay olmaslik); 2) Faol kompensiya (qaysarlik, gapga kirmaslik, agressivlik). Bir necha farzandli ota-onalar bunday farzandlarini boshqalari bilan solishtirib, ularga nisbatan qo‘pol munosabatlarda bo‘ladilar, bu esa bolalarning xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ko‘p ota-onalar farzandlarining bunday kamchiliklarida pedagoglarni ayblaydilar. Pedagog esa bunday kamchiliklarni ota-onalarning bolalar o‘qishlariga nisbatan befarqligi deb qaraydilar. Bola sekin asta maktab talablarini bajarmaydi, darslarni qoldiradi va unda salbiy xulq-atvor shakllanadi. Agar bolalar maktabni tashlab ketsalar, ular o‘z xoxishlari bilan hech qachon kitob mutoola qilmaydilar va bu o‘z navbatida salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Agar o‘quvchi kitob kam o‘qisa, unda uning keyinchalik rivojlanishi, lug‘atini boyishi va mustaqil ta’lim olish imkomiyatlari cheklanadi. Bu bolalarning ichki nutqi sust rivojlanadi, bu esa tafakkurning zaiflashuviga olib keladi. Dizartriyada shaxs xususiyatlari Nuqsonli bolalar o‘z nuqsonini qay darajada ekanligini anglash va uning oqibatlarini ko‘ra bilish darajasiga ko‘ra iztirob chekadilar. Intellekti va motorikasi qo‘pol buzilgan bolalar ko‘proq o‘z nuqsonlaridan iztirob chekadilar. Bolani o‘z kuchiga ishonchsizlik tuyg‘usi va xulqidagi o‘zgarishlar ko‘proq darajada bolaning nuqsoniga nisbatan ota-onalar va yaqin karindoshlarining munosobatlariga bog‘liq. Ota-onalar bolaning o‘rniga barcha ishlarni bajarishga harakat qiladilar va buning oqibatida bolada tobelik boqimandalik xislari uyg‘onadi va u o‘zgalar yordamisiz biror bir faoliyatni bajara olmaydilar. Bola o‘z faoliyatiga extiyoj sezmaydi. Ayrim hollarda ota-onalarda, atrofdagi odamlarda bolalarga nisbatan negativ munosabatlar shakillanadi. Bolalar serebral falajida nutq nuqsonlarining darajalariga ko‘ra sog‘lom tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlari mumkin. Bunday bolalarni sog‘lom aka — ukalari bilan muloqoti ularga ijobiy ta’sir etadi. Nuqsonli bolalar kamsitish, masxara qilishlarga juda ta’sirchan bo‘ladilar va bularning barchasi ularning xulqlarida salbiy aks etishi mumkin Alaliyada shaxs xususiyatlari Ko‘p hollarda alaliyaning og‘ir ko‘rinishlari akli zaiflik bilan almashtiriladi, bunda nutq bilan birgalikda bolaning ruhiy rivojlanishi orkada qoladi. Agar bunday nutk nuqsoni oligofreniya bilan birgalikda kelsa, bolaning muloqotga kirishish faolligi yetarlicha rivojlanmaydi. Ijtimoiy muhit bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin. Notug‘ri tarbiya ko‘p hollarda bola bilan mulokotga kirishish uchun harakatlarining zoye ketishiga sabab bo‘ladi. Agar bolani yaqin kishilar tushunishga harakat qilishmasa bola bunga asabiylashgan holda javob qiladi va bu ayrim hollarda aqli zaiflik belgilariga o‘xshab ketadi. Agar bolaning yaqinlari uning barcha istak-xoxishlarini so‘zsiz bajarishsa, nima demoqchi bo‘lganini ko‘zidan o‘qigandek tushunsalar, bunday bolada nutqiy muloqotga extiyoj qolmaydi. Motor aloliyali bolalar xulq atvori o‘ziga xos xususiyatlarga ega: atrodagilar bilan muloqotga kirishishda yaqqol namoyon bo‘lgan qiyinchiliklar, notanish vaziyatlarda tez-tez tormozlanishlar, yangiliklarga salbiy munosabatda bo‘lish. Shuningdek bola xarakterida patalogik sifatlar, asabiylik holatlari rivojlanishi tez xafa bo‘lish va kek saqlash kuzatiladi. nutqiy rivojlanishi nutqiy faollikning yetarli darajada emasligi sababli orqada qoladi. 13 30 30 30 20 22 1D 1B 1B 1A 2A 30 26 20 1C 11 35 1A 20 2A 22 3A1A 2F2B1A Sensor aloliyali bolalar singari psixopatsimon belgilar xos emas. Bunday bolalar ko‘pchilik hollarda qiziquvchan, o‘quvli, ishchan bo‘ladilar. Biroq kichik yoshdagi bolalarda va yangi sharoitga (bolalar bog‘chasi, maktab) moslashishning dastlabki bosqichlarida xulq atvori va xissiy- iroda sohalarida qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin (bir joyda o‘tira olmaslik, qo‘zg‘aluvchanlik yoki uyatchanlik, tez tormozlanish, qaysarlik). Nutqning temp - ritm buzilishlarida shaxs xususiyatlari Odatda kichik yoshdagi bolalar, agar duduklanish juda kuchli bo‘lmasa o‘z nuqsonlarini anglab yetmaydilar. Agar duduklanish biror bir hodisadan so‘ng to‘satdan yuz bersa, bunda bola bu holat va nutq muloqotining chegaralanishida qattiq ta’sirlanadi, tushkunlikka tushadi. Ayrim hollarda bola bunday vaziyatda umuman gapirmay ko‘yadi va duduqlanishning birinchi belgisi mutizm bo‘lishi