logo

Maktab o’quvchilarini pedagogik diagnostika qilish metodlari, ularning turlari va qo’llanilishidagi talablar

Yuklangan vaqt:

20.01.2025

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1268.44921875 KB
Maktab o’quvchilarini pedagogik diagnostika qilish metodlari, ularning turlari va qo’llanilishidagi talablar Reja: 1.Pedagogik diagnostika qilish metodlari. 2.Pedagogik diagnostika qilish metodlariga qo’yiladigan talablar  Pedagogik diagnostika - faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash, bo’sh yoki muvaffaqiyatli o’rinlarni belgilab berish faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish deyiladi. Bunday vazifalarni bajarishda bizga pedagogic diagnostika metodlar kerak bo’ladi. Maktab o’quvchilarini pedagogik diagnostika qilishning asosiy metodlari: Pedagogik kuzatish Pedagogik suhbat Pedagogik tajriba Pedagogik so’roq metodi Hujjatlarni tahlil qilish metodi Pedagogik anketa metodi Pedagogik diagnostika kuzatuv uslubi - o’quvchining o’qishga munosabatini, mas’uliyatini, bilimga intilishini aniqlaydi. Tabiiyki, o’quvchidagi bunday hislatlarni belgilashda uning xarakteri, xulqi, butun ijtimoiy jihatlariga katta ahamiyat beriladi. Chunki, o’quvchining bilim va ko’nikmalarini attestatsiya qilishda shaxsiy, oilaviy, axloqiy ko’rsatkichlar muhim rol o’ynaydi. Baho malakasi ham bola shaxsini, uning o’qishga munosabatini to’g’ri belgilashdagi muhim omildir. Uni pedagog olimlar turli davra turlicha ifodalaganlar. Masalan, bolalarning mashg’ulotlar paytidagi qiziqish darajasini 1978 yilda AQShlik olim Oini Fitaku quyidagi shkala bo’yicha aniqlashni tavsiya qilgan: -Hech qanday qiziqish yo'q -Qiziqishi noaniq -Qandaydir qiziqishlar sezildi -Katta qiziqish bor -O'ta qiziquvchan Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo’l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun diagnostika ishlarini olib boruvchidan quyidagilar talab etiladi: 1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 2) kuzatishni tizimli ravishda y o ig a qo‘yish; 3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifaiami hal etish; 4) har bir holatnmg mohiyatini sinchiklab o ‘rganish; 5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.  Suhbat metodi -pedagogik diagnostikada bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega boiingan ma’lumotlami boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho bensh, muammonmg yechimini topishga lmkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlami yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlanmng imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda yakka, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. 0E 2F1F 1B 1A 02 15 15 1A 19041604 10 1902 2F1F14 1904 0A 1404 0B 0E1014 0B33 Suhbat metodiga qo’yiladigan talablar : 1) maqsaddan kelib chiqqan holda, suhbat uchun belgilanuvchi savollaring mazmunini aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 2) suhbatni o‘tkazish joyi hamda vaqtini aniq belgilash; 3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish; 4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish; 5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish; 6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; Pedagogik diagnostikada so‘roqlash metodi qadimqadimlardan qoilam b kelinadi. Ushbu metod deyarli o‘qish, o‘qitish, o‘rganish jarayoni boshlangandan buyon mavjud. Pedagogik diagnostikada so'roqlash metodi o‘quvchitalabalarning o‘zlashtirishi va bilim sifati haqida ko‘proq axborot to‘plash imkoniyatini beradi. Shu bilan birgalikda, u yoki bu shaxs to‘g‘risida ob’ektiv yoki sub’ektiv malumotlami olish imkonini beradi. Axborotlarni olish, saqlash - og‘zaki, yozma, standartlashtirilgan, yakka, juft, kichik guruhlarga bo’lingan holda bir yoki bir necha bor so‘rash asosida to‘planadi va qayta ishlanadi. Pedagogik tajriba (eksperiment) metodi. (Eksperiment - lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib ko‘rish”). Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarim o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarda maqsadga erishishni kafolatlay olish, ilgari surilayotgan tavsiyalaming amahyotda o‘z in’ikosiga ega bo’la olishi hamda samaradorlikni aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba, ma’lum doirada, soni aniq belgilangan о‘quvchi-talabalar ishtirokida amalga oshiriladi. Pedagogik tajriba turlari: -tabiiy tajriba -Labaratoriya tajribasi -tajriba ishi Pedagogik diagnostikada tajriba metodiga qo’yiladigan talablar: 1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 2) diagnostika ilmiy farazining puxta asoslanishi; 3) diagnostika ob’ektlari va usullarining to‘g‘ri tanlanishi; 4) tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligining aniqlanishi; 5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)nmg yaratilganligi; 6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarini qayta ishlash. Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib, umumiy xulosaga kelinadi va amalga oshirilgan pedagogik diagnostika bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Hujjatlarini tahlil qilish metodi -Mazkur metod 0 ‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarimng taiim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o‘rganish, bu boradagi faollik darajasi, enshilgan yutuq hamda y o i qo‘yilgan kamchiliklami aniqlash, ilg‘or tajribalami ommalashtirish va taiim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qoilaniladi Ta’lim muassasasi faoliyatining mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: o ‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, guruh (sinf) jurnallari, o‘quvchi-talabalarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig’ilishi bayonnomalan yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari. Anketa metodi (fransuzcha - tekshirish). Pedagogik diagnostikada ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida o‘quvchi-talabalar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi. 0‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda, anketa savollari quyidagicha bo‘ladi: 1) ochiq turdagi savollar (o‘quvchi-talabalarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (o‘quvchi-talabalar “ha”, “yo‘q’ “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi variantlari tanlash orqali javob beruvchi savollar). Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: 1) anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak; 3) anketa savollari o‘quvchi-talabalaming dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 4) anketa savollari о‘quvchi-talabalar tomonidan to‘la javob berilishini ta’minlovchi vaqtm kafolatlay olishi zarur; 5) anketa o‘quvchi-talabalaming pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi lozim; 6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlami berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshinsh hamda bilish usullaridir. Demak, ilmiy- tadqiqot metodlari pedagogik diagnostikada ham muhim ahamiyatga ega