logo

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi “Mustaqillik darsi” bo‘yicha metodik tavsiyalar

Yuklangan vaqt:

31.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6060.6962890625 KB
“ Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi “Mustaqillik darsi” bo‘yicha METODIK TAVSIYALAR   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” • Bugungi kunda dunyo turli tahdidlar, shu bilan birga, yangi imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan global geosiyosiy o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. • Shunday murakkab sharoitda qariyb ikki milliard aholi yashaydigan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni qayta tiklash muhim hayotiy zarurat va tabiiy jarayonga aylanmoqda. • O‘ylaymanki, xalqlarimizning ulkan tarixiy, ilmiy, madaniy- ma’rifiy merosi hamda iqtisodiyotlarimizning o‘zaro bir-birini to‘ldirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, mavjud intellektual salohiyatni, birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni o‘zaro muvofiqlashtirish vaqti keldi. • Bu esa, hech shubhasiz, o‘zining qudratli ta’sir kuchini namoyon etadi. Birinchidan, qo‘shni mamlakatlar bilan tinchlik va do‘stlik, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, konstruktiv siyosat olib borish Markaziy va Janubiy Osiyodagi barcha davlatlarning umumiy manfaatlariga javob beradi. Ikkinchidan, biz mamlakatlarimiz va mintaqaning uzoq muddatli istiqboli, kelgusi rivojlanishining asosiy drayveri bo‘lib xizmat qiladigan barqaror savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini shakllantirish tarafdorimiz. Pandemiya insoniyat duch kelayotgan yangi tahdidlarni kuchlarimizni birlashtirish va muvofiqlashtirish orqaligina yengish mumkinligini ko‘rsatdi. Biz o‘zaro hamkorlikni iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirish va innovatsiyalarni keng joriy etish orqali mustahkamlashga ob’yektiv ehtiyoj sezmoqdamiz. Uchinchidan, Afg‘oniston Islom Respublikasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligini amalda ta’minlashning muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Ishonamizki, mintaqaviy sherikligimiz ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, uning iqtisodiy tiklanishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bugun Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda. Biz donishmand afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga aminmiz. Afg‘on zaminida ko‘pdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga ega. Bu Afg‘onistonning umummintaqaviy jarayonlarga integratsiyasi uchun yangi istiqbollar eshigini ochadi. To‘rtinchidan, xavfsizlik va barqarorlik – mintaqalarimizning izchil rivojlanishi va o‘zaro aloqalarimiz mustahkamlanishining asosiy shartidir. Bizning xavfsizligimiz bo‘linmasdir va uni faqat konstruktiv muloqot hamda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali ta’minlash mumkin. Ikkinchi. Markaziy va Janubiy Osiyoda zamonaviy, samarador va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish. Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘l tarmog‘i mintaqalarimiz o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik arxitekturasining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi kerak. Ushbu loyiha yetakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan ham faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu temir yo‘l tarmog‘ining qurilishi har ikki mintaqaning tranzit salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish, Janubiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududi orqali o‘tadigan eng qisqa yo‘lni ochish, shu bilan birga, yuklarning turib qolishi va tashish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiladi. Hindistonni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydigan “Shimol – Janub” transport koridori mana shunday transmintaqaviy infratuzilmani hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etishning yorqin namunasidir. Bundan tashqari, Transafg‘on temir yo‘l qurilishi loyihasi kelgusida mamlakatlarimizni Xitoy va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boshqa yetakchi davlatlari bilan bog‘lashi mumkin. Bu esa “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi maqsadlari bilan ham uyg‘undir. MA’RUZA DOIRASIDA KIRITILGAN TAKLIFLARI Bunday tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha Dastur ishlab chiqish uchun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) shafeligida mamlakatlarimiz qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvini o‘tkazishni taklif etamiz. Bu muloqotni joriy yil noyabr oyida BMTning Markaziy Osiyoda global terrorizmga