logo

Qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish muddatlari va me’yorlarini aniqlsh usullari

Yuklangan vaqt:

07.06.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2765.3828125 KB
 Qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish muddatlari va me’yorlarini aniqlsh usullari Reja 1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari va me’yorlarini tenziometr yordamida aniqlash usullari 2. Tenziometrning ishlash jarayoni. Asosiy adabiyotlar 2. Xamidov M.X., Begmatov I.A., Isaev S.X., Mamatov S.A. “Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari” O’quv qo’llanma. T.: TIMI, 2015, 232 b. 3. Xamidov M.X., Begmatov I.A., Isaev C.X., Mamatov S.A. “Suv tejamkor sugorish texnologiyalari” O’quv qo’llanma. T., TIMI bosmaxonasi, 2015. 243 bet. 4. Xamidov M.X., Shukurlaev X.I., Mamataliev A.V. “Qishloq xojaligi gidrotexnika meliorasiyasi”. Darslik. T. Sharq, 2009, 379 bet. Qo’shimcha adabiyotlar 6. Mirziyoev Sh.M. Uzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. T., O’zbekiston, 2017. «Gazeta uz». 10. Norkulov U., Sheraliev X,. “Qishloq xo’jaligi melioratsiyasi”. Darslik. T. “O’zbekiston miiliy entsiklopediyasi”, 2003, 204 bet. 11. Raximbaev F.M. va boshqalar. “Qishloq xo’jaligida sug’orish melioratsiyasi”. Darslik. T. “Mehnat”, 1994, 327 bet. 12. Рахимбаев Ф.М. «Практикум по сельскохозяйственным гидротехническим мелиорациям». Т. «Мех.нат». 1991, 391 бет. Internet saytlari 13. WWW.Ziyo.net. 14. WWW.cawater-info.net. 15. rubricon.com. 1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari va me’yorlarini tenziometr yordamida aniqlash usullari Dala tenziometrlarining asosan ikki turi ishlab chiqarilgan: membrana turdagi prujinali vakuumetr (AM-20-11); bosim ko‘rsatkichli vakuumetr (IVD «Irrometr», Hydratal-1000). Mazkur tenziometrlar bir joyda ish bajaruvchi qurilmalar bo‘lib, faqat- LOCTRONIK turdagi (Isroilning AM firmasi) tenziometrlar ko‘chma ish bajaruvchi qurilmalar hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida bosim ko‘rsatkichli vakuumetrli IVD-1, IVD-2 UkrGMITI, Isroilning AMJ va AQSH ning «Irrometr» firmasi loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tenziometrlar keng tarqalgan. Ushbu tenziometrlar majmuida 4 xili mavjud, tuproqqa o‘rnatilish chuqurligiga qarab 30,50,70,100 sm o‘lchamli bo‘lib, havosiz nasos ichiga zararsizlantirilgan suv yashil rangli aralashma bilan to‘ldiriladi. Vakuumetr ko‘rsatkichi santibar birligida o‘lchanadi, tuproq so‘rish bosim oralig‘i 0-85 ga teng 90 santibar yoki 0- 8,5(9,0)metr suv hajmida yoki 0,85 (90)kPa). «Irrometr» rusumli tenziometrni tuzilishi. 1-qopqoq yopqich; 2- havoni ushlagich; 3- vakuumetr; 4-ko‘rinuvchi organik oynadan qilingan himoyalovchi qism; 5-ximik toza suv bilan to‘ldirilgan uzatkich; 6-uchki keramik qismi (filtr). Иррометр, модель SR, 12 дюймов (30 см) Технические характеристики этого элемента Цвет Зеленый Ean 0702685048161 Требуется сборка правда Материал Керамика Номер модели Модель SR номер части 0702685048161 Спецификация соответствует Кодекс UNSPSC 41000000 UPC 702685048161 Цифровой измеритель влажности почвы и датчик влажности почвы Blumat || Отлично сочетается с комплектом (-ами) для капельного орошения и обеспечивает работу системы орошения для « цифрового влагомера для растений » В настоящее время недоступен. Мы не знаем, когда и появится ли этот товар в наличии. ПРОСТОЙ / УДОБНЫЙ - Узнавайте точное количество влаги в почве одним нажатием кнопки КАЛИБРОВАТЬ СВОЮ ИРРИГАЦИОННУЮ СИСТЕМУ - Идеально подходит для вашей капельной системы или системы полива сада ТЕНСИОМЕТР - Благодаря любимой технологии Blumat он значительно превосходит более дешевые конкуренты. ВЫСОКАЯ ТОЧНОСТЬ - перестаньте гадать, нужна ли растениям вода, и постоянно доставляйте ее в идеальном количестве! УДАЛЕНИЕ СУХИХ КОРНЕЙ И МЕРТВЫХ РАСТЕНИЙ - Больше никогда не допускайте переувлажнения или недостаточного полива растений!  