logo

Diniy qadriyatlarni tiklanishi. O`zbekistonda davlat va diniy o`zaro munosabatlari va uning asosiy tamoyillari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7897.2998046875 KB
XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI Bajardi: Fayziyeva F. Tekshirdi: Insopov A. Toshkent 2014MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Diniy qadriyatlarni tiklanishi. O`zbekistonda davlat va diniy o`zaro munosabatlari va uning asosiy tamoyillari www.arxiv.uz REJA: 1. Diniy qadriyatlarning tiklanishi. 2. Dunyoviy davlatda siyosat va din munosabatining xuquqiy me’yorlari. 3. O’zbekiston Respublikasida davlatning din bilan munosabatlari mazmun-moxiyatini belgilovchi qator tamoyillar. 4. O’zbekiston milliy mafkurasida din va siyosatning o‘rni. www.arxiv.uz Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganla- ridek, «Ma'naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning Qadimiy va navqi-ron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o'z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg'usi bilan birgalikda yetishgan. Ma'naviyat o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi» www.arxiv.uz O'zbekiston Respublikasi o'zining ko'p asrlik orzusi bo'lmish mustaqillikka erishgandan so'ng hukumat rahbarlari va xalqimizning barcha qatlami oldidagi eng dolzarb, ma'suliyatli, muqaddas vazifa - ushbu buyuk in'omni, mustaqillikni saqlab qolish va uni rivojlantirib, davlatimiz mavqeini xalqaro miqyosiga olib chiqishdan iboratdir. Bu o'lkan vazifani amalga oshirish bilan bir vaqtning o'zida kechiktirib bo'lmaydigan eng muhim tomoni - kishilarimizning ma'naviy-madaniy barkamolligini yuksaltirib borishdir. So'nggi 130 yillik Rossiyaga bo'lgan qaramlikda ham xalqimizning ma'naviyati va madaniyati mustamlakachilar tomonidan butunlay bo'g'ib tashlashga harakat qilindi. Mana, xalqimiz asrlar osha kutgan mustaqillikka ham yetib keldik. Hukumatimiz boshchiligida xalqimiz ko'p yo'nalishlar qatori ma'naviy, madaniy, diniy qadriyatlarimizni, merosimizni tiklash sohasidagi tadbirlarni amalga oshira boshladi. www.arxiv.uz Islom dunyosining eng yetuk hadisshunosi bo'lmish, ham yurtimiz Imom Ismoil al-Buhoriyning ulug' nomi ham totalitar tuzum davrida deyarli tilga olinmas edi. Va holanki, dunyo olimlari bu insonning faoliyati va yaratgan asarlarini allaqachonlar tan olgan edi. Mustaqillik yillarda vatandoshimiz to'plagan hadislarning 4 jildlik to'plami nashrdan chiqarilib xalqimizga sovg'a qilindi. Samarqand shahri yaqinidagi Chelak shahrida al-Buhoriyga atab yodgorlik va haykal o'rnatildi. Bugungi kunda ushbu ziyoratgohga jahonning turli burchaklaridan odamlar kelib ziyorat qilib ketmoqdalar. Yuqorida ko'rsatilgan ishlar bilan bir qatorda o'tmishdoshlarimiz yaratgan madaniyat obidalarini tiklash, ta'mirlashdek savob ishlarga davlatimiz rahbarlari alohida e'tibor bermoqda. Toshkent yaqinidagi ziyoratgox, islom dunyosining yetuk va mashhur namoyondalaridan Zangi ota Oyxo'ja Tojxo'ja o'g'li yodkorlik majmuasida katta ta'mirlash ishlari olib borildi. www.arxiv.uz shahrimizdagi “Ko'kaldosh madrasasi” da ta'mirlash ishlari yakunlanib qolmoqda, “Abulqosim madrasasi” binosi ta'mirlanib, deyarli avvalgi holatiga keltirildi. Samarqand Temur va Temuriylar davrida yaratilgan barcha obidalarda tiklash va ta'mirlash ishlari amalga oshirildi va davom etmoqda. Xullas, bu yo'nalishlar bo'yicha ham salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. I.A.Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida» nomli mashhur, xalqaro miqyosidagi yangi asarida ta'kidlaydiki, Jamiyatning diniy-ruhiy asoslarini, xalqimizning ming yillik ma'naviy- ahloqiy yuksalish tajribasini o'zida jamlagan Islom madaniyatini tiklash o'z taqdirini o'zi belgilash, tarixiy xotiraga, madaniy- tarixiy birlikka ega bo'lish yo'lidagi-g'oyat muhim qadam bo'ldi. Eski masjidlar ta'mirlanmoqda, yangilari bunyod etilmoqda. Darhaqiqat ma'naviy hayotimizda islom dinining o'ziga xos alohida o'rni bor. Islom ta'limoti olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlarni idrok etish borasida katta ahamiyatga egadir. Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma'naviy va madaniy qadriyat sifatida imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida Prezident I.Karimovning 1992 yil 7 martidagi Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar www.arxiv.uz Mahkamasi qoshida Din ishlari bo'yicha qo'mita tashkil etildi. 27 mart kuni O'zbekiston Prezidentining «Ro'za Hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g'risida» Farmon e'lon qilindi. 1992 yildan boshlab har yili mamlakatimizda ro'za hayiti umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Shuningdek, qurbon hayiti ham yurtimizda dam olish kuni va bayram qilib nishonlanadigan bo'ldi. Eng muhimi, xalqimiz o'z tarixida birinchi marta bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish sharafiga muyassar bo'lmoqda. Faqat 1998 yilning o'zida 4 mingga yaqin fuqarolar Makka va Madinaga safar qildilar. Islom dunyosining mashhur allomalari bo'lmish Imom at- Termiziyning 1200 yilligi. Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahoviddin Naqshbandiyning 675 yilligi va Xo'ja Axror Valiyning 600 yilligi keng ko'lamda xalqimiz tomonidan nishonlandi. Ularning asarlari nashrdan chiqarildi. O'zbekiston Konstitutsiyasida vijdon erkinligi kafolatlanib, har kim hohlagan dinga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Ayni vaqtda, Konstitutsiyada diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi deb ham yozilgan. Davlatga va dinning to'g'ri yo'nalishiga qarshi faoliyat yurgizayotgan «Vahobiychilik» oqimiga qarshi keskin kurash e'lon qilindi. www.arxiv.uz 1998 yil aprelida O'zbekiston Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida» gi qonuni yangi tahrirda qabul qildi. Bu qonun zamon talablarga mos bo'lib, Fuqarolarning dinga moneliksiz e'tiqod qilish, diniy urf-odatlarni ijro etish huquqini kafolanlandi va himoyalandi. Diniy tashkilotlar faoliyati tartibga solib turildi. Islomning muqaddas kitobi Kur'oni Karim 8 marta jami 1 million nusxada nashr qilindi. O'zbekcha nusxasi 3 marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi. 1995 yil 19 mayda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan Toshkentda xalqaro islom tadqiqot Markazi tashkil etildi. O'zbekiston televideniyasida «Ma'rifatnoma» ko'rsatuvi tashkil etilib, unda xalqning ma'naviyatini yuksaltirishda, diniy ma'rifatini o'stirishda yordam beradigan ma'lumotlar berib kelinmoqda. Shuningdek 1999 yilda Islom universiteti ta'sis etildi. www.arxiv.uz Mustaqillik sharofati bilan ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan ulkan bayram -Navro'z bayrami Prezident Farmoniga binoan har yili 21 mart dam olish kuni deb va bayram deb e'lon qilindi. Navro'z sho'rolar davrida diniy bayram deb hisoblanib, uni keng nishonlanishi cheklab qo'yilgan edi. Mana, ming shukrki, sevimli, qadrli xalq bayramini nishonlash yana tiklandi. Har yili mamlakatimizning barcha hududlarida «Navro'z» bayrami xalq sayili sifatida katta xursandchilik bilan o'tkazilmoqda. Shuning uchun xalqimiz ushbu bayramni intizorlik bilan kutadi va tantana qiladi. Xullas ma'naviy-madaniy qadriyatlar va meroslarni tiklash va rivojlan tirish ishlari kungildagidek amalga oshmoqda va hali bajariladigan vazifalar ham talaygina. www.arxiv.uz  H uquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan davlatimizning dinga bo‘lgan munosabati nimalar bilan belgilanadi, degan savolga javob berishdan avval „dunyoviylik" degan tushunchaning o‘zi nimani anglatishini aniqlashtirish