qarshi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilinganining o‘n yilligiga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya doirasida uyushtirish ham mumkin. Shu munosabat bilan, O‘zbekistonda, Termiz shahrida YuNESKO shafeligida “Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazishni taklif etamiz. Yoshlar masalasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari yoshlari kengashini tuzishni taklif qilaman. Sh.M.Mirziyoyevning OTT ilmiy izlanuvchi va yosh olimlar faoliyatini olib borishidagi takliflari Shu munosabat bilan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining olim va tadqiqotchilari uchun soddalashtirilgan viza tartibini joriy etish, shuningdek, universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha onlayn-platforma yaratishni taklif etamiz. Bundan tashqari, bugungi konferensiya yakunlari bo‘yicha Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida, umuman, Yevroosiyo makonida doimiy va barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risida maxsus rezolyusiya loyihasini ishlab chiqib, BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etishni taklif qilaman. Biz rivojlanish drayverlari hamda “yangi o‘sish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash va muntazam muloqotlar uchun samarali maydon yaratdik. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini avgust oyi boshida Turkmanistonda o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Shuni alohida ta’kidlab aytmoqchiman: O‘zbekiston konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doimo tayyor bo‘lgan ishonchli va barqaror, qat’iy pozitsiyaga ega sherikdir. O‘zaro aloqalarni va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlamasdan turib, bugungi kunda mamlakatlarimiz duch kelayotgan xavf-xatar va tahdidlarni yengib bo‘lmasligini chuqur anglash vaqti keldi. Biz farovonlik va taraqqiyotga erishish yo‘lida birgalikda rivojlanish istiqbollari bo‘yicha yaxlit yondashuvlarni ishlab chiqishimiz lozim. Yangi Oʼzbekiston demokratik oʼzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda 17.08.2021 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yangi Oʼzbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari Oʼz yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni oʼz oldiga qoʼygan har qanday xalq, har qanday millat ogʼir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yoʼlini bosib oʼtadi. Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan oʼzbek xalqi ham 1991 yil 31 avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz oʼz davlat mustaqilligini qoʼlga kiritdi. Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan keyin ana shu qutlugʼ sananing 30 yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlaymiz. Bu shonli bayram oldidan mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joylarda keng koʼlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shiddat bilan olib borilmoqda. Jumladan, poytaxtimizga tutash 100 gektardan ortiq ulkan hududda “Yangi Oʼzbekiston” bogʼi hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal surʼatlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulugʼ, eng aziz bayramimizni mana shu yangi maydonda oʼtkazamiz. Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʼlida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi – Аsosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib oʼrin egalladi. Oʼzbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta mustaqil tarmogʼi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topdi. Tom maʼnodagi konstitutsiyaviy davlat barpo etildi. • Oʼzbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch- osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir boʼlgan Qurolli Kuchlar tashkil etildi. Milliy valyutamiz – soʼm joriy etildi va oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. • Darvoqe, “yangi” degan soʼzning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng koʼhna bayramlarimizdan biri Navroʼz – Yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bogʼliq qadriyat va anʼanalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy aytganlaridek, “Har tuning qadr oʼlubon, har kuning boʼlsin Navroʼz!” degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi. • Oʼtgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, yaʼni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm- maʼrifat va milliy oʼzlikni anglash gʼoyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu ulugʼ zotlarning maqsadi – jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilgʼor kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yoʼliga olib chiqishdan iborat edi. • Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarini chet ellarga oʼqishga yuborish maqsadida tuzilgan xayriya jamiyatlari xalqimizni necha asrlik gʼaflat uyqusidan uygʼotdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi. Аfsuski, yurtimizda bolьsheviklar diktaturasi oʼrnatilgani, chor mustamlakachilik siyosati yangicha shaklda davom ettirilgani maʼrifatparvar bobolarimizga oʼz maqsad- muddaolarini toʼliq amalga oshirish imkonini bermadi. Lekin ularning ezgu orzu-niyatlari xalqimizning qon-qonida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi va hanuz yashamoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan boʼlamiz. • Shu maʼnoda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi Oʼzbekiston” gʼoyasi zamirida ana shunday ulugʼ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uygʼonish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan boʼlamiz. • Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi maʼnaviy uygʼonish jarayonlari milliy oʼzlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga koʼtaradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uygʼonish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon. • Maʼlumki, bugungi Oʼzbekiston zamini qadimda ikki buyuk uygʼonish davriga – Birinchi (maʼrifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik boʼlgan. Bu – jahon ilm-fanida oʼz isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir. • Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uygʼonish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi Oʼzbekiston” va “Uchinchi Renessans” soʼzlari hayotimizda oʼzaro uygʼun va hamohang boʼlib yangramoqda, xalqimizni ulugʼ maqsadlar sari ruhlantirmoqda. • Bugungi kunda Oʼzbekiston demokratik oʼzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Аynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini taʼminlaydigan eng muhim mezondir. • Taʼkidlash kerakki, Yangi Oʼzbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subʼektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega boʼlgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning oʼzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʼla javob beradigan obʼektiv zaruratdir. • Yangi Oʼzbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umumeʼtirof etilgan norma va printsiplarga qatʼiy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan doʼstona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat boʼlgan davlatdir. Biz – Oʼzbekiston fuqarolari jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan oʼzgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham koʼproq his etmoqdamiz. Аyniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “soʼz erkinligi”, “din va eʼtiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy koʼnikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani eʼtiborlidir. • Buyuk Аmir Temur bobomizning Shahrisabzdagi Oqsaroy qarorgohi peshtoqiga bitilgan “Аdolat – davlatning asosi va rahbarlar shioridir” degan hikmatli soʼzlarida juda chuqur maʼno bor. • Maʼlumki, ajdodlarimiz azaldan “Zulm qilma, insofli boʼl, xalq uchun adolat qoʼrgʼonini bunyod et”, deb yosh avlodga yoʼl-yoʼriq koʼrsatganlar. Biz ham sud-huquq tizimini isloh etishda ana shunday sodda va hayotiy talablardan kelib chiqdik. Xususan, “Sudьyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik boʼlishi kerak” degan gʼoyani ilgari surdik va amalga oshirishni boshladik. • Shu oʼrinda mamlakatimizda davlat va hokimiyat idoralari uzoq vaqt davomida xalq hayotidan uzilib qolganini qayd etish lozim. • Bugun odamlarda adolatga, haqiqatga ishonch paydo boʼlmoqda. Ular turli darajadagi rahbar va mansabdorlarning ish faoliyatiga xolisona baho bermoqda, kamchiliklarni oshkora tanqid qilmoqda. Milliy taraqqiyotimiz uchun bu juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, atoqli shoirimiz Erkin Vohidov aytganidek, “Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolgʼon yomon”. • Bugun odamlar uygʼonmoqda, jamiyat uygʼonmoqda. Maʼnaviy uygʼoq jamiyat – bu, hech shubhasiz, qudratli kuchdir. • Oʼzingiz ayting, atigi bir necha yil oldin bunday natijalarni tasavvur qilish mumkinmidi? Yoʼq, albatta. Shuning uchun bugungi Oʼzbekiston – kechagi Oʼzbekiston emas, bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. • Islohotlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy taʼsir koʼrsatmoqda: tadbirkorlar oʼz biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi- yangi imkoniyatlarga ega boʼlmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xoʼjaliklari oʼzlari yetishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Holbuki, sobiq mustabid tuzum davrida “tepa”dan buyruq boʼlmasa, bir qadam bosishga ham haqqimiz yoʼq edi. Аhvol shu darajaga yetib borgan