logo

Iroda nazariyalari. Shaxsning irodaviy sifatlari. Irodaning rivojlanishi va patologiyasi

Yuklangan vaqt:

26.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1265.8056640625 KB
Iroda nazariyalari. Shaxsning irodaviy sifatlari. Irodaning rivojlanishi va patologiyasi mavzusida tayyorlagan taqdimot i REJA: 1. Iroda haqida tushuncha 2. Iroda nazariyalari. 3. Shaxsning irodaviy sifatlari. 4. Irodaning rivojlanishi va patologiyasi.  IRODA- arabcha xohish, istak degan ma'noni anglatadi. Iroda odamning o'z faoliyati va psixik jarayonlarini o'zi boshqarishda namoyon bo'ladigan qobiliayat. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar ekan, o'ziga hukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi.  Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi.  Iroda haqida tushuncha Irodaning muhim sifatlari: - o'zini tuta bilish; - dadillik; - qat'iylik; - chidam; -toqat; - prinsipiallik; -mustaqillik Har qanday harakat yoki faoliyatning irodaviy xususiyati Shundan iboratki, muayyan shaxs aynan Iroda orqali mavqega erishish uchun tashqi yoki ichki to'siqlarni , qiyinchiliklarni yengib o'tishi lozim. Odamlarda irodaning qay darajada ekanligi maqsadni qay darajada ro'yobga chiqarishida ko'rinadi.   Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tgan.  Arastu o’z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi.  Gumanitar yo’nalish, ya'ni inson muammolariga e'tiborning ortishi bilan o’z-o’zidan irodani o’rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas Iroda borasidagi nazariyalar  XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo’lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir. Iroda borasidagi nazariyalar  Etarli darajada qat'iy fikr qaror topganligi, iroda - bu insonning qo’yilgan maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad g’o’ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi:  a) iroda -bu shaxsning o’z faoliyatini va olamdagi o’zini-o’zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir;  b ) iroda -inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir;  v ) iroda -bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora qilishlikdir;  g ) iroda -bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi. Iroda borasidagi nazariyalar Shaxsning irodaviy sifatlari  Kishining irodaviy sifatlari ya'ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema tarzida quyidagicha ifodalanadi.  Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo’yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo’lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o’ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo’lishi shu kishi xarakterining xislati bo’lavermaydi.  Iroda kuchi va xarakter qat'iyati . Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi: ba'zi hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo’lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo’ladi.  Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir . Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko’rinadi. Iroda kuchi avvalo ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko’rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz.   Irodaviy ya'ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stlog’ida yuzaga keladigan optimal qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: "Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog’da xuddi shu sharoitning o’zida ma'lum darajada optimal (har holda o’rtacha bo’lsa kerak) qo’zg’alishga ega bo’lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat". Irodaning nerv-fiziologik asoslari Irodaviy harakatlar ma'lum maqsadlar asosida amalga oshiriladigan, to'la anglangan harakat bo'lgani uchun bunday murakkab harakatlar Hali chaqaloq bolalarda bo'lmaydi.Chaqaloq bolalardagi aktivlik asosan, ixtiyorsiz reflector harakatlardan iborat bo'ladi.Chaqaloq bolalar o'zlarining bironta ham harakatlarini idora qila olmaydilar. Inson bu dunyoning moddiy va ma'naviy lazzatlaridan bahramand bo'lsin Deb unga mehnat qilish baxti ato etilgan.Sabot va matonat bilan qilingan mehnat odam hayotiga zavq va shavq bag'ishlaydi. Shunday qilib, Iroda shaxsning ongli harakatlarida o'z-o'zini tuta bilishida ifodalanadigan maqsadga erishish yo'lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishida namoyon bo'ladigan ixtiyoriy faollikdir. Iroda bu yashash uchun bo'lgan Iroda bo'lib, xohish istaklarini qondirishga qaratilgan intilishdir.Ana shu yerdan inson xatti- harakatining Bosh hislati bo'lgan xudbinlik(egaizm) kelib chiqadi. Iroda shaxsning ixtiyoriy faolligi bo'lib, Uning namoyon bo'lish darajasi obektiv sabablar, hayot tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi. Odamning irodaliligi turli jarayonlarda turlicha namoyon bo'ladi. Inson avvalo harakat qilishi uchun avvalo o'zini tuta bo'lishi kerak. Anglab olingan maqsadni istalgan niyatni amalga oshirishda odam bir qancha to'siqlarga va qarama- qarshiliklarga duch keladi.Ana shu to'siqlarni yengish uchun shaxsda irodaviy zo'r berish tug'diradi. Qiyinchiliklarga qarshi kurashishda paydo bo'ladigan irodaviy zo'r berish odamga katta Kuch baxsh etadi.Odam qiyinchiliklarga bardosh berish jarayonida yuzaga chiqmaydigan Kuch quvvatni safarbar etadi. Ijobiy irodaviy sifatlar : o'z-o'zini tuta bilish, dadillik, mustaqillik, toqat, chidam, bardosh Salbiy irodaviy sifatlar: o'zining irodaviy sifatlariga javob bera olmaslik, sabrsizlik, chidamsizlik, biror muammoga bardosh Bera olmaslik XULOSA: Iroda tarkib topishining umumpsixologik yosh davrlari, gender xususiyatlariga taalluqli ma'lumotlar ham yetarli darajada to'planmagan. Shaxs irodasiga ko'p yoqlama yondashish Uning mukammalligini uzviyligini ta'minlaydi. Gender munosabatlar qonuniyatlarini ochishga xizmat qiladi. Shaxsning irodasi Uning xohishi bilan ixtiyoriy ongli namoyon bo'ladi.