logo

Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashtirishning asosiy yo’nalishlari

Yuklangan vaqt:

09.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

283.51171875 KB
Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim tarbiya jarayonini modernizatsiyalashtirishning asosiy yo’nalishlari Uzluksiz taʼlim – oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi.Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri (qarang Taʼlimning milliy modeli), Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxe, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxe shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi. Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi; taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga oʻtilishi; taʼlimning insonparvarlashuvi — inson krbiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga boʻlgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi; taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalklarining madaniyatini saklab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalklarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; taʼlim va tarbiyaning uzviy boglikligi, bu jarayonning qar tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shartsharoitlar yaratish. Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri – bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali – bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun ta’lim olish emas, balki butun hayoti davomida uzluksiz ta’lim olish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi birinchi marta YuNeSKOning 1965 yildagi forumida taniqli nazariyotchi P. Langrand tomonidan o‘rtaga tashlanib sezilarli darajada nazariy va amaliy rezonansga sabab bo‘ldi va natijada o‘tgan asrning 60 yillari oxiriga kelib mazkur ibora ilmiy tahlilning maxsus predmetiga aylandi. Uzluksiz ta’limni xalqaro darajada o‘rganishning ustuvorliklari o‘z ichiga ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlovchi uzluksiz kasbiy ta’lim, qo‘shimcha ta’lim, kattalar ta’limi, aholining himoya qilinmagan qatlami ta’limini va iqtisodiy modellarni qamraydi6. Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishga sezilarli darajada hissa qo‘shgan MDH olimlaridan S.G.Vershlovsiy, N.V.Vasilenko, S.M. Vishnyakova, V.I.Ilina, O.M. Nikandrov, V.I. Podobeda va boshqalarning nomlarini keltirib o‘tish mumkin. Uzluksiz ta’lim shaxs va jamiyatning mos ehtiyojlari davlat va jamiyat institutlari va tashkiliy ta’minlovchi tizim orqali shaxsning butun hayoti davomidagi ta’lim (umumiy va kasbiy) salohiyatining o‘sish jarayoni bilan kechadi. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma’naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. Ta’limning turlariga o‘z navbatida maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta’limni kiritish mumkin. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatinining teng huquqli sub’ekti va ajralmas bir qismi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, strategik rivojlanish, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik kuchli huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda.