logo

Balalarni tarbiyalashda o`zbek oilasidagi urf odatlar, marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1155.162109375 KB
Balalarni tarbiyalashda o`zbek oilasidagi urf odatlar, marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati Balalarni tarbiyalashda o`zbek oilasidagi urf odatlar, marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati REJA • 1. Milliy tarbiya yo’nalishlari va milliy tarbiya usullari • 2. Ma’naviy tarbiya asoslari • 3. Ziyoli mas’uliyati Mustaqil O’zbekistonda ma’naviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari • Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning o’zi uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo’lmaydi. Unda iroda qudrati, mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish, ko’nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o’zga insonlarga mehr uyg’otish, dilida ulug’ maqsadlar tug’ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg’usi haqida kitoblarda yozilganlarni o’qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki Adolatga xiyonat qilmaydigan bo’lib qoladi, deb tasavvur qilish o’ta soddalik bo’lur edi Milliy tarbiya yo’nalishlari va milliy tarbiya usullari • Yuqorida tilga olingan vazifalarni amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak. Eng avvalo, tarbiyaning ikki bosqichi mavjudligini unutmaslik zarur. Albatta, asosiy maqsad – yosh avlod tarbiyasi , ammo bu maqsadga erishish uchun ishni birinchi bosqichda tarbiyachilarni tarbiyalash dan boshlash kerak bo’ladi. • . O`zbek milliy urf-odatiga ko`ra ko`pincha bolalarning tabiatiga baho berilganda uning ota-onasidagi mavjud hislatlariga nisbat berib baholanadi. • Qadimdan shunday gap qolgan “Qush uyasida ko`rganini qiladi” ya`ni, ha ota- onasiga tortibdi, deyishadi. • Yaxshi xulq ham yomon xulq ham bolalarga avvalo ota-onalardan o`tadi. • Demak har bir ota-ona o`z farzandiga yaxshi hislatlarni bolaligidan singdirgani ma`quldir. Shunda u ulg`aygan sari oriyatli, nomusli, burchni his qiladigan hushmomala, odobli, bemorlarga hamdard bo`ladi. • . “Hadisi sharifda” “Sabr va bardosh tangridan, shoshqoloqlik esa shaytondandir” degan ulug` so`zlarni eslab o`tish joizdir. Shunday ekan oilaning katta yoshdagi a`zolarining bolaga qo`yadigan talablarni hamda ularga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishlarda so`z bilan ishning bir bo`lishi muhum ro`l o`ynaydi.Oilada bunday birlikni bo`lmasligi bola hulq-atvoriga salbiy ta`sir ko`rsatishi muhum. Bola tarbiyasi maktab, oila jamoatchilik va mehnat jamoalarning hamkorligida olib borilsa, tarbiyada ko`zlangan maqsadga erishish mumkin. Shu bois keyingi paytlarda mahalla-kuylarda, turar joylarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ko`lami ancha kengaydi. • . Yaqinda jumhuryatimizda madrasalar qoshida yoshlarni adolatli, iymonli, ihlosmand, axloqli qilib tarbiyalash maqsadida o`qishlar tashkil etildi. O`qish dasturi aynan yoshlarni “Qur`on Karim” va “Hadis sharif “ rivoyatlari bayoni asosida tarbiyalashni ko`zlaydi. • Ota-ona farzandiga qancha qilsa ham oz, lekin farzand ham ota-onani hurmat qilishi lozim. Bu haqda qadimgi hikoytlarda quyidagicha yoziladi. – Ey farzand! Aql yuzasidan bilginki ota-onaning izzat va hurmatini bo`yinga olish lozimdir. Chunki farzandning asli ota-onadir. Nima uchun ota-onani hurmat qilaman deb ko`ngilga keltirma. Bilginkim ular sening uchun o`limga ham tayyordirlar. Agar har farzand aqlli va dono bo`lsa ota-onaning mehru- muhabbatini ado etishdan bosh tortmaydi.Ota-onaning ishi seni parvarish qilish va senga yaxshilik o`rgatishdir.  • Ey farzand! Ota-onaning ko`nglini sira ham ranjitma.Ularning qalbini azoblama.Sen ota-onaning haqiga din nuqtai nazaridan rioya qilmasang, ham aql va muruvvat nuqtai nazardan rioya qil, ko`rgil ota-ona seni jonu- dili bilan parvarish qilishar. Agar sen ularga nisbatan xato ish qilsang, sen hech qachon yaxshilikka sazovar emassan, chunki har kishi ota-onaning yaxshiligini bilmasa birovning yaxshiligiga baho berolmaydi. Farzanding seni hurmat qilishini istasang sen ham onangni hurmat qil, chunki sen ota- onangga nima ish qilsang farzanding ham senga shunday ish qiladi. • Bola mevaga ota-ona esa daraxtga o`xshaydi, daraxtni yaxshi tarbiya qilsang mevasi yaxshi va shirin bo`ladi. Shuningdek ota onaga izzat va hurmatni ko`proq qilsang ularning sen haqingdagi duosi tezroq mustajob bo`ladi. • Meros olish xirsi bilan ota-onaning o`limini also istamagil. Ularning rizqi orqali rizqqa ega bo`lasan, rizq taqsimlash kundagi tiriklik deb o`zingni azobga qo`ymagil . • Bolaning ota –onaga peshvoz chiqishi yukini, kiymini qo`lidan olishi ham o`zbeklarning qadimiy odati. Masalan ota ishdan kelganda uning jajjigina o`g`ilchasi yoki qizalog`i yugurib borib kiyim boshini yechishga yordamlashadi. Oilaviy munosabatlar bolalarda yaxshi xislatlarni shakllantiradi • Bola tarbiyasi qonuniyatlarini bilmagan vaqtda bola tarbiyasiga e`tibor bermagan ota-onalar bir kuni pand yeydilar. Shunday hollar yuz bermasligi uchun bolaning dunyoga kelishi bilanoq uni to`g`ri tarbiyalash pedagogika fanining shu sohadagi tavsiyalariga e`tibor berish zarur. • Xalqimizda “Har kim ekanini o`radi, bug`doy ekkan bug`doy, arpa ekkan arpa o`radi” degan maqol bor. Demak bola ham ota-onasidan olgan tarbiyasiga qarab o`sadi. • Bolaning hayot yo`li boshlanadigan boshlang`ich qadam jamiyat bo`lib, bola dastavval shu yerda insonni ko`radi. U haqida tushunchaga ega bo`ladi. Oilada uning hulqi, ko`nikmalari odatlari shakllanadi. Oila unga uzluksiz ta`sir ko`rsatib uning faolyatini nazorat qilib boradi. Buning sababi faqat bolaning ko`p vaqti oilada o`tishdagina deb ko`rsatish uncha to`g`ri emas.