mumkin. Bola o‘z nuksonini anglagach, odamlardan uzoqlashishga va nutqiy mulokotdan qochishga harakat qiladi. Duduqlanishni davolashda va ikkilamchi nuksonni oldini olishda atrofdagilarning munosabati katta rol o‘ynaydi. Ota-onalarning o‘z farzandlariga duduqlanishi paydo bo‘lish davrida muvafaqqiyatli yordam berishlari va uning nutkiy rivojlanishiga samarali tasir etish hollari kamdan-kam kuzatiladi. Ko‘p hollarda ota-onalar bunday farzandlariga xaddan ziyot etiborli bo‘ladilar. Ayrim ota- onalar duduqlanishga katta ahamiyat bermay, boladagi nutk, nuqsonini o‘zlari bartaraf etishga harakat kiladalar masaln: - bolaning nutqdagi xatolarini bolaga ko‘rsatadilar va tug‘ri nutqqa taqlid qilishni talab etadi. Buning oqibatida bola o‘z nuqsonini yanada chuqurrok, anglab yetadi. Bola to‘g‘ri gapirishga harakat qiladi. Bola qanchalik qiynalsa duduqlanish shuncha kuchayadi. Duduqlanuvchi bola o‘zining diqqatini nutqiy nuqsonga qanchalik qaratsa, uni nutqi shunchalik yomonlashib boraveradi. 32 28 0D201A0B 30 21221E 2A 3A1A 28 2221 2B 2A 0E21221E 1A 0E28 2A 22211D 27 Ayrim ota - onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlarga bo‘lgandek munosabatda bo‘ladilar. Ular bolalarning ko‘ngillariga qaraydilar, xamdardlik bildiradilar. Bunda bolalarda nevroz rivojlanishi mumkin. Bola duduqlanish unga turli imtiyozliklar yaratganini tushunadi va bundan unumli foydalanishga harakat kiladi. Ayrim bolalar o‘z nuqsonlarini turli harakatlar bilan berkitishga harakat qiladilar, lekin bu usul bilan duduklanishni bartaraf etish mumkin emas. Xatto nutqiy nuqson belgilari juda kam darajada namoyen bo‘lsa xam, ikkilamchi ruhny buzilishlar ortib boradi. Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi asosiy asab buzilishi - bu logofobiya 27 0D 07 1C 21 27 02 0E 04 23 15 Logofobiya – nutqdan, muloqotdan qo‘rqish ma’nosini bildiradi Logofobiya duduqlanuvchining barcha shaxs xususiyatlariga tasir etadi va uning xulqida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Logofobiya bola ruhiyatiga shu darajada qattiq ta’sir etadiki, xatto duduqlanish bartaraf etilgandan keyin ham o‘z asoratlarini qoldiradi. Bolalar jamoasida duduqlanuvchi bola tengdoshlari tomonidan mas’hara qilinadi, xatto ular bunday bolalarni o‘z jamoalaridan chetga chiqarib qo‘yadilar. Duduqlanuvchi bola maktabga kelgach, ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar va majburiyatlarini ortib borishiga moslasha olmaydilar. Ayrim hollarda maktab ma’muriyati, pedagoglarning qattiq qo‘lligi tufayli duduklanishi kuchayishi yoki «yashirincha» duduqlanish yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek, maktabda nutqiy faoliyatga qo‘yiladigan talablar ortib boradi (matnni o‘qish, savollarga javob berish). Duduqlanuvchi bolani pedagoglar har doim ham tushunmaydi va shunga yarasha munosabatda bo‘ladilar, bu munosabatlar duduqlanuvchi va sinfdoshlari o‘rtasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir etadi. Duduqlanuvchi bunday vaziyatlarga turlicha munosabatda bo‘ladi. Ko‘p hollarda bolalar bilimlari nuqsonlari xisobiga noto‘g‘ri baholanishi va shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yo‘qotadilar. Ular maktabni yomon ko‘rib qoladilar, darslardan qochadilar, sinf jamoa hayotidan chetda qoladilar, xulqida qo‘shimcha kamchiliklar kuzatiladi. Sistemali nutq buzulishlarida shaxs xususiyatlari Alaliya – homiladorlik yoki bola nutqining ilk rivojlanish davrida bosh miya po‘stlog‘idagi nutq zonalarining organik jarohatlanishi natijasida nutqning rivojlanmay kolishi. Sensor alaliyali bolalar bilan muloqotga kirishish qiyin bo‘ladi. Hulq atvori o‘ziga xos xususiyatga ega (qo‘zg‘aluvchan, xarakterlari impulsiv, o‘z nutqiga tanqidiy qaramaydilar, bilish darajasi past bo‘ladi). Xikoyani uzoq vaqt tinglay olmaydilar, mazmunini tushunmaganliklari uchun qiziqish yo‘qoladi va tinglamay qo‘yadilar. Bunday bolalarda tushunishning yo‘qligi natijasida o‘zlarining nutqlari ham buziladi. Uzoq xavotirlanish, baqirish, sakrash, o‘ynash, taqillatish hollari kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda bunday bolalar muloyim, uyatchan, o‘z kamchiliklarini ma’lum darajada anglaydilar. Bolalar muloqot uchun imo-ishoralar, jestlar, mimikalardan foydalanadilar. Bunday bolalar musiqa tinglashni yoqtiradilar, tinchlik bolalarni tinchlantiradi, baland oxangda gapirishlar, baqiriqlar bolaga salbiy ta’sir qiladi.  E`tiboringiz uchun rahmat.