logo

O'quvchilarni tanlagan mutaxassisliklari bo'yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi ta'lim jarayonini tashkil etish

Yuklangan vaqt:

14.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6266.3203125 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Bitiruv malakaviy ishi rahbari: ___________________ Kafedra mudiri: ___________________ Elektron malaka ishini topshirishga tavsiya etaman:PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIM BOSHqARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI qAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI “ Innovatsion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi MAVZU: O‘quvchilarni tanlagan mutaxassisliklari bo’yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi ta’lim jarayonini tashkil etish ToshkentProfessional taʼlimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi tinglovchisi BITIRUV MALAKA ISHI ELEKTRON TAqDIMOTI Reja: KIRISH: Professional ta'lim muassasalarida zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishning maqsad va vazifalari . Asosoiy qism: 1.Ta’lim muassasasida kasblar bo'yicha zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim texnologiyalariga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish asoslari. 2.Ta’lim jarayonini tashkil etishda o'quvchilarning ishtirokini oshirish yo'llari. 3. Zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim jatrayonini tashkil etish muammolari va ularning yechimlari. III. Xulosa.  Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʼ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʼliq. SH.Mirziyoyev KIRISH Xorijiy davlatlarda professional taʼlim tizimiga mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, oʼqitish sifatini taʼminlash va kompetentsiyaga asoslangan taʼlimni rivojlantirishdagi muhim yoʼnalish sifatida qaralmoqda. YuNESKO tomonidan 2030 yilgacha belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlari va xalqaro taʼlim kontseptsiyasida “Butun hayot davomida sifatli taʼlim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Mamlakatimizda mazkur maqsadlarga erishish yoʼlida chora-tadbirlar va aniq vazifalar belgilangan boʼlib, ular ijrosi taʼminlab kelinyapti. Jumladan, professional taʼlim tizimida mehnat bozori talabi va ish beruvchilar takliflari asosida kadrlar tayyorlash borasidagi muammolar oʼrganilib, kasb-hunar oʼrgatish tizimi tubdan takomillashtirildi. Аyni paytda Oʼzbekistonning milliy malaka tizimini toʼlaqonli joriy etishga ushbu muammolarni bartaraf etishning samarali mexanizmi sifatida qaralmoqda. Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni va Prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha choratadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni asosida 3 yillik majburiy taʼlim shaklidagi kasb-hunar kollejlari negizida shaklan va mazmunan mutlaqo yangi, uzluksiz professional taʼlim tizimi barpo etildi.  Mavzuning dolzarbligi: Ta'lim tizimini tashkil etishning samarali mexanizmlarini joriy etish osib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy - axloqiy va intellektual rivovlantirishini sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi. Professional ta'lim muassasalarida yo'nalishlar bo'yicha ta'lim standartlari va fan dasturlarida belgilangan hamda o'quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo'lgan bilim malaka, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish asosiy maqsad qilib belgilanishi lozim. Shuningdek tanlangan kasb bo'yicha, kreativlik asosida dars mashg‘ulotlarida ham an’anaviy, ham noan’anaviy texnologiyalardan foydalanilishi mavzuning hususiyatiga, o‘zlashtiriladigan materialning mazmuniga va o‘quv maqsadlarining tarkibiga va nazorat tizimining qanday tashkil etilish jihatlariga katta e’tibor qaratishni talab qilmoqda.  Malakaviy ishning maqsadi: Professional ta’limda o‘quvchilarning tanlagan kasbi bo'yicha zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish asoslarini va ularining ishtirokini oshirish yo'llarini yoritib berishdan iborat.  Malakaviy ishni vazifalari: Professional ta'lim muassasalarida yo'nalishlar bo'yicha zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish, ta'lim standartlari va fan dasturlarida belgilangan hamda o'quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo'lgan bilim malaka, ko'nikma, kompetensiyalarni shakllantirish yo'llarini ochib berish. O'quv jarayonini tashkil qilishning asosiy elementlari  Namunaviy oʻquv reja – o'quv davrlari,o'quv fanlari va ularning guruxlari ro'yxati va xajmini va ularning o'rganish izchilligini va o'quv soatlari bo'yicha taqsimotini belgilaydigan me'yoriy hujjatlar  Namunaviy oʻquv dasturi  —  taʼlim tizimidagi   har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat.  Ishchi o'quv reja – na'munaviy o'quv reja asosida o'quv fanlarini soatlari bo'yicha taqsimlab,o'quv jarayoni grafigini belgilab beruvchi hujjat .  Ishchi o'quv dasturi – Namunaviy oquv dasturlari asosida akademik soatlarga , o'qitishning nazariy, amaliy va mustaqil ta'lim shakliga bo'lib tasniflanadi. Zamonaviy ta’lim – o'quvchini fikrlashga rag'batlantirishi, unda muloqat va boshqa “yumshoq ko'nikmalar”ni shakllantirishi, shu orqali intelektual va ijodiy qobiliyatini o'stirishi kerak. o'quv jarayonining o'zgarishiga; taʼlim mazmunining yangilanishiga; pedagogik texnologiya va nazariyaning o'zgarishiga; o'qituvchi faoliyatining o'zgarishiga; taʼlim maqsadi va natijalarning o'zgarishiga talaba (talaba) faoliyatining yangilanishiga taʼlim mazmunining yangilanishiga; o'qitish shakl, metod va vositalarining o'zgarish taʼlim tizimi boshqaruvning o'zgarishiga; Zamonaviy ta’lim ta’lim jarayonida quyidagi o'zgarishlarga olib keladi: 030D 0C09 2605 030D 0C09 0C09 0C09 030D 0C09 Zamonaviy sharoitda o'quvchilarning o'quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o'qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega taʼlim shakllari dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. BLENDED LEARNING (aralash o'qitish) MUAMMOLI o'qITISH MASOFALI o'qITISH MAHORAT DARSLARI INTERFAOL TAʼLIM MODUL KREDIT TIZIMI TAʼLINING INNOVATSION SHAKLLARI Ta’lim jarayonini tashkil etishda o'quvchilarning ishtirokini oshirish yo'llari. Zamonaviy sharoitda taʼlim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda. o'zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan taʼlim shaxsga yo'naltirilgan taʼlim deb nomlanadi. Shaxsga yo'naltirilgan taʼlim – talabaning fikrlash va taraqqiyot strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o'ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan taʼlim. Bu taʼlim o'qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko'ra taʼlim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, taʼlim hamda tarbiya jarayonini to'laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini taʼminlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini tashkil etishda o'quvchilarning ishtirokini oshirish yo'llari. Muammoli taʼlim texnologiyalari talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, maʼlum xulosalarga kelish kabi ko'nikma va malakalarni shakllantirishga yo'naltiriladi. O'yin texnologiyalari yangi o'quv materialini o'zlashtirish, mustahkamlash, talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko'nikma, malakalarini shakllantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o'zaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, ko'nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lidagi o'zaro harakatini tashkil etishga asoslanadi.Interfaol taʼlim texnologiyalari 25 0E 0E 0102 0E 1C 0E Zamonaviy professional ta’lim muassasalari o'quvchilari zimmasiga yuklatilgan vazifalar: o'zgaruvchan hayot sharoitlariga moslashish Zaruriy bilimlarni mustaqil o'zlashtirish Hayotda o'z o'rnini topishga qodir bo'lish Zamon bilan hamnafas yashash, hayot davomida bilim olish Real voqelikda yuz berayotgan muammolarni ko'ra bilish va ularni oqilona hal eta olish Mustaqil tanqidiy fikrlash Har qanday ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish yoki ulardan mohirona chiqa bilish o'z bilimlaridan qayerda va qay tarzda foydalanish mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega bo'lish; Zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim jatrayonini tashkil etish muammolari va ularning yechimlari. 1. Professional taʼlim muassasasining zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmasi shakllantirilmaganligi Tanlangan kasblarni o'qitishda hozirgi zamon talablariga javob beruvchi taʼlim jarayoning tashkil etilmaganligi Namunaviy o'quv dasturlarida zamonaviy mavzularning kiritilmaganligi Pedagogik jamoada zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarining yetarli emasligi Ish beruvchilar bilan hamkorlikning samarali tashkil etilmaganligi Zomin ko'p tarmoqli texnikumida “Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” kasbi bo'yicha 2022-2023 oquv yilida jami 12 nafar o'quvchi taxsil oladi. Tayyorlov yo'nalishi 0711400 - Avtomobilsozlik va traktorsozlik Mutaxassislik nomi 50711401 - Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash Kvalifikatsiyalar nomi 1. Texnik-mexanik 2. “В” yoki “ВС” toifali аvtomobil hаydovchisi O'qish muddati 2 yil O'qish shakli Kunduzgi ta'lim “ Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” kasbi bo'yicha zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarrur bo'lgan kelajak o'quv ustaxonalari ko'rinishi. TAKLIF va MULOHAZALAR  O'qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan uygʼun ravishda foydalanish orqali o'qitish samaradorligiga erishish;  o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro ijobiy munosabatlarni rivojlantirish;  o'quvchilarning mustaqil faoliyatni shakllantirish, ularning qiziqishi, ehtiyoji va qobiliyatlarini hisobga olgan holda o'qitishda individual-innovatsion yondashuvning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;  Taʼlimni to'liq raqamlashtirish. Bunda dars ishlanmalari, onlayn taqdimotlar, animatsion darslar, videoinstruktorlar kabi raqamli kontentlar (elektron platformalar) yaratilish;  Xalqaro standartlar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda, o'quv dasturlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalari, o'qitish uslubiyatini muntazam takomillashtirish;  o'qitishning barcha bosqichlarida xorijiy tillarni o'rganishni kengaytirish.  Har bir professional taʼlim muassalarida xalqaro mehnat bozorida ishlab keta oladigan kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish. XULOSA Oʼquv jarayonini bugungi kun talablari asosida tashkil etilishi : oʼquvchi va oʼqituvchining oʼquv jarayonida oʼzaro munosabati va hamkorligiga; oʼquvchilarning individual qobiliyatlarini namoyon qila olishi uchun imkoniyat yaratilishiga; oʼquv dasturlari va darsliklarning yangi avlodi yaratilishiga; oʼquv materiallarining oʼquvchilarni mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat koʼrsatishga, ularda loyihalash, modellashtirish koʼnikmalarini shakllantirishga yoʼnalganligini taʼminlashiga; har bir oʼquvchining individual taʼlim olishyyoʼlini tanlashiga xizmat qilishi lozim. Maʼlumki, amaldagi oʼquv jarayni asosan, monoton koʼrinish kasb etib, oʼquvchilarga reproduktiv hamda frontal tarzda bilim berish va qisman shu bilim asosida koʼnikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan jarayon boʼlib kelmoqda. Аslida esa, bu jarayon ularning erkinligi, imkoniyat, ehtiyoji, davlat, fan va ishlab chiqarish talablariga tayangan holda bilim olish, oʼrganish, olingan bilimlarni amalda sinab koʼrish, loyihalash, modellashtirish, tajribalar oʼtkazish kabilar tarzida tashkil etilishi professional ta’lim muassasalarinig asosiy vazifasi ekanligini ko'rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar  “ Professional taʼlim o'quvchilarini zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida o'qitish” maqolasi. o'qt. Dusmuxamedova D.R Nizomiy nom.TDPU o'qt. Lafasov B.J Nizomiy nom.TDPU  Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). “Talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni”. Academic research in educational sciences.  SYNERGY: JOURNAL OF ETHICS AND GOVERNANCE “Professionаl tа’lim tizimidа o'quv jаrаyonini modulli texnologiyalаr аsosidа tаshkil etish” maqola. X. Gʼ. Xojiev. Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali katta o'qituvchisi  www. Aim.uz “ _____________________________________” mavzusidagi elektron malaka ishi taqdimoti bo'yicha baholash mezonlari № Mezonlar Maksimal ball DAK xulosasi 1. Mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va amaliy ahamiyati yoritilganligi 10 2. Mavzuni yoritishda kreativlik bilan yondoshgani 10 3. Mavzusiga oid ma’lumotlarning yoritilganligi, muammolar aniqlanganligi, ko‘rgazmali (illustrativ) materiallar bilan boyitilganligi (jadvallar, grafiklar, diagrammalar) 25 4. Ma’lumotlar manbasi ko‘rsatilganligi 5 5. Xulosani mavzudan kelib chiqqan tarzda berilganligi 10 6. Xulosadan kelib chiqib takliflar aniq va amalga yo‘naltirilgan qilib berilganligi 20 7. Slaydlar tayyorlash talabiga muvofiqligi 10 8. BMI mavzusi mazmuni to‘liq yoritilganligi 10 Jami ball 100 E’tiboringiz uchun rahmat!!!