logo

Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan uy sharoitida olib boradigan logopedik mashqlarni bajartirish yuzasidan ota-onalarga tavsiyalar

Yuklangan vaqt:

04.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

468.833984375 KB
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan uy sharoitida olib boradigan logopedik mashqlarni bajartirish yuzasidan ota-onalarga tavsiyalar ………… ARTIKULATSION MASHQLAR. Nafas mashqlari. Tavsiya etilgan nafas mashqlarni bajartirishda toza havoda yoki yaxshilab shamollatilgan xonalarda olib borish maqsadga muvofiqdir.  1.Nafas mashqlar. A) To`liq va qisqa nafas mashqlari(burun orqali nafas olib,og`iz orqali chiqarish) B) “ Qor yog`di” o’yini: chuqur nafas olib tez-tez chiqarib paxta bo`laklaridan atrofga qor yog’diramiz. C) “ Shamni puflash”havoni asta sekin chiqarib shamni o`chirish. D) Sharni puflash. E)Musiqa sadolari ostida unli tovushlarni talaffuz qilish:a-o- u-i,o-a-u-i-e F)Stakan ichidagi suvni puflash mashqi.(bunda yahna choy cho`plari yordamida nafas olib nafas chiqarish jarayonida stakan ichidagi suvni harakatga keltirish. Har bir mashqni bajarishda bolani charchab qolishiga yo`l qo`ymang. Mashqlarni bajarish jarayonida bolaning qorni o`ta to`q va o`ta och bo`lmasligiga e’tiborni qaratish lozim.Ota- onalar bularni yoddan chiqarmang (D.Sannonova). LAB VA TIL MASHQLARI. Mashqlarni bajartirishda bolaning charchab qolishiga yo`l qo`ymaslik lozim . (D,sannonova)……….. “ Tabassum”-lablarni kulgi holatiga keltirish. “lablarni cho`chaytirish”. “Murabbo”mashqi-lablar yuqoridan pastga til bilan yalab chiqiladi. “Soat”-tilimizni lablarimizni burchaklariga harakatlantiramiz Tilni keng holatda chiqarib pastki lab ustiga qo`yish. “Arg`amchi” mashqi-tilni yuqori lab va pastki lab tomon harakat-lantirish. (Mashqlar rasm asosida berilgan )  Artikulyatsion mashqlar .Lab mashqlari”    Aziz ota-onalar bu mashqlarni farzandingizga muntazam ravishda bajartirib boring. E`tiboringiz uchun rahmat. (D.Sannonova)