logo

Ta’lim mazmuni. Ta’limning qoida va qonuniyatlari. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakarini tashhis etish mazmuni bilan tanishish

Yuklangan vaqt:

11.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4170.302734375 KB
Mavzu: Ta’lim mazmuni.Ta’limning qoida va qonuniyatlari. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakarini tashhis etish mazmuni bilan tanishish Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi, lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan Taʼlim Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi – oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy- tarixiy tajribalari yosh avlodga taʼlim orqali oʻtadi. Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan „Tashxis markazlari“ tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim amaliyotini diagnostik tahlil etish, Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:  ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; ta’lim jarayon uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.  Ta’lim tashkilotini boshqarish Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:  pedagogik kengash;  kuzatuv (vasiylik) kengashi;  oliy ta’lim tashkilotining kengashi;  ta’lim tashkilotining rahbari. Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi.  Bilim— shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui; Bilim olish — idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;  Ko’nikma — olingan bilimlarga asoslanib qo’yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig’indisi; Malaka— ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi; Ta’lim — o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon; Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha quyidagicha tizimlashtiriladi. ① Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi) . O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat. O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar. 2. Suhbat. 3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi. O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir. 4.O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda). 5.Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar. Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o’rgatadi. 6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi. 7.Ijodiy mashq . Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: R.A.Mavlonova, O.To’rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, Pedagogika. Darslik T:. O’qituvchi 2018 yil. K.Hoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil K.Xoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi. Darslik –Toshkent 2005 yil A.Xoliqov Pedagogik mahorat.DarslikT.: Iqtisod-moliya, 2011yil Po’latova P.M. Maxsus pedagogika –T.: 2005y.