lozim. Dunyoviylik diniy e’tiqodning ijtimoiy-madaniy xayot va qolaversa, umummilliy taraqqiyotdagi axamiyatini inkor etadimi? Agar inkor etmasa, dinning xayotiy voqelikdagi rolini u qanday tushunadi? Ana shu savollarga oydinlik kiritsakkina mustaqil O’zbekistonda dunyoviy jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-xarakatlarning, shuningdek siyosat, din va mafkura o‘rtasidagi aloqaning, munosabatlarning tub moxiyati ravshanlashadi. Fikrimizcha, taraqqiyotning dunyoviy yo‘li sobiq kommunistik mafkura „qoliplari"ga tushmasligi, ya’ni uning daxriylik xamda diniylik emasligiga bog‘liq. Bundan dunyoviylik moxiyatan, zikr etilgan ikki qarama-qarshi qutbning, ya’ni diniylik va daxriylikning oralig‘ida joylashgan ma’naviy-madaniy xolat degan xulosaga kelish mumkin. Chunki, u diniylikni xam, daxriylikni xam inkor etmaydi, ularning xar ikkalasini ob’ektiv ijtimoiy xodisa deb e’tirof etadi. DUNYOVIY DAVLATDA SIYOSAT VA DIN MUNOSABATINING HUQUQIY ME’YORLARI www.arxiv.uz Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, dunyoviylik tushunchasi plyuralizm, ya’ni xurfikrlilikka asoslanadi. Dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatlardagi dinga bo‘lgan munosabat demokratik plyura lizm, ya’ni xurfikrlilik tamoyiliga asoslangani tufayli ularda din xayotdagi ijtimoiy-madaniy va ma’naviy-ruxiy muxit rang-barangligini ta’minlovchi xilma-xil tarixiy qadriyatlar silsilasidagi teng xuquqli bo‘g‘in sifatida qabul qilingan. Dunyoning ko‘pchilik davlatlari, xususan, rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, din dunyoviy davlat tuzumi bilan nafaqat murosa qilishi, balki umummilliy yuksalish yo‘lida u bilan samarali xamkorlik qilishi mumkin. Dinning jamiyatimizdagi o‘rni eng avvalo, uning konstitutsiyaviy maqomi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq barcha fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlangan. Diniy tashqilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan va ularning qonun oldida tengligi belgilab qo‘yilgan. Ayni paytda milliy va diniy ruxdagi siyosiy partiya va jamoat birlashmalarining tuzilishi xamda faoliyati taqiqlangan 1 . www.arxiv.uz — dindorlarning diniy tuyg‘ularini xurmat qilish; — diniy e’tiqodni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; — diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham xuquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; — ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zaruriyati; — dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLATNING DIN BILAN MUNOSABATLARI MAZMUN- MOXIYATINI BELGILOVCHI QATOR TAMOYILLARGA QUYIDAGILAR KIRADI: www.arxiv.uz Birinchidan, O’zbekistonda din madaniy-mafkuraviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha milliy qadriyatlar qatorida teng xuquqli qadriyat sifatida tan olinadi. Ikkinchidan, sof diniy extiyojlarni qondirishdan tashqari xar qanday g‘arazli maqsadga erishish yo‘lida diniy omillardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashnint asosiy yo‘nalishi islom diniga emas, balki islomning muqaddas aqidalarini niqob qilib olgan diniy ekstre mizm va terrorizmga qarshi qaratilishi lozim. Biroq, ayrim xorijiy mamlakatlar matbuotidagi maqolalarda islom dini, siyosiy islom, terrorizm va diniy ekstremizm bir biri bilan qorishtirib yuborilmoqda. Xatto ayrim davlat arboblari (masalan, AQSh Prezidenti J. Bush) terrorizm bilan bevosita botiq bo‘lgan siyosiy islomga xam beixtiyor islom dinining tarkibiy qismi, deb qarashmoqda. Vaholanki, terrorizm va islom ekstremizmi islom dini bilan faqat konfessional jihatdan bog‘liqdir. Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jaxon miqyosida islom nufuzining, islom mavqeinint oshib borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy madaniy va demografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan postindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari uchun xosdir.Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni ko‘zlagan davlatimizning dinga munosabatini belgilovchi yuqoridagi mezon va tamoyillardan ikki asosiy xulosani chiqarish mumkin. www.arxiv.uz O’zbek davlatchiligi tarixiga nazar solinsa, diniy bag‘rikenglik, vijdon va e’tiqod erkinligi asosiy prinsip va davlat siyosati darajasiga ko‘tarib kelinganiga ishonch xosil qilamiz. Masalan, Toshkent Islom universiteti islom xuquqi kafedrasi mudiri Abdulxakim Juz-joniyning yozishicha, kushonlar davrida zarb qilingan tangalarning bir tomonida budda dini — davlat rasmiy dinining ramzi bo‘lsa, ikkinchi tomonida boshqa bir dinning ramzi aks etgan. Islom dini kirib kelganda Buxoroda turli din tarafdorlari bo‘lgan: budda, zardush-tiylik, nasroniylik, moniy va shamanizm kabi. Barcha din tarafdorlari bir-birlari bilan axil, inoq yashaganlar 1 . Xorazmshoxlar davlatida bundan 1000 yil avval faoliyat ko‘rsatgan Ma’mun akademiyasida yirik siymolar - Ibn Sino, Beruniy, Ibn Iroqlar qatorida ikkita mashxur xristian olimlari — Abu Saxl Masixiy, Abul Xayr Xammor ijod qilishgan. Masixiy — bu xristian degani. U Beruniyning Ibn Iroqdan keyingi ikkinchi ustozi bo‘ladi. Ular bir akademiyaning a’zosi sifatida ko‘p yillar birga ishlashgan. Yoki Sultoniya cherkovi (Eron Ozarbayjoni) ruxoniysining Amir Temur elchisi sifatida Yevropaga yuborilganligi diniy bag‘rikenglik o‘zbek xalqi mentalitetida chuqur ildizga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. O’ZBEKISTON MILLIY MAFKURASIDA DIN VA SIYOSATNING O‘RNI www.arxiv.uz Shuni alohida ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoning tub xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi mentaliteti negizida asosan, islom dini yotgani inkor etib bo‘lmas xaqiqatdir. Lekin, o‘rta asrlarda umuman Markaziy Osiyo, xususan, o‘lkamiz musulmonlari uchun diniy firqachilik yot xodisa bo‘lgan. Buning sababini mintaqamizda o‘ziga xos Movarounnaxr musulmon qonunchiligi — fiqx maktabining (jumladan, xanafiylik mazxabining) yuksak rivojlangani, uning boshqa maktablar ta’sirida emas, aksincha, u musulmon qonunshunosligining boshqa maktablariga o‘z ta’sirini ko‘rsatib turgani bilan bog‘liq edi deyish mumkin. Shuning uchun xam musulmon dunyosi Markaziy Osiyoga nisbatan ta’sir o‘tkazish mintaqasi emas, aksincha, diniy masalalarda xam undan o‘rganishga munosib sarchashma sifatida qaragan. Biroq, Rossiya istilosidan so‘ng, xususan, sovet davrida islom diniga nisbatan o‘tkazilgan tazyiq natijasida eng saloxiyatli iloxiyotchi olimlar qirib tashlandi. Maxalliy xayot darajasida saqlangan maxalliy islomga, asosan, diniy bilimlari sayoz, uzluksiz ta’qib ta’sirida o‘ta radikallashgan shaxslar „rahnamolik" qila boshladilar. www.arxiv.uz Islomning Markaziy Osiyo ijtimoiy xayotidagi maqomining zaiflashib borishi bilan unga tashqi musulmon dunyosining munosabati xam o‘zgarib bordi. Uzoq yillar davomida tashqi olam, xususan, musulmon dunyosi uchun „yopiq" bo‘lib qolgan Markaziy Osiyoga diniy taassubga va zo‘ravonlikka (ekstremizmga) moyil ajnabiy diniy tashkilotlarning qiziqishi ortib bordi. O’zbekistan raxbariyati tomonidan mustaqillikning ilk bosqichida mazkur soxaga oid qator chora-tadbirlarning amalga oshirilishi diniy ekstremizm va fundamentalizm yoyilishi dinamikasini pasaytirishni ta’minladi. Ayni paytda xayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, unga butunlay barxam berishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasi, ko‘rilayotgan ma’muriy jazo choralari bilan bir qatorda, din xaqida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan saloxiyatli mutaxassislarning mafkuraviy xayotdagi faolligi bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur omil bizning anchagina zaif nuqtalarimizdan ekanligi dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O’zbekiston oldida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Ushbu muammoni xal etishga — diniy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlash ishiga samarali xissa qo‘shayotgan O’zbekistondagi mavjud madrasalar tizimiga Imom al-Buxoriy nomidagi Mir Arab madrasasi va shu nomdagi Toshkent Islom ma’hadi boshchilik qilmoqda. Ular Qohira shahridagi Al-Azhar dorilfununi va Iordaniya qirolligining Islom dorilfununi kabi yirik islomiy ilm markazlari bilan aloqa bog‘laganlar. www.arxiv.uz O’zbekiston — dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatlarda amal qiladigan davlat va din munosabatlari prinsiplari O’zbekistonda xam amal qiladi. Bu prinsiplar moxiyatini yanada teranroq tushunish uchun BMTning „Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi", mamlakatimiz Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1998 yilning 1 mayida yangi taxrirda qabul qilingan 23 moddadan iborat „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun bilan batafsil tanishib chiqmoq lozim. Vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismidir. Shuning uchun xam BMTning 1948 yilda qabul qilingan „Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi"ning 18-moddasida „har bir inson... vijdon va din erkinligi xuquqiga egadir " deb yozilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida „Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Xar bir inson xoxlagan dinga e’tiqod qilish yoki xech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi" deb belgilangan. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni xalollik va poklik, mehr-shafqat va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Xozirgi zamonda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining xamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustaxkamlashning muxim sharti xisoblanadi. www.arxiv.uz Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi — xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida xamkor va xamjixat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan din aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani xam dinning ana shu tabiati bilan bog‘liq. Xozirda O’zbekistonda 18 ta diniy konfessiyaga mansub 2200 dan ortiq diniy tashkilotlar mavjud (Toshkent shahrida 114 ta jome’ masjidi, mamlakat bo‘yicha esa 2 mingga yaqin masjid faoliyat ko‘rsatmoqda). Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat xayotida ishtirok etishi uchun xamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi xuquqiy asoslar O’zbekiston Konstitutsiyasida, „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida" gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Dunyoviy, demokratik davlatning dinga nisbatan siyosati prinsiplariga ko‘ra dindorlar va diniy tashkilotlar quyidagi talablarga rioya qilishlari lozim: — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish; — dindan davlatga va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi tapg‘ibot olib borish, millatlararo adovat uyg‘otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik; — diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi; — diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlardan dars beruvchi shaxslarning diniy ta’lim olgan bo‘lishlari va diniy tashkilot raxbariyati ruxsati bilangina o‘qitish ishlarini olib borishlari; — dindorlardan majburiy pul yig‘imi yig‘maslik va to‘lovlar undirmaslik; — taqiqlangan g‘oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video maxsulotlarni tarqatmaslik xamda ishlab chiqarmaslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga ko‘ra diniy moxiyatdagi siyosiy partiya va jamoat xarakatlarini tuzish taqiqlanadi. Shuningdek: www.arxiv.uz dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat xokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazishi; — yashirin diniy faoliyat bilan shug‘ullanishi; — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi; — diniy tashkilotlar xizmatchilarining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodining ro‘yxatga olinishi; — diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinishi taqiqdanadi. O’zbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra „Fuqaro o‘zining dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodat qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi". Bu qonun talabiga muvofiq rasmiy xujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatiga qarab xuquqlari cheklanmaydi yoki ularga xech qanday imtiyozlar berilmaydi. Ushbu qonunning 7- moddasiga ko‘ra O’zbekistonda ta’lim tizimi dindan ajratilgandir. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Voyaga yetmagan bolalarni ularning ota-onalari roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy ta’lim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy majburiy o‘rta ta’lim olgandan keyingina oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtiga ta’lim olish uchun kirish mumkin. Xususiy tartibda diniy ta’lim berish man etiladi 1 . O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlar xizmatchilari bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlatimiz va milliy istiqlol mafkuramizning dinni madaniy-ma’naviy omillar silsilasiga kiruvchi barcha milliy qadriyatlar qatorida teng xuquqli qadriyat sifatida tan olganligining yorqin misoli tariqasida quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz: — XX asrning 80-yillarida sobiq SSSR bo‘yicha xar yili 25-30 kishi Xaj ziyoratiga borgan bo‘lsa, 1991 yilda O’zbekistondan 1500 fuqaro, 2000 yilda esa 4 mingga yaqin fuqaro xaj ziyoratiga borib keldi. www.arxiv.uz 1990 yilda xakim at-Termiziyning 1200 yilligi keng nishonlandi. — 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Saudiya Arabistoniga rasmiy vizit bilan tashrif buyurishi mamlakatimiz va musulmon dunyosi o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda katta amaliy axamiyatga ega bo‘ldi. — 1993 yilda Baxouddin Naqshbandning 675 yilligi nishonlandi. — 1993 yilda Imom Ismoil Buxoriyning 1220 yilligi nishonlandi va bu ulug‘ muxaddisning to‘rt jildlik „Al-Jome’ as- sahiyh" (Ishonarli to‘plam) xamda „ Al-adab al-mufrad " (Odob durdonalari) asarlari o‘zbek tilida chop etildi. — 1996 yilda rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo Yeparxiyasining 125 yilligi nishonlandi. — 1998 yilda Imom Ismoil Buxoriyning 1225 yilligi nishonlanib, uning Chelak tumani Xartang qishlogidagi qabri ustida maxobatli maqbara qurildi. — 1999 yilda Toshkent Islom universiteti ochildi. — 2000 yilda Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi, Burxoniddin Marg‘inoniyning esa 910 yilligi nishonlandi. — 2003 yilda ulug‘ mutasavvuf Abduxoliq G’ijduvoniyning 900 yilligi nishonlandi. — 2007 yilda Xalqaro Islom Konferensiyasi Tashkiloti — AYSESKO tomonidan Toshkent shahri „Islom madaniyati markazi" deb e’lon qilindi. Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda adolatli demokratik jamiyat qurishda siyosat, din va mafkuraning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning o‘zaro munosabati masalalarini chuqur idrok eta olish xar bir talaba uchun muxim axamiyatga ega. Barcha zamonlarda milliy g‘oya va mafkura diniy qarashlar bilan uyg‘un rivojlanganligiga insoniyat tarixi xam guvoxdir. Din o‘z moxiyatiga ko‘ra poklik, mexr-oqibat kabi ezgu tuyg‘ular orqali milliy mafkuramiz g‘oyalarini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdiradi. www.arxiv.uz E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT www.arxiv.uz