Irrometrlarni dalada o‘rnatish. 1. Avvalo, irrometrlarni o‘rnatish joyi aniqlanadi. Bu ishlar “Paxtachilik” Ilmiy-tekshirish instituti olimlari tomonidan (q./x.f.d. G.A.Bezborodov) ishlab chiqilgan tavsiyanomaga ko‘ra, quyidagicha amalga oshiriladi: 2. Sug‘oriladigan maydonning nishabligi inobatga olinadi:   Agar sug‘oriladigan dalaning nishabligi uncha katta bo‘lmasa, (i<0,005) egatning boshidan boshlab, uning uzunligini 2/3 qismiga o‘rnatiladi. Qolgan holatlarda esa (i > 0,005), irrometrlar egat uzunligining taxminan o‘rtasiga o‘rnatiladi. • 3. Bir vaqtda sug‘oriladigan egatlar soni va sug‘oriladigan maydonning eni hisobga olinadi: • Agar maydon bir vaqtning o‘zida hamma egatlardan sug‘orilsa, irrometrlar maydonning o‘rta qismiga joylashgan egatlardan biriga o‘rnatiladi. • Agar maydon bir necha qismga bo‘lib alohida- alohida sug‘orilsa, maydonning birinchi navbatda, suv taraladigan qismining o‘rta qismida joylashgan egatlarning biriga o‘rnatiladi. 4. Irrometrlar g‘o‘za qatori (egatning pushti)ga o‘rnatiladi. O‘rnatilgan irrometrlardan hisob olish vaqtida adashib ketmaslik uchun, egat yo‘nalishi bo‘yicha avval 30 sm, keyin 70 sm uzunlikdagi irrometrlar ketma-ket, bir-biridan 20-30 sm oraliqda o‘rnatish tavsiya etiladi. 5. Irrometrlarni o‘rnatish jarayoni quyidagi ketma- ketlikda amalga oshiriladi: Diametri, irrometr diametriga yaqin (sal katta) bo‘lgan 1 metrlik truba yoki shunga o‘xshash moslamani erga qoqish yo‘li bilan, avval 30-40 sm, keyin 70-80 sm lik quvur tayyorlanadi. (Toshkent viloyati Piskent tumanida quvur tayyorlashda paxta teruvchi mashinalarning shipintlaridan foydalanishgan) • Irrometr uchligi bilan tuproq o‘rtasida jips bog‘liqlik yuzaga kelishi uchun, quvurning ichiga suvda eritilgan tuproq massasi (taxminan 200-300 gr) quyiladi. • Irrometrning uchligi salafan qopchadan bo‘shatiladi, uning tepa qismida joylashgan qopqog‘i echiladi va irrometr quvurga tushuriladi. Quvur tuproq bilan to‘ldiriladi va oyoq bilan yaxshilab presslanadi. Vegetatsiya davrida, mexanizmlar bilan tuproqqa ishlov berish jarayonida, o‘lchov olish qismi bo‘lmish vakuumetrning tuproq ostida qolib ketishining oldini olish maqsadida, tuproqqa vertikal holatda o‘rnatilgan irrometr vakuumetrning pastki qismi bilan erning yuzasi o‘rtasida, taxminan 10-12 sm masofa qolishi kerak. • Tuproqqa o‘rnatilgan irrometr ichiga distillangan yoki oldindan qaynatib sovitilgan toza suv quyiladi. Irrometr naychasi suvga to‘ldirilish vaqtida, naychaning ichiga qolib ketgan havo, naychaning suvga to‘lishiga halaqit berishi mumkin. Bunday hollarda irrometrning og‘zi (irrometr qopqog‘i echilgan qismi)ga maxsus nasos qo‘yib, bu havo tortib olinadi. Naycha ichidagi suvning aynib qolishi oldini olish maqsadida, naycha ichidagi suvga 3-4 tomchi “Toluol” moddasi tomchilanadi. • Irrometr naychasi suvga to‘ldirilgandan so‘ng, maxsus nasos bilan vakuumetr 70-80 santibar ko‘rsatkichiga ko‘tarilgunga qadar tortiladi va nasos kamerasiga yig‘ilgan havo klapan orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Bu jarayon 2-3 marotaba takrorlanadi. So‘ngra irrometr qopqog‘i mahkam berkitiladi va iloji boricha gazlamadan tikilgan qopcha bilan berkitib quyiladi. Tenziometrning ishlash jarayoni. Tuproq namligining turli chegarasi va tenziometr ichki qismidagi suv almashinuviga asoslangan. Agar tuproq namligi chegarasi noldan past ko‘rsatkichni tashkil etsa, tenziometr ichki qismidagi suv uning uchki keramik qismi orqali tuproq namligi maqbul chegaraga keltirilguncha oqib tushadi. Bu jarayon sug‘orishlar oralig‘ida, tuproq qurigan holatda sodir bo‘ladi. Sug‘orishlar natijasida, tuproq bir tekis namlanganda, qurg‘oqchilik mintaqalarda tuproqning qurishi va namlanishi ko‘p qaytariqli tarzda takrorlanadi (59, 60, 61-rasm). Tenziometrning amal davri davomida, nuqsonsiz bir xil ishlashini ta’minlash uchun uning ichki keramik qismiga 0,7-1 mkm ga teng bo‘lgan teshikchasi orqali mikroorganizmlar va tuproq loyqasi qo‘shilmagan ishchi aralashma quyiladi va tez-tez almashtirilib turiladi. Tenziometrlar yordamida tuprokning namligini aniklab qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish muddatlarini aniklash Qishloq xo‘jalik ekinlarini, bog’ va uzumzorlarini sug‘orish uchun takomillashtirilgan suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi va texnikasi Tenziometrlarni qo’llaganda sug‘orish suvining 5-15% iqtisod qilinadi va qishloq xo‘jalik ekinlarini xosildorligi 8-10% ko’payadi Tuproq namligi so‘rish bosimining maqbul oralig‘i. Tuproqning so‘rish bosimi oralig‘i tuproq namligi cheklangan dala nam sig‘imi (CHDNS)ning pastki chegarasidan va yuqori chegarasiga qarab xarakatlanadi. Bunda, qumoq tuproqlar uchun tuproq namligi so‘rish bosimi birligi CHDNS ga nisbatan 5 santibar (0,5 metr sum hajmida), og‘ir qumoqli tuproqlarda esa 10 santibar (1 metr suv hajmida) ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining pastki namlik chegarasi ko‘rsatkichlari 9-jadvalda keltirilgan. Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari, tuproqlarning mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi va ekinlarning o‘suv davriga qarab, quyidagi jadvaldan foydalanib aniqlanadi (G.A.Bezborodov): Egatlarga suv taralgandan so‘ng, irrometr o‘rnatilgan erga borish va undagi ko‘rsatkichlarni olish ancha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida, irrometrlar o‘rnatilgan egatlarga qo‘shni bo‘lgan egatlardan biriga suv qo‘yilmaydi. Natijada, irrometr o‘rnatilgan erga bemalol borib-qaytish imkoniyati yaratiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining pastki namlik chegarasi ko‘rsatkichlari Ekin turi va tuproq sharoiti Sug‘orishdan oldingi maqbul namlik, % Tuproqning so‘rish bosimining zaruriy chegarasi (santibar); NV dan hajmi y Sug‘orish ni boshlash Sug‘orish ni tugatish Paxta – o‘rta va og‘ir sho‘rlanmagan tuproqlarda: a ) unib chiqishidan pishib etilish davrda; b ) ko‘saklarning ochilish davrida 70 60 -65 18 -21 15 -20 51 -53 52 -56 10 10 Paxta – engil va sho‘rlangan tuproqlarda: a ) unib chiqishidan pishib etilish davrda; b ) ko‘saklarning ochilish davrida 75 -80 17 -18 40 10 Beda, makkajuxori - o‘rta va og‘ir sho‘rlanmagan tuproqlarda; engil va sho‘rlangan tuproqlarda: 75 80 -85 19 -22 18 -20 48 -50 20 -30 10 10 Kuzgi bug‘doy - o‘rta va og‘ir sho‘rlanmagan tuproqlarda; engil va sho‘rlangan tuproqlarda: 70 -75 18 -22 48 -53 10 75 -80 17 -18 30 -40 10 Sug‘orish muddati va me’yorini aniqlash. • Ekinlarning sug‘orish muddatlari va me’yorlarini aniqlash uchun, tenziometr ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sug‘orish muddatlarini belgilash bo‘yicha tenziometr ko‘rsatkichlari ma’lumotlari 3-jadvalada keltirilgan. Ishlab chiqarish sharoitida tenziometrlar ko‘proq 30 sm tuproq qatlamiga o‘rnatiladi, bunda tenziometrlarning ishlashi vaqtincha to‘xtab qolish holatlari ro‘y beradi. Chunki, tuproqning yuqori haydov qatlami pastki qatlamlarga nisbatan tez qurib qoladi, natijada ishchi aralashma qurilmaning uchki keramik qismi orqali tuproqqa so‘riladi va tenziometrda razgermitizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday xo‘jalik ichidagi sabablar natijasida ekinlarni sug‘orish kechiktiriladi. Ushbu holatda tenziometr ishchi aralashmasini darhol almashtirish befoyda hisoblanadi negaki, bunda tuproq so‘rish bosimi kuchli bo‘ladi va qurilmaning ishlab ketishi qiyinlashadi . Ishchi aralashmani almashtirish, faqat sug‘orishdan keyingina amalga oshiriladi. • Shuning uchun tuproq namligini tenziometr orqali nazorat qilish, uni 70 sm qatlamga o‘rnatish yuqori samara beradi. Tuproq namligini qatlamlar bo‘yicha • o‘zgarishini statistik usullar yordamida tahlil qilish natijalariga ko‘ra, 1 m tuproq qatlamidagi tuproq namligini 70 sm o‘lchamli tenziometr ko‘rsatkichi yordamida aniqlash mumkin, bunda ishonchlilik 87,9% va o‘rtacha kvadratik xatolik 1,65% ga teng bo‘ldi. Buning uchun 60-80 sm dagi tuproqni namlik xajmini 3 foizga kamaytiramiz va olingan ma’lumotlardan chizma yoki jadvaldan foydalanib, tuproqni so‘ruvchi bosimi ko‘rsatkichi aniqlanadi. Agarda, shunda pastki sug‘orish oldi namligiga to‘g‘ri kelsa, sug‘orishni boshlash kerak. Sug‘orish me’yorlarini o‘lchashni bilish uchun, so‘ruvchi bosimni tuproq namligiga bog‘liqligi chizmasini bilish kerak. P s =f(W) bunday chizmani qurush tuproq namligini dalalarda o‘lchash gravimetrik usul va tuproqni so‘ruvchi bosimini tenziometrlar orqali o‘lchab aniqlanadi. Sug‘orish me’yorini m 3 /ga olish qulay, tuproq namligini chizma P s =f(W) hajm foizlarida ta’svirlash tavsiya etiladi. Bunda o‘z navbatda, tuproqni xajm massasi nazarg olinadi. 62-rasmda ko‘rsatilishicha, P s =f(W) formulani mexanik tarkibi engil, o‘rtacha va og‘ir bo‘z tuproqlarda ko‘plab o‘tkazilgan o‘lchovlar taqdim etilgan. So‘ruvchi bosimni ( P ) tuproqni xajmiy namligiga bog‘liqligi (W ) 1-og‘ir qumoq; 2-o‘rta qumoq; 3-engil qumoq (V70 , V100 – 70, 85 va 100 sm qatlamdagi tuproq zaxirasi). Uni farqi teng ( W ChDNS – W S.O ) , tuproqni hisob qatlamida yoki sug‘orish me’yori nettoni olingan koeffitsientiga ko‘paytirib aniqlanadi k = 1,10 - 1,20 , sug‘orish vaqtidagi yo‘qotilgan suv, bug‘lanishga ketgan suv, filtratsiya va oqova yig‘indisi natijasida sug‘orish me’yori brutto kelib chiqadi. m = 100 ·  ·Н (W ППВ - W ПВ ) + К буғ Ф M = ( W ChDNS – W S.O ) 10000* h * k , m /ga Tenziometrlar dalaga doyimiy o‘rnatiladi, tenziometrlar yordamida nafaqat sug‘orish vaqti va me’yori, balki sug‘orishni tugatish vaqti ham aniqlanadi. Bunda, vakumetr ko‘rsatkichi 10-15 santibarga yaqinlashganda, dalaga suv berish to‘xtatiladi. Sug‘orish uchun belgilangan suv me’yori, fermer va suv xo‘jaligi tashkilotlari uchun beriladigan suv uni to‘lash me’yorlarini hisoblashga yordam beradi. Nazorat savolari 1.Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari va me’yorlarini aniqlashda tenziometrlarning necha turi ishlab chiqiladi? 2. Tenziometrlar o‘rnatish chuqurligiga qarab qanday o‘lchamlari mavjud?