ediki, uyimizning tomigacha paxta ekdik, lekin kosamiz oqarmadi. Maktab bolalarini ham paxtaga haydadik. Sevimli shoirimiz Аbdulla Oripov oʼz davrida chuqur dard va iztirob bilan “Million egatlarga sochilgan oʼzbek”, deb yozganidek, yuz yil egilib paxta terdik. • Ochiq aytmoqchiman: mening tabiatim bunday soxta hayotni mutlaqo qabul qilolmaydi. Xalqimiz menga ishonch bildirdi, ana shu yuksak ishonchni oqlash, el-yurtimizga munosib hayot sharoitini yaratib berish – men uchun hayotimning maʼno-mazmunidir. Men millionlab insonlarning taqdiri uchun masʼuliyatni zimmamga olgan ekanman, islohotlar borasida boshqacha yoʼl tutishim, hammasini avvalgidek qoldirishim aslo mumkin emas. • Birinchi ustuvor vazifa: ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʼnalishlaridan biri boʼlib kelgan, hozir ham shunday va kelgusida ham shunday boʼlib qoladi. • Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish oʼrinlari, daromad manbalarini yaratish, kambagʼallikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yoʼnalishlari hisoblanadi. • Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va oʼziga xos tizimi yaratildi. Siz, jurnalistlar, bundan albatta yaxshi xabardorsiz. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda. Shu asosda muammoga oid mavhum koʼrsatkichlar emas, balki yordam va koʼmakka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari oʼz joyida aniq oʼrganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda. • Keksalar, nogironlar, ogʼir ahvolga tushib qolgan insonlarni qoʼllab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat koʼrsatish kabi ezgu anʼanalar bugungi kunda yangicha maʼno-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar oʼz ijobiy natijasini bermoqda. • Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 7 ming 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion soʼmlik qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Taʼkidlash kerakki, milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni obodonlashtirishga hech qachon bunchalik katta mablagʼ ajratilmagan, eng muhimi, ularning rivojiga bu qadar jiddiy eʼtibor berilmagan. • Аna shunday keng koʼlamli ishlarni amalga oshirish uchun rahbarlar qulay va shinam kabinetlardan chiqib, bevosita pastga, mahalla darajasiga tushib ishlamoqda. • Ikkinchi ustuvor vazifa: iqtisodiy taraqqiyot sohasida oʼsish nuqtalarini aniqlash va ularga alohida ahamiyat qaratish, shu tariqa Yangi Oʼzbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muhim rolь oʼynaydi. • Masalan, biz uchun oʼta muhim boʼlgan toʼqimachilik tarmogʼini olaylik. Korxonalarimiz bu sohada paxtani yetishtirishdan boshlab uni chuqur qayta ishlashgacha, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga qadar boʼlgan barcha texnologik jarayonlarni puxta oʼzlashtirib, eksport va foyda hajmini bir necha barobar oshirgan taqdirdagina mazkur yoʼnalishda yetakchi mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha olishi mumkin. • Uchinchi ustuvor vazifa: biz hozirgi global pandemiya davrida aholi sogʼligini muhofaza qilish, jumladan, tadbirkorlarni oʼz muammolari girdobiga tashlab qoʼymaslikni asosiy maqsadlarimizdan biri sifatida koʼramiz. Chunki har bir tadbirkorlik tuzilmasi ortida qancha-qancha insonlarning ish oʼrni, oilalarning daromadi, bugungi va ertangi taqdiri turibdi. • Yangi Oʼzbekistonda kichik va xususiy biznes subʼektlari soni keyingi paytda ikki barobar koʼpaydi, ushbu tarmoqdagi 50 foizdan ziyod korxonalar faqat keyingi uch yilda tashkil etilgan. Bu esa mamlakatimizda muhim ijtimoiy qatlam – oʼrta sinfning kuchayishi uchun puxta zamin boʼlmoqda. • Toʼrtinchi ustuvor vazifa: pandemiya qishloq xoʼjaligida tub oʼzgarishlar amalga oshirilayotgan davrga toʼgʼri keldi. Bu davr oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, agrar sektorni zamon talablari asosida rivojlantirish butun insoniyat, jumladan, biz uchun ham eng dolzarb vazifaga aylanib borayotganini yaqqol tasdiqladi. • Beshinchi ustuvor vazifa: pandemiya davrida xalqimizning sogʼligi va hayotini asrash biz uchun eng muhim vazifa boʼlib qolmoqda. Shu maqsadda 2021 yil uchun davlat byudjetida 3 trillion soʼm zaxira shakllantirildi. Ushbu mablagʼ hisobidan tibbiyot sohasida koʼpgina chora-tadbirlar, jumladan, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. • Barcha tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni koʼpaytirish, poliklinika va kasalxonalarni elektron ish yuritishga oʼtkazish, respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari oʼrtasida telemeditsina xizmatini yoʼlga qoʼyib, diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. DIQQAT E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT