logo

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishini tanlash va ilmiy muammo. Tadqiqot olib borish jarayonini tashkil etish

Yuklangan vaqt:

09.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5617.291015625 KB
Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya mutaxasissi 1-kurs magistranti Choriyev Hamidning ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan tayorlagan taqdimoti Ilmiy tadqiqot yo‘nalishini tanlash va ilmiy muammo. tadqiqot olib borish jarayonini tashkil etish Reja: 1.Tadqiqotni loyihalash fazasining konseptual bosqichi. 2.Tadqiqot turlarini ularning yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflanishi. 3.Yangi ilmiy natijalarni olish variantlari. 4.Ilmiy tadqiqotning refleksiv fazasi. 5.Ilmiy yo‘nalish, muammo va mavzuning farqlari. Muammo – bu yechilishi lozim bo'lgan masala yoki vazifa. Muammoni qo'yish hali anglab etilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini anglatadi. Ayni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan, ajratilgan, ya'ni u haqida muayyan boshlang'ich bilim mavjud bo'lishi lozim. Shunday qilib, muammoni bilish – bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir. Amaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va hokazolarda) va fanning o'zida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning manbai hisoblanadi. Olim muammoni baholashi va u shug'ullanishga arziydimi, degan savolga javob berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli o'laroq, muammolar haqiqiy ham, soxta ham bo'lishi mumkin emas. Ammo ularni boshqa mezonlar – muhimlik, dolzarblik, echish mumkinligi (tadqiqotchilarni odatda muammoni mazkur vositalar bilan va mazkur muddatda echish mumkin yoki mumkin emasligi to'g'risidagi masala juda qiziqtiradi) nuqtai nazaridan baholaydilar. Muammoni qo'yish – har qanday ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi. Ammo muammo qo'yilganidan so'ng uni echish metodlarini topish talab etiladi. Har bir fan doirasida uning tadqiqot ob'ektlariga moslashtirilgan maxsus metodlar ishlab chiqiladi (masalan, fizikada – qo'lamlarni tahlil qilish metodi, biologiyada -qushlarni halqalash metodi, psixologiyada – testlash metodi, sotsiologiyada – anketa so'rovi metodi, tilshunoslikda – tillarni qiyosiy tahlil qilish metodi va h.k.). Shu bilan bir vaqtda hozirgi zamon fanida metodlarni bir fandan boshqa fanga ko'chirish ulkan ahamiyatga egadir (masalan, fizik metodlardan kimyoda (spektroskopik metod), biologiya va tibbiyotda (rentgenoskopiya metodlari), tarixda (radioaktiv tahlil metodi) foydalanish, matematik metodlarni tabiatshunoslikda va ijtimoiy fanlarda qo'llash). Muammo – bilishning rivojlanish jarayonida ob'ektiv tarzda yuzaga keladigan, echimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo'lgan masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, ob'ektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko'rinishida amal qiluvchi va uni echish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. Muammoni to'g'ri qo'yish uni muvaffaqiyatli echishning muhim shartidir. To'g'ri qo'yilmagan muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni echishdan chalg'itadi. M u a m m o to 'g 'ri q o 'y ilg a n d e b h iso b la n ish i u c h u n : 1 ) o 'rg a n ila y o tg a n m u a m m o n in g ta rk ib ig a k iritish m u m k in b o 'lg a n m u a y y a n ilm iy b ilim (m a 'lu m o tla r, n a z a riy a , m e to d ik a ) m a v ju d b o 'lish i; 2 ) m u a m m o sh a k la n to 'g 'ri tu z ilg a n b o 'lish i; 3 ) m u a m m o o 'rin li b o 'lish i, y a 'n i u n in g a so sla ri so x ta b o 'lm a slig i; 4 ) m u a m m o m u a y y a n d a ra ja d a c h e g a ra la n g a n b o 'lish i; 5 ) e c h im n in g m a v ju d lik sh a rti v a u n in g y a g o n a lig i k o 'rsa tilg a n b o 'lish i; 6 ) m a q b u l e c h im b e lg ila ri h a m d a e c h im n in g m a q b u llig in i te k sh irish u su lla ri h a q id a g i sh a rtla r q a b u l q ilin ish i lo z im . Ilmiy muammo boshqa muammolardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi: • U olimni doim haqiqiy bilim olishga yo'naltiradi. • Yangi bilim olishga qarab mo'ljal oladi. Olim ongli ravishda yangilik sari intiladi. Shuni ta'kidlash lozimki, «dunyoning birinchi materiyasi nimaq», «ob'ekt nimaq», «harakat nimaq», «aql nimaq» qabilidagi olamshumul muammolar ayrim fanlarning chegaralarinigina belgilashi mumkin, biroq ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi hisoblanmaydi. O'z-o'zidan ravshanki, har qanday muammo ham ilmiy bo'lavermaydi. Ilmiy muammolar qolgan turdagi muammolardan shunisi bilan ajralib turadiki, ular ilmiy asoslar negizida qo'yiladi va asosan ilmiy bilimni kengaytirish maqsadida ilmiy metodlar yordamida o'rganiladi. J.A.Romanenko “Ilmiy muammo tushunchasini talqin qilishda kontseptual inqiroz yuzaga kelgan. Bu hozirda mazkur masala yuzasidan ketayotgan munozaralarda o'z aksini topmoqda” . Shuning uchun ham bugungi ilmiy izlanish jarayonida muammoni to'g'ri qo'yish va unga mos tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Muammo qo'yilishida mavjud bilimlar asosida maqsadga erisha olmaslik haqidagi bilimga ega bo'lib, unga ilgarigi bilimlar asosida tubdan yangicha yondashish, ya'ni yangi qonuniyatni ochish imkoni bilan bog'liq ishchi farazni to'g'ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi. Muammo qo'yilishida quyidagicha bosqichlarga e'tibor berish lozim: a) muammoni izlash; b) xususiy muammoni qo'yish (muammo echimiga erishish uchun maqsadlar ketma- ketligini ifodalash); v) muammoni yoyish. Ma'lumki, falsafaning tarmoqlari ko'p va tabiiyki, ularga mos muammolar ham yetarli. Ilmiy-ijodiy faoliyatdagi izlanishlarda muammoni izlash va tanlashda quyidagilarga e'tibor berish lozim: ilmiy-ijodiy izlanish jarayonida qo'yilgan muammoni echmasdan, belgilangan yo'nalishda ijodiy metodni, ijod metodologiyasini, ijod texnologiyasini va ijod texnikasini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish mumkinligiga ishchi farazni shakllantira olishlik; rejalashtirilgan tadqiqot fanga va ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga aniq nima berishini aniqlash; rejalashtirilgan tadqiqot natijalari asosida olinadigan yangi qonuniyat nimasi bilan ilmiy- ijodiy faoliyatdagi oldin mavjudlaridan yangi va ko'proq amaliy bahoga ega ekanligini aniqlash kabilar shular jumlasidandir.2516 04 0B 17 13 20 2504 22 14 07 07 1A 1A 04 1A 07 04 L e y b n its : “ A g a r g ip o te z a q u y id a g i u c h s h a rtn i q a n o a tla n tirs a , u a s o s li b o 'la d i: b irin c h id a n – u s o d d a b o 'ls a ; ik k in c h id a n – k o 'p s o n li q o d is a la rn i tu s h u n tirs a ; u c h in c h id a n – y a n g i h o d is a la rn i b a s h o ra t q ilis h g a y o rd a m b e rs a ” , - d e b ta 'k id la y d i. M a z k u r u c h ta s h a rtn in g o x irg is i a y n a n ilm iy -ijo d iy fa o liy a td a n a m o y o n b o 'lu v c h i g ip o te z a n in g m a z m u n -m o h iy a tin i ifo d a la y d i. E ’T IB O R IN G IZ U C H U N R